Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati koʻmitalarining 2005-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2005-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi M. ShARIFXOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 24-fevral,
17-I-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2005-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati
REJASI
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Nazorat faoliyati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
|
I yarim yillik |
2. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Sirdaryo viloyatida ijro etilishi haqida.
|
I yarim yillik |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining loyihasi yuzasidan xulosalar va takliflar tayyorlash.
|
II yarim yillik |
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Nazorat faoliyati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining 2004-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
|
I yarim yillik |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil avgustdagi Qarori bilan tasdiqlangan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ijro etilishi toʻgʻrisida.
|
I yarim yillik |
3. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tizimida ijro etilishi haqida.
|
II yarim yillik |
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Nazorat faoliyati
1. “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
|
I yarim yillik |
2. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ijro etilishi haqida.
|
II yarim yillik |
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar, bitimlar va konvensiyalarni ratifikatsiya, shuningdek denonsatsiya qilish toʻgʻrisidagi, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasidan Senatga kelgan qonunlar yuzasidan xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Nazorat faoliyati
1. “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida (Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
|
I yarim yillik |
2. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi, shuningdek unga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi Sherikchilik va hamkorkorlik toʻgʻrisidagi bitimning qonunchilik sohasidagi hamkorlikka doir qismining davlat boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishi haqida (Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda).
|
II yarim yillik |
Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Nazorat faoliyati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi Qarori bilan tasdiqlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
|
I yarim yillik |
2. “Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ijro etilishi toʻgʻrisida.
|
II yarim yillik |
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi
Qonunchilik faoliyati
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.
|
Kelib tushishiga qarab |
Nazorat faoliyati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2004-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
|
I yarim yillik |
2. “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ijro etilishi haqida.
|
I yarim yillik |
3. “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Zarafshon havzasi boshqarmasi tizimida ijro etilishi haqida.
|
II yarim yillik |
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 2-son, 85-modda)