1-ILOVA
|
Tadbir nomi |
Ijro etish muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish va | |||
|
1. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etishni tartibga solish sohasidagi qonun hujjatlarini inventarizatsiya qilishni tashkil etish va oʻtkazish, ularni qabul qilingan qonunlarga moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish |
2013-yil iyun – iyul |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, “Mahalla” fondi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
|
2. |
Qabul qilingan qonunlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish va saylovni oʻtkazish bilan bogʻliq havolaki normalari amalga oshirilishini, ularni amaliyotda qoʻllash mexanizmi joriy etilishini taʼminlaydigan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish |
2013-yil iyun – iyul |
Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, “Mahalla” fondi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
II. Qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholi hamda bevosita ijrochilarga keng miqyosda yetkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar | |||
|
3. |
Fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilariga qabul qilingan qonunlarni tushuntirish, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish hamda oʻtkazish |
2013-yil iyun |
“Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Davlat boshqaruvi akademiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
4. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari uchun qabul qilingan qonunlar talablarini tushuntirish boʻyicha mintaqaviy seminarlar tashkil etish hamda oʻtkazish |
2013-yil sentyabr– oktyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
5. |
Qabul qilingan qonunlarning fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq normalarini yoritish masalalari boʻyicha jurnalistlar uchun oʻquv seminarlari oʻtkazish |
2013-yil iyul– avgust |
Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, “Mahalla” fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat boshqaruvi akademiyasi |
|
6. |
Qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini keng miqyosda tushuntirish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, maqolalar tayyorlash |
2013-yil iyun – dekabr (alohida reja boʻyicha) |
Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, “Mahalla” fondi, Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
7. |
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyati, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlar toʻpl�mi va amaliy qoʻllanmalarni (savol-javoblarni) tayyorlash hamda nashr etish. Fuqarolar yigʻinlari va joylardagi boshqa manfaatdor tashkilotlarni yuqorida aytib oʻtilgan toʻplamlar va qoʻllanmalar bilan taʼminlash |
2013-yil sentyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi |
|
III. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini samarali tashkil etishda ularga koʻmaklashish | |||
|
8. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga fuqarolar yigʻini kengashi, faoliyatning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar, taftish komissiyasini shakllantirishda koʻmaklashish |
saylovdan soʻng bir oy davomida |
“Mahalla” fondi |
|
9. |
Tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish va chop etish |
2013-yil iyul |
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Mahalla” fondi |
|
10. |
Tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida tuziladigan Maslahat markazlari faoliyatini tashkil etish tartibi boʻyicha namunaviy nizom ishlab chiqish va qabul qilish |
2013-yil iyul |
Iqtisodiyot vazirligi, “Mahalla” fondi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
11. |
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan maʼlumotnomalar, fuqarolarning oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisida hujjatlar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni berish tartibi, shuningdek ularning namunaviy shakllari boʻyicha uslubiy tavsiyala� ishlab chiqish va qabul qilish |
2013-yil iyul |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, “Mahalla” fondi |
|
12. |
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarga fuqarolar yigʻini tomonidan patronaj yordamini koʻrsatishga koʻmaklashish boʻyicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va qabul qilish |
2013-yil iyul |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla” fondi |
|
13. |
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yosh avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha faoliyati va taʼlim muassasalari bilan hamkorligini tashkil etish tartibi, “Oila-mahalla-taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmini amalga oshirish boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda chop etish |
2013-yil iyul |
Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” fondi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura |
|
14. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan har chorakda fuqarolar yigʻini faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan tashkilotlar va tuman, shahar hamda viloyatlar ijro etuvchi organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni tashkil etish tartibi boʻyicha uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish hamda chop etish |
2013-yil iyul |
“Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti |
|
IV. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatish | |||
|
15. |
Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, avvalo yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda, giyohvandlikka, odam savdosiga va boshqa salbiy hodisalarga qarshi kurash�shda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini kuchaytirishga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish |
2013-yil iyul – avgust |
Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura |
|
16. |
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, shuningdek aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarni ishga joylashtirish, kasanachilikni va oilaviy biznesni rivojlantirish vazifalarini hal qilishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishtirokini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish |
2013-yil iyul – avgust |
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti |
|
17. |
Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, oilada sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash boʻyicha faoliyatining samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish |
2013-yil iyul – avgust |
Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Maʼnaviyat targʻibot markazi |
|
18. |
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi bilan qabul qilingan qonunlarning ijro etilishini tashkil etishga, atrof-muhitni muhofaza qilish, mahalla hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, qishloq aholi punktlarining infratuzilmasini, qishloqda shaxsiy uy-joy qurilishini rivojlantirish va boshqa muammolarni hal qilishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishtiroki masalalariga bagʻishlangan sayyor majlisini oʻtkazish |
2013-yil iyul – avgust |
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi, xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti |
|
V. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining navbatdagi sayloviga (2013-yil noyabr-dekabr) tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar | |||
|
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish |
2013-yil sentyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylo�ini oʻtkazish muddatlarini belgilash toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish, saylovni oʻtkazish boʻyicha dasturiy tadbirlarni tayyorlash va tasdiqlash, ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish |
2013-yil sentyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi |
|
21. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam berish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalarini tuzishga koʻmaklashish |
2013-yil sentyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari |
|
22. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi sifatli va oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi komissiyasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalarining qoʻshma majlislarini tashkil etish hamda oʻtkazish |
2013-yil sentyabr – oktyabr (jadval boʻyicha) |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, “Mahalla” fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman, shahar komissiyalari |
|
23. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan birgalikda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joylardagi faoliyatini qabul qilingan qonunlar talablariga qatʼiy muvofiq holda tashkil etishga koʻmaklashish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tizimli, doimiy faoliyatini amalga oshirishga oid chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish |
2013-yil iyun – dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq ma�alalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, “Mahalla” fondi |
|
24. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan yaqindan hamkorlikni taʼminlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish |
2013-yil avgust – dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, “Mahalla”fondi |
|
VI. Nazorat-tahlil ishlarini olib borish | |||
|
25. |
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, joylarda ijtimoiy xavfsizlik va huquq-tartibotni taʼminlash masalalarini hal qilish boʻyicha ishlarni tashkil etishga doir qismining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish |
2013-yilning ikkinchi yarmi |
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi hamda Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Maʼnaviyat targʻibot markazi |
|
26. |
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tadbirkorlik faoliyati, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati, kasanachilikni va fuqarolarning bandligini rivojlantirishga koʻmaklashishni tashkil etishga doir qismining Namangan viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish |
2013-yilning ikkinchi yarmi |
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
|
27. |
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qishloq aholisi turmush darajasi va sifatini oshirish, qishloqda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etishga doir qismining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish |
2013-yilning ikkinchi yarmi |
Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi hamda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
T/r |
Hududlar |
Biriktirilgan senatorlarning |
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Altiyev Abdurashid Sultonovich |
|
2. |
Andijon viloyati |
Roʻzmetov Erkin |
|
3. |
Buxoro viloyati |
Sidikov Damir Lutfullayevich |
|
4. |
Jizzax viloyati |
Burxanov Alisher Xadjimuradovich |
|
5. |
Navoiy viloyati |
Tursunbayev Yulchiboy Ergashovich |
|
6. |
Namangan viloyati |
Roʻzmetov Erkin |
|
7. |
Samarqand viloyati |
Xujamberdiyev Mamazair |
|
8. |
Sirdaryo viloyati |
Karimov Xolmurod Abduraxmonovich |
|
9. |
Surxondaryo viloyati |
Shodiyeva Hamrotosh Normurodovna |
|
10. |
Toshkent viloyati |
Safoyev Sodiq Solihovich |
|
11. |
Fargʻona viloyati |
Razzakov Xamrabay Raximovich |
|
12. |
Xorazm viloyati |
Altiyev Abdurashid Sultonovich |
|
13. |
Qashqadaryo viloyati |
Sidikov Damir Lutfullayevich |
|
14. |
Toshkent shahri |
Artikova Svetlana Baymirzayevna |