06.04.2011 yildagi 10-1007/15880-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro viloyat adliya boshqarmasi “Kogon Oltin tola” OAJ manfaatida xoʻjalik sudiga murojaat qilib, javobgar — “Nurafshon Muhammadshoh baraka zamini” fermer xoʻjaligidan 13084907 soʻm jarima undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar — “Nurafshon Muhammadshoh baraka zamini” fermer xoʻjaligi 2010-yil 23-dekabrda xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilib, 2010-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarorini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrib chiqib, uni bekor qilish va daʼvoni rad etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2011-yil 13-yanvardagi ajrimi bilan ariza qanoatlantirilib, 2010-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bekor qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2011-yil 13-yanvardagi hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi qisman qanoatlantirilib, javobgardan 3000000 soʻm jarima undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida 2011-yil 13-yanvardagi ajrim va hal qiluv qarorini bekor qilib, birinchi instansiya sudining 2010-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlarni ish hujjatlari bilan birga muhokama qilib, quyidagilarga koʻra kassatsiya shikoyatining ajrimni bekor qilish haqidagi qismi boʻyicha ish yuritishni tugatishni, hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Kogon Oltin tola” OAJ bilan “Nurafshon Muhammadshoh baraka zamini” fermer xoʻjaligi oʻrtasida 2010-yil 24-fevralda paxta xomashyosi va urugʻlik paxta xarid qilish boʻyicha kontraktatsiya shartnomasi imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur shartnomaga koʻra, xoʻjalik 2010-yil hosilidan 2010-yilning 31-dekabriga qadar rejada belgilangan 202,0 tonna paxta xomashyosini tayyorlovchiga yetkazib berish, tayyorlovchi esa xoʻjalikni urugʻlik chigit bilan taʼminlab, yetkazib berilgan paxtani qabul qilib olish hamda xoʻjalikka paxta xomashyosi haqini toʻlab berish majburiyatini oʻz zimmasiga olgan. Shuningdek, shartnomaning 5-boʻlimida taraflarning javobgarligi nazarda tutilgan boʻlib, unga koʻra, tayyorlovchi belgilangan turdagi mahsulotni qabul qilishdan bosh tortganda xoʻjalikka qabul qilinmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida, xoʻjalik esa shartnomada belgilangan sifatda, miqdorda va muddatlarda mahsulotni topshirishdan boʻyin tovlaganda topshirilmagan mahsulot qiymatining 25 foizi miqdorida jarima toʻlashi lozim boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomaning 5.2-bandiga muvofiq daʼvogar javgobgardan topshirilmagan paxta xomashyosining 25 foizi miqdorida jarima undirib berish toʻgʻrisida talab qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2010-yil 26-noyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvo toʻliq qanoatlantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nurafshon Muhammadshoh baraka zamini” fermer xoʻjaligining arizasiga asosan sudning ushbu hal qiluv qarori yangi ochilgan holat boʻyicha qaytadan koʻrib chiqilib, 2011-yil 13-yanvarda daʼvo talabi qisman qanoatlantirilib, “Kogon Oltin tola” OAJ foydasiga “Nurafshon Muhammadshoh baraka zamini” fermer xoʻjaligidan 3000000 soʻm jarima undirish haqida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi talab qilingan jarimani kamaytirish uchun javobgar tomonidan taqdim etilgan dalolatnoma va agroxulosani asos qilib olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin, sud ushbu dalolatnomani tuzishda nima sababdan daʼvogar vakillari ishtirok etmaganligi, u (dalolatnoma) QSXBda roʻyxatga olingan yoki olinmaganligi, agroxulosa daʼvogarga taqdim etilgan yoki etilmaganligi holatlarini oʻrganmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizoni hal qilish jarayonida birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual huquq normalarini qoʻllashda xatolikka yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi 111-sonli qarorining 15-bandi ikkinchi xatboshisida yangi ochilgan holat boʻyicha sud hujjati bekor qilingan taqdirda, xoʻjalik sudi, imkoniyat mavjud boʻlganda hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlarini qatʼiy taʼminlagan holda, dastlabki sud qarorini bekor qilish haqida ajrim chiqarilgandan soʻng bevosita shu sud majlisida ishni mazmunan koʻrib chiqishga haqli ekanligi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 188-moddasining birinchi qismiga koʻra, moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 124-moddasining birinchi qismiga koʻra, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kogon Oltin tola” OAJga 2011-yil 13-yanvarda oʻtkaziladigan sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida sudning ajrimi yetkazilmagan, yaʼni ish javobgar xabardor qilinmasdan koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, kassatsiya shikoyatida sudning 2011-yil 13-yanvardagi ajrimini ham bekor qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan Plenum qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisida arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmasligi va shu bois, u qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kirishi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 136-sonli qarori 8-bandida kassatsiya shikoyati hal qiluv qarori, qaror ustidan shikoyat qilishga huquqi boʻlmagan shaxs tomonidan berilganda yoki kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida shikoyat berilmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilganda birinchi instansiya sudining sudyasi XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etishi, agar koʻrsatilgan holatlar kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, shikoyat (protest) boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatilishi haqida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksida bunday ajrim ustidan shikoyat qilish nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holda sudlov hayʼati kassatsiya shikoyatini qisman qanoatlantirib, ajrim boʻyicha kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatib, hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi yuqorida qayd etilgan holatlarni muhokama qilib, sud majlisida taraflarning ishtirokini taʼminlab, ishdagi hujjatlarga huquqiy baho berib, moddiy va protsessual huquq normalari bilan asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi va ishni sudda koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan sud xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlab, undirish masalasini hal qilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-1007/15880-son