05.12.2012 yildagi SQ-344-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2012-yil 23-noyabrdagi “2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida”gi 579–II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 972,7 mingta ish oʻrni tashkil etilishi boʻyicha amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuch-gʻayratni mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini, mehnat bozorining joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini, demografik rivojlanish xususiyatlarini, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olib qabul qilingan 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlashga qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inqirozga qarshi choralar, 2013-yilgi investitsiya dasturi, 2011 — 2015-yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi dastur, 2012 — 2016-yillarda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish dasturi, 2011 — 2013-yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning hududiy dasturlari, mintaqaviy investitsiya dasturlariga muvofiq 2013-yil uchun koʻzda tutilgan, ish oʻrinlari tashkil etishni oʻz ichiga olgan tadbirlar soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining prognoz parametrlari tegishli hududlarda samarali bajarilishini kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirishga, kasanachilik mehnati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirishga, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga alohida eʼtibor bergan holda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil etilayotgan ish oʻrinlari saqlanib qolishini va barqaror amal qilishini, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilari egallagan mutaxassisliklariga muvofiq, ayollar, nogironlar hamda aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan boshqa toifalari ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (A. Xaitov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda Dasturning bajarilishi ustidan tizimli monitoringni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni ishga joylashtirish boʻyicha mehnat bozorida, jumladan ularni kasbiy qayta oʻqitish va qayta tayyorlash, haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborish, shuningdek boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalarini oʻtkazish yoʻli bilan amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) tijorat banklari bilan birgalikda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ish oʻrinlari tashkil etishni oʻz ichiga oladigan biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun, shu jumladan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun beriladigan kredit resurslari koʻpaytirilishini, shuningdek ish oʻrinlari tashkil etish uchun ajratilayotgan kredit resurslari boʻyicha keng koʻlamli tushuntirish ishlarining doimiy asosda oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (J. Ismoilov) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (A. Xaitov), manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari bitiruv kurslarining oʻquvchilari ishlab chiqarish amaliyotini oʻtashini tashkil etish va keyinchalik ishga joylashtirish maqsadida ularni aniq korxonalarga biriktirish boʻyicha kompleks choralarni roʻyobga chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ish oʻrinlari tashkil etishning tegishli hududiy parametrlari bajarilishiga doir qismini ijro etishning borishini muntazam ravishda oʻz sessiyalarida koʻrib chiqsinlar, belgilangan parametrlardan orqada qolingan taqdirda ish oʻrinlari tashkil etishning prognoz koʻrsatkichlarini soʻzsiz taʼminlashga yoʻnaltirilgan qoʻshimcha choralarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror ijrosini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-344-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 5-dekabrdagi SQ-344-II-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov tomonidan shu yil 19-yanvardagi Hukumatning majlisida belgilab berilgan va oʻrnatilgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga erishish, mamlakat ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshliligini oshirish, ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash boʻyicha investitsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan 2012-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvorliklarini roʻyobga chiqarish iqtisodiyotning yuqori va barqaror surʼatda oʻsishiga hamda shu asosda ish oʻrinlari tashkil qilish, aholi bandligi va turmush farovonligini koʻtarishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi (bundan buyon matnda Dastur deb yuritiladi) tumanlar hamda shaharlar boʻyicha, mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti taʼminlanishiga qaratilgan asosiy dasturiy hujjatlar, shuningdek iqtisodiyotni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, raqobatbardoshliligini oshirish dasturlariga bogʻliq tarzda ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturdagi markaziy oʻrin, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2012-yil 14-sentabrda “Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiyada taʼkidlaganidek, aholi bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirishda muhim mavqega ega boʻlgan, har yili yaratilayotgan ish oʻrinlarining asosiy qismini tashkil etadigan va hozirgi paytda mamlakatdagi band aholining 75 foizini oʻz ichiga olgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur aholi bandligini oshirishni taʼminlashga qaratilgan boʻlib, bunda yangi obyektlarni ishga tushirish, amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, qayta qurollantirish hamda ulardan imkon qadar toʻlaroq foydalanish, ayniqsa, qishloq joylarida xizmat koʻrsatish va servis sohalarini jadal rivojlantirish, mehnatning kasanachilik shakllari imkoniyatlarini kengaytirish, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash, infratuzilma, kommunikatsiya va uy-joy qurilishi koʻlamining kengayishini hisobga oluvchi mehnat bozoriga davlat tomonidan taʼsir koʻrsatish va tartibga solishning ijobiy tajribasi saqlab qolingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ishsizlar, yoshlar, ayollar, mehnat bozorida ish topishga qiynaladigan shaxslarga, ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirish kafolatlarini roʻyobga chiqarishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur loyihasi xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlarining faol ishtirokida ishlab chiqildi, Dastur loyihasining asosiy yoʻnalishlari, ustuvorliklari hamda amalga oshirilishi mexanizmlari tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtishi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning maqsadlari va vazifalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 2012-yil yanvar — sentyabr oylarida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash hududiy va tarmoq dasturlarining amalga oshirilishi natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 2013-yilda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyojni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 2013-yilda barcha tuman va shaharlarda ish oʻrinlari tashkil etishning parametrlari va asosiy yoʻnalishlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Dastur ijrosining monitoringi va ish oʻrinlari hisobga olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) band boʻlmagan aholini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda yaratiladigan ish oʻrinlarini moliyalashtirish manbalari hamda kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishning asosiy mexanizmlari ham belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Dasturning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning maqsadi aholining bandligini taʼminlash boʻyicha kompleks va oʻzaro bogʻliq chora-tadbirlarni hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha salohiyatini ishga solish, demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, bandlikning samarali shakllari rivojiga har tomonlama koʻmaklashish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish yoʻli bilan amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorining ehtiyojlari asosida, demografik va boshqa omillarga muvofiq hamda 2013-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlar va prognoz parametrlari doirasida mamlakat tarmoqlari va hududlarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan barcha dasturiy hujjatlarni amalga oshirishni hisobga olgan holda ish oʻrinlarining tashkil etilishi jarayonlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholini, ayniqsa, qishloq joylaridagi, birinchi navbatda yoshlar, ayollar, nogironlar, taʼlim muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish, kasbiy qayta tayyorlash va ijtimoiy himoyalash yoʻli bilan mehnat bozorida faol va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozoridagi tanglikni bartaraf etish va vaziyatni yumshatishning taʼsirchan vositasi sifatida bandlikning samarali shakllarini, ayniqsa, kichik biznes, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarini tashkil etish va barqaror amal qilishi boʻyicha hududlar hamda iqtisodiyot tarmoqlarining salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat tuman va shaharlari, tarmoqlar va aniq korxonalar boʻyicha Dastur bajarilishining tizimli monitoringi va tahlilini amalga oshirish, zarurat boʻlganda 2013-yilga tasdiqlangan ish oʻrinlari tashkil etish parametrlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning asosiy prognoz parametrlari va yoʻnalishlari hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvorliklari ayrim tarmoqlar va hududlarni rivojlantirishning investitsiya, lokal va maxsus dasturlariga bogʻliq hamda quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini, shu jumladan iqtisodiyotning zamonaviy industrial tarmoqlarda band boʻlishini oshirishga, 2011 — 2015-yillarda sanoatni rivojlantirishning ustuvorliklari toʻgʻrisidagi dastur, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash tarmoq dasturlari, 2011 — 2013-yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, investitsiya dasturlari amalga oshirilishiga muvofiq holda korxonalarda raqobatbardosh va yuqori malakali ishlab chiqarish-texnik xodimlar sonini koʻpaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari tashkil etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rolini yanada oshirish, ayniqsa, kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikni rivojlantirish, eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kredit va moddiy-xomashyo resurslaridan kichik biznes erkin foydalanishini kengaytirishga oid qabul qilingan qonun hujjatlariga asosan, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlari, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlariga asosan tadbirkorlik faoliyatiga yoshlarni jalb qilish hisobiga koʻpaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish dasturlari, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish, qishloq joylarida yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda qurilish-pudrat ishlarini rivojlantirish, fermer xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish va qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishlarini modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish doirasida aholi bandligi hamda mehnat bozorining hududiy tarkibini takomillashtirishga, ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini, ayniqsa qishloq joylarida taʼminlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011 — 2015-yillarda infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishining rivojlantirilishini jadallashtirish dasturi, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish hududiy dasturlarini bajarish doirasida aholini, infratuzilma loyihalarini va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishga, shu jumladan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish orqali jalb etishni kengaytirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilayotgan ish oʻrinlarining saqlanishi va barqaror amal qilishini taʼminlash, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchilari, ayollar, nogironlar hamda ayniqsa, qishloq joylaridagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirishga yoʻnaltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. 2012-yil yanvar — sentyabr oylarida ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining amalga oshirilishi natijalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining tasdiqlangan parametrlariga muvofiq 967,5 mingta ish oʻrni tashkil etilishi nazarda tutilgan edi. Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 773 mingta (shu davr prognoziga nisbatan 103,8 foiz) yoki yillik prognozga nisbatan 79,93 foiz ish oʻrinlari tashkil etildi. Qishloq joylarida 486,1 mingta ish oʻrni (umumiy miqdorning 62,9 foiz) tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlash muammolarini izchil hal etish va ish oʻrinlari tashkil etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotda band boʻlganlar soni 2,7 foizga koʻpaydi va 12,2 mln kishiga yetdi, iqtisodiyotning nodavlat sektorida band boʻlganlar ulushi 80,2 foizni, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda band boʻlganlar ulushi 75,5 foizni tashkil etdi. Bandlikning eng yuqori oʻsish surʼatlari qurilish (103,4 foiz), savdo va umumiy ovqatlanish (103,6 foiz), transport va aloqa (102,6 foiz) sohalarida qayd etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining quyidagi asosiy yoʻnalishlari boʻyicha aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tasdiqlangan prognoz parametrlarining bajarilishiga koʻmaklashdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2011 — 2015-yillarda sanoatni rivojlantirish ustuvorliklari toʻgʻrisidagi dasturning, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarining, 2012-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturining, 2011 — 2013-yillarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish hududiy dasturlarining, hududiy investitsiya dasturlarining amalga oshirilishini davom ettirish 45,6 mingta ish oʻrni tashkil etish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan dasturlar doirasida investitsion loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirishga va shunga muvofiq yaratilayotgan ish oʻrinlarining koʻpayishiga sanoat korxonalariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar, yaʼni mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kiriladigan qurilmalar, materiallar va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod qilishga, sanoatning bazaviy sohalaridagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihagacha va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun imtiyozli kreditlar olishga, investitsiya loyihalari boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartnomalari asosida texnik iqtisodiy asoslari tasdiqlanadigan bir bosqichli tartibda loyiha hujjatlarini tayyorlashga doir imtiyozlar va preferensiyalarning berilganligi va boshqalar jiddiy taʼsir koʻrsatdi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kichik biznesni jadal rivojlantirish uchun imtiyozli soliq sharoiti yaratilishini taʼminlash siyosati amalga oshirilishining davom ettirilishi, xususan, 2012-yilning 1-yanvaridan boshlab sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining 6 dan 5 foizga tushirilishi, kichik biznes subyektlarining boʻshab qolgan mablagʻlarini ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish imkonini berdi, bu esa 281 mingta ish oʻrni, yakka tadbirkorlikda 88 mingta ish oʻrni tashkil etilishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlar ajratish orqali qoʻllab-quvvatlashning kengaytirilishi tadbirkorlik subyektlarining ish oʻrinlari tashkil qilish boʻyicha moliyaviy imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirdi. Joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar hajmi 4,2 trln soʻmni tashkil etdi, bu esa davr prognoz parametrlariga nisbatan 12 foizga koʻp dyemakdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik biznes sohasida yaratilayotgan ish oʻrinlarining salmoqli qismi xizmat koʻrsatish va servis sohasi ulushiga toʻgʻri keladi. Koʻp hollarda aholining koʻpayishi natijasida mehnat bozorida yuzaga kelgan yuqori demografik bosimga qaramasdan, kichik biznesning jadal rivojlanishi tufayli band boʻlgan aholi sonining jadal surʼatlarda oshib borishini taʼminlashga erishildi, bunda mamlakat umumiy aholisining soniga nisbatan ham band boʻlganlar salmogʻi koʻpaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) huquqiy va normativ bazaning yaratilishi, kasanachilikning barcha turlarini, avvalambor, korxonalar bilan birgalikda mehnat shartnomalari asosidagi kasanachilikni, hunarmandchilikni, shuningdek yirik shoxli qoramol boqish va uyda turli xizmatlar koʻrsatishga asoslangan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 183,4 ming nafar shaxsni ishga joylashtirish imkoniyatini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda 8 mingdan ortiq sanoat, qurilish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish korxonalari kasanachilar bilan ishlab chiqarish va mehnat munosabatlariga kirishdi, bu korxonalar kasanachilar bilan mehnat shartnomalari asosida birlashib 51,6 ming kishi band boʻlishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik rivojlantirilishini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar 131,8 mingta ish oʻrni tashkil etishni taʼminlash imkoniyatini berdi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmlarini koʻpaytirish, xususan soʻnggi uch yil ichida 540 dan ziyod yangi korxonaning ishga tushirilishi, 152 ta yangi mahsulot turlari ishlab chiqarilishining oʻzlashtirilishi, va shuning natijasida qishloqda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi, qishloq xoʻjaligi va unga kiruvchi barcha tarmoqlar va ishlab chiqarish majmuasini modernizatsiya qilish, fermer va dehqon xoʻjaliklarining rivojlantirilishi va kengaytirilishi 105,5 mingdan ziyod ish oʻrni tashkil etilishini taʼminladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi, transport va kommunikatsiya qurilishining rivojlantirilishi, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarining kengaytirilishi 58,8 mingta ish oʻrni yaratilishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yoʻnalishda ish oʻrinlari yaratilishida investitsion loyihalarni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar va korxonalarga mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kiriladigan jihozlar, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyum va uzellar, texnologik hujjatlar va uskunalar uchun 2016-yilning 1-yanvariga qadar bojxona toʻlovlaridan ozod boʻlish boʻyicha imtiyozlar berilganligi muhim ahamiyatga ega boʻldi va shu orqali ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxni kamaytirish, boʻshagan mablagʻlarning salmoqli qismini mehnatga haq toʻlash fondiga yoʻllash hamda yirik infratuzilma obyektlari qurilishida va qayta qurilishida ish oʻrinlari yaratishni taʼminlashga imkon berdi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) toʻxtab qolgan korxonalarning, shu jumladan, tijorat banklari balansiga olingan bankrot korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash natijasida 10,7 mingta ish oʻrni tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi barcha tadbirlarining amalga oshirilishi mamlakatning barcha hududlarida prognoz parametrlari bajarilishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturlarining amalga oshirilishi ish bilan taʼminlanishga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlarda, xususan Fargʻona (75,5 ming ish oʻrni), Samarqand (74,7 ming), Qashqadaryo (69,8 ming), Toshkent (68,4 ming), Andijon (62,8 ming), Namangan (59,3 ming), Buxoro (59,1 ming), Surxondaryo (51,9 ming) va Xorazm (47 ming) viloyatlarida ish oʻrinlarining koʻpayishini taʼminladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish doirasida 2012-yilning yanvar — sentyabr oylarida boʻsh va qayta tashkil etilgan ish oʻrinlariga 493,5 ming kishi ishga joylashtirildi, shundan 222,8 ming nafari ayollar, 312,1 ming nafari qishloq joylarida yashovchilardir. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan ishga joylashtirilganlarning koʻpchiligini ilk bor ish qidiruvchilar, shuningdek oʻz xohishiga koʻra va korxonalarning tugatilishi, qayta tashkil etilishi munosabati bilan ishdan boʻshaganlar 213 ming kishini, 218,6 ming nafarini kasbiy taʼlimga ega kishilar, 296,5 ming nafarini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan choralar mamlakatimizdagi ishsizlik darajasini Xalqaro Mehnat tashkilotining metodologiyasida belgilangan meʼyor darajasida saqlab qolish va ishga joylashishga muhtojlar sonini kamaytirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Demografik omil va mehnat bozoridagi vaziyatni hisobga olgan holda 2013-yilda ish oʻrinlariga boʻladigan ehtiyoj
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj mehnat bozorida ilk bor ish kuchini taklif qiladigan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa taʼlim muassasalari bitiruvchilari boʻlmish mehnatga layoqatli yoshdagilar), shuningdek ishga joylashishga muhtoj band boʻlmagan aholi (ish joyi va daromad manbaiga ega boʻlmaganlar, chet ellardan ishlab qaytgan mehnat migrantlari, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan, ishlamayotgan shaxslar va shu kabilar) hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni inobatga olgan holda, 2013-yilda ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj parametrlari mehnat bozorining amaldagi tamoyillarini oʻrganish, ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklif balansiga taʼsir qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari tahlili asosida aniqlangan. Bunda iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash natijasida boʻshab qoladigan xodimlar hisob-kitobiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil boshida Oʻzbekiston aholisining soni 29,6 mln nafarni tashkil etib, 1991 — 2012-yillar davomida mamlakat aholisi qariyb 1,5 baravarga koʻpaygan. Kelgusi yilda mehnat bozoriga ilk bor kirib keluvchi shaxslar soni 575,7 mingdan koʻproq kishini tashkil etishi kutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda mehnat bozoriga demografik omilning sezilarli va bevosita taʼsiri saqlanib qoladi. Demografik prognozlarga koʻra 2013-yil boshida mehnat resurslari soni 17,7 mln kishini, shundan iqtisodiy faol qismi 12,9 mln kishini va ularning oʻsishi mos ravishda 2,2 foiz va 2,5 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ishsizlikning maqbul darajasini saqlab qolish maqsadida (4,8 foiz - 4,9 foiz boʻlishi kutilmoqda) mehnat bozorida ish oʻrinlariga boʻlgan ehtiyoj 2013-yilda 1219,7 ming kishini tashkil etadi, ulardan 575,7 ming nafari taʼlim muassasalari bitiruvchilari, 626 ming nafari ish bilan taʼminlanishga muhtoj band boʻlmagan aholi (ishsizlar), shu jumladan, 48 ming nafar mehnat migratsiyasidan qaytganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlashning parametrlari va asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil Dasturining prognoz parametrlari tarmoqlar boʻyicha (bandlik yoʻnalishlari) va hududlar boʻyicha ishga joylashishga boʻlgan ehtiyoj, ayniqsa, ilk bor mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar va koʻp mehnat talab etadigan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash natijasida boʻshab qolayotgan xodimlarni, shuningdek sanoatni, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini, xizmat koʻrsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, infratuzilmani rivojlantirish natijasida ishchi kuchiga boʻladigan talab hisob-kitobidan kelib chiqib belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda 2013-yilda quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha mamlakatimizda jami 972,7 mingta ish oʻrni tashkil etilishi nazarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sanoat sohasidagi asosiy dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish, bu esa yirik yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish hisobiga 57,9 mingta, shu jumladan, xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kiruvchi korxonalarda — 16,9 mingta, hududiy boʻysunuvdagi korxonalarda — 41,0 mingta ish oʻrni yaratilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarning ragʻbatlantirilishini kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarning eksport qilinishini kengaytirish, toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar ushbu yoʻnalishda ish oʻrinlari yaratishning muhim omillari boʻlib xizmat qiladi. Xususan, 2012-yilning 1-aprelidan boshlab valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarzlarni uzish uchun joriy toʻlovlarga yoʻnaltiriladigan, valyuta kirimlarining bir qismini majburiy tarzda vakolatli banklarga sotishdan ozod qilinishi, yangi ishlab chiqarishlarni qurish, faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, Toshkent viloyatida “Angren” maxsus industrial hududining tashkil etilishi, 2012 — 2016-yillarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta taʼminlash Dasturining tasdiqlanishi va boshqa tadbirlar faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarda ish oʻrinlarini yanada koʻpaytirish barobarida tarmoqlararo aloqador (transport, qurilish yoki ijtimoiy infratuzilma sohalari) tizimlarga bogʻliq ish oʻrinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yoʻnalishdagi ish oʻrinlarining salmoqli qismi Fargʻona (8,6 ming), Toshkent (7,8 ming), Qashqadaryo (5,9 ming), Namangan (5,1 ming) viloyatlari va Toshkent shahrida (7,5 ming) yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kichik biznes korxonalari, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni yanada qoʻllab-quvvatlash, xizmat koʻrsatish va servis sohasini, ayniqsa, qishloq joylarida, rivojlantirish, uy mehnati shakllarining, shu jumladan, yirik korxonalar bilan birgalikdagi shakllarining imkoniyatlarini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilda qabul qilingan, ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmonlari, shunga asosan joriy yilning 1-avgustidan boshlab 80 ta ruxsat berish tartib-taomillari, litsenziyalanadigan 15 ta faoliyat turi litsenziyalash hamda 68 ta statistik va soliqqa oid hisobotlar shakllarining bekor qilinganligi, kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish va kengaytirish hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek kichik biznesni rivojlantirish hududiy dasturlarining amalga oshirilishi 485,6 mingta ish oʻrinlari tashkil qilish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash orqali qoʻllab-quvvatlashni yuqori darajada saqlab qolish rejalashtirilmoqda. Chunonchi, tijorat banklari tomonidan shu maqsadlar uchun 5,1 trln soʻm ajratilishi nazarda tutilmoqda. Bunda imtiyozli kredit resurslari asosan uzoq qishloq tumanlarida va mehnat bozoridagi vaziyat ogʻir boʻlgan hududlarda ish oʻrinlari yaratishni nazarda tutuvchi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari yaratishning ushbu yoʻnalishdagi asosiy tarmogʻi xizmat koʻrsatish va servis sohasi boʻlib, xususan, mamlakat YIMda xizmat koʻrsatish ulushining maqsadli parametrlariga (52,5 foiz) erishish doirasida kichik biznes korxonalarida 267,1 mingta ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda. Ushbu koʻrsatkich xizmat koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, koʻrsatilayotgan xizmatning, avvalo qishloq joylarida, turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shuning asosida mamlakat iqtisodiyotining barqaror va uygʻun rivojlanishida xizmat koʻrsatish sohasining roli va ahamiyatini oshirishga doir maqsadlarga erishilishiga bevosita bogʻliq. Ushbu soha kelgusi yilda 18 foizdan ortiqroqqa oshishi kutilayotgan kompyuter dasturlarini yaratish (elektron taʼlim va konsultativ xizmatlarni inobatga olgan holda), savdo va umumiy ovqatlanish, sogʻliqni saqlash boʻyicha xizmatlar sohasi ayniqsa ustuvor hisoblanadi. Yakka tadbirkorlikning rivojlanishi 117,7 ming kishining bandligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uy mehnati barcha turlarining, avvalambor, mehnat shartnomalariga asoslangan korxonalar bilan bogʻliq holda hamda oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi 218,4 ming nafar band boʻlmagan fuqaroni, asosan koʻp bolali ayollar, nogironlar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj boshqa toifalarini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashadi. Shu oʻrinda 2012-yilda qabul qilingan, iqtisodiyotning turli jabhalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning muhim shakli boʻlgan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur qonunchilik bazasini yaratish, oilaviy biznes uchun huquqiy kafolatlarni kuchaytirish, ish oʻrinlari tashkil qilish imkoniyatini yaratgan “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Qonun hujjatlarida kichik biznes subyektlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar oilaviy korxonaga ham taalluqli ekanligi alohida eʼtiborga molik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oilaviy tadbirkorlikda faoliyatni tashkil qilishning boshqa shaklida boʻlmagan ish kuni va mehnat taqsimoti imkoniyati mavjud, bu esa ishlab chiqarishga, boshqa xolatlarda “band boʻlmaganlar” qatorida boʻlgan, yosh bolali ayollarni, oʻquvchilar va aholining mehnat bozorida raqobatbardosh boʻla olmaydigan boshqa toifalarini qisman boʻlsa-da, oddiy sharoitlarda jalb qilish imkonini beradi. Ushbu tashkiliy shakl mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan yoshlarga mehnat faoliyati va tadbirkorlikka kirishishi uchun qulay va ijtimoiy maqbul sharoitni yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy mehnatiga asoslangan ish oʻrinlarining salmoqli qismi milliy hunarmandchilikning azaliy markazlari boʻlgan hududlarda — Namangan (28,9 ming), Fargʻona (27,2 ming), Andijon (20,0 ming), Samarqand (15,4 ming), Buxoro (18,0 ming) viloyatlarida, shuningdek Shahrixon, Gʻijduvon, Chust, Shahrisabz, Urgut, Boysun, Rishton, Xiva va boshqa tumanlarda tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qishloq xoʻjaligi subyektlarini rivojlantirish va kengaytirish, ayniqsa, tayyor qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashga, sabzavot-poliz mahsulotlarini saqlashga, issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etishga ixtisoslashgan subyektlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishning davom ettirilishi 124,1 mingdan ortiq kishining bandligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat korxonalarida qishloq xoʻjaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va shu asosda ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh boʻlgan zamonaviy va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish qishloq xoʻjaligida qoʻshimcha muqim ish oʻrinlari tashkil qilish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga xizmat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ishlab chiqarish, sotsial va bozor infratuzilmasini, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarining kengaytirilishi 73,1 mingta ish oʻrni tashkil etish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil etishning ushbu yoʻnalishida yagona milliy avtomobil transporti tizimini tashkil etish, avtomobil yoʻllarini, shu jumladan Oʻzbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yoʻllarini qurish va rekonstruksiya qilish, temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish, bosh loyihalar asosida qishloq aholi punktlarini kompleks qurishni amalga oshirish, qishloq joylarida tasdiqlangan namunaviy loyihalar boʻyicha zamonaviy uy-joylarni, muhandislik inshootlarini, ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurishni kengaytirish, qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ilmiy muassasalarini zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan taʼminlashga doir investitsion loyihalar va shu kabilar muhimligi saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) vaqtinchalik faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar, shu jumladan tijorat banklari balansiga oʻtkazilgan bankrot korxonalar faoliyatini tiklash 13,7 mingta ish oʻrni tashkil etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlar boʻyicha yaratiladigan ish oʻrinlarining salmoqli qismi Samarqand (93,9 ming), Fargʻona (92,4 ming), Qashqadaryo (88,8 ming), Toshkent (86,8 ming), Andijon (79,6 ming), Namangan (75,1 ming) viloyatlarida va Toshkent shahrida (81,7 ming) tashkil etiladi. Qayd etilgan barcha yoʻnalishlar va parametrlar tumanlar, shaharlar boʻyicha aniqlashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishsizlik darajasi birmuncha yuqori boʻlgan, togʻli, chegara oldi hududlarida joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 28 ta tumanga alohida eʼtibor qaratiladi, ushbu hududlarda 2013-yilda kamida 126 mingta yoki 2012-yil dasturidagidan 5 foiz koʻp ish oʻrni tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ishlovchilar soni koʻp boʻlgan ixcham kichik korxonalarni rivojlantirishga yetarli eʼtibor berilmaydigan 83 ta tumanda, koʻp mehnat talab etadigan yengil, oziq-ovqat, yogʻochga ishlov berish, elektrotexnika tarmoqlari va qurilish materiallari sanoatining birorta ham yirik sanoat korxonasi boʻlmagan 28 tumanda tashkil etish va joylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur doirasida vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan aniq korxonalar boʻyicha 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etishning tarmoq dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, ishchi kuchining mavsumiy talab va takliflarini inobatga olgan holda ilgari tashkil etilgan ish oʻrinlarini soʻzsiz saqlab qolish va ularning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlari tashkil qilishning asosiy moliyaviy manbalari — iqtisodiyotning alohida korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlaridan, alohida muhim investitsiya loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan, korxonalar mablagʻlaridan, shu jumladan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqqa oid imtiyozlarni qoʻllash natijasida qoladigan mablagʻlardan, aholining xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish va olib borishga moʻljallangan mablagʻlaridan, chet el investitsiyalari, tijorat banklarining kreditlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Dastur ijrosining monitoringi va ish oʻrinlarining hisobga olinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etishning tasdiqlangan parametrlari sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida Dasturning tumanlar va shaharlar, tarmoqlar va aniq korxonalar boʻyicha bajarilishi yuzasidan tizimli va doimiy monitoring tashkil etiladi, uning doirasida joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan yaratilgan va muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan, “onlayn” rejimida ishlovchi elektron axborot tizimidan faol foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosining borishi muayyan sanadagi real vaqt rejimida tahlil etib boriladi. Ushbu mexanizm hisobot davri oxirigacha tasdiqlangan ish oʻrinlari tashkil etish parametrlaridan ortda qolish kuzatilgan korxonalar, tarmoqlar, bandlik yoʻnalishlari, shuningdek tumanlar va shaharlarni aniqlash imkonini beradi va joriy hisobot davrida Dastur parametrlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaratilayotgan ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda yoʻnalishlar va hududlar boʻyicha yangidan tashkil etilayotgan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarining haqqoniyligi nazoratga olinadi, shuningdek ish oʻrinlarining tugatilishi va tugatilish sabablari boʻyicha statistik hisob-kitob yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning uchun 2013-yil boshida yoʻnalishlar va hududlar boʻyicha ish oʻrinlari tashkil qilish koʻrsatkichlarining haqqoniyligini tanlov asosida birgalikda oʻrganish boʻyicha reja-jadval ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda. Oʻtkaziladigan oʻrganishlar, shuningdek, ish oʻrinlarining tugatilishi va tugatilish sabablari yuzasidan statistik hisob-kitobni yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan choralar natijasi maxsus yigʻilishlarda hududlarning masʼul rahbarlari ishtirokida muhokama etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiyot vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda yirik korxonalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan hamkorlikda investitsiya dasturlariga, mahalliylashtirish, infratuzilmani, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish va boshqa dasturlarga koʻra yaratilayotgan ish oʻrinlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, ularning ishchi komissiyalari tomonidan muntazam ravishda, har oyda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlar va tarmoq jadvallari asosida ish oʻrinlari tashkil qilish va aholi bandligini taʼminlash hududiy dasturlari bajarilishining borishi muhokama etilib, tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosining monitoringi va tahlili asosida umumlashgan tahliliy axborot har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi, unda mavjud oqsashlar, ularning sabablari koʻrsatiladi, shuningdek aniq takliflar beriladi, ular Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus kengashlarida masʼul vazirliklar va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar va yirik korxonalar rahbarlari ishtirokida muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosining monitoringi natijalari muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼati majlislarida, vazirlik va uning hududiy boshqarmalarining maxsus kengashlarida koʻrib boriladi, ularning natijalari yuzasidan barcha darajadagi hokimliklar va iqtisod tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlariga Dastur amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qilish uchun takliflar taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Band boʻlmagan aholini ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosi doirasida 2013-yilda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha mehnat bozorida faol chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar, iqtisodiyotdagi tarkibiy oʻzgarishlar natijasida ish joyini yoʻqotgan fuqarolar, nogironlar, koʻp bolalilar, yakka-yolgʻizlar va boshqa toifadagi band boʻlmaganlarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish yuzasidan aniq maqsadli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj toifalarining bandligini taʼminlash uchun quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar koʻplab band boʻlgan sohalarda (yengil, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqalar) ish oʻrinlari tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarida maishiy xizmat koʻrsatish tarmogʻini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsizlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka, shu jumladan, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash orqali jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirishda bola tarbiyasi bilan yolgʻiz shugʻullanayotgan ona (ota), koʻp bolali ota-onalar va aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj boshqa toifalarini birinchi navbatda qoʻllab-quvvatlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning panduslar va maxsus moslamalar bilan jihozlanganligi ustidan monitoringni kuchaytirish orqali imkoniyati cheklangan fuqarolarning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish yoʻnalishidagi obyektlarga moneliksiz kirib-chiqishlarini taʼminlovchi zarur shart-sharoitlarni yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligini taʼminlashdagi anʼanaviy tadbirlar doirasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettiriladi, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etiladigan hamda boʻsh (vakant) va zaxira ish oʻrinlariga 600 ming nafar, shu jumladan 380 ming nafar qishloq tumanlaridagi ish izlovchi fuqarolarni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan aholi va ishsizlardan, birinchi navbatda, yoshlar, ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslardan 28,0 ming nafarini kasbga tayyorlash va ishga joylashtirish yuzasidan sifatli xizmatlar koʻrsatish. Ushbu maqsadda Toshkent shahrida joylashgan ishsizlarni kasbga tayyorlash markazi imkoniyatlari ishga solinadi, u erda mashinasozlik, elektrotexnika, avtomobillarga xizmat koʻrsatish kasbi boʻyicha 500 dan ortiq kishini tayyorlash, shuningdek bazaviy kasb-hunar kollejlarida korxonalarda mavjud boʻsh ish oʻrinlarini hisobga olgan holda ishsizlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 52,0 ming ishsiz fuqaroni, ayniqsa, transport, yoʻlboʻyi va ijtimoiy infratuzilma obyektlari qurilishida, qishloq joylaridagi namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishida haq toʻlanadigan jamoat ishlariga keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar va mehnat bozorida ish topishda qiynaladigan boshqa shaxslar uchun kamida 100 ming ish oʻrnini band (zaxira) qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
band boʻlmagan fuqarolarni mavjud va yangi tashkil qilinayotgan ish oʻrinlari, ishga joylashish imkoniyatlari va kafolatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari, Internet, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi saytlari, tuman va shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va ularning yirik fuqarolar yigʻinlari huzuridagi muqim punktlari orqali xabardor qilib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat bozoridagi taʼsirchan siyosatning muhim uslubi sifatida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil qilinadi va oʻtkaziladi, bundan maqsad ish izlovchi fuqarolarni taklif qilinayotgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishtirish, shuningdek ularga mehnat bozori, ishchilar talab qilinayotgan korxonalar, ishga joylashish imkoniyatlari, mavjud boʻsh ish oʻrinlari va oʻqish joylarini hisobga olgan holda yangi kasbga oʻqitish toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlar berishdan iborat. 2013-yilda barcha shahar va tumanlarni qamrab olgan holda, boʻsh ish oʻrinlari mavjud boʻlgan korxona va tashkilotlar hamda band boʻlmagan aholi ishtirokida 900 dan ziyod boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2013-yilda tuman va shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan ishsizlarni ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, shuningdek ishsizlik nafaqalari tayinlash va toʻlash, markazlarni saqlash va ularning xodimlariga ish haqi toʻlash uchun 35,3 mlrd soʻm mablagʻ sarflash nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur ijrosini taʼminlash doirasida taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga alohida eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Dastur doirasida tashkil etiladigan ish oʻrinlariga, shuningdek mavjud boʻsh va band qilingan ish oʻrinlariga kasb-hunar kollejlarining 500 mingdan ortiq bitiruvchisini ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadda “kollej—korxona” tizimi boʻyicha kasb-hunar kollejlariga iqtisodiyotning turli sohalaridagi 90 mingdan ortiq korxona va tashkilotlar biriktiriladi, shuningdek bitiruvchilarning ish izlash jarayonini qisqartirish maqsadida barcha tuman va yirik shaharlarda boʻsh ish oʻrinlarining kamida 900 ta yarmarkalari oʻtkazilishi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirish bilan bir qatorda ularga oʻz tadbirkorlik ishini boshlash va yuritish uchun tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini ajratish amaliyotini davom ettirish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchilarni ishga joylashtirish maqsadida har bir tuman va shahar boʻyicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, ularning ijrosini taʼminlashda barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, hokimliklar, korxona va tashkilotlar ishtirok etadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 12-son, 346-modda)