Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 23.12.2005 yildagi 136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksini qo‘llash to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 2008-yil 30-dekabrdagi 189-sonli qarori asosida kiritilgan o‘zgarishlar bilan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum ta’kidlaydiki, respublikada bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, mulkchilik shakllarining o‘zgarishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va xorijiy sarmoyadorlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning kengayishi xo‘jalik nizolari sonining ko‘payishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida tekshirish xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya etish usullaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotining tahlili sudlarning hal qiluv qarori, qarori va ajrimlari ustidan berilayotgan kassatsiya shikoyatlari va protestlarini rasmiylashtirishda, ish yuritishga qabul qilish, ko‘rib chiqib hal qilishda protsessual huquq normalarining har doim ham bir xilda qo‘llanilishi ta’minlanmayotganligini ko‘rsatmokda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xo‘jalik sudlariga tushuntirilsinki, xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, qarorlari, ajrimlarini kassatsiya instansiyasida ko‘rish qonunni to‘g‘ri, bir xilda qo‘llash va xo‘jalik sudlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun kassatsiya instansiyasi sudining e’tiborini xo‘jalik ishlarini kassatsiya tartibida ko‘rishning qonun bilan belgilangan tartibiga qat’iy rioya qilishga, kassatsiya shikoyati (protesti)dagi vajlarni har tomonlama tekshirishga va sud xulosalarining aniqlangan holatlarga va qonunga mos bo‘lishi lozimligiga qaratish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. XPKning 173-moddasiga muvofiq ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan shaxslar xo‘jalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish to‘g‘risidagi ajrim shikoyat (protest) xo‘jalik sudiga kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan shikoyat bergan shaxsga (protest keltirgan prokurorga) hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrim axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaytarilganda kassatsiya shikoyati (protest)ga ilova qilingan hujjatlar ham shu sud tomonidan qaytariladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilarga almashtirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining kassatsiya instansiyasi, XPKning 174-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlarining birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini kassatsiya tartibida ushbu sudning Rayosati tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. XPKning 175-moddasiga muvofiq kassatsiya shikoyati (protesti) O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) va unga ilova qilinadigan hujjatlar xo‘jalik sudiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xo‘jalik sudi, agarda XPKning 180-moddasida nazarda tutilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari mavjud bo‘lmasa, besh kunlik muddatda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudiga yuboradi. Bunday asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) XPK 180-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga asosan qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. XPKning 176-moddasiga muvofiq, kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy mobaynida berilishi mumkin. Hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati u qabul qilingan sananing ertasidan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 149 va 150-moddalariga muvofiq qabul qilingan qo‘shimcha hal qiluv qarorlari, qarorlar va ajrimlar ham kassatsiya tartibida alohida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarorining, qarorning bir qismiga nisbatan ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni XPKning 177-moddasi talablariga mos bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatini qabul qilish paytida sudyada ta’sis hujjatlariga muvofiq shikoyatni imzolagan shaxsning uni imzolashga haqli ekanligiga shubha tug‘ilsa, sudya kassatsiya shikoyatini ish yuritishga qabul qiladi va arizachiga uning shikoyatni imzolashga vakolatini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini imzolash vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmaganda kassatsiya instansiyasi sudi XPK 88-moddasining 3-bandiga mos holda kassatsiya shikoyatini ko‘rmasdan qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni e’tiborga olishlari kerakki, XPK 180-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari ro‘yxati qat’iy hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir vaqtning o‘zida bir necha ishlar bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, qarorlar, shuningdek qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPKning 117-moddasi birinchi qismi 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga o‘tkazib yuborilgan apellatsiya shikoyati (protesti)ni berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin kelib tushgan va bu iltimosnoma qanoatlantirilgan hollarda kassatsiya shikoyati (protesti)ni qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 3-bandiga mos holda rad etiladi. Kassatsiya shikoyati (protesti)ning qabul qilishni rad etilishi shikoyat (protest) beruvchiga apellatsiya instansiyasida qaror (ajrim) qabul qilingandan so‘ng kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xo‘jalik sudiga qayta murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi, agar shikoyat (protest)ni berish asoslari yo‘qolmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish haqidagi birinchi instansiya sudi sudyasining ajrimi bir oylik muddat ichida kassatsiya instansiyasi sudiga shikoyat (protest) qilinishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Shikoyat (protest) qilish muddati o‘tkazilib berilgan kassatsiya shikoyatiga (protestiga) o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnoma ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada kassatsiya shikoyatini bergan shaxs tomonidan havola qilinayotgan muddatni o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilishi va asoslantirilishi lozim. Iltimosnoma shikoyatda (protestda) yoki alohida arizada bayon qilinishi mumkin va shikoyat (protest) bilan bir vaqtda taqdim qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest) berish muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinmasdan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatini (protestini) o‘z vaqtida berishga haqiqatda to‘sqinlik qilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatining o‘tkazib yuborilishiga uzrli sabablar deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun o‘tib ketgan muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish haqidagi ajrimda bayon etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPKning 99-moddasiga muvofiq o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risida kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish haqidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 180-moddasi birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asos bilan, ya’ni kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat o‘tganidan keyin berilgan va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa, ushbu shaxs tomonidan takroran kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat etilsa, kassatsiya shikoyati (protesti) XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda qabul qilinishi rad etiladi.
(7.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng, shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs, XPK 180-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, xo‘jalik sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda hal qiluv qarori, qaror qonuniy kuchga kirgandan so‘ng bir oy ichida murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiyasi sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etadi. Agar ko‘rsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida oldin mazmunan ko‘rilgan ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori, qaror ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimni kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi chiqaradi (XPKning 181-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, kassatsiya protestini keltirgan prokurorga, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq shikoyat bergan shaxsga XPKning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng barcha sud hujjatlari hay’at tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. XPKning 182-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq kassatsiya shikoyatini bergan shaxslarning iltimosiga ko‘ra, agar ariza beruvchi shunday choralarni ko‘rmaslik hal qiluv qarori, qarorning qaytarma ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘yishi mumkinligini isbotlasa, kassatsiya instansiyasida ish yuritish tugagunga qadar birinchi va apellatsiya instansiyalarida qabul qilingan hal qiluv qarori, qarorning ijrosini to‘xtatib qo‘yishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnoma kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. XPKning 183-moddasiga muvofiq, kassatsiya instansiyasida ish XPKning 22-bobida nazarda tutilgan xususiyatlar bilan xo‘jalik sudining birinchi instansiyasida ish ko‘rish qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin. Bunda faqat birinchi instansiya uchun belgilangan qoidalar qo‘llanilmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasida, xususan, nizolarni hal etish uchun hakamlik sudlariga topshirish (XPKning 25-moddasi), ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish (XPKning 38-moddasi), da’voning asoslari va predmetini o‘zgartirish, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish, da’vodan to‘liq yoki qisman voz kechish (XPKning 40-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslarning kirishishi (XPKning 41-moddasi), ishga nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslarning kirishishi (ularni ishda ishtirok etishga jalb qilish) (XPKning 42-moddasi), bir nechta da’vo talablarini birlashtirish va ajratish (XPKning 115-moddasi), qarshi da’vo taqdim etish (XPKning 120-moddasi) haqidagi qoidalar qo‘llanilmaydi. Shuningdek, ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rib chiqishga rozilik bermagan da’vogarning ishtirokisiz nizoning hal etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi (XPK 130-moddasining uchinchi qismi) haqidagi qoida ham qo‘llanilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya instansiyasining sud majlisida ishtirok etmagan hollarda, agar ular tegishli tartibda ishni muhokama etish vaqti va joyi haqida xabardor qilingan bo‘lsalar, ish ularning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 186-moddasiga mos holda birinchi instansiya sudida arz qilinmagan yangi talablarni qabul qilishga yoki ko‘rib chiqishga haqli emas. Bunda yangi talablar deganda, birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilmagan moddiy-huquqiy talablar, shuningdek birinchi instansiya sudida ishni ko‘rishda ishtirok etmagan shaxsga nisbatan bildirilgan talablar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) birinchi instansiya sudida ko‘rish predmeti bo‘lmagan yangi talablar arz qilingan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorning asoslantiruvchi qismida ushbu talablar birinchi instansiya sudida ko‘rish predmeti bo‘lmaganligi sababli, ko‘rib chiqilmasligini ko‘rsatishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudi tomonidan ish yuritishga qabul qilingan bo‘lib, kassatsiya shikoyatini bergan shaxs qaror qabul qilingunga qadar undan voz kechsa, protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanishidan oldin protestni chaqirib olsa va XPKning 184-moddasiga ko‘ra sud tomonidan kassatsiya shikoyatidan voz kechish qabul qilinsa, agar hal qiluv qaroriga, qarorga nisbatan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan shikoyat berilmagan bo‘lsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan so‘ng birinchi yoki apellatsiya instansiyasining hal qiluv qarorini, qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza berilsa, shikoyat (protest) bo‘yicha ish yuritish XPK 82-moddasi birinchi qismining 1-bandiga binoan to‘xtatib qo‘yiladi, ish esa XPKning 24-bobi tartibida ko‘rish uchun tegishli instansiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga hal qiluv qarorini, qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza berilgandan keyin kelib tushgan bo‘lsa, birinchi navbatda ariza ko‘rib chiqiladi. Bunday arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud hujjati qabul qilingandan keyin, agar kassatsiya shikoyati bergan shaxs shikoyatdan voz kechmagan, prokuror tomonidan esa protest chaqirib olinmagan bo‘lsa, ish kassatsiya shikoyati (protesti) bilan birga kassatsiya instansiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kassatsiya instansiyasi sudi ishni ko‘rib chiqishda sud tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq tekshirilganligini, sud aniqlangan deb topgan holatlarning isbotlanganligini, moddiy va protsessual huquq normalari to‘g‘ri qo‘llanganligini tekshiradi. Bunda sud kassatsiya shikoyatida bayon etilgan vajlar bilan cheklanmasligi kerak. Shuningdek, sud hal qiluv qarori, qaror ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlariga ta’sir etmaganligini ham tekshiradi, chunki XPK 188-moddasi uchinchi qismining 5-bandiga muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan qonun buzilishi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni e’tiborga olish kerakki, XPKning 187-moddasida sanab o‘tilgan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari qat’iy bo‘lib, ularni kengaytirilgan tarzda talqin qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘rganish asosida aniqlanganligini, sudning xulosalari bu holatlarga mosligini, biroq sud tomonidan moddiy huquq normalarini qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yilganligini aniqlasa, unda kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorining, qarorning asoslantiruvchi qismini o‘zgartiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘rganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini, shuningdek ishni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida ko‘rishda ishning holatlari to‘liq aniqlanmaganligini va shu munosabat bilan hal qiluv qarori, qaror yetarlicha asoslanmaganligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi hamda yangi qaror qabul qiladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.1. Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollardagina hal qiluv qarori (qaror)ni bekor qilish hamda ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar e’tiborga olishlari kerakki, mazkur modda uchinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan arz qilingan talab bo‘yicha qarorning qabul qilinmaganligiga da’voning asosi yoki predmetini o‘zgartirish, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish to‘g‘risidagi arizalarda, qarshi da’vo arizada ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha hal qiluv qarori va (yoki) qarorning qabul qilinmaganligi ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslarning ro‘yxati tugal hisoblanadi va uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.2. Kassatsiya instansiyasi sudi da’vo arizasini (arizani) qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, ish yuritishni to‘xtatib turish, ish yuritishni tugatish, da’voni ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim (qaror)ni bekor qilgan taqdirda, XPK 172-moddasining uchinchi qismiga mos holda ish ajrim va (yoki) qaror bekor qilingan sud instansiyasiga ko‘rish uchun o‘tkaziladi.
(15.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish haqidagi apellatsiya instansiyasi sudining qarori bekor qilingan taqdirda, ish apellatsiya instansiyasiga XPK 188-moddasi uchinchi qismining 9-bandiga mos holda o‘tkaziladi. Agar kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudining bunday qarori bilan birga birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori ustidan ham berilgan bo‘lsa, ushbu qoida qo‘llanilmaydi.
(15.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. XPK 188-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, protsessual huquq normalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda, agar bu qonun buzilishi noto‘g‘ri hal qiluv qarorining, qarorning qabul qilinishiga olib kelgan yoxud olib kelishi mumkin bo‘lsa, hal qiluv qarori, qaror bekor qilinadi yoki o‘zgartiriladi. Bunday oqibatlarning mavjudligi har bir aniq holatda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16.1. Moddiy hamda protsessual huquq normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi (XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bundan mustasno) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yoki apellatsiya instansiyasi sudining qarorini o‘zgartirish yoxud bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilish, ish yuritishni tugatish yoki da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy huquq normalarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi deb quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun hujjatlarining qo‘llanilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘llanilishi lozim bo‘lmagan qonun hujjatlarining qo‘llanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z kuchini yo‘qotgan qonun hujjatlarining qo‘llanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining noto‘g‘ri talqin qilinganligi.
(16.1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori XPKning 189-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida kassatsiya shikoyatida (protestida) bayon qilingan barcha vajlarga baho berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki o‘zgartirilib, da’voni to‘la yoki qisman rad etish to‘g‘risida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud da’vo to‘la yoki qisman ko‘rmasdan qoldirilsa, kassatsiya instansiyasi sudi qarorining xulosa qismida bekor qilingan yoki tegishli qismi o‘zgartirilgan sud hujjati bo‘yicha undirishni to‘la yoki qisman bekor qilish to‘g‘risida ko‘rsatiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudi qarorining nusxalari qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa, qaror axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni kassatsiya instansiyasida ko‘rgan xo‘jalik sudining qarorida bayon qilingan ko‘rsatmalari, XPKning 190-moddasi talablariga muvofiq, shu ishni yangidan ko‘rayotgan sud uchun majburiydir. Ushbu ko‘rsatmalarni bajarmaslik ish holatlarining to‘liq aniqlanmaganligiga olib kelgan bo‘lsa, ishni yangidan ko‘rishda qabul qilingan hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish paytida u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan ko‘rishda qanday qaror qabul qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi masalalarni oldindan hal qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishda sudlarga bajarib bo‘lmaydigan ko‘rsatmalarni berishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishni kassatsiya tartibida ko‘rishda tashkilot, davlat organi yoki boshqa organ, mansabdor shaxs yoxud fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan taqdirda kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 152-moddasiga asosan xususiy ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat alomatlari aniqlanganda kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qilishga haqli.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Hal qiluv qarori, qaror bekor qilinganda va ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilganda, Oliy xo‘jalik sudi ishning murakkabligi yoki boshqa asoslarga ko‘ra uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yuritishiga qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xo‘jalik sudining shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo‘lgan ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) XPKda nazarda tutilgan hollarda beriladi (keltiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 191-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, xo‘jalik sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xo‘jalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimlarga nisbatan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tgandan so‘ng bir oy davomida yoki apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bir oy davomida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kassatsiya instansiyasi sudi XPKning 150-moddasiga muvofiq o‘zi qabul qilgan qarorni tushuntirib berishga, yo‘l qo‘yilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatishga haqli.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 284-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sud xarajatlarini taqsimlash kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan XPKning 95-moddasida belgilangan qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyati uni bergan shaxsga qaytarilgan holda to‘langan davlat boji XPK 93-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatidan voz kechilganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilgan holda sud xarajatlari kassatsiya shikoyati bergan shaxsning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kassatsiya instansiyasi qarorining ijrosini kechiktirish yoki uni bo‘lib-bo‘lib ijro etish masalalari ishni birinchi instansiyada ko‘rib chiqqan xo‘jalik sudi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oliy xo‘jalik sudining sudlov hay’atlariga kassatsiya tartibida ishlarni ko‘rish amaliyotini doimiy ravishda o‘rganish va umumlashtirish, bu hujjatlardan xo‘jalik sudlarining ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf etishda hamda kassatsiya instansiyasi faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida keng foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-son