08.05.2010 yildagi 58-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yuritilgan qatʼiy pul-kredit siyosati, shuningdek mamlakat bank-moliya tizimi barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarning roʻyobga chiqarilishi inflatsiya darajasini va pul-kredit koʻrsatkichlarini tasdiqlangan maqsadli parametrlar doirasida saqlab turishga, pul-kredit siyosatini tartibga solishning bozor vositalaridan keng foydalanishga, monetar omillarning inflatsiya darajasiga taʼsirini bartaraf etishga, shuningdek banklarning investitsiya jarayonlaridagi va mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilishdagi ishtirokini yanada kengaytirishga yordam bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Qonunning 40-moddasiga muvofiq samarali valyuta siyosati amalga oshirilganligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramay, tovarlar va xizmatlar eksportini 2008-yildagiga nisbatan 2,4 foizga koʻpaytirishning, tashqi savdo aylanmasida 2,3 mlrd AQSh dollari miqdorida ijobiy saldoga erishishning muhim omili va ragʻbatlantiruvchi vositasi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan choralar natijasida hisobot yilida tijorat banklarining umumiy kapitali 2008-yildagiga nisbatan 1,4 barobar oʻsgan, xususan yetakchi banklarning ustav kapitallari davlat mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha 500 mlrd soʻmdan koʻproq miqdorda oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat bank tizimi xalqaro talablarga muvofiq bir qator normativlar boʻyicha barqaror mavqega ega va bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi bank nazorati boʻyicha xalqaro Bazel qoʻmitasi talablari bilan belgilangan xalqaro standartlardan deyarli uch barobar ortiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jami aktivlari mamlakat bank tizimi aktivlarining 90 foizidan koʻproqni tashkil etadigan 14 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standart end Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarining “barqaror” reyting bahosini olgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning barqaror resurs bazasini mustahkamlash borasida koʻrilgan tizimli chora-tadbirlar depozitlar hajmlari 1,5 barobar, aholining kredit tashkilotlaridagi omonatlari 1,7 barobar oʻsishiga yordam bergan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotning real sektoriga yoʻnaltirilgan kredit qoʻyilmalarining umumiy hajmi 1,3 barobar koʻpaytirilgan, investitsiya maqsadlaridagi bank kreditlarining umumiy kredit portfelidagi ulushi esa 70 foizga yaqinni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiyotning real sektori korxonalari barqaror ishlashini taʼminlash, ularning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, xoʻjalik sudlari qarorlari va auksion savdolar asosida 126 ta iqtisodiy nochor korxona tijorat banklarining balansiga qabul qilinib, shularning 36 tasi oʻz faoliyatini tiklaganidan keyin yangi investorlarga sotilgan, 34 ta korxonada ishlab chiqarishni tiklash jarayoni tugallangan, qolgan 56 ta korxonada moliyaviy sogʻlomlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi korxonalarga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun jami 233 mlrd soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilgan kredit resurslarining umumiy hajmi 1,8 trln soʻmdan oshib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada mustahkamlash, banklarning iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirish, iqtisodiyotning real sektori korxonalarini investitsiyalash va modernizatsiya qilish jarayonidagi ishtirokini kengaytirish maqsadida 2010-yilda quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha ishni kuchaytirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning barqarorligini yanada mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qatʼiy pul-kredit siyosatini yuritishni davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish hisobiga bank tizimining moliyaviy barqarorligi va samaradorligini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga jalb etishni kuchaytirish hisobiga banklarning resurs bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning eksport salohiyatini oshirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli bank investitsiyalari va kreditlari hajmlarini yanada koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, ayniqsa qishloq joylarda, shu jumladan fermer xoʻjaliklariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlarining koʻlamini kengaytirish va sifatini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2010-yilga moʻljallangan maqsadli makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini bajarishga yoʻnaltirilgan pul-kredit siyosatini yuritishni davom ettirish, bunda pul agregatlarini tartibga solishning bozor vositalaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning almashuv kursi barqarorligini taʼminlashga, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga, eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan valyuta siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturida mamlakat bank tizimiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarini yanada kapitallashtirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi roʻyobga chiqarilishini taʼminlash, ularning taʼsirchanligi va samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining faoliyatini xalqaro andozalar va tamoyillarga muvofiq tartibga solish hamda nazorat qilish yanada kuchaytirilishi va takomillashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini, ayniqsa qishloq joylarda, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nobank kredit tashkilotlarini, xususan mamlakat mintaqalaridagi kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar sonini koʻpaytirish va ularning faoliyatini tartibga solish yuzasidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda bank tizimi subyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha aksiyalar chiqarish va joylashtirish borasida jadal faoliyat yuritish hisobiga banklarning kapitallashuv darajasi yanada oshishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning boʻsh turgan mablagʻlarini uzoq muddatli depozitlarga va banklarning boshqa qimmatli qogʻozlariga jalb etishni yanada faollashtirish yoʻli bilan banklarning barqaror va uzoq muddatli resurs bazasini kengaytirsin, shuningdek kreditlash va investitsiyalash hajmlarini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda modernizatsiya qilish, eksport qiluvchi korxonalarni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni kreditlash tadbirlarini davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularda ishlab chiqarishni qayta tiklash, shuningdek ularni bundan buyon ham strategik investorlarga sotish ishlarini jadallashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va fermerlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hajmlarini kengaytirsin, shuningdek ayniqsa qishloq joylarda mikromoliyaviy xizmatlarning turlari va hajmlarini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plastik kartochkalardan foydalangan holda naqd pulsiz hisob-kitoblar tarmogʻini yanada kengaytirish tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari kuzatuv kengashlarining banklarni boshqarishni, shu jumladan banklarning ichki audit xizmatlari faoliyatini samarali tashkil etish, kapitalning doimiy oʻsib borishi va yetarliligini taʼminlash, aktivlar va kredit portfelining sifati yaxshilanishidagi roli va masʼuliyatini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi hamda 2010-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturida, shuningdek mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarda nazarda tutilgan vazifalar oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ushbu qaror bajarilishining borishi toʻgʻrisida 2010-yilning 1-noyabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (A. Altiyev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 5-son, 208-modda)