Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
“Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 15-dekabrda 2411-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2015-yil 28-sentabrdagi PQ-2412-son “Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-son “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2411, 2013-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 33-modda);
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 21-iyundagi 5-son “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2411-1, 2013-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 368-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2016-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 10-dekabr,
7-son
Kelishilgan:
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2015-yil 4-dekabr
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV
2015-yil 3-dekabr
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2015-yil 2-dekabr
“Oʻzbekenergo” AJ Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2015-yil 1-dekabr
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2015-yil 13-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 50-son, 631-modda)