Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2011-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati) jadvali toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2012-yil 18-yanvardagi 427-II-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2012-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi rayosati) jadvali toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 62-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2011-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati) jadvali tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2010-yil 12-fevraldagi 25-II-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 2, 79-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
223-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2010-yil 22-dekabrdagi 223-II-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bilan birgalikda 2011-yilda Qonunchilik palatasi majlislariga rahbarlikni amalga oshirish (ishchi Rayosati)
JADVALI
|
Oy |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari | |
|
1. |
Yanvar |
Muhammadiyev U.N. Alixonov B.B. |
|
2. |
Fevral Mart |
Yoqubov B.S. Saifnazarov I. |
|
3. |
Aprel May |
Vafoyev U.N. Muhammadiyev U.N. |
|
4. |
Iyun Iyul |
Alixonov B.B. Yoqubov B.S. |
|
5. |
Avgust Sentyabr |
Saifnazarov I. Vafoyev U.N. |
|
6. |
Oktyabr Noyabr |
Muhammadiyev U.N. Alixonov B.B. |
|
7. |
Dekabr |
Yoqubov B.S. Saifnazarov I. |
Izoh:
Jadvalda koʻrsatilgan Spiker oʻrinbosarlaridan biri hozir boʻlmaganda (xizmat safari, betoblik, mehnat taʼtili va boshqa shu kabilar), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri ishchi Rayosatining ish jadvaliga oʻzgarishlar kiritishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 534-modda)