30.06.2015 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari tomonidan 2013, 2014-yillar va 2015-yilning birinchi yarmida yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolarni koʻrish bilan bogʻliq sud amaliyotini umumlashtirish natijalari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudining 2015-yillik ish rejasining 20-bandiga asosan 2013, 2014-yillar va 2015-yilning birinchi yarmida yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolarni koʻrish bilan bogʻliq xoʻjalik sudlari tomonidan taqdim etilgan (515 ta) xoʻjalik ishlari va ular yuzasidan oʻtkazilgan umumlashtirishlar oʻrganib chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toifadagi ishlar xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi), “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida hal etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Zararni undirish talabi daʼvo predmeti boʻlib, uni faqat daʼvogar oʻzgartirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-aprelda “Yurxas” MChJ (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) va “Andrio Oqil” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda ijaraga oluvchi deb yuritiladi) oʻrtasida 29-sonli ijara shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, MChJ ijaraga oluvchiga Toshkent shahar, Dilkash koʻchasi, 2-uyda joylashgan 670 kv.m maydondagi noturar binoni 2011-yil 1-iyunga qadar bir oyga 1 105 500 soʻm ijara toʻlovlarini amalga oshirish sharti bilan ijaraga bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 1-iyunda taraflar oʻrtasida qoʻshimcha kelishuv imzolanib, ijara muddati 2011-yil 1-avgustga qadar uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara muddati tugagach ijaraga oluvchi ijaraga olingan binoni boʻshatib bermaganligi sababli, MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ijaraga oluvchini majburiy tarzda binodan chiqarishni va 2011-yilning iyul oyi uchun 1 105 500 soʻm ijara toʻlovini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2011-yil 2-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, ijaraga oluvchi Toshkent shahar, Dilkash koʻchasi, 2-uyda joylashgan noturar binodan majburiy tarzda chiqarilgan va 1 105 500 soʻm ijara toʻlovi undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ushbu hal qiluv qarori asosida berilgan ijro varaqasiga asosan sud ijrochilari tomonidan ijaraga oluvchi 2012-yilning 20-aprelida binodan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, ijaraga oluvchidan 54 270 000 soʻm miqdoridagi zarar (boy berilgan foyda)ni undirib berishni soʻragan. Bunga asos qilib, ijaraga oluvchi 2011-yil 1-avgustda ijaraga olingan noturar binoni boʻshatib berishi lozim boʻlganligi, 2011-yil 2-avgustda MChJ yangi ijaraga oluvchi “Ready Foods” MChJ bilan 36-sonli ijara shartnomasi imzolaganligi, ushbu shartnomaga koʻra Toshkent shahar, Dilkash koʻchasi, 2 uyda joylashgan 670 kv.m maydondagi noturar binoni 2011-yil 1-iyunga qadar har oyga 6 030 000 soʻm ijara toʻlovlarni amalga oshirish sharti bilan ijaraga berishi nazarda tutilganligi, ijaraga oluvchi binoni 2011-yilning avgust oyidan 2012-yilning apreliga qadar boʻshatib bermaganligi oqibatida MChJ 9 oy davomida 54 270 000 (6 030 000 x 9) soʻmga ega boʻla olmaganligini va bu summa boy berilgan foydani tashkil qilishini koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, ijaraga oluvchidan MChJ foydasiga 9 949 500 soʻm miqdorida zarar undirilgan. Bunga asos qilib MChJ va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuzilgan ijara shartnomasida ijaraga olingan noturar binodan foydalanilganligi uchun har oyga 1 105 500 soʻm ijara toʻlovlarini amalga oshirish lozim boʻlganligi va ijaraga oluvchi 2011-yilning avgustidan 2012-yilning apreliga qadar shartnomada belgilangan ijara toʻlovini toʻlashi lozimligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haqiqatdan ham, FKning 554-moddasida mulk ijarasi shartnomasi bekor boʻlganidan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni oʻziga topshirilgan holatda, normal eskirishni hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozimligi, agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarmasa yoki kechiktirib qaytarsa, ijaraga beruvchi kechiktirilgan barcha vaqt davomida mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq toʻlashni talab qilishga haqliligi, bu haq ijaraga beruvchi koʻrgan zararni qoplamagan taqdirda zararni toʻlashni talab qilishga haqliligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, mazkur holatda MChJ ijaraga oluvchidan u binodan foydalanganligi uchun haq toʻlashni talab qilmagan, balki ijaraga oluvchi binoni oʻz vaqtida boʻshatib berganida MChJ 54 270 000 soʻm miqdorida foyda olishi mumkinligidan kelib chiqib, suddan ushbu summani boy berilgan foyda sifatida undirib berishni soʻragan. Yaʼni, XPKning 40-moddasiga asosan daʼvogar nizo yuzasidan hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvo predmetini oʻzgartirishi mumkin. Ammo, mazkur holatda daʼvogar daʼvo predmetini oʻzgartirmagan boʻlsa ham, sud zarar oʻrniga ijaraga oluvchidan ijaraga olgan binodan foydalanganlik uchun haq undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Etkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilinganda, sud zarar yetkazilganligi bilan bogʻliq holatlarni aniqlashi va ushbu holatlarni tasdiqlovchi dalillarni sud hujjatida koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Qishloqxoʻjalikkimyo” Qorakoʻl tuman filialidan 12 132 865 soʻm kompensatsiya toʻlovlari (atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar) va 1 076 889 soʻm penyani, jami 13 209 754 soʻmni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari toʻliq qanoatlantirilgan boʻlsada, uning asoslantiruvchi qismida sud tomonidan aniqlangan holatlar, ushbu holatlarni asoslovchi dalillar keltirilmagan. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida, faqat, javobgar tomonidan atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun 12 132 865 soʻm kompensatsiya toʻlovlari toʻlanishi lozimligi koʻrsatilgan. Ammo, atrof muhitning ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi holatlari nimada ifodalanganligi va ushbu holatlarni tasdiqlovchi dalillar sud hujjatida koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, XPK 138-moddasining beshinchi qismiga koʻra, hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xoʻjalik sudining bu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar va xoʻjalik sudi u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vaj, shuningdek sud hal qiluv qarorini qabul qilishda tayangan qonun hujjatlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday xatoliklarga 20-1506/2376, 20-1506/2377 va 20-1506/2378-sonli ishlarni koʻrishda ham yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektron auksion savdolarida gʻolib chiqqan yetkazib beruvchi unda qatnashish uchun oldindan avans toʻlovlarini oʻtkazib bermagan boʻlib, kontrakt tuzishdan bosh tortganda, buyurtmachi kontrakt tuzishdan bosh tortishi tufayli yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Mol-xomashyo birjasi” AJ (bundan buyon matnda birja deb yuritiladi) va Fargʻona shahar Harbiy texnika yoʻnalishidagi Fargʻona akademik litseyi (bundan buyon matnda buyurtmachi deb yuritiladi) xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Quruvchi” xususiy firmasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dan birjaning maxsus hisob raqamiga keyinchalik buyurtmachi hisob raqamiga oʻtkazib berish sharti bilan 638 669 soʻm kompensatsiya toʻlovlarini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, birja tomonidan tashkillashtirilgan elektron auksion savdolarida javobgar qatnashib, 2012-yil 6-oktabrda rasmiylashtirilgan 978119-sonli elektron auksion savdosi bayonnomasiga koʻra 274 600 soʻmlik, 978214-sonli elektron auksion savdosi bayonnomasiga koʻra 9 391 200 soʻmlik, 978128-sonli elektron auksion savdosi bayonnomasiga koʻra 5 354 300 soʻmlik va 978102-sonli elektron auksion savdosi bayonnomasiga koʻra 3 319 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini buyurtmachiga yetkazib berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan. Biroq, javobgar 2012-yil 15-oktabrda birjaga xat bilan murojaat qilib, elektron auksion savdolarida yutib olgan lotlar boʻyicha buyurtmachiga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib bera olmasligini maʼlum qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi “Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi 166-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 20-bandida akkreditatsiyadan oʻtgan yetkazib beruvchilar savdolarda qatnashish uchun hisob-kitob-kliring palatasining ikkilamchi depozit hisob raqami doirasida oʻz shaxsiy hisob raqamlariga avans toʻlovlarini oʻtkazishlari shartligi, savdolar gʻolibining moliyaviy zakalati u kontraktni imzolagunga qadar blokirovka qilinishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning 43-bandiga koʻra savdolarda gʻolib chiqqan yetkazib beruvchi kontrakt tuzishni rad etganda yoki uni tuzishdan boshqacha tarzda bosh tortganda, uning moliyaviy zakalati savdolar gʻolibi aniqlangan sanadan boshlab bir hafta muddatda, yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida, buyurtmachining tegishli hisob raqamiga (agar buyurtmachi gʻaznachilik ijrosi bilan qamrab olingan boʻlsa - budjet mablagʻlari yoki budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha tegishli shaxsiy gʻazna hisob raqamini koʻrsatgan holda yagona gʻazna hisob raqamiga, agar buyurtmachi gʻaznachilik ijrosi bilan qamrab olinmagan boʻlsa - uning bankdagi talab qilib olingungacha depozit hisob raqamiga) oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda javobgar tomonidan elektron auksion savdolarida qatnashish uchun avans (moliyaviy zakalat) toʻlovlari oʻtkazib berilmaganligi bois daʼvogarlar kompensatsiya toʻlovlarini undirish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sud yuqoridagi nizomning 20-bandi talablariga eʼtiborini qaratmagan. Yaʼni, yetkazib beruvchi savdolarda qatnashishdan oldin avans toʻlovlarini oʻtkazishi shart boʻlganligiga va ushbu majburiyatning bajarilmaganligi yetkazib beruvchini savdolarda qatnashishga ruxsat berilmasligiga sabab boʻlishiga, savdolarda qatnashish uchun oldindan avans toʻlovlarini oʻtkazib berilmaganligi savdolardan keyin ushbu toʻlovlarni kompensatsiya sifatida undirish uchun asos boʻla olmasligiga va bunday holatda yetkazib beruvchi kontrakt tuzishni rad etgan yoki uni tuzishdan boshqacha tarzda bosh tortgan taqdirda buyurtmachi kontrakt tuzishdan bosh tortish tufayli yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan sudga murojaat qilishga haqliligiga eʼtibor bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat organi yoki ushbu organ mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda sud ishga moliya organini jalb qilishi va zarar summasining asosliligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VARIA” MChJ (bundan buyon matnda undiruvchi deb yuritiladi)ning daʼvo arizasiga asosan xoʻjalik sudining hal qiluv qarori bilan “PRAGMA INVEST” MChJ (bundan buyon matnda qarzdor deb yuritiladi)dan 47 642 840 soʻm undirilgan. Ushbu hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, 2010-yil 25-oktabrda undiruvchiga ijro varaqasi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ijro varaqasi Sud departamentining Yunusobod tuman boʻlimiga 2010-yil 8-noyabrda topshirilgan. Sud ijrochisining 2010-yil 25-noyabrdagi qarori bilan ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun 30-moddasining birinchi qismida ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan eʼtiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerakligi belgilangan boʻlsada, sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlari belgilangan muddatlarda bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sud ijrochisining qarori bilan qarzdorning bankdagi hisob varagʻiga band solingan boʻlsada, 2010-yil 9-dekabrda qarzdorning hisob varagʻidagi 2 400 000 soʻm pul mablagʻlari boshqa bir korxona hisobraqamiga oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ijro ishi yuritish davomida sud ijrochisi qarzdorning mol-mulkini qidirish, ularni xatlash va baholash choralarini koʻrmagan. Undiruvchining murojaatlari esa javobsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, undiruvchining arizasi (shikoyati) asosida xoʻjalik sudining 2011-yil 22-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan sud ijrochisining harakatsizligi noqonuniy deb topilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, sud ijrochisi tomonidan sud hujjatini ijro etish uchun 4 yil davomida chora koʻrilmagan. Shu sababli, undiruvchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasidan 22 134 862 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida sud hujjati oʻz vaqtida ijro etilganida undiruvchi FKning 327-moddasida belgilangan bank foizi miqdorida foyda koʻrishi mumkinligi, 2011-yilning yanvaridan 2015-yilning martiga qadar bank foizi miqdori 22 134 862 soʻmni tashkil etishi, ushbu summani undiruvchi sud ijrochisining harakatsizligi oqibatida ololmaganligi va natijada undiruvchi ushbu summa miqdorida zarar koʻrganligini vaj qilib koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 990-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga koʻra davlat organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining Qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim. Zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 15-moddasiga asosan davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ushbu normalarga asoslanib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirgan va Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasidan undiruvchi foydasiga 22 134 862 soʻm zararni undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud nizo yuzasidan qaror qabul qilishda qarzdorda mol-mulk mavjud emasligi bois sud ijrochisi tomonidan sud hujjati ijro etilmaganligiga eʼtibor bermagan. Vaholanki, sud hujjati bilan undiruvchi foydasiga qarzdordan undirilishi lozim boʻlgan 47 642 840 soʻm pul mablagʻlaridan undiruvchi haqiqatdan ham ushbu summa undirilgan holdagina toʻrt yil davomida bank foizi miqdorida foyda koʻrishi mumkin boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, zarar summasi Sud departamentining Toshkent shahar hududiy boshqarmasidan undirilib xatolikka yoʻl qoʻyilgan. Chunki, FKning 15-moddasi hamda Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 12-yanvarda 1095-son bilan roʻyxatga olingan “Davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolar yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplashda davlat budjeti mablagʻlari hisobidan pul toʻlovlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomaga asosan davlat organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan toʻlanadi. Shu bois, sud ishga javobgar sifatida Moliya vazirligining tegishli hududiy organini jalb qilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisidagi talab xoʻjalik sudiga taalluqli emasligini asos qilib, u boʻyicha ish yuritish tugatilmaydi, balki maʼnaviy zarar faqat jismoniy shaxsga yetkazilishi mumkinligi sababli yuridik shaxsning maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisidagi talabini qanoatlantirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ (bundan buyon matnda AJ deb yuritiladi) va “Denta med-plyus” MChJ (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) oʻrtasida 2013-yil 1-yanvarda elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, AJ MChJga ulangan elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasini yetkazib berish, MChJ esa yetkazib berilgan elektr energiyasining haqini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AJ tomonidan MChJga 2013-yil 9-sentabrda elektr energiyasi yetkazib berilmagan. Natijada, MChJ 3 soat davomida faoliyat koʻrsata olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, MChJ xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, AJdan elektr energiyasini yetkazib berishni qayta tiklash uchun toʻlangan 183 060 soʻmni, majburiy tarzda ortiqcha toʻlatilgan 112 761 soʻmni va 2 000 000 soʻm maʼnaviy zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida MChJ aholiga tibbiy stomatologiya xizmati koʻrsatishini, AJ oldida MChJning qarzi mavjud boʻlmasada, AJ MChJning 2013-yilning avgust oyi uchun 112 761 soʻm qarzi mavjudligini bahona qilib, elektr energiyasini yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyganligini, natijada MChJ 3 soat davomida faoliyat koʻrsatmaganligini, elektr energiyasini yetkazib berishni qayta tiklash uchun MChJ 183 060 soʻm hamda mavjud boʻlmagan qarzdorlik uchun 112 761 soʻm toʻlaganligini vaj qilib koʻrsatgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrish jarayonida MChJning 2013-yilning avgust oyida isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun 112 761 soʻm qarzi mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari”ning 129-bandiga koʻra, elektr energiyasi (quvvati) uchun elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan miqdorda va muddatda toʻlov toʻlanmaganda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki uning elektr taʼminoti korxonasi elektr energiyasini isteʼmolchiga yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sud daʼvoning elektr energiyasini yetkazib berishni qayta tiklash uchun toʻlangan 183 060 soʻm va ortiqcha toʻlangan 112 761 soʻm undirish qismini qanoatlantirishni rad etgan. Daʼvoning 2 000 000 soʻm maʼnaviy zararni undirish qismi boʻyicha XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatilgan. Sud daʼvo talabining bu qismini koʻrish xoʻjalik sudiga taalluqli emas deb hisoblagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvoning maʼnaviy zararni undirish qismi boʻyicha nizo xoʻjalik sudiga taalluqli emas deb hisoblab ish yuritishni XPK 86-moddasining 1-bandiga asosan tugatib xatolikka yoʻl qoʻygan. Chunki, nizo taraflari yuridik shaxslar boʻlib, ular oʻrtasidagi pul mablagʻlarini undirish bilan bogʻliq nizo xoʻjalik sudida koʻriladi. Shu sababli, bunday talab xoʻjalik sudiga taalluqlidir. Biroq, maʼnaviy zarar faqat jismoniy shaxsga yetkazilishi mumkin va shu bois yuridik shaxsning maʼnaviy zararni undirish talabi boʻyicha ish yuritish tugatilmaydi, balki bunday talabni qanoatlantirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Isteʼmolchilar tomonidan kommunal xizmatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda energiya (elektr, gaz, issiqlik, suv)dan foydalanilganda, sarflangan energiya miqdori ushbu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi va qayta koʻrib chiqish natijasida aniqlangan summa zarar sifatida emas, balki qarz sifatida tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand shahar “Suvoqova” IChDK (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Oʻzbektelekom” AKning Samarqand filiali (bundan buyon matnda isteʼmolchi deb yuritiladi)dan 4 633 574 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi bilan “Oʻzbektelekom” AKning Samarqand filiali daxldor javobgar “Oʻzbektelekom” AK bilan almashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, daʼvogar xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv vaqtida isteʼmolchi hududidagi d-20 mm quvur orqali oʻrnatilgan suv oʻlchagich asbobining nazorat plombasi uzilganligi aniqlangan. Shu bois isteʼmolchiga uch kunlik muddatda “Suvoqova” IChDKga suv oʻlchagich asbobini navbatdagi davlat qiyoslash koʻrigidan oʻtkazish uchun ruxsat olishi shartligi, isteʼmolchining shu kungacha ishlatgan suv va oqova haqi kommunal Qoidalariga asosan hisob-kitob qilinishi haqida koʻrsatma berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchiga talabnoma yuborilib, unda isteʼmolchi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish Qoidalari” buzilganligi va daʼvogarga 4 633 574 soʻm zarar yetkazilganligi qayd etilib, 10 kun muddatda ushbu zararni toʻlash haqida talab bildirilgan. Biroq isteʼmolchi tomonidan toʻlov amalga oshirilmaganligi bois daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarning 68-bandiga koʻra, ISKX tashkiloti vakili tomonidan suvni hisobga olish asbobining ishlamayotganligi aniqlansa yoki uning ish tartibiga ruxsatsiz aralashilgan yoki nazorat plombalari uzilgan boʻlsa, ISKX tashkiloti isteʼmolchi (subisteʼmolchi)ga suvni hisobga olish asbobini 30 kun muddatda navbatdan tashqari tekshiruvdan oʻtkazishga koʻrsatma beradi. Muddat koʻrsatma taqdim etilgan sanadan boshlab hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu belgilangan muddatda koʻrsatma bajarilmasa, sarflangan suv hajmi mazkur Qoidalarning tegishli bandlariga muvofiq qayta hisob-kitob qilinadi va isteʼmolchidan qarz sifatida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, daʼvogar tomonidan daʼvo talabi notoʻgʻri qoʻyilgan boʻlib, sud esa bu holatga eʼtibor qaratmagan. Chunki, daʼvoning predmeti javobgar tomonidan Qoidalarning buzilishi natijasida suvni hisobga olish asbobi bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar uchun moʻljallangan tariflar boʻyicha amalga oshirilgan hisob-kitoblardan kelib chiqqan pul summasi hisoblanib, bu summa zarar sifatida tushunilmaydi. Chunki, isteʼmolchi tomonidan oʻziga tegishli boʻlgan oʻz mablagʻlariga oʻrnatilgan suv oʻlchagich asbobining nazorat plombasi uzilganligi holati ISKX tashkilotiga zarar yetkazilganligini bildirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 14-moddasining ikkinchi qismida berilgan taʼrifga koʻra, zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda sud daʼvo talabiga aniqlik kiritib, 4 633 574 soʻm yetkazilgan zararni emas, balki daʼvogar tomonidan Qoidaning 87-bandiga asosan hisob-kitob qilingan pul mablagʻlarini undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqqan talablar, shu jumladan yetkazilgan zararni (jinoyat tufayli yetkazilgan zarar bundan mustasno) undirish toʻgʻrisidagi talablarga nisbatan umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi. Agar daʼvogar daʼvo muddatini uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilganligini isbotlab bera olmasa, daʼvoni qanoatlantirish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi “Toj mahal dunyo” MChJ (bundan buyon matnda MChJ deb yuritiladi) manfaatida “Gʻuzor yoʻl xoʻjaligi tuman pudrat taʼmirlash foydalanish” davlat korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)ga nisbatan xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 2008-yil 6-avgustdagi pudrat shartnomasini bekor qilishni, javobgardan 24 840 600 asosiy qarz, shartnomaning 7.1-bandiga asosan 14 873 500 soʻm jarima, 14.3-bandiga asosan 473 400 soʻm jarima va 28 871 600 soʻm boy berilgan foydani undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgartirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, MChJ va javobgar oʻrtasida 2008-yil 6-avgustda pudrat shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, MChJ javobgar topshirigʻiga asosan Gʻuzor tumanidagi Batosh, O. Kuchkinov, Yangi kent va Navruz MMTPlar hududidagi ichki yoʻllarni joriy taʼmirlash, javobgar esa bajarilgan ishlar haqini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MChJ tomonidan 2008-yilning avgust-sentyabr oylarida shartnomada nazarda tutilmagan 4k-310 “Gʻuzor-Turtsari” avtomobil yoʻlida 6 350 600 soʻmlik hamda 4n-276 “Qoʻshtepa-Kovchin” avtomobil yoʻlida 18 490 090 soʻmlik ishlarni bajargan. Bu haqda hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan. Biroq, javobgar tomonidan MChJga ushbu bajarilgan ishlar uchun toʻlov amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi MChJ manfaatida 2012-yil 16-noyabrda daʼvo arizasi bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilgan. Ish sudda koʻrilayotgan vaqtda javobgar daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan. Daʼvogar daʼvo muddatini uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborganligini isbotlab bera olmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqqan talablar va boy berilgan foydani (jinoyat tufayli yetkazilgan zarar bundan mustasno) undirish toʻgʻrisidagi talablarga nisbatan umumiy daʼvo muddati qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sud daʼvo muddatini qoʻllab, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, apellatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Apellatsiya instansiyasi sudining qarorida mazkur nizo boʻyicha daʼvo muddatining qoʻllab boʻlmasligi sabablari yoki javobgarning daʼvo muddatini oʻtkazib yuborishining uzrli sabablari koʻrsatilmagan boʻlsada, qaror bilan 24 840 687 soʻm asosiy qarz undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. FKning 325-moddasiga asosan majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 5-iyulda “Dilmurod” fermer xoʻjaligi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) va “Madina” xususiy firmasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, javobgar daʼvogarga pomidor mahsulotini qayta ishlashga ixtisoslashgan uskunani 2011-yil 5-avgustga qadar yetkazib berish, fermer xoʻjaligi esa uskunani qabul qilib olish va uning haqini toʻlash majburiyatini olgan. Shartnomaning 2.1 bandida uskunaning bahosi 56 000 000 soʻm qilib belgilangan boʻlib, ushbu pul mablagʻi shartnoma tuzilgandan 5 kun ichida pudratchi (javobgar)ning hisob raqamiga oʻtkazib berilishi, uskuna esa buyurtmachi (daʼvogar) hisobraqamidan shartnoma koʻrsatilgan pul mablagʻlari toʻliq kelib tushganidan keyin 20 kun ichida yetkazib berilishi shartligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilgan. 56 000 000 soʻm pul mablagʻi shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab 5 kun ichida javobgarning hisob raqamiga oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq javobgar oʻz majburiyatlarini bajarmasdan uskunani fermer xoʻjaligi (daʼvogar)ga shartnomada belgilangan muddatda yetkazib bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar 10 ga maydonga pomidor mahsuloti ekkan boʻlib, uning mahsulotlari 2013-yil 20-avgustda pishib yetilgan. Daʼvogarning biznes rejasiga koʻra, yetishtirilgan pomidorlarni qayta ishlash uskunasi yordamida qayta ishlab tomat mahsulotini ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Ammo, uskuna javobgar tomonidan yetkazib berilmagach, u oʻz pomidorlarini qayta ishlay olmagan. Daʼvogar tomonidan 10 ga maydonda 9 000 kg pomidor yetishtirilgan boʻlib, javobgar tomonidan pomidor mahsulotini qayta ishlash uskunasi yetkazib berilmagan. Shu sababli, daʼvogar yetishtirgan pomidor mahsulotini sotishga harakat qilgan. Natijada 3 000 kg mahsulotni sotgan. Qolgan 6 000 kg yetishtirilgan pomidor mahsuloti isteʼmol uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan. Pomidor mahsuloti yaroqsiz holatga kelib qolganligi toʻgʻrisida tuman suv va qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman Fermerlar kengashi va daʼvogar vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda joylashgan dehqon bozorining maʼlumotnomasiga koʻra 2013-yilning iyul-avgust oylarida 1 kg pomidorning bozor bahosi 1 500 soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 56 000 000 soʻm asosiy qarz, uskunani oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi uchun 28 000 000 soʻm penya hamda 9 000 000 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasiga ilova qilingan daʼvo talablarini asoslovchi hisob-kitob hujjatlaridan koʻrinishicha, javobgar tomonidan uskuna oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi uchun Qonunning 25-moddasiga asosan har bir kechiktirilgan kun uchun uskuna bahosining 0,5 foizi miqdorida, ammo yetkazib berilmagan uskuna qiymatining 50 foizdan oshib ketmaydigan qiymatda, yaʼni 28 000 000 (56 000 000 x 50 %) soʻm penya hisoblangan, zarar summasi esa isteʼmol uchun yaroqsiz holatga kelib 6 000 kg pomidor mahsulotining har bir kilogrammi uchun 1 500 soʻmdan kelib chiqib (6 000 x 1 500 = 9 000 000) hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, javobgardan 56 000 000 soʻm asosiy qarz, 5 600 000 soʻm penya va 3 400 000 soʻm zarar undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning 8.2-bandida uskuna oʻz vaqtida yetkazib berilmaganligi uchun har bir kechiktirilgan kun uchun uskuna bahosining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlashi, ammo yetkazib berilmagan uskuna qiymatining 10 foizdan oshib ketmasligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois sud daʼvo talabining penya undirish qismini 5 600 000 (56 000 000 x 10 %) soʻmga qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 325-moddasiga koʻra agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi. Qonunda yoki shartnomada zararni emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yoʻl qoʻyiladigan, zarar ham neustoykadan tashqari toʻla hajmda undirib olinishi mumkin boʻlgan, kreditorning tanloviga koʻra yoki neustoyka yoxud zarar undirib olinishi mumkin boʻlgan hollar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda shartnomada majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun zarar ham neustoykadan tashqari toʻla hajmda undirib olinishi mumkinligi belgilanmaganligi sababli, sud daʼvo talabining zarar undirish qismini 3 400 000 (9 000 000 - 5 600 000) soʻmga qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat organining mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-yanvardagi 4-sonli va 2013-yil 12-apreldagi 111-sonli, Toshkent viloyati hokimining 2013-yil 16-maydagi 1/2/4-1954-sonli bayonnomalarida “Toshkent-Bekobod” avtomagistrali yoqasida joylashgan hududlarda zamonaviy ikki va uch qavatli binolar qurilishi va yoʻllarni kengaytirish belgilangan. Ushbu bayonnomalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻrtachirchiq tuman hokimining 2013-yil 13-avgustdagi 423-sonli qarori bilan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unga qoʻra, “Qumovul” va “Oq-tepa” QFY massivlaridagi yoʻlning muhofaza mintaqasidagi turar va noturar uylar buzilib, belgilangan masofalarda zamonaviy ikki va uch qavatli binolar qurilishi va yoʻllarni kengaytirish belgilangan. Shuningdek, ushbu qaror bilan avtomagistral yoqasida buziladigan uylarni baholash va uy egalariga toʻlanishi lozim boʻlgan tovon (kompensatsiya) mablagʻlarining miqdorini aniqlash uchun tuman komissiyasi tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu davlat organlarining qarorlari asosida “Qumovul” QFY hududida joylashgan 170,36 kv.m.dan iborat boʻlgan “Mariya biznes servis” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi)ga tegishli savdo doʻkoni buzib tashlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Konservis” MChJ baholovchi tashkilotining 2013-yil 16-oktabrdagi baholash hisobotiga koʻra buzib tashlagan savdo doʻkonining bozor qiymati 66 447 341 soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, daʼvogar xoʻjalik sudiga Toshkent viloyati va Oʻrtachirchiq tuman hokimiyatlariga nisbatan daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, savdo doʻkoni buzib tashlanishi natijasida yetkazilgan 66 447 341 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun 19-moddasining birinchi qismiga koʻra davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyilib, bunda mulkdorga olib qoʻyilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va u koʻrgan boshqa zararlarning oʻrni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksining 86-moddasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) yerlar olib qoʻyilgan holda toʻla hajmda qoplanishi, zararning oʻrni olib qoʻyilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 27-bandiga koʻra, yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yuridik shaxslar koʻrgan zarar uchun kompensatsiya toʻlash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 15-bandida buzilayotgan uylar (kvartiralar) egasiga turar joy berish va (yoki) kompensatsiyaning boshqa turlarini toʻlash tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari tomonidan, chorak yakuni boʻyicha prognozdan ortiqcha tushgan mahalliy budjetlarning daromad qismi mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va (yoki) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hisob raqamlariga davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushadigan taqsimlanadigan mablagʻlarning bir qismi hisobiga amalga oshirilishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ushbu normalarga asoslanib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirgan va Toshkent viloyati va Oʻrtachirchiq tuman hokimiyatlari hisobidan daʼvogar foydasiga solidar tartibda 66 447 341 soʻm zarar undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan hollarda, garovga qoʻyuvchi (mulkiy kafil) qarzdordan garov narsasining qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OATB “Kredit standart bank” Samarqand filiali va “Bik labirint Trans” MChJ (bundan buyon matnda qarz oluvchi deb yuritiladi) oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra bank qarz oluvchiga yillik 18 foiz toʻlov sharti bilan 37 oy muddatga 356 265 920 soʻm kredit ajratgan. Kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida qarz oluvchiga tegishli boʻlgan qiymati 26 460 500 soʻmlik “KIA Optima” rusumli avtomashina hamda “Stahel-Hidrotech” MChJ (bundan buyon matnda garovga qoʻyuvchi deb yuritiladi)ga tegishli umumiy yer maydoni 480,57 kv.m.dan iborat boʻlgan 291 938 790 soʻmlik koʻchmas mulk garovga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilmaganligi bois, bankning daʼvosiga asosan qarz oluvchidan 248 738 509,81 soʻm asosiy qarz va 1 475 187,78 soʻm foizni undirish hamda undiruvni garov narsasiga qaratish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan (14-1213/5438-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan garov narsasi boʻlgan koʻchmas mulkning boshlangʻich bahosi 291 938 790 soʻm deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sud hujjatlariga asosan garov narsasi savdoga chiqarilib, sotib yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi garovga qoʻyuvchi manfaatida sudga murojaat qilib, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk qarzdorning kredit qarzlari evaziga realizatsiya qilinganligi bois, koʻchmas mulkning boshlangʻich qiymati miqdoridagi pul summasini, yaʼni 291 938 790 soʻmni zarar sifatida undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiyasi sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Garov toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasiga asosan qarzdor tomonidan kreditor oldidagi majburiyat bajarilmagan taqdirda, qarzdorning majburiyatini taʼminlashga garov bergan uchinchi shaxs (mulkiy kafil) undiruvning garovga qoʻyilgan narsaga qaratilishidan saqlanish maqsadida bu majburiyatni bajarishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga koʻra, undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan taqdirda, mulkiy kafil qarzdordan uning qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, daʼvo arizasida qarz oluvchidan 291 938 790 soʻm zararni undirish bildirilgan boʻlsada, lekin unda faqat kredit shartnomasi majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida tuzilgan ipoteka shartnomasiga asosan realizatsiya qilingan garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlgan 291 938 790 soʻmlik koʻchmas mulkning qiymatini undirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ushbu holatga eʼtibor qaratmay, sud javobgardan realizatsiya qilingan koʻchmas mulkning qiymatini undirish haqida emas, balki undan undirilgan 291 938 790 soʻm hal qiluv qarorida zarar sifatida koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yana bir misol. (10-1414/7985-sonli ish, sudya A. Umarov)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ATB “Turon” banki Mirobod filiali (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) va “Mohir Invest Servis” MChJ (bundan buyon matnda qarz oluvchi deb yuritiladi) oʻrtasida kredit shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, bank qarz oluvchiga yillik 15 foiz ustama haqi toʻlash sharti bilan 36 oy muddatga 700 000 000 soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash maqsadida bank, qarz oluvchi va “O`zdastgohasbobuskunasavdo” AJ (bundan buyon matnda garovga qoʻyuvchi deb yuritiladi) oʻrtasida garov shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlgan Toshkent shahar, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 7-berk koʻchada joylashgan bazaning bino va inshootlari garovga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit shartnomasiga binoan qarz oluvchi olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni oyma-oy toʻlov jadvali asosida toʻlab borish majburiyatini olgan. Biroq, qarz oluvchi tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, bank xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, qarz oluvchidan 447 653 771 soʻm kredit summasi va bank foizini undirishni, undiruvni garov narsasiga qaratishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilib, qarzdordan 447 653 771 soʻm kredit boʻyicha qarz summasi va 4 354 810 soʻm sud xarajatlari, jami 452 008 581 soʻm undirilgan. Undiruv Toshkent shahar, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 7-berk koʻchada joylashgan bazaning bino va inshootlariga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgartirilgan va garov narsasining boshlangʻich bahosi 1 275 405 200 soʻm miqdorida belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjatini ijro etish jarayonida sud ijrochilari tomonidan garov narsasi 1 147 864 680 soʻm qiymatida bank oldidagi 452 008 581 soʻm kredit qarzdorligini qoplash uchun bankka oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, garovga qoʻyuvchi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, qarzdordan 452 508 581 soʻm zararni undirishni soʻragan. Bunga asos qilib qarzdor tomonidan kredit shartnomasida belgilangan majburiyatlarning bajarilmaganligi oqibatida garovga qoʻyuvchiga tegishli boʻlgan bino va inshootlar 1 147 864 680 soʻm qiymatda bankka oʻtkazib berilganligi, bank tomonidan qabul qilib olingan mol-mulkning qiymati va kredit boʻyicha qarz summasining farqi boʻlgan 695 856 099 soʻm garovga qoʻyuvchiga oʻtkazib berilganligi, natijada qarzdorning aybi bilan garovga qoʻyuvchiga 452 008 581 soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi, shuningdek garovga qoʻyuvchi oʻz huquqlarini tiklash uchun advokatlik firmasi bilan shartnoma tuzganligi va koʻrsatilgan huquqiy xizmat uchun 500 000 soʻm toʻlab berganligini vaj qilib keltirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud daʼvoni qanoatlantirishda FKning 985-moddasiga asoslangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 985-moddasining birinchi qismiga koʻra, gʻayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarorida qarzdor tomonidan bank oldidagi majburiyatlar lozim darajada bajarilmaganligi sababli garovga qoʻyuvchiga zarar yetkazilganligi, ushbu zarar va huquqiy yordam uchun toʻlangan xarajat summasi qarzdor tomonidan qoplab berilishi lozimligi bayon qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, mazkur holatda sud daʼvoning 500 000 soʻm undirish qismini qanoatlantirishda FK 14-moddasining ikkinchi qismiga, daʼvoning 452 008 581 soʻm undirish qismini qanoatlantirishda “Garov toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasiga tayanishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-martdagi 37-sonli yigʻilish bayonnomasi hamda “Transgazinjiniring” unitar korxonasi (buyurtmachi) va “Maxsus neftegaz qurilish va taʼmirlash” shuʼba korxonasi (pudratchi) oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan pudratchi Shahrisabz AGRSdan Sinobod mahallasigacha boʻlgan 11,8 km masofada gaz quvurlarini yotqizish ishlari amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gaz quvurlarini yotqizish boʻyicha tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan gaz quvurlari “Sherzod” dehqon xoʻjaligining yer maydonlaridan oʻtkazilgan. Ushbu quvurlarini yotqizish jarayonida dehqon xoʻjaligi yer maydonidagi 0,448 gektarga ekilgan pomidor koʻchatlari nobud boʻlgan. Natijada, dehqon xoʻjaligi ushbu yer maydonidan 1120 kg hosil ololmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yangi kesh bozori” MChJ tomonidan 2014-yil 18-iyunda berilgan maʼlumotnomaga koʻra, 2014-yilning iyun oyida 1 kg pomidor oʻrtacha 2 800 – 3 000 soʻmdan sotilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, Qashqadaryo viloyat Adliya boshqarmasi dehqon xoʻjaligi manfaatida xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, buyurtmachi va pudratchidan 3 360 000 soʻm zarar (boy berilgan foyda)ni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida daʼvo talablarini asoslovchi holatlar sifatida pomidor koʻchatlari nobud boʻlmaganida dehqon xoʻjaligi pomidordan 1120 kg hosil olishi va ushbu pomidorlar bozorda sotilganda 3 360 000 (1120 x 3 000) soʻm foyda olishi mumkinligi vaj qilib koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksi 41-moddasining uchinchi qismiga koʻra, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ushbu moddiy huquq normasiga tayangan holda daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-iyunda “Import Servis” xususiy firmasi (bundan buyon matnda sotuvchi deb yuritiladi) va “Oziq-ovqat savdo” MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) oʻrtasida 1-7/2014-sonli oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, sotuvchi daʼvogarga 1 kilogrammi 10 000 soʻm boʻlgan jami 100 000 000 soʻmlik 10 000 kilogramm quritilgan sut (suxaya molochnaya smes)ni yetkazib berish, daʼvogar esa yetkazib berilgan tovarni qabul qilib olish va uning bahosini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 4-bandiga koʻra, shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran daʼvogar tomonidan 5 kalendar kunidan kechiktirmay 100 foiz toʻlov amalga oshirilishi, tovar esa pul mablagʻlari kelib tushgan kundan eʼtiboran sotuvchi tomonidan 2 oy muddat ichida yetkazib berilishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan 2014-yil 10-iyunda 182-sonli toʻlov topshiriqnomasi bilan sotuvchining hisob raqamiga 100 000 000 soʻm oʻtkazib berilgan. Biroq, sotuvchi oʻz majburiyatlarini bajarmasdan tovarni oʻz vaqtida yetkazib bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar 2014-yil 15-avgustda sotuvchiga talabnoma yuborib oʻzining shartnomaviy majburiyatlarini bajarishni talab qilgan. Sotuvchi tomonidan daʼvogarga yoʻllangan javob xatida tovar chet davlatdan Oʻzbekiston hududiga import qilinishi lozim boʻlganligi, biroq milliy valyutani AQSh dollariga konvertatsiya qilish imkoniyati boʻlmaganligi va tovar Oʻzbekiston hududiga import qilinmaganligi bois shartnoma sotuvchi tomonidan bir tomonlama bekor qilinganligi maʼlum qilingan. Shuningdek, sotuvchi 100 000 000 soʻmni daʼvogarning hisobraqamiga qaytarib oʻtkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, sotuvchidan 30 000 000 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasida daʼvogar oziq-ovqat ishlab chiqarish va ularni isteʼmolchilarga shartnoma asosida yetkazib berish bilan shugʻullanishini, isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan daʼvogar 2014-yilning sentyabr-dekabr oylarida belgilangan hajm va narxlarda qayta ishlab chiqarilgan sut mahsulotlarini yetkazib berishi lozim boʻlganligini, sotuvchi tomonidan quritilgan sut yetkazib berilmaganligi sababli daʼvogar isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun 2014-yilning sentyabr oyida boshqa korxonadan 10 000 kg quritilgan sutni 130 000 000 soʻmga sotib olganligini va ushbu 30 000 000 (130 000 000 – 100 000 000) soʻmlik ortiqcha xarajat sotuvchining aybidan kelib chiqqanligini bayon qilib, ushbu ortiqcha xarajat summasini zarar sifatida undirib berishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 324-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, — daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni toʻlash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud boʻlgan narxlarni eʼtiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning talabi, shu jumladan 2014-yilning avgust-sentyabr oylarida 1 kg quritilgan sutning narxi 13 000 soʻmni tashkil qilishi hujjatlar bilan tasdiqlanganligi sababli, sud ushbu moddiy huquq normasiga asoslanib daʼvoni toʻliq qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kreditorning pul mablagʻlaridan gʻayriqonuniy foydalanilishi tufayli unga yetkazilgan zarar FKning 327-moddasiga asosan unga tegishi kerak boʻlgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha boʻlgan qismini toʻlashni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-yanvarda “Omad-biznes” MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) va “Ziyo Ota” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda qarz oluvchi deb yuritiladi) oʻrtasida 1-sonli qarz shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, daʼvogar qarz oluvchiga 6 oy muddatga 15 000 000 soʻm qarz berish, qarz oluvchi esa qarz summasini 2013-yilning 1-avgustidan kechiktirmasdan qaytarish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 8.1-bandida qarz summasini qaytarish muddati buzilganda, qarz oluvchi kechiktirilgan davr uchun pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun bank foizining hisob stavkasi miqdorida foiz toʻlashi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar shartnoma majburiyatlarini bajarib 2013-yil 30-yanvarda qarz oluvchining hisob raqamiga 15 000 000 soʻm oʻtkazib bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz shartnomasida belgilangan qarz summasini qaytarish muddati tugagach qarz oluvchi tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan va qarz summasi daʼvogarga qaytarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning qarz summasini qaytarish haqidagi talabnomasi qarz oluvchi tomonidan oqibatsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda daʼvogar tomonidan davlat budjetiga 11 500 000 soʻm soliq va boshqa majburiy toʻlovlar oʻtkazib berilishi lozim boʻlgan. Qarz oluvchi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi sababli daʼvogar budjet oldidagi majburiyatlarini bajara olmagan. Shu bois, davlat soliq organi xizmati xoʻjalik sudiga murojaat qilib, 11 500 000 soʻm soliq qarzi 50 000 soʻm penyani uning mol-mulki hisobidan undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvogardan 11 550 000 soʻm soliq karzi undirilib, undiruv uning mol-mulkiga qaratilgan, shuningdek daʼvogardan davlat budjetiga 118 500 soʻm davlat boji va davlat soliq organi xizmati foydasiga 5 000 soʻm pochta xarajati undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, daʼvogar qarz oluvchidan qarz summasini qaytarib olish uchun advokatlik firmasiga murojaat qilib, huquqiy yordam soʻragan. Huquqiy yordam uchun tegishli shartnomaga asosan 400 000 soʻm toʻlab bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlar tomonidan tayyorlangan hujjatlar asosida daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, qarz oluvchidan 15 000 000 soʻm qarz summasi, 500 000 soʻm bank foizi va 573 500 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasiga ilova qilingan hisob-kitob hujjatlaridan koʻrinishicha, qarz oluvchi kechiktirgan 4 oy uchun qarz summasidan foydalanganligi uchun 15 000 000 soʻmga bank foizining yillik 10 foizli hisob stavkasidan kelib chiqib daʼvogar tomonidan 500 000 (15 000 000 x 10% : 12 x 4) soʻm miqdorida foiz hisoblangan. 573 500 soʻm zarar summasi soliq qarziga hisoblangan 50 000 soʻm penya, sudning hal qiluv qarori bilan undirilgan 118 500 soʻm davlat boji va 5 000 soʻm pochta xarajati hamda huquqiy yordam uchun toʻlangan 400 000 soʻmdan kelib chiqib hisoblangan (50 000 + 118 500 + 5 000 + 400 000 = 573 500).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi daʼvo arizasiga eʼtiroznoma taqdim etib, shartnoma shartlarida faqat kechiktirilgan davr uchun pul mablagʻlaridan foydalanilganligi uchun bank foizining hisob stavkasi miqdorida foiz toʻlanishi belgilanganligini vaj qilib koʻrsatib, daʼvoning zarar summasini undirish qismini qanoatlantirishni rad etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismiga binoan boshqa shaxslarning pul mablagʻlarini gʻayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni toʻlashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamgʻarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablagʻlar summasiga foiz toʻlanishi kerak. Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs boʻlganida esa, uning joylashgan erida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud boʻlgan bank foizining hisob stavkasi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida kreditorning pul mablagʻlaridan qonunsiz foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga asosan unga tegishi kerak boʻlgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha boʻlgan qismini toʻlashni talab qilishga haqli ekanligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, zarar summasi (573 500 soʻm) foizlar summasi (500 000 soʻm)dan oshib ketganligi sababli sud daʼvoni qisman qanoatlantirib, qarz oluvchidan daʼvogar foydasiga 15 000 000 soʻm qarz summasi, 500 000 soʻm bank foizi va 73 500 soʻm zararni undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yuridik shaxs oʻz xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarish vaqtida boshqa shaxslarga yetkazgan zararini qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-martda “Toshissiqquvati” unitar korxonasining 9-sonli Hamza tuman boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar, Hamza tumani, “Riyoziy” massividagi 26-uy oldida issiqlik energiyasi bilan taʼminlovchi quvurda sodir boʻlgan nosozlikni bartaraf etish uchun yer ishlari olib borilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirish chogʻida “Toshkent tramvayi” unitar korxonasi (bundan buyon daʼvogar deb yuritiladi)ga tegishli yuqorivoltli kabel uzilgan. Sodir etilgan hodisa yuzasidan daʼvogar va “Toshissiqquvati” unitar korxonasining vakillari tomonidan dalolatnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzilgan yuqorivoltli kabelni tuzatish uchun daʼvogar 6 499 757 soʻm sarflagan. Ushbu qilingan xarajat summasini toʻlab berish uchun daʼvogar “Toshissiqquvati” unitar korxonasi va uning 9-sonli Hamza tuman boshqarmasiga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq daʼvogarning talabi qanoatlantirilmaganligi sababli, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Toshissiqquvati” unitar korxonasi va unga qarashli 9-sonli Hamza tuman boshqarmasidan 6 499 757 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish Qoidalari”ning 34, 38 va 39-bandlarida elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida avariya vaziyatlarida loyihasiz bajariladigan qurilish, taʼmirlash ishlari va boshqa ishlarni bajarish (yer osti kabel liniyalari trassalarida chuqur qazish, yoʻllarni vaqtincha aylanib oʻtish, kirish yoʻlini yopish va suv chiqarish uchun tuproqni qazish, dalalarni tekislash, qoziqoyoq qoqish, toʻsiq uchun tayanch oʻrnatish, tuproq namunasini olish, turli maqsadlar uchun xandaq qazish va boshqalar) uchun elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari egalarining yozma roziligi olinishi, elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalaridagi ishlar ularning bajarilishi uchun masʼul shaxsning kuzatuvida amalga oshirilishi kerakligi va bunday vakil hozir boʻlmagan holda yer ishlarini bajarish taqiqlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatda, “Toshissiqquvati” unitar korxonasining 9-sonli Hamza tuman boshqarmasi ushbu qoidalarga rioya qilmasdan, daʼvogarning roziligini olmagan hamda yer ishlarini bajarishda uning vakili ishtirokini taʼminlamagan. Natijada, yer ishlarni amalga oshirish chogʻida daʼvogarga tegishli yuqorivoltli kabel uzilgan. Ushbu uzilishni bartaraf etish uchun daʼvogar 6 499 757 soʻm pul mablagʻi sarflagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 985-moddasining birinchi qismida gʻayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi lozimligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 989-moddasining ikkinchi qismiga koʻra yuridik shaxs yoxud fuqaro oʻz xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazgan zararni qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 14-moddasining ikkinchi qismiga binoan zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ushbu moddiy huquq normalaridan kelib chiqib, daʼvoni toʻliq qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan va “Toshissiqquvati” unitar korxonasidan daʼvogar foydasiga 6 499 757 soʻm undirgan. “Toshissiqquvati” unitar korxonasining 9-sonli Hamza tuman boshqarmasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaganligi sababli, unga nisbatan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Koʻrsatilgan huquqiy yordam uchun toʻlangan pul mablagʻlari shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan xarajatlari hisoblanadi va ushbu xarajatlar sud tomonidan FK 14-moddasiga asosan zarar sifatida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 24-iyunda “O`zavtosanoat-leazing” MChJ shaklidagi lizing kompaniyasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) va “Fayz” MChJ (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) oʻrtasida lizing shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, daʼvogar javobgarning topshirigʻiga asosan “Samarkand avtomobil zavodi” MChJdan 50 dona qiymati 2 797 500 000 soʻmlik avtotransport vositalarini sotib olib, javobgarga lizingga berish, javobgar esa lizing obyektini qabul qilib olish va lizing toʻlovlarni toʻlov grafigi asosida toʻlab berish majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarib, javobgarga “Samarkand avtomobil zavodi” MChJdan sotib olingan 50 dona qiymati 2 797 500 000 soʻmlik avtotransport vositalarini lizingga topshirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, javobgar tomonidan majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan. Shu bois daʼvogar sudga murojaat qilib, javobgardan barcha lizing toʻlovlarini muddatidan ilgari undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilib, javobgardan 964 274 177 soʻm lizing toʻlovlarining qoldiq summasi undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shundan soʻng, daʼvogar sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Samarkand avtomobil zavodi” MChJdan 50 dona qiymati 2 797 500 000 soʻmlik avtotransport vositalarni sotib olish uchun bankdan 14 yillik foiz toʻlash sharti bilan 3 000 000 000 soʻm kredit olganligini va ushbu kredit shartnomasi boʻyicha bankka 31 355 102 soʻm bank foizi toʻlab berganligini, shuningdek javobgardan barcha lizing toʻlovlarini muddatidan ilgari undirish uchun advokatlik firmasi bilan shartnoma tuzilganligini va koʻrsatilgan huquqiy yordam uchun 10 000 000 soʻm toʻlab berilganligini asos qilib, javobgardan ushbu summalarni zarar sifatida undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 324-moddasining birinchi qismiga koʻra qarzdor majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga yetkazilgan zararni toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 14-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari zarar deb tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois birinchi instansiya sudi daʼvoning huquqiy yordam uchun toʻlangan 10 000 000 soʻmni zarar sifatida undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvoning bank foizi sifatida toʻlangan 31 355 102 soʻm qismini qanoatlantirish rad etilgan. Chunki, FK 14-moddasining ikkinchi qismiga koʻra zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan kredit shartnomasi boʻyicha bankka toʻlangan foiz summasi zarar sifatida tushunilmaydi. Bundan tashqari javobgar daʼvogar va bank oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlar boʻyicha javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori) yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda, u sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hamro Xalim Sharof” fermer xoʻjaligi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Qorakoʻl chovli paxtakor” fermer xoʻjaligi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi)dan 6 367 591 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, Qorakoʻl tuman hokimligi va daʼvogar oʻrtasida 2009-yil 30-yanvarda uzoq muddatli yer ijara shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, daʼvogarga 106,4 gektar yer uchastkasi ijaraga berilgan. Daʼvogar rahbarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish toʻgʻrisidagi arizasiga asosan 2012-yil 19-yanvarda tuman hokimining qaroriga asosan ijara shartnomasi bekor qilinib, yer uchastkasi tuman zahirasiga qaytarilgan. Tuman hokimining 2012-yil 9-martdagi qarori bilan ushbu yer uchastkasi javobgarga berilib, javobgar va tuman hokimligi oʻrtasida uzoq muddatli yer ijara shartnomasi tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, daʼvogar yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechgunga qadar erning bir qismini, yaʼni 18,11 gektarini shudgor qilgan va 24,19 gektar qismini shudgor qilishga tayyorlagan. Ushbu ishlarni amalga oshirishda daʼvogar tomonidan 6 367 591 soʻm xarajat qilingan. Qilingan xarajatlar dalillar bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, daʼvogar sudga murojaat qilib, yer uchastkasini shudgor qilishga va uni shudgorga tayyorlashga ketgan 6 367 591 soʻm xarajatlarni zarar sifatida undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kodeksi 39-moddasi birinchi qismining 7-bandiga muvofiq yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori yer uchastkasi olib qoʻyilgan taqdirda unga yetkazilgan zararning (shu jumladan boy berilgan foydaning) qoplanishini yoki yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganida sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddiy huquq normasiga asoslanib birinchi instansiya sudi asosli ravishda daʼvoni qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zarar miqdorining koʻpayishiga koʻmaklashgan boʻlsa yoki yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini koʻrmagan boʻlsa, sud ishning holatlariga qarab haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq toʻlashni batamom rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida joylashgan “Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi” davlat muassasasi (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) va Fargʻona viloyatida joylashgan “Katta Oqtepa gʻururi” MChJ (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi) oʻrtasida elektron auksion natijalari boʻyicha 2014-yil 8-iyulda kontrakt tuzilgan. Unga koʻra, javobgar daʼvogarga mebellar toʻplamini yetkazib berish, daʼvogar esa tovar haqini toʻlash majburiyatini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar tomonidan javobgarga 982 800 soʻm avans toʻlab berilgan. Biroq, javobgar shartnomada belgilangan majburiyatlarini lozim darajada bajarmasdan tovarni toʻliq va but holatda yetkazib bermagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, daʼvogar Fargʻona viloyat xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, taraflar oʻrtasida tuzilgan kontraktni bekor qilishni hamda javobgardan 982 800 soʻm asosiy qarz va 1 572 480 soʻm penya undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori bilan daʼvo talablari qisman qanoatlantirilgan (15-1407/14393-sonli ish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur xoʻjalik ishida ishtirok etish uchun daʼvogar vakillari Toshkent shahridan Fargʻona shahriga borganliklari uchun yoʻlkira haqi va u erda boʻlish bilan bogʻliq 1 006 004 soʻm xarajat qilganlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli daʼvogar Fargʻona viloyat xoʻjalik sudiga yangi daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 1 006 004 soʻm zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 335-moddasiga koʻra, agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarish mumkin boʻlmasligi yuz berishiga yoki bajarmaslik tufayli yetkazilgan zarar miqdorining koʻpayishiga koʻmaklashgan boʻlsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli koʻrmagan boʻlsa, sud ishning holatlariga qarab toʻlanadigan haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq toʻlashni batamom rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning dastlabki daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va 15-1407/14393-sonli ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda daʼvogarga sud majlisida videokonferensaloqa rejimidan foydalangan holda ishtirok etish huquqi mavjudligi tushuntirilgan. Daʼvogarning talabi shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida kelib chiqqan boʻlib, qarz summasi hujjatlar bilan tasdiqlangan, neustoyka summasi shartnoma shartlaridan kelib chiqib hisoblangan. Daʼvo arizasiga daʼvo summasining hisob-kitobi hamda daʼvoni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar ilova qilingan boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo, shunga qaramasdan daʼvogar sud majlisida ishtirok etish uchun oʻz vakillarini Fargʻona shahriga xizmat safariga yuborgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud yuqoridagi holatlarni, shuningdek avvalgi ish boʻyicha undirilishi soʻralgan pul mablagʻi arzimas boʻlganligini, Fargʻonada boʻlib oʻtgan sud majlisida qatnashish natijasida koʻrilgan zararga nomutanosibligiga qaramasdan daʼvogar ushbu xarajatlarni amalga oshirganligini inobatga olib FKning 335-moddasiga tayangan holda daʼvoni qanoatlantirishni rad etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi toʻlangan summa doirasida sugʻurtalovchiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temiryoʻl-sugʻurta” MChJ (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Elegant avto klassik” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dan 6 922 110 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, daʼvogar, yakka tartibdagi tadbirkor M. Tojiboyev va ATIB “Ipotekabank” Fargʻona filiali oʻrtasida 2011-yil 20-aprelda sugʻurta shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, daʼvogar yakka tartibdagi tadbirkor M. Tojiboyevga tegishli davlat raqami 40 K 442 DA boʻlgan “ISUSU SAZ NOR 71 PL” rusumli transport vositasini yoʻl transport hodisasi oqibatida yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan sugʻurtalagan. Mazkur transport vositasi yakka tartibdagi tadbirkor M. Tojiboyev tomonidan 2011-yil 6-maydagi ijara shartnomasiga asosan javobgarga 3 yilga ijaraga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 3-mayda javobgarning haydovchisi tomonidan yoʻl harakati qoidalarining qoʻpol ravishda buzilishi natijasida yoʻl harakati hodisasi sodir boʻlgan. Natijada, avtomashinaga jiddiy ziyon yetgan. Yoʻl harakati hodisasi sodir etilishida javobgarning haydovchisi aybdor ekanligi Jinoyat ishlari boʻyicha Yuqorichirchiq tuman sudining 2012-yil 4-iyuldagi yarashuv bayonnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkor M. Tojiboyev daʼvogarga murojaat qilib, sugʻurta pullarini toʻlab berishni soʻragan. Daʼvogar tomonidan sodir etilgan yoʻl harakati hodisasi sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etilib, sugʻurta qildiruvchining hisob raqamiga 6 922 110 soʻm toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, daʼvogar xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgardan sugʻurta hodisasi uchun toʻlab berilgan 6 922 110 soʻmni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 957-moddasining birinchi qismiga koʻra, agar mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi toʻlangan summa doirasida sugʻurta tovonini toʻlagan sugʻurtalovchiga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 570-moddasiga asosan ijaraga berilgan transport vositasi halokatga uchragan yoki shikastlangan taqdirda, agar ijaraga beruvchi transport vositasi qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar boʻladigan holatlarda halokatga uchraganini yoki shikastlanganligini isbot qilsa, ijaraga oluvchi yetkazilgan zararni ijaraga beruvchiga toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu normalarga asoslanib birinchi instansiya sudi daʼvoni qanoatlantirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotini umumlashtirish natijalari boʻyicha quyidagi tavsiyalar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi sudyalari eʼtiborlarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararni undirish talabi daʼvo predmeti boʻlib, uni faqat daʼvogar oʻzgartirishi mumkinligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida talab bilan murojaat qilinganda, sud zarar yetkazilganligi bilan bogʻliq holatlarni aniqlashi va ushbu holatlarni tasdiqlovchi dalillarni sud hujjatida koʻrsatishi kerakligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron auksion savdolarda gʻolib chiqqan yetkazib beruvchi unda qatnashish uchun oldindan avans toʻlovlarini oʻtkazib bermagan boʻlib, kontrakt tuzishdan bosh tortganda, buyurtmachi yetkazib beruvchi kontrakt tuzishdan bosh tortishi tufayli yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan sudga murojaat qilishga haqliligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi yoki ushbu organ mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni koʻrishda sud ishga moliya organini jalb qilishi va zarar summasining asosliligini tekshirishi lozimligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy zararni undirish toʻgʻrisidagi talab xoʻjalik sudiga taalluqli emasligini asos qilib, u boʻyicha ish yuritish tugatilmaydi, balki maʼnaviy zarar faqat jismoniy shaxsga yetkazilishi mumkinligi sababli yuridik shaxsning maʼnaviy zarar undirish toʻgʻrisidagi talabini qanoatlantirish rad etilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar tomonidan kommunal xizmatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda energiya (elektr, gaz, issiqlik, suv)dan foydalanilganda, sarflangan energiya miqdori ushbu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi va qayta koʻrib chiqish natijasida aniqlangan summa zarar sifatida emas, balki qarz sifatida tushunilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqqan talablar, shu jumladan yetkazilgan zararni (jinoyat tufayli yetkazilgan zarar bundan mustasno) undirish toʻgʻrisidagi talablarga nisbatan umumiy daʼvo muddati qoʻllanilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FKning 325-moddasiga asosan majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanishiga, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan yetkazilgan zararning oʻrni toʻla hajmda qoplanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
undirish garov narsasiga uni realizatsiya qilish yoʻli bilan qaratilgan hollarda, garovga qoʻyuvchi (mulkiy kafil) qarzdordan garov narsasining qiymatini va koʻrilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak boʻlgan joyda, qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, talab ixtiyoriy qanoatlantirilgan boʻlmasa, daʼvo qoʻzgʻatilgan kunda mavjud boʻlgan narxlar eʼtiborga olinishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditorning pul mablagʻlaridan gʻayriqonuniy foydalanish tufayli unga yetkazilgan zarar ushbu pul mablagʻlaridan foydalanilganligi uchun FKning 327-moddasiga asosan unga tegishi kerak boʻlgan foizlar summasidan oshib ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha boʻlgan qismini toʻlashni talab qilishga haqliligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs oʻz xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarish vaqtida boshqa shaxslarga yetkazgan zararini qoplashiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan huquqiy yordam uchun toʻlangan pul mablagʻlari shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan xarajatlari hisoblanishiga va ushbu xarajatlar sud tomonidan FK 14-moddasiga asosan zarar sifatida undirilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer egasi (yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori) yer uchastkasidan ixtiyoriy ravishda voz kechganda, u sarflangan xarajatlarning toʻlanishini talab qilishga haqliligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli majburiyatni bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zarar miqdorining koʻpayishiga koʻmaklashgan boʻlsa yoki yetkazilgan zararni kamaytirish choralarini koʻrmagan boʻlsa, sud ishning holatlariga qarab haq miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq toʻlashni batamom rad etishga haqliligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy sugʻurta shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning sugʻurta natijasida qoplangan zarar uchun javobgar shaxsdan talab qilish huquqi toʻlangan summa doirasida sugʻurtalovchiga oʻtishiga alohida eʼtiborlarini qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-iyun.