27.08.2011 yildagi 228-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi 58–II-sonli Qaroriga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yuritilgan qatʼiy pul-kredit siyosati, shuningdek milliy valyutaning barqarorligini, mamlakat bank-moliya tizimining barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash borasidagi tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi monetar omillarning inflatsiya darajasiga taʼsirini jilovlab turishga, inflatsiya darajasi va pul-kredit koʻrsatkichlari tasdiqlangan maqsadli parametrlar doirasida boʻlishini taʼminlashga, shuningdek iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda, investitsiya jarayonlarida va mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishda banklarning ishtirokini yanada kengaytirishga yordam bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Qonunning 40-moddasiga muvofiq samarali valyuta siyosati amalga oshirilganligi tovarlar va xizmatlar eksportini 2009-yildagiga nisbatan 10,8 foizga koʻpaytirishning, tashqi savdo aylanmasida 4,2 mlrd AQSh dollari miqdorida yoki 2009-yildagiga nisbatan 1,8 barobar koʻp ijobiy saldoga erishishning muhim omili va ragʻbatlantiruvchi vositasi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida hisobot yilida tijorat banklarining umumiy kapitali 36 foizga oshgan, bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi esa 23 foizni tashkil etgan, bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli uch barobar ortiqdir. Faqat 2010-yilning oʻzida depozitlar hajmi 1,5 barobardan ziyod oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bank tizimiga “Mudis” xalqaro reyting agentligi tomonidan “barqaror” reytingi berilgan, jami aktivlari mamlakat bank tizimi aktivlarining 90 foizidan ortiqni tashkil etadigan 15 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting agentliklaridan “barqaror” reyting bahosini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning kredit va investitsiya faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar yuz bermoqda. 2010-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yoʻnaltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 35 foizga koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat banklari kredit portfelining umumiy summasidagi salmogʻi 85,1 foizni tashkil etgan, tashqaridan esa koʻproq iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish uchungina uzoq muddatli asosda mablagʻlar jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarish doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalari barqaror ishlashini taʼminlash, ularning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzlari tufayli banklar balansiga oʻtkazilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tijorat banklarining faoliyati ijobiy baholashga loyiq. Jumladan, tijorat banklari balansiga oʻtkazilgan 147 ta iqtisodiy nochor korxonadan 140 tasining faoliyati 156 mlrd soʻmlik investitsiyalar hisobiga qayta tiklangan, shundan 64 ta korxona yangi investorlarga 663 mlrd soʻmga realizatsiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda qayta tiklangan korxonalarda ishlab chiqarish hajmi 460 mlrd soʻmni tashkil qilgan, 165 mln AQSh dollaridan ortiq miqdorda mahsulot eksport qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga ajratilgan kredit resurslarining umumiy hajmi 2,7 trln soʻmni tashkil etgan va 2009-yildagiga nisbatan 1,4 barobar oʻsgan. Xususan, mikrokreditlar hajmi 485 mlrd soʻmdan ortgan va bu koʻrsatkich 1,5 barobar koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni qayd etish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2011-yil 15-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyevning “Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish borasida Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ijrosining borishi toʻgʻrisida”gi hisoboti haqida”gi Qoʻshma qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birga bank tizimining barqarorligini yanada oshirish va uni mustahkamlash, tijorat banklarining umumiy kapitalini koʻpaytirish, kichik biznes subyektlarining kredit resurslariga boʻlgan asoslangan ehtiyojlarini toʻliq hajmda taʼminlash, bank va boshqa moliya xizmatlari bozorida tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishi zarurligi taʼkidlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, iqtisodiyotning yuqori surʼatlar bilan oʻsishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, ishlab chiqarishni investitsiyalash va modernizatsiya qilish jarayonida banklarning ishtirokini kengaytirish maqsadida 2011-yilda bank tizimining asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini hamda yangi normativ hujjatlar qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning barqarorligini yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qatʼiy pul-kredit siyosatini yuritishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish hamda aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga jalb qilishni kuchaytirish hisobiga bank tizimining moliyaviy barqarorligini va resurs bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda ularning eksport salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan bank investitsiyalari va kreditlari hajmlarini yanada koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish va sifatini yanada takomillashtirish, xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kreditlar va mikrokreditlar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga (F. Mullajonov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini hamda yangi normativ hujjatlar qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2011-yilga moʻljallangan maqsadli makroiqtisodiy koʻrsatkichlari bajarilishiga yoʻnaltirilgan pul-kredit siyosati yuritilishini davom ettirish, bunda pul massasini tartibga solishning bozor vositalaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning almashuv kursi barqarorligini taʼminlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga, eksportga yoʻnaltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan valyuta siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ–1438-sonli Qarorida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2011-yil 15-iyuldagi Qoʻshma qarori bilan belgilangan ustuvor yoʻnalishlar roʻyobga chiqarilishiga alohida eʼtibor berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini bank depozitlariga jalb qilish va ularning samaradorligini oshirish borasidagi ishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining faoliyatini xalqaro andozalar va tamoyillarga muvofiq baholash, tartibga solish hamda nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida banklarning faoliyatini kengaytirish va ularning investitsiyaviy faolligini kuchaytirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlangʻich kapitalni shakllantirish hamda mikrokreditlashni koʻpaytirishga uzoq muddatli kreditlar ajratishni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirish hamda ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar roʻyobga chiqarilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi PQ-1438-sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, bank tizimi subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha aksiyalar va obligatsiyalar chiqarish hamda joylashtirish borasidagi jadal faoliyat hisobiga banklarning kapitallashuv darajasi yanada oshishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan pul mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni yanada faollashtirish yoʻli bilan banklarning barqaror va uzoq muddatli resurs bazasini oshirsin, shuningdek kreditlash va investitsiyalash imkoniyatlarini kengaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlik borasidagi ishlarni kuchaytirsin va xalqaro reyting baholarini muntazam yangilab borish boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va modernizatsiya qilish, eksport qiluvchi korxonalarni, isteʼmol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni kreditlash boʻyicha tadbirlarni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ishlab chiqarishini qayta tiklash, shuningdek ularni strategik investorlarga realizatsiya qilish boʻyicha ishni jadallashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank aktivlarining, shu jumladan kredit portfelining sifatini yaxshilash, bank tavakkalchiliklarini diversifikatsiyalash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni muntazam asosda koʻrib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalar kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmlarini kengaytirish, shuningdek mikromoliyaviy xizmatlar turlari va hajmlarini oshirish vositasida oʻz vaqtida hamda samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (F. Mullajonov) ushbu Qaror bajarilishining borishi toʻgʻrisida 2012-yil 1-iyulgacha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (A. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 8-son, 210-modda)