17.12.2014 yildagi 17-1406/3583-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha yangi ochilgan xolatlar mavjud boʻlmaganligi uchun daʼvo rad etilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi R.Tursunova “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati, taʼsischilar A.Raximjonov, Y.Batirovalarga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2009-yil 20-sentabrdagi va 2011-yil 29-apreldagi umumiy yigʻilish qarorlarini hamda “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsis hujjatlariga kiritilgan va 2009-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartirishlarni haqiqiy emas deb topishni soʻragan. Sudning 2014-yil 11-apreldagi ajrimi bilan ish boʻyicha nizoning predmetiga mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida Andijon shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan. “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2009-yil 20-sentabrdagi va 2014-yil 29-apreldagi yigʻilish qarorlari hamda “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsis hujjatlariga kiritilgan va qayta davlat roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartirishlar haqiqiy emas deb topilgan. Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarori bilan birinchi instansiya sudining 2014-yil 25-apreldagi hal qiluv qarori bekor qilingan va daʼvoni rad qilish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 28-oktabrdagi qarori bilan “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Tursunova Raʼno Yuldashevnaning apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Tursunova Raʼno Yuldashevna kassatsiya tartibida shikoyat bilan murojaat qilib, unda apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 28-oktabrdagi qarorini bekor qilishni va ishni yangi ochilgan holat boʻyicha apellatsiya instansiyasi sudida qaytadan koʻrish haqida qaror chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagi asoslarga kassatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etishni, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz qoldirishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, 2006-yil 17-avgustda “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati Andijon shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasi tomonidan 11525-sonli reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat nizom jamgʻarmasi 600 000 soʻm miqdorida belgilangan va taʼsischilar oʻrtasida quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Batirov Kasimjon — 200 000 (ikki yuz ming) soʻm — 33,4 % ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raximjanov Abduraxim — 200 000 (ikki yuz ming) soʻm — 33,3 % ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tursunova Raʼno — 200 000 (ikki yuz ming) soʻm — 33,3 % ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-sentabr kuni “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining yigʻilishi oʻtkazilib, unda “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi boʻlgan Batirov Kasimjon vafot etganligi sababli u kishini taʼsischilar safidan chiqarish hamda qonuniy merosxoʻri boʻlgan Batirova Yanvarxonni taʼsischilar safiga qabul qilish, jamiyatning taʼsischilar safi oʻzgarganligi munosabati bilan nizomga oʻzgartirishlar kiritish va tasdiqlash, jamiyat nizomiga kiritilgan qoʻshimchalarni tasdiqlab berish Andijon shahar hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish inspeksiyasidan soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qarorga asosan 2009-yil 14-oktabrda jamiyatning taʼsis shartnomasi oʻzgartirilib, uni A.Raximjanov va Y.Batirovalar imzolashgan. 2009-yil 29-dekabrda jamiyatning yangi nizomi tasdiqlangan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 29-aprelda “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining yigʻilishi oʻtkazilib, unda Nazarov Oybekga jamiyat direktori lavozimiga 2011-yil 30-aprel kunidan ishga tayinlash va unga moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyish hamda jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, har qanday bitimlar tuzish va boshqa qonunchilikda hamda nizomda belgilangan huquqlar berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarorida “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2009-yil 20-sentabr va 2011-yil 29-aprel kunlari yigʻilishlari oʻtkazilganligi va bu yigʻilishlardan Tursunova Raʼno Yuldashevna habardor boʻlganligi, “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati nizomining 10.3-bandida ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha qatnashchilar umumiy yigʻilishining qarori majlisda ishtirok etayotgan jamiyat qatnashchilarining 60 foiz ovozlari bilan qabul qilinishi belgilanganligi, 2011-yil 29-apreldagi O.Nazarovni jamiyat direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi yigʻilish jamiyat ikki ishtirokchisi ishtirokida oʻtkazilganligi va bu holatda kvorum 66,7 foizni tashkil etishi, jinoyat ishlari boʻyicha Asaka tuman sudining 2012-yil 5-martdagi hukmida “Novator Andijon” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarining 2009-yil 20-sentabr kuni yigʻilish oʻtkazilib, ushbu yigʻilishga asosan Y.Batirova 33,4 foiz ulushi egasi ekanligi tasdiqlanganligi, biroq boshqa taʼsischilar A.Raximjanov va R.Tursunova oʻzaro til biriktirib Y.Batirovaga tegishli boʻlgan mulklarni talon-toroj qilganligi koʻrsatib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tursunova Raʼno Yuldashevna xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarorini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrib chiqib, uni bekor qilishni va ishni yangidan shu instansiya sudida qayta koʻrib chiqishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tursunova Raʼno Yuldashevnaning apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarorini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasida sud majlisidan keyin Tursunova Raʼno Yuldashevna Andijon shahar IIBga 2009-yil 20-sentabrdagi jamiyat taʼsischilarining umumiy yigʻilishi qarori soxtalashtirilganligi va buning oqibatida uning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida ariza yozganligi, arizani tekshirish davomida sudga oid xatshunoslik ekspertizasi oʻtkazilganligi, ekspertning 2014-yil 6-avgustdagi 580-sonli xulosasida R.Tursunova nomidan qoʻyilgan imzo R.Tursunovaga tegishli emasligi, balki bu imzo oʻxshatish yoʻli bilan boshqa shaxs tomonidan qoʻyilganligi aniqlanganligi, Andijon shahar IIB tergov boʻlimi tomonidan 2014-yil 13-sentabr kuni qaror qabul qilinganligi, qarorda jamiyat taʼsischilarining 2009-yil 20-sentabrdagi umumiy yigʻilish qarori haqiqatdan ham soxtalashtirilgani, qarorda qoʻyilgan imzo R.Tursunovaga tegishli emasligi koʻrsatilganligi va nomaʼlum shaxslar harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan jinoyat alomatlari, yaʼni maʼlum bir huquq beruvchi rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish jinoyat alomatlari mavjudligi koʻrsatilganligi, qarorda ushbu hujjat soxta boʻlganligi bois hech qanday yuridik oqibatlar tugʻdirmasligi, mazkur jinoyatni sodir qilgan nomaʼlum shaxsni javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi koʻrsatilib, Oʻzbekiston Respublikasi JPK 84-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad qilinganligi bayon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 204-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi oʻzi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar bergani, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa bergani, tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilgani, hujjatlar yoki ashyoviy dalillarning soxtaligi, bu hol sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoxud ular vakillari yoki sudyalarning shu ishni koʻrish vaqtidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ushbu hal qiluv qarorini qabul qilishga asos boʻlgan xoʻjalik sudining hujjati yoki sudning hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organning qarori bekor qilinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi 111-sonli qarorining 4-bandida yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud boʻlib, biroq sudning ishni koʻrish vaqtida hisobga olishi mumkin boʻlmagan, arizachiga va sudga nomaʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina maʼlum boʻlgan holatlarni tushunish lozimligi, agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan soʻng vujudga kelgan boʻlsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻla olmasligi, chunki bu XPKning 204-moddasi 2-qismi 1-bandi mazmuniga zid boʻlishi, yangi ochilgan holatlar mavjud boʻlmasdan, ishni kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib chiqish asoslari mavjud boʻlgan holatda ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish mumkin emasligi, bunday hollarda xoʻjalik sudi koʻrsatib oʻtilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishni rad etishi lozimligi, sud hujjati qabul qilingandan keyin vujudga kelgan yangi holatlar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun emas, balki yangi daʼvo bilan murojaat etish uchun asos boʻlishi mumkinligi, 5-bandida xoʻjalik sudlari shuni eʼtiborga olishlari lozimki, sud hujjatini qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlayotgan holatlar jiddiy boʻlishi, yaʼni sud hujjatini qabul qilishda xoʻjalik sudi xulosasiga taʼsir koʻrsatadigan darajada boʻlishi lozimligi, bu holat xoʻjalik sudi tomonidan avvalda tekshirish predmeti boʻlgan faktga nisbatan yangi dalillar emas, balki aynan yuridik faktlarning oʻzi boʻlishi lozimligi, sud tomonidan ishni koʻrib chiqishda tekshirish predmeti boʻlmagan hamda mavjudligi arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan yuridik faktni belgilovchi yangi dalillar yangi ochilgan holatlar deb eʼtirof etilishi mumkinligi, agar ishni yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish davomida sud keltirilgan dalillar arizachiga maʼlum boʻlgan yoki maʼlum boʻlishi lozim boʻlganligini aniqlasa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha keltirilgan arizani qanoatlantirish rad etilishi lozimligi, chunki XPKning 55-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerakligi (tortishuv prinsipi), 6-bandida XPKning 204-moddasi 2-qismi 2 va 3-bandlariga binoan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoxud ular vakillarining yoki sudyalarning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolgʻon guvohlik berishi, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa berishi va tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilishi (ular ishtirokida koʻrilgan boshqa ishlarda emas) aynan ushbu ishni koʻrishda sodir etilgan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishni qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkinligi, ushbu bandlarda koʻrsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozimligi, ushbu bandlarda koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishning imkoni boʻlmagan taqdirda, xususan avf eʼlon qilish, vafot etganlik, javobgarlik uchun daʼvo muddati oʻtib ketganligi munosabati bilan xoʻjalik sudining sud hujjati kassatsiya yoki nazorat tartibida qayta koʻrib chiqilishi mumkinligi, 7-bandida xoʻjalik sudi hujjatini sudning boshqa ish boʻyicha hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organ qarorining bekor boʻlishi oqibatida yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish mumkinligi (XPKning 204-moddasi 2-qismi, 4-bandi), basharti, agar bekor qilingan sud hujjatlari xoʻjalik sudining qayta koʻrib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan boʻlsa mumkinligi toʻgʻrisida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudining 2014-yil 25-apreldagi hal qiluv qarorida 2009-yil 20-sentabrdagi oʻtkazilgan yigʻilishda tuzilgan bayonnomadagi imzo Tursunova Raʼno Yuldashevnaga tegishli emasligi sud majlisida maʼlum boʻlganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar Tursunova Raʼno Yuldasheva tomonidan keltirgan asoslar apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, apellatsiya instansiya sudi asosli ravishda daʼvogar Tursunova Raʼno Yuldashevnaning apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 26-maydagi qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi arizasini qanoatlantirishni rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatda sudlov hayʼati, apellatsiya instansiya sudining 2014-yil 28-oktabrdagi qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni, ishni kassatsiya instansiya sudida koʻrish bilan bogʻliq sud harajatlari masalasini muhokama qilib, toʻlangan 7 000 soʻm pochta xarajatini fuqaro Tursunova Raʼno Yuldashevna zimmasida qoldirishni hamda ishni videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 30 000 sud xarajatini fuqaro Tursunova Raʼno Yuldashevnadan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi foydasiga undirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-1406/3583-son