20.07.2015 yildagi 11-1432/8651-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech qanday dalil xoʻjalik sudi uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Termiz qurilish ekspertiza va nazorat” MChJ (keyingi matnlarda — daʼvogar) xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Mashhur” masʼuliyati cheklangan jamiyatidan (keyingi matnlarda — javobgar) 5 250 283 soʻm asosiy qarz, 2 625 141 soʻm penya jami 7 875 424 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2014-yil 27-avgustdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, daʼvogar foydasiga javobgardan 5 250 283 soʻm asosiy qarz, 1 050 056 soʻm penya undirilgan. Daʼvoning qolgan qismini qanoatlantirish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 7-oktabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya instansiyasi sudining 2014-yil 15-dekabrdagi qarori bilan sud qarorlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2015-yil 4-fevraldagi hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, daʼvogar foydasiga javobgardan 5 250 283 soʻm asosiy qarz, 1 050 056 soʻm penya undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2015-yil 19-maydagi qarori bilan hal qiluv qarori qisman bekor qilingan va daʼvoni qanoatlantirishni rad etish haqida yangi qaror qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning kassatsiya shikoyatida shartnoma boʻyicha ishlar bajarilganligi hisob — faktura, bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasi, solishtirma dalolatnoma va nazorat oʻlchovi dalolatnomalari bilan tasdiqlanganligi, bu dalillar sud tomonidan asossiz ravishda qabul qilinmaganligi bayon qilinib, apellatsiya instansiyasi sudining qarorini bekor qilib, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov xayʼati quyidagi asoslarga koʻra apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2012-yil 19-dekabrda 83–sonli ekspertiza, nazorat oʻlchovi xizmatlarini koʻrsatish haqida shartnoma tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma shartlariga koʻra, daʼvogar, Boʻstonliq tuman, Gʻazalkent shahridagi 17-sonli musiqa va sanʼat maktabini rekonstruksiya qilish hamda Xoʻjakent qishlogʻi 18-sonli maktabdagi ochiq suv havzasini mukammal taʼmirlash ishlarini ekspertiza yoki nazorat oʻlchovidan oʻtkazishni, javobgar esa koʻrsatilgan xizmatlar uchun obyektda bajarilgan ishlar qiymatining 0,415 foizi miqdorida haq toʻlashi lozim boʻlgan. Xizmatlar koʻrsatiladigan obyektda bajarilgan ishlarning bahosi 1 265 128 000 soʻm, uning 0,415 foizi 5 250 283 soʻmni tashkil qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning vajlariga koʻra, shartnoma boʻyicha ishlar bajarilib, bu haqda 2012-yil 12-dekabrda Gʻazalkent shahridagi 17-sonli musiqa va sanʼat maktabini rekonstruksiya qilish obyektida nazorat oʻlchovi oʻtkazilganligi haqida dalolatnoma tuzilgan va shunga asosan javobgar bilan ishlarni qabul qilish–topishirish dalolatnomasi, hisob-faktura va solishtirma dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat oʻlchovi oʻtkazilganligi haqidagi dalolatnomadan koʻrinishicha, nazorat oʻlchovi Toshkent viloyat prokuraturasining jinoyat ishi doirasida mutaxassilarni jalb qilish va qayta nazorat oʻlchovi oʻtkazish haqidagi qaroriga asosan oʻtkazilgan. Bu esa nazorat oʻlchovi taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq oʻtkazilmaganligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, dalolatnomada koʻrsatilgan nazorat oʻlchovi oʻtkazilgan obyektning bahosi 1 020 758 297 soʻm boʻlib, shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlarning qiymati 4 236 147 soʻm boʻlishi lozim boʻlganligi bilan ham ishlar shartnomaga muvofiq oʻtkazilmaganligini koʻrsatgan. Biroq, shartnomaga asosan koʻrsatilgan xizmatni koʻrsatuvchi ikkilamchi hujjatlar tuzilib, javobgar tomonidan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda XPK) 59-moddasiga asosan ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 61-moddasiga asosan xoʻjalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki komil ishonchi boʻyicha baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hech qanday dalil xoʻjalik sudi uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga koʻra, xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarni tasdiqlovchi dalil bilan isbotlanishi lozimligi sababli, sud tomonidan dalillarga baho berishi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi esa, taqdim etilgan dalillar ishonchli emasligiga baho bermagan. Apellatsiya instansiyasi sudi, dalillarga toʻgʻri baho berib, taqdim etilgan dalillar bilan shartnomaga asosan ishlar bajarilganligi tasdiqlanmasligi haqida toʻgʻri xulosaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respubilkasi Jinoyat-protsessual kodeksining 75-moddasiga muvofiq ekspert, mutaxassis va tarjimon oʻz majburiyatlarini bajarganliklari uchun haq olish huquqiga ega. Ushbu majburiyatlar xizmat topshirigʻi tarzida bajarilgan hollar bundan mustasno. Sarf-xarajatlar qonunda belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3 bandiga koʻra Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun eng kam ish haqiga nisbatan - ishning bir soatiga 0,015 — 0,020 koeffitsiyenti boʻyicha haq toʻlanadi. Qonunning 5 bandiga koʻra esa, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar. Bu haqning miqdori ekspert, mutaxassis yoki tarjimonni chaqirgan idora tomonidan ularning malakasi va ishning murakkabligi, shuningdek bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga asosan, shartnoma jinoyat ishi doirasida mutaxassisni jalb qilish uchun tergovchining qaroriga asosan tuzilgan deb boʻlmaydi. Chunki, bunday holatda jinoyat ishida ayblanuvchi bilan shartnoma tuzilmaydi va huquq-tartibot asoslariga koʻra, jinoyat ishi doirasida mutaxassis jalb qilinganda mutaxassis xarajatlari tergovchining qaroriga asosan va sarflangan vaqtdan kelib chiqib toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 187-moddasining 1-bandiga koʻra kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellatsiya instansiyasining qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati qayd etilganlardan kelib chiqib, daʼvogarning daʼvo talablari isbotlanmagan va toʻgʻri ravishda apellatsiya instansiyasi sudining qaroriga koʻra daʼvoni qanoatlantirish rad etilgan deb hisoblaydi. Shu bois, sudlov xayʼati sud qarorini oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini esa qanoatlantirmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ishni kassatsiya instansiyasida koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlarini taqsimlash masalasini muhokama qilib, ishni videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida koʻrib chiqilishi bilan bogʻliq 30 000 soʻm sud xarajatini daʼvogardan undirishni, daʼvogar dastlab daʼvo arizasi uchun 96 105 soʻm miqdorida davlat boji toʻlaganligini eʼtiborga olib, daʼvogar tomonidan toʻlangan 24 026 soʻm davlat bojini uning zimmasida qoldirishni, daʼvogardan qoʻshimcha 24 027 soʻm davlat boji undirishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-1432/8651-son