Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 12-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2411-1]
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2015-yil 10-dekabrdagi 7-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2411-2, 15.12.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 328-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2411, 2013-yil 15-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 21-iyun,
5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2013-yil 21-iyundagi 5-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddimadagi “tadbirkorlik subyektlarining” degan soʻzlar “tadbirkorlik subyektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadi boʻlgan jismoniy shaxslarning (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tadbirkorlik subyektlarining (bundan buyon matnda isteʼmolchilar deb yuritiladi)” degan soʻzlar “isteʼmolchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Isteʼmolchi talabnomani taqdim etish vaqtida Loyiha ishlarini “Bir darcha” xizmati orqali amalga oshirish istagini bildirgan taqdirda, unga talabnoma berilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan oshmagan muddatda texnik shartlarni berish bilan bir vaqtda loyiha tashkilotlarining Loyihani ishlab chiqish boʻyicha shartnomalar loyihalari taqdim etiladi.”.
4. 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. “Bir darcha” xizmati talabnoma kelib tushgan kunning oʻzida uni roʻyxatga olinishini va texnik shartlarni ishlab chiqish uchun tegishliligiga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
11. Tegishli elektr taʼminoti korxonasi yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan talabnoma kelib tushgandan boshlab isteʼmolchiga texnik shartlarni berilish muddati inobatga olingan holda koʻrib chiqilib, texnik shartlar rasmiylashtiriladi va “Bir darcha” xizmatiga taqdim etiladi.”.
5. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Isteʼmolchi “Bir darcha” xizmati taklif etgan yoki uning oʻzi tanlagan loyiha tashkilotlarining Loyihani ishlab chiqish boʻyicha shartnoma loyihalari bilan xizmat tomonidan tanishtiriladi.”.
6. 21-banddagi “ish kunidan” degan soʻzlar “kundan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
7. 25-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Pudrat tashkiloti tomonidan quyidagilarning taʼminlanishi isteʼmolchi bilan tuziladigan shartnomaning majburiy shartlari hisoblanadi:
pudrat ishlarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan ruxsatnomalarni olish;
elektr energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish hamda ularni elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulashgacha boʻlgan ishlarni amalga oshirish.”.
8. 44-banddagi “oshirilganidan soʻng” degan soʻzlar “oshirilgan kuni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. Nizomning 1-ilovasida:
nomidagi “Tadbirkorlik subyektlarining” degan soʻzlar “Isteʼmolchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsni tayinlash haqidagi buyruqdan koʻchirma yoki elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olish toʻgʻrisidagi ariza-majburiyat yoxud elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilish boʻyicha maxsus tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.”;
eslatmadagi “tadbirkorlik subyekti” degan soʻzlar “isteʼmolchi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
10. Nizomning 2-ilovasida:
nomidagi “Tadbirkorlik subyektlarining” degan soʻzlar “Isteʼmolchilarning” degan soʻz bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Elektr xoʻjaligiga javobgar shaxsni tayinlash haqidagi buyruqdan koʻchirma yoki elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilish boʻyicha maxsus tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi.”;
eslatmadagi “tadbirkorlik subyekti” degan soʻzlar “isteʼmolchi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
2013-yil 19-iyun
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining raisi B. ZAKIROV
2013-yil 21-iyun
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUXAKIMOV
2013-yil 17-iyun
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi I. BASIDOV
2013-yil 12-iyun
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
2013-yil 14-iyun
Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
| | | | |
____________________________ | |||
| | | | |
(tuman, shahar) | |||
| | |||||||
|
A R I Z A — M A J B U R I Ya T | |||||||
| Men, _________________________________________________________________________ | |||||||
| |
(isteʼmolchi (isteʼmolchi rahbari) ning F.I.O.) | ||||||
| _____________________________________________________ yangidan ishga tushirilayotgan (yoki rekonstruksiya qilingan) elektr qurilmalarni ___________________________ hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 20____ yil “____” ______________da berilgan _________-son texnik shartlarga muvofiq elektr taʼminoti shartnomasini tuzishingizni va elektr tarmoqlariga ulab berishingizni soʻrayman. | |||||||
| Shu bilan birga, quyidagilarni maʼlum qilaman: | |||||||
| yuqorida qayd etilgan texnik shartlar toʻliq bajarilganligini; | |||||||
| elektr qurilmalarning pudrat ishlari belgilangan talablarga rioya qilgan holda tugallanganligini va ularni tasdiqlovchi hujjatlar mavjudligini; | |||||||
| elektr qurilmalar kuchlanishni qabul qilishga tayyorligini; | |||||||
| qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan barcha elektr qurilmalar uchun muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini; | |||||||
| elektr qurilmalarning kelgusida tegishlicha ekspluatatsiya qilinishi va elektr xoʻjaligini xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmamga olishni. | |||||||
| Ilova: | |||||||
| elektr taʼminotining tasdiqlangan hisob-montaj sxemasi; | |||||||
| isteʼmolchi (isteʼmolchi rahbari)ning pasport nusxasi; | |||||||
| davlat roʻyxatidan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi — tadbirkorlik subyekti uchun. | |||||||
|
____________________ |
_____________________________________ | ||||||
|
(imzo, (muhr) va sana) |
(isteʼmolchi (isteʼmolchi rahbari)ning F.I.O.)”. | ||||||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 368-modda)