Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.05.2026 10.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2737
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 10.12.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2737
Кучга кириш санаси
14.12.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.05.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 10-dekabrda 2737-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2026-yil 23-maydagi 25-son va Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 19-maydagi 22/7546-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2737-1, 26.05.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF-500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2015-yil 16-noyabr,

16-son

Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2015-yil 16-noyabrdagi 16, 33-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 20-noyabrdagi PF–500-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga asosan, tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma ularning soʻroviga asosan rasmiylashtirib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Chaqirilish yoshidagi shaxslarga maʼlumotnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼlumotnoma olish uchun fuqarolar tegishli mudofaa ishlari boʻlimiga mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ariza mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan uch ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maʼlumotnoma mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan ikki nusxada bir xil shaklda rasmiylashtiriladi. Bunda maʼlumotnomaning bir nusxasi ariza bilan murojaat qilgan shaxsga, ikkinchi nusxasi esa, fuqaroning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagi hollarda mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga maʼlumotnoma berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan navbatdagi chaqiruv boʻyicha qabul qilingan qarorga asosan chaqiruvga oid tadbirlar davom etayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiriluvchi safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga chaqirilgan, biroq shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus hisobvaragʻiga tegishli pul badallarini belgilangan muddatda toʻlamagan boʻlsa.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan maʼlumotnoma berishning rad etilganligi haqida fuqaroga yozma ravishda asoslantirilgan javob beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga berilgan maʼlumotnomalar haqida mudofaa ishlari boʻlimining masʼul xodimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi kitobga qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chet elga bormoqchi boʻlgan harbiy guvohnomasi boʻlmagan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotnoma mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomaga
1-ILOVA

‎‎Namuna

‎‎Mudofaa ishlari boʻlimi shtampi

‎‎M A ʼ L U M O T N O M A
‎000000-son

‎‎____________________________________________ mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan ________

‎‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi)

‎‎____________________________________________ da yashovchi __________ yilda tugʻilgan fuqaro ____________________________________________ ning Oʻzbekiston Respublikasi ‎‎fuqaroligidan

‎‎(F.I.O.)

chiqishiga eʼtiroz mavjud emasligi maʼlum qilinadi.

‎‎
‎__________________________
‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi)

‎‎mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
‎ _______________________________
‎(harbiy unvoni, imzosi va familiyasi)

M. Oʻ.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomaga
2-ILOVA

Namuna‎

‎‎‎‎________________________________
‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi)
‎mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
‎______________________________ga
‎(harbiy unvoni, F.I.O.)
‎____________________________________
‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi, uy manzili)
‎__________________________________da
‎yashovchi fuqaro ___________________ dan

‎‎

(F.I.O.)‎

‎‎ARIZA

‎‎Menga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotganligim sababli, harbiy xizmatdan ozod qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani rasmiylashtirib berishingizni soʻrayman.

‎‎20___ yil ___ __________

‎‎_____________
‎(imzo)‎

‎‎_______________________
‎(F.I.O.)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomaga
3-ILOVA

‎‎_________________________________
‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi)
‎mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga berilayotgan maʼlumotnomalarni qayd etish
‎KITOBI

T/r

Maʼlumotnoma berilgan shaxsning F.I.O.‎

Tugʻilgan yili‎

Yashash manzili ‎

Ketish maqsadi‎

Maʼlumotnoma raqami va berilgan sanasi‎

Maʼlumotnoma olganligi haqida imzo‎‎‎

‎‎
‎‎
‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqayotgan chaqirilish yoshidagi shaxslarga mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan harbiy xizmatdan ozod etish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani berish boʻyicha yoʻriqnomaga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Namuna

‎‎Mudofaa ishlari boʻlimi shtampi

‎‎M A ʼ L U M O T N O M A
‎000000-son

‎‎____________________________________________ mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan ________

‎‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi)

‎‎____________________________________________ da yashovchi __________ yilda tugʻilgan fuqaro ____________________________________________ ning chet elga chiqishiga eʼtiroz mavjud

‎‎(F.I.O.)

emasligi maʼlum qilinadi.

‎‎
‎__________________________
‎(maʼmuriy hududiy birlik nomi)

‎‎mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi
‎ _______________________________
‎(harbiy unvoni, imzosi va familiyasi)

M. Oʻ.‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 614-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)