25.02.2015 yildagi 12-1207/18230-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Sirdaryo meliorativ ekspeditsiya (bundan buyon matnda — Ekspeditsiya)si xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, Sirdaryo viloyat xoʻjalik sudining 12-1007/18230-sonli ish boʻyicha 2014-yil 9-oktabrdagi ijro varaqasining ijro etish usulini oʻzgartirish, “Nuroniy biznes” shuʼba korxona (bundan buyon matnda — Shuʼba korxona)si foydasiga 28 546 871 soʻm asosiy qarzni 15-son Qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiya (bundan buyon matnda — Direksiya)sidan undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 9-dekabrdagi ajrimi bilan ariza qanoatlantirilgan. Direksiyadan Shuʼba korxona foydasiga 28 546 871 soʻm asosiy qarz, 285 468 soʻm davlat boji undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya kassatsiya tartibida shikoyat bilan murojaat qilib, unda sud tomonidan ish uning vakili ishtirokisiz koʻrilganligi, belgilangan tartibda ishni koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinmaganligi, natijada arizaga oʻz eʼtirozlarini bildirish huquqidan mahrum boʻlganligi bayon etilib, sud ajrimini bekor qilish, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyat prokuraturasi kassatsiya tartibida protest keltirib, unda sud tomonidan ishni koʻrish vaqti va joyi haqida Direksiya belgilangan tartibda xabardor qilinmasdan, ish uning vakili ishtirokisiz koʻrilganligi, ishda Direksiya xabardor qilinganligini tasdiqlovchi pochta qaydnomasi mavjud emasligi bayon etilib, sud ajrimini bekor qilish, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyati va protestda keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birgalikda muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga asosan sud ajrimini bekor qilishni, arizani rad etish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Sirdaryo viloyat xoʻjalik sudining 12-1007/18230-sonli ish boʻyicha 2013-yil 26-fevraldagi hal qiluv qarori bilan Ekspeditsiyadan Shuʼba korxona foydasiga 28 546 871 soʻm asosiy qarz, 285 468 soʻm davlat boji, 5000 soʻm pochta xarajatlari, jami 28 837 339 soʻm undirilgan. 2013-yil 27-martda ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuʼba korxonasi 2014-yil 9-sentabrda 09/09-sonli ariza bilan murojaat qilib, unda ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash va ijro varaqasining dublikatini berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2014-yil 9-oktabrdagi ajrimi bilan Shuʼba korxonaning arizasi qanoatlantirilgan. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddati tiklangan va ijro varaqasining dublikati berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspeditsiyaning sud hujjatining ijro etish usulini oʻzgartirib, qarzdorlikni Direksiyadan undirish haqidagi 2014-yil 18-noyabrdagi 410-sonli arizasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 28-iyundagi 129-sonli, Quyi-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2013-yil 22-maydagi 27-sonli buyruqlariga asosan Ekspeditsiyaning barcha debitor va kreditor qarzdorliklari bilan bir qatorda Shuʼba korxona oldidagi qarzdorligi ham Direksiyaga oʻtkazilganligi bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan arizani qanoatlantirishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi ““Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi 06/196-sonli qarori 9-bandining birinchi xatboshiga koʻra, qaror chiqargan sud, FPK 216-moddasi, XPK 217-moddasiga muvofiq, sud ijrochisi, undiruvchi yoki qarzdorning arizasiga asosan sud qarori ijrosini kechiktirish yoki boʻlib — boʻlib ijro etishga, shuningdek uning ijro usuli va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sud Ekspeditsiyaning Shuʼba korxona oldidagi qarzdorligi Dirreksiyaga oʻtkazilganligi sud hujjatini ijro etish usulini oʻzgartirish uchun asos boʻlmasligiga, arizaning qanoatlantirilishi ish boʻyicha taraf hisoblanmagan Direksiyaning huquq va maburiyatlariga taʼsir etishiga huquqiy baho bermasdan, Direksiyadan Shuʼba korxona foydasiga 28 546 871 soʻm asosiy qarz va 285 468 soʻm davlat boji undirish haqida notoʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 188-moddasiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarorining 21-bandiga koʻra, xoʻjalik sudining shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlgan ajrimlari ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) XPKda nazarda tutilgan hollarda beriladi (keltiriladi). XPK 191-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, xoʻjalik sudining ajrimlariga nisbatan berilgan kassatsiya shikoyatlari (protestlari) xoʻjalik sudining hal qiluv qarori va qarori ustidan beriladigan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) qabul qilish va koʻrib chiqish uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda, sudlov hayʼati, sudning 2014-yil 9-dekabrdagi ajrimini bekor qilishni, arizani qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilishni, kassatsiya shikoyati va protestni qisman qanoatlantirishni, ishni kassatsiya instansiyasi sudida videokonferensaloqa rejimida koʻrish bilan bogʻliq 30.000 soʻm sud harajatini Ekspeditsiya zimmasiga yuklashni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-1207/18230-son