10.09.2013 yildagi 22-1303/4756-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasi imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa kassatsiya shikoyati koʻrmasdan qoldiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xorazm avtomobil bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyat (bundan buyon matnda — MChJ) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib Xorazm viloyat Davlat soliq boshqarmasi (bundan buyon matnda — DSB)ning 2013-yil 15-martdagi 19-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida apellatsiya instansiyasi sudining qarorini qayta koʻrib chiqish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga asosan kassatsiya shikoyatini koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, Xorazm viloyat prokuraturasi “Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisining 2012-yil 28-noyabrdagi “Hujjatli taftish tayinlash haqida”gi qarori va DSBning 2012-yil 29-noyabrdagi 602-xs-sonli hamda 2012-yil 29-dekabrdagi buyruqlariga asosan MChJda 2008-yil 1-yanvardan 2013-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda moliya-xoʻjalik faoliyati yuzasidan, tasdiqlangan dastur asosida soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va hisoblangan soliq va majburiy toʻlovlarni budjetga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlanishi yuzasidan rejadan tashqari soliq tekshiruvi oʻtkazilgan hamda uning natijasi boʻyicha 2013-yil 19-fevralda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSBning 2013-yil 15-martdagi qarori bilan MChJga nisbatan qoʻshimcha hisoblangan soliq va majburiy toʻlovlar hamda moliyaviy jarimalar bilan jami 264 980,5 soʻm ixtiyoriy toʻlanishi belgilangan. Shunga koʻra, MChJ DSBning 2013-yil 15-martdagi qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sud majlisida koʻrish jarayonida kassatsiya shikoyati MChJ bosh hisobchisi D.Atayeva tomonidan imzolanganligi, unga esa bunday vakolat berilmaganligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarori 6-bandi uchinchi va toʻrtinchi xatboshisiga koʻra agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada taʼsis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tugʻilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi, kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi XPK 88-moddasining 3-bandiga mos holda kassatsiya shikoyatini koʻrmasdan qoldirishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday vaziyatda, sudlov hayʼati MChJ tomonidan berilgan kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganligi sababli uni koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi 2008-yil 18-apreldagi “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi 180-sonli qarorining 15-bandiga muvofiq ishni koʻrish daʼvoni (arizani) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimni chiqarish bilan yakunlanganida davlat boji qaytarilmaydi, toʻlanmagan davlat boji esa javobgardan undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilganlarga binoan sudlov hayʼati arizachi tomonidan oldindan toʻlangan 397 950 soʻm davlat boji va 5000 soʻm pochta xarajatlarini arizachi zimmasida qoldirishni lozim deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-1303/4756-son