12.09.2015 yildagi 661-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jizzax viloyati Forish tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi PQ-2367-son qarori va viloyat hokimining 2015-yil 29-avgustdagi 240-son qarori ijro uchun qabul kilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, 2015-yil 13-aprelda tuman hokimining oʻrinbosarlari (T. Nurullayev, O. Norboʻtayev) rahbarligida ikkita ishchi guruhi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tuzildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish va tegishli holda saqlash, mahalla hududida sanitar holatini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari bilan oʻz vaqtida va yetarli darajada taʼminlash ishlarini tashkil etish, elektr taʼminoti, issiqlik taʼminoti va tabiiy gaz obyektlarini kuz-qish davrida ishlashga tayyorlash boʻyicha ishchi guruhi (T. Nurullayev);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni tashkil etish, ularning sanitariya holati va obodonlashtirish talablariga muvofiqligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhi (O. Norboʻtayev).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015/2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha topshiriqlar 5-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal soha tashkilotlari, kozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, maktabgacha tarbiya muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha tuman iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman tashkilotlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda korxonalari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlarining 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman ishchi guruhi (T. Nurullayev, O. Norboʻtayev) qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari raislari bilan birgalikda aholi xonadonlariga koʻmir yoqilgʻisi va oʻtin bilan ishlaydigan qozonlarni oʻrnatish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banklari rahbarlariga — uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kredit mablagʻlarini ajratish, ajratilgan kredit mablagʻlarining maqsadli ishlatilishi boʻyicha monitoring olib borish, hududlarga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan joylarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishda amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Forish tongi” gazetasi (R. Karimov) mazkur qarorni gazetada chop etilishi va uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror qabul kilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 15-iyuldagi 433-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim P. MAXATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Forish t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 12-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
661-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 661-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddati

Ijro uchun masʼul

I. Iqtisodiyot tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz qish davrida barqaror ishlashi boʻyicha tashkiliy tadbirlar

1.

Aholi punktlari, kommunal xoʻjaligi korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, ijtimoiy soha muassasalaridagi qozonlarni taʼmirlash va muhandislik tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini tashkil qilish;

Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz (ovqat tayyorlash uchun), koʻmir, koʻmir briketi, shuningdek ichimlik suvi (tashib keltirish bilan birga) yetib borishi qiyin boʻlgan aholi punktlariga doimiy ichimlik suvini yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

10 kun
muddatda

Tuman hokimligi,
korxona va tashkilotlar

2.

Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini issiqliq manbai, elektr energiya, tabiiy gaz bilan kafolatli taʼminlash boʻyicha, bunda oʻtgan isitish mavsumidagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqish.

10 kun
muddatda

Tuman hokimligi,
korxona va tashkilotlar

3.

2015-2016-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz neft mahsulotlari, gaz kondensati, suyultirilgan gaz, koʻmir va koʻmir briketi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

10 kun
muddatda

“Jizzaxneftbaza” UK tuman filiali (Atabekov), “Forishtumangaz” filiali (Egamov), tuman elektr taʼminoti korxonasi (Oʻngalov), “Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK (Shodiyev), ShFY, QFY va MFY raislari

4.

Kuz-qish mavsumi davrida tumanda tabiiy gaz yetib borishi qiyin boʻlgan hududlarni aniqlab, ushbu hududlardagi aholi va ijtimoiy soha obyektlarini belgilangan tartibda yetarlicha koʻmir va koʻmir briketi yetkazib berish boʻyicha grafigini tasdiqlash.

10 kun
muddatda

Tuman hokimligi, “Forishtumangaz” filiali (Egamov), “Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK (Shodiyev)

5.

Aholi isteʼmolchilari uchun suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha oyma-oy grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Aholi isteʼmoli uchun suyultirilgan gaz bilan taʼminlash infratuzilmani rivojlantirish.

10 kun
muddatda

2015-yil
1-oktabrgacha

“Forishtumangaz” filiali (Egamov), tuman hokimligi

6.

Kuz-qish mavsumida soatiga maksimal kuchlanish bilan ishlaydigan energiya taʼminotini, energiya isteʼmolini barqarorlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2015-yil
20-sentabrgacha

“Forishtumangaz” filiali (Egamov), tuman hokimligi

7.

2015-2016-yillar kuz-qish davrida toifalangan va oʻta muhim obyektlarni elektr energiya va tabiiy gazdan oʻchirmaslik maqsadida ularning roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yil
20-sentabrgacha

“Forishtumangaz” filiali (Egamov), tuman elektr taʼminoti korxonasi (Oʻngalov)

8.

2015-2016-yillar kuz-qish mavsumining keskin sovuq kunlari tabiiy gaz isteʼmoli qisqartiriladigan isteʼmolchilar roʻyxatini ishlab chiqish va tasdiqlash.

10 kun
muddatda

“Forishtumangaz” filiali (Egamov), tuman hokimligi

9.

Oʻtgan isitish davrida tabiiy gaz yetkazib berishda kuchlanish bilan ishlagan hududlarning roʻyxatini tuzish, chegaralarini aniqlash.

10 kun
muddatda

“Forishtumangaz” filiali (Egamov),

tuman XTMFMT va TE boʻlimi (Norbekov), tuman tibbiyot birlashmasi (Begiyev), tuman kasb-hunar kollejlari

10.

Isitish davrini tashkillashtirish va tayyorlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻygan ayrim korxona, tashkilot va xoʻjalik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatiga tanqidiy baho berib borish.

Doimiy

Tuman hokimligi, “Forish tongi” gazetasi (Karimov)

II. 2015-2016-yillar kuz-qish davrida yoqilgʻi-energetika kompleksini barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

11.

Kuz-qish mavsumida aholi isteʼmoli uchun gazni boʻshatish maqsadida qozonlarni uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun qattiq va suyuq yoqilgʻilar zaxirasini jamgʻarish.

2015-yil
1-noyabrgacha

Tuman elektr taʼminoti korxonasi (Oʻngalov), “Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK (Shodiyev), ShFY, QFY va MFY raislari

12.

Hududlardagi elektr tarmoqlarining mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishni taʼminlash.

2015-yil
1-oktabrgacha

Tuman elektr taʼminoti korxonasi (Oʻngalov)

13.

Koʻmir briketini ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etgan holda aholini koʻmir briketi bilan taʼminlash.

2015-yil
1-oktabrgacha

“Jizzax hududiy koʻmir yetkazuvchi” UK (Shodiyev), tuman hokimligi

14.

Mavjud isitish qozonlari koʻmirga moslashtirilgan ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlarda qozonlarni yangisiga almashtirish yoki qoʻshimcha koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha oyma-oy grafik ishlab chiqqan holda idoralararo manzilli dasturini ishlab chiqish hamda belgilangan muddatda bajarilishini taʼminlash.

10 kun
muddatda

Tuman hokimligi, “Forishtumangaz” filiali (Egamov), tuman elektr taʼminoti korxona�i (Oʻngalov), tuman XTMFMT va TE boʻlimi (Norbekov), tuman tibbiyot birlashmasi (Begiyev), tuman kasb-hunar kollejlari

15.

Hududlarda aholini suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisi bilan taʼminlash boʻyicha ommaviy axborot vositalarida va aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini faol olib borish.

Har oyning
10 sanasigacha

Tuman komissiyasi, “Forish tongi” gazetasi (Karimov)

III. 2015-2016-yillar kuz-qish davrida koʻp xonadonli uy-joy fondini barqaror faoliyatini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

16.

Mahalla va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tasdiqlangan dasturlari ijrosini tashkillashtirishda, mahalla va har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga biriktirilgan uchastka nozirlari, soliq inspektorlari, sanitariya-epidemiologiya markazi vakillari, biriktirilgan tashkilot va korxonalar, tijorat banklari tomonidan bajarilishini taʼminlash uchun masʼul:

koʻp qavatli uy-joy fondini saqlash, texnik sozligi holati uy-joy fondini texnik-foydalanishda qoida va meʼyorlar talabi asosidaligi;

koʻp qavatli uylarni jihozlash va ularni uzluksiz ishlatilishda sanitar-texnik va yongʻin qoidalariga rioya qilinishi;

koʻp qavatli uy-joylarni joriy taʼmirlash, uy ichidagi jihozlardagi avariyalarni bartaraf etishda doimiy koʻrikdan oʻtkazish chora-tadbirlarini belgilash;

umumiy yigʻilishlarda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlariga baho berish, qayta saylash va ularni almashtirishni amalga oshirilishini taʼminlash;

xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining hisobotini aholi oʻrtasida eshitishning yangi tizimini tashkil qilish.

Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida

Tuman hokimligi, biriktirilgan korxona va tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlari

17.

Hududlardagi obodonlashtirish boshqarmalariga qarashli koʻcha va yoʻllarda qish mavsumida muzlik boʻlmasligining oldini olish uchun zarur boʻladigan material va jihozlarni tashkil qilish choralarini ishlab chiqish.

10 kun
muddatda

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi

18.

Tumandagi koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash uchun tijorat banklarining maqsadli va imtiyozli kredit mablagʻlarini ajratish choralarini ishlab chiqish.

servis koʻrsatuvchilar va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan maqsadli imtiyozli kredit mablagʻla�i hajmini oʻtgan yillarga nisbatan 2,5-3-martaga koʻpaytirish.

2015-yil
1-oktabrgacha

Tijorat banklari

19.

Koʻp qavatli uy-joy fondi tom qismini kapital va joriy taʼmirlashning bajarilishini taʼminlash.

2015-yil
1-oktabrgacha

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari

20.

Koʻp qavatli, bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligi meʼyorlari talablariga rioya etilishini oʻrganish.

2015-yil
20-sentabrgacha

Tuman IIB Yongʻin xavfsizligi boʻlimi (Jumanov), korxona va tashkilotlar

21.

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan koʻp qavatli uy-joylarning old qismidagi kirish yoʻlaklarini taʼmirlash.

2015-yil
1-oktabrgacha

Tijorat banklari

22.

Koʻp qavatli uy-joylardan foydalanishda, qish mavsumiga tayyorlash, belgilangan ish hajmlarini bajarish, issiqlik tizimini izolatsiya qilish, uy-joylarda issiqlik taʼminotining sifatini yaxshilash choralarini belgilash, yertoʻla va tom cherdaklarini koʻrish, muhandislik tarmoqlarining joylashuvi, issiqlik uzatish punkti, yertoʻla va kirish eshiklarining yopilishini taʼminlash.

2015-yil
1-oktabrgacha

Shaharcha fuqarolar yigʻini va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari

IV. Aholi va isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

23.

Korxonlardagi qozonlar va jihozlarining foydalanish texnik talablariga javob berishini nazorat qiluvchi organlar bilan oʻrganib chiqish, talabga javob bermaydigan qozonlarda uzish ishlarini amalga oshirish.

2015-yil
1-oktabrgacha

“Forishtumangaz” filiali (Egamov)

24.

Mukammal va joriy taʼmirlanadigan qozonlar va issiqlik tarmoqlari, issiqlik tarmoqlarini izolatsiya qilish manzilli dasturini “Sanoatgeokontexnazorat”, “Oʻzdavenergonazorat”, “Oʻzdavneftegazinspeksiya”lariga taqdim qilinishini taʼminlash.

10 kun
muddatda

Korxona va tashkilotlar

V. Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish davrida barqaror ishlashi boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar

25.

Urush va mehnat faxriylariga xizmat koʻrsatuvchi “Muruvvat” va “Saxovat” uylarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun kompleks chora-tadbirlar belgilash.

2015-yil
20-sentabrgacha

Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (Kamolov)

26.

Ijtimoiy soha obyektlaridagi bino va inshootlardagi muhandislik tarmoqlari, shu jumladan hojatxonaning sanitariya-gigiyena meʼyorlari talablariga javob berishi, qishloq joylardagi ijtimoiy tarmoqlarni zaruriy qurilish materiallari (ruberoid, bitum, shifer, oyna va boshqa) bilan korxonalarning smeta xarajatlarida belgilangan mablagʻlar hisobidan taʼmirlash boʻyicha zaruriy choralar koʻrish.

10 kun muddatda, soʻngra doimiy

Tuman XTMFMT va TE boʻlimi (Norbekov), tuman tibbiyot birlashmasi (Begiyev), tuman kasb-hunar kollejlari

27.

2015-2016-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni hududiy komissiyalarga koʻrib chiqish uchun taqdim etib borish.

Har 10 kunda

Tuman hokimligi, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 661-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni 2015/2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Mukammal taʼmirlash

Koʻp qavatli uy-joylar (dona)

Qozonxonalar (dona)

Qozonlar (dona)

Issiqlik tarmoqlari (km)

Ichimlik suvi tarmoqlari (km)

Gaz tarmoqlari (km)

Elektr tarmoqlari

(km)

Transformator punktlari

(dona)

1.

Forish

-

-

-

-

0.1

-

59

23

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 661-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya uskunalarni 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda joriy taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Joriy taʼmirlash

Koʻp qavatli uy-joylar (dona)

Qozonxonalar (dona)

Qozonlar (dona)

Issiqlik tarmoqlari (km)

Issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash (km)

Ichimlik suvi tarmoqlari (km)

Gaz taqsimlash qurilmalarini taftishdan oʻtkazish

Elektr tarmoqlari (km)

Transformator punktlari (dona)

1.

Forish

0,5

210

411

60

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 661-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Mukammal taʼmirlash

Joriy taʼmirlash

Umum taʼlim maktablari (dona)

Bolalar uyi va maxsus maktab internatlar (dona)

Maktabgacha taʼlim muassasalari (dona)

Kasalxona va ambulatoriya- poliklinika muassasalari

(dona)

Umum taʼlim maktablari (dona)

Maktablarda oynalarni almashtirish (kv.m)

Bolalar uylari va maxsus maktab-internatlari (dona)

Maktabgacha taʼlim muassasalari (dona)

Kasalxona va ambulatoriya- poliklinika muassasalari

(dona)

1.

Forish

3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 661-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-2016-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz jamgʻarish, shuningdek suyultirilgan gaz yetkazib berish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOPShIRIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman nomi

Koʻmir (tonna)

Aholi uchun suyultirilgan gaz
(tonna)

Issiqlik taʼminoti korxonalari uchun mazut (tonna)

Texnik tuz (tonna)

Jami

Budjet tashkilotlariga

shundan:

Aholi ehtiyojlari

uchun

jami

shundan:

Koʻmirni birja orqali olish

Xalq taʼlimi

Sogʻliqni saqlash

Kasb-hunar taʼlimi

Koʻmirni yuklash

Koʻmir briketi

1.

Forish

3.396

2.568

1.6

0.347

0.62

0.828

803

0.313

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 12-sentabrdagi 661-sonli qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman iqtisodiyoti tarmoqlarini 2015-2016-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Maxatov P. Q.

—

tuman hokimi, komissiya raisi

2.

Nurullayev T. Q

—

tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

3.

Norboʻtayev O. U.

—

tuman hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

4.

Qoʻnorov O. B.

—

tuman hokimligi soha bosh mutaxassisi

5.

Toʻychiyev X. R.

—

tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi

6.

Rizaqulov Sh.

—

tuman moliya boʻlimi boshligʻi

7.

Norbekov N.

—

Tuman XTMFMT va TE boʻlimi mudiri

8.

Begiyev A.

—

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi

9.

Lavozimiga koʻra

—

Tuman kasb-hunar kollejlari raxbarlari

10.

Egamov N.

—

“Forishtumangaz” filiali boshligʻi v.b

11.

Oʻngalov Sh.

—

Tuman elektr taʼminoti korxonasi boshligʻi

12.

Amirov O.

—

tuman “Suv tarmoqlari” korxonasi boshligʻi

13.

Atabekov D.

—

“Jizzaxneftebaza” UK tuman filiali boshligʻi

14.

Lavozim boʻyicha

—

Shaxarcha, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari

15.

Mustafoyev H.

—

tuman hokimligi soha bosh mutaxassisi, komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga yangi tayinlangan yoki vazifasini bajaruvchi shaxslar komissiya aʼzosi hisoblanadi