09.01.2013 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar aholisi tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni tozalash, tashib ketish hamda toʻlovlarni tartibga solish va hududda sanitariya tozalov ishlarini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqindilarni fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirini oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish, shahar hududini ekologik hamda sanitariya holatini, tozaligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-sonli Qonunining 11 — 16-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 14.09.2012-yilda tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining 194-sonli yigʻilish bayoniga va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar hududidagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni, koʻp qavatli uylar oldiga qurilgan vaqtinchalik chiqindi yigʻish joylaridan va mahallalardan “Signal” tartibida tashib chiqib ketish tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mulkchilik shaklidan qati nazar, barcha korxona, tashkilot, oʻquv yurtlari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari, birlashmalar hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga biriktirilgan hududlarni ekologik sharoiti hamda sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish uchun oʻrnatilgan tartib asosida haq toʻlashni taʼminlash yuzasidan shahar Kommunal foydalanish boshqarmasi va “Maxsus avtokorxona” MChJ bilan shartnoma tuzish, kelgusida toʻlovlarni vaqtida toʻlab borishlikni taʼminlash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maishiy chiqindilarni toʻplab olib ketish xizmatidan foydalanganliklari uchun aholi jon boshiga hamda savdo, maishiy xizmat shoxobchalari, ovqatlanish joylari va hokazolarga haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan meʼyorlar asosida toʻlov miqdori belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shahar “Mahalla” jamoat fondi (R. Maxammedjonov) va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilarni samarali va oʻz vaqtida olib chiqib ketishni tashkil etish hamda xizmatlar uchun toʻlovlarni tartibga solish maqsadida aholi uchun yangi kvitansiyali toʻlov tizimi joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahardagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinidan, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalaridan, korxona va tashkilotlardan chiqadigan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil etish va xizmatlar uchun toʻlovni tartibga solish qoidalari ishlab chiqish, markaziy koʻchalarga fuqarolar tomonidan axlat chiqindilarini chiqarmaslik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp qavatli uylar joylashgan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida shahar arxitekturasi va qurilish boshqarmasi, DSENM bilan kelishilgan holda vaqtincha axlat yigʻish joylari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla faollaridan jamoatchi nazoratchi guruhlar tashkil etilib, ular yordamida mahallaning doimo toza va ozoda saqlanishi, belgilanmagan joylariga axlat tashlanishi va markaziy shoh koʻchalariga axlat chiqindilarini toʻkish holatlariga chek qoʻyish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kommunal foydalanish boshqarmasi (R. Abdullayev) va “Maxsus avtokorxona” MChJ ( I. Rasulov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridan axlat va chiqindilarni olib ketilishini taʼminlash uchun yetarli transport vositalarini oʻz vaqtida yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axlat yigʻishtirish boʻyicha xarajat smetalari belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlarni korxonani rivojlantirish, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va ehtiyot qismlar sotib olish, ishchi xizmatchilarni ragʻbatlantirish uchun sarflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlardan “Zararsiz chiqindilarning vujudga kelishi meʼyorlari” asosida hisob-kitoblarni yuritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar IIB (S. Sayidmusayev), Tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (D. Oripov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axlat va chiqindilarni olib chiqib tashlash tartibini buzgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan aniqlangan holatlar boʻyicha belgilangan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib maʼmuriy tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Qoʻqon sadosi” va “Знамя труда” roʻznomalari birlashgan tahririyati, “Muloqot” TV (X. Shermatov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorning ijrosi yuzasidan maqolalar chop etish, koʻrsatuvlar namoyish etish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2005-yil 20-dekabrdagi 430-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari D.M. Mirzajonova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻqon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 9-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son