22.10.2013 yildagi 14-1311/9554-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qachonki, unda ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Qaror ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan boʻyon matnda — inspeksiya) xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Iroda-Aziza N.I.A.” masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan boʻyon matnda — MChJ)ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi Nizom (bundan boʻyon matnda — Nizom) 1.2-qismining b-bandiga asosan sarflangan gazning 10 baravari qiymati miqdorida 6 914 510 soʻmlik iqtisodiy jarima qoʻllashni va uni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida MChJ gaz taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganligi holati birinchi instansiya sudi tomonidan asossiz inkor etilganligi vaj qilib keltirilib, hal qiluv qarorini bekor qilib, arz qilingan talabni toʻliq qanoatlantirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, arz qilingan talabni toʻliq qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi tomonidan 2012-yil 30-noyabrdagi 2/1-G-sonli tasdiqlangan qarori bilan oʻtkaziladigan tekshirishlar reja-jadvali va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyat boʻlimining 2013-yil 1-maydagi 15/STG-sonli buyrugʻiga asosan MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shohobchasida 2013-yilning 1-mayidan 20-mayigacha boʻlgan davr mobaynida siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan uglevodorodli gaz mahsulotlarining qabul qilinishi, tarqatilishi, ishlatilishi, hisob-kitobi hamda tabiiy gazdan foydalanishi, uning hisobini olib borilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazilib, bu haqda 2013-yil 20-mayda dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada MChJ oʻz ehtiyoji uchun oʻrnatilgan 1 dona PG-4 rusumli gaz plitasi, 2 dona isitish kotyoli va 1 dona nostandart titan gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilmasdan noqonuniy ulanganligi va hisobotlar boʻyicha jami 4,946 m. kub, umumiy qiymati 691 451 soʻmlik tabiiy gaz ishlatilganligi aniqlanib, sodir etilgan ushbu huquqbuzarlik yuqorida qayd etilgan Nizom 1.2-qismining b-bandiga asosan sarflangan gazning 10 baravari qiymati miqdoridagi 6 914 510 soʻm miqdorida iqtisodiy jarima qoʻllanilishi asos boʻlishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur dalolatnoma asosida inspeksiya 2013-yil 20-mayda 11/SN-“B” - sonli qaror qabul qilib, unda MChJga nisbatan noqonuniy sarflangan 4,946 m. kub, umumiy qiymati 691 451 soʻm tabiiy gazning 10 barobari miqdorida, jami 6 914 510 soʻm iqtisodiy jarima qoʻllab, uni ixtiyoriy ravishda bir oy muddat ichida toʻlab berish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan qaror talablari MChJ tomonidan belgilangan muddatda bajarilmaganidan keyin inspeksiya sudga murojaat qilib, unga nisbatan 6 914 510 soʻm jarima qoʻllashni va uni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoni hal qilishda sud instansiyalari tomonidan ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanmagan, aniqlangan deb hisoblangan holatlar isbotlanmagan, sudning xulosasi ishning faktik holatlariga mos kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Sudning hal qiluv qarori toʻgʻrisida” 161-sonli qarorining 3-bandiga koʻra qaror qachonki, unda ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Qaror ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emasligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan Nizom 1.2-qismining b-bandida ishlatuvchilar tomonidan yoqilgʻi ishlatiladigan qurilmalarning gaz taʼminoti tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab qoʻyilishi, obyekt (qurilma)ni gaz tarmogʻidan albatta uzib qoʻygan holda, ulardan gaz ulangan paytdan boshlab sarflangan gazning 10 baravar qiymatini undirib olishga sabab boʻlishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi nizoni hal qilishda ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlamasdan arz qilingan talabni rad etish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 15-bandida agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini,bekor qiladi va yangi qaror qabul qilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish va ularning moliyaviy javobgarligini erkinlashtirishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar toʻgʻrisida”gi 12/149-son qarorining 22-bandida ishlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bildirilgan talablar qanoatlantirilgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlaridan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida davlat boji undirilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi “Davlat boji stavkalari haqida”gi 533-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalari talabiga muvofiq daʼvo bahosi 1 mln soʻmdan ortiq 10 mln soʻmgacha boʻlganda daʼvo bahosining 2 foizi miqdorida davlat boji undirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatni qanoatlantirib, hal qiluv qarorini bekor qilib, arz qilingan talabni toʻliq qanoatlantirib, MChJga nisbatan 6 914 510 soʻmlik iqtisodiy jarima qoʻllab, uni inspeksiya foydasiga undirishni, shuningdek, ishni birinchi (jarima qoʻllash boʻyicha 795 900 soʻm, jarimaning undirilishi yuzasidan 138 291 soʻm) va kassatsiya instansiya sudida koʻrish bilan bogʻliq (467 096 soʻm davlat boji) hamda 12 000 soʻm pochta xarajatlarini MChJ zimmasida qoldirishni lozim deb topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-1311/9554-son