05.05.2014 yildagi KQ-121-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-2142-sonli Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini hamda davlat sirlari saqlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shaharlar Kengashlariga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlarining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Apparati masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini, Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 5-may.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-121-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2014-yil 5-maydagi KQ-121-II-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) aʼzolarining va Senat Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishi masalasini dastlabki tarzda ishlab chiqish, koʻrib chiqish va xizmat safarlariga chiqishi boʻyicha qaror qabul qilish tartib-taomilini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Senat aʼzolari va Senat Devoni masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqishi masalasini (bundan buyon matnda chiqish masalasi deb yuritiladi) dastlabki tarzda ishlab chiqish Senat Devoni Xalqaro aloqalar boʻlimi tomonidan Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi hamda vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chiqish masalasini koʻrish va bu masala yuzasidan qaror qabul qilish Senat Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Chiqish masalasini dastlabki tarzda ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xorijiy mamlakatlarning davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlaridan, diplomatik vakolatxonalaridan tegishli hujjatlar kelganida Senat Devonining Umumiy boʻlimi chiqish masalasiga doir hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazadi va Senat Raisiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Raisi hujjatlarni koʻrib chiqqanidan keyin ularni tegishli rezolyutsiya bilan Senat Devoni Rahbariga chiqish masalasini dastlabki tarzda ishlab chiqish uchun hamda Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasiga belgilangan tartibda kelishish uchun topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chiqish masalasini dastlabki tarzda ishlab chiqish Senat Devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi tomonidan tegishli vakolatli davlat organlarini jalb etgan va chiqish masalasining tashkiliy-protokol jihatlarini oʻrgangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Raisi va uning oʻrinbosarlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi masalasi dastlabki tarzda ishlab chiqilganida masala kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi chiqish masalasini oʻrganishni davlat tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini, milliy manfaatlarni xalqaro maydonda ilgari surish, xalqaro hamda parlamentlararo aloqalar rivojlanishini taʼminlash vazifalarini hisobga olgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi bilan kelishilganidan keyin dastlabki tarzda ishlab chiqish yakunlari boʻyicha chiqish masalasi tegishli materiallar bilan Senat Devoni Rahbari tomonidan Senat Raisiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chiqish masalasini koʻrib chiqish uchun Senat Kengashiga kiritish zarurligi Senat Raisi tomonidan maʼqullangan taqdirda Senat Devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi masalani kiritish uchun tayyorlashni boshlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chiqish masalasini Senat Kengashi muhokamasiga kiritish zarurligi Senat Raisi tomonidan maʼqullanmaganida Senat Devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi tomonidan xorijiy mamlakatlarning tegishli davlat organlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, diplomatik vakolatxonalariga asoslantirilgan javob xati tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chiqish masalasini koʻrib chiqish va uning yuzasidan qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Senat Devonining Xalqaro aloqalar boʻlimi Senat Devonining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda chiqish masalasini Senat Kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritishga tayyorlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chiqish masalasini Senat Kengashi tomonidan koʻrib chiqish Senat Raisi yoki uning oʻrinbosari yoxud Senat Devoni Rahbari safarning zarurligi, asosliligi va natija berishi haqida maʼruza qilishidan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chiqish masalasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Senat Kengashi tomonidan xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish yoki chiqmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Senat Kengashining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqish toʻgʻrisidagi Qarori tegishli materiallarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tashkiliy masalalarni hal qilish hamda safar bilan bogʻliq moddiy xarajatlarni qoplash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqib ketayotgan shaxslar chiqishning asosliligi va natijasi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xizmat safarining reja-topshirigʻini va xizmat safari natijalari boʻyicha hisobot tuzish tartibi, xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan xizmat safarining maqsadi va vazifalarini samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini himoya qilish, rasmiy va norasmiy marosimlarni oʻtkazish paytida boʻlib turgan mamlakat qonunchiligiga va umumeʼtirof etilgan yurish-turish qoidalariga (etiketga) rioya etish, shuningdek davlat sirlaridan xabardor shaxslarning chet elga chiqishi munosabati bilan maxfiylik rejimini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga chiqqanda davlat sirlarini oshkor qilganlikda, davlat sirlarini oʻz ichiga olgan hujjatlarni va buyumlarni yoʻqotganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 5-son, 138-modda)