26.03.1999 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OBYEKT MUDDATIDAN ILGARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILGANLIGI VA SHARTNOMA QIYMATIGA NISBATAN MABLAGʻLAR TEJALGANLIGI UCHUN PUDRATCHI TASHKILOTNI BUYURTMACHI TOMONIDAN MUKOFOTLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qarorining 9-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi pudrat tashkilotlarini mukofotlashning koʻrsatib oʻtilgan tartibini amaliy faoliyatda foydalanish uchun respublika qurilish boʻlinmalariga va investitsiya jarayonining boshqa qatnashchilariga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 26-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
26-martdagi 135-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi va shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalganligi uchun pudratchi tashkilotni buyurtmachi tomonidan mukofotlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Tartib mablagʻlar tejalgan va obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilgan taqdirda qurilish qatnashchilarini mukofotlash shartlari va tartibini belgilab beradi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini qurish (rekonstruksiya qilish, texnika bilan qayta jihozlash)ni va ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash ishlari bajarilishini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Ilmiy-texnik ishlanmalarni, eng yangi texnologiyalarni joriy etish, qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan oʻz vaqtida sifatli pirovard natijaga erishish uchun qurilish qatnashchilarini ragʻbatlantirish shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalganligi va obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun qurilish qatnashchilarini mukofotlashning maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Mazkur Tartib pudrat shartnomasi boʻyicha qurilishda qatnashayotgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar (ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalari, bosh pudratchi, subpudrat tashkilotlari va boshqalar)ga tatbiq etiladi hamda shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalishiga, obyekt muddatidan oldan foydalanishga topshirilishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalishi tender savdolar asosida belgilangan shartnoma narxi bilan amaldagi xarajatlar oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Ushbu mablagʻlar mukofot sifatida pudrat tashkilot ixtiyorida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnika yutuqlarini joriy etish, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash ishlari va boshqa ishlarning ilgʻor texnologiyalari qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni obyekt sifatini pasaytirmaydigan unchalik qimmat boʻlmagan zarur binokorlik materiallari, yarim tayyor mahsulotlar, buyumlar va konstruksiyalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar, qurilish mashinalari va mexanizmlarini ishlatish xarajatlarini kamaytirish, shuningdek oʻzi tayyorlagan sanoat mahsulotini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustama xarajatlar miqdorini qayta koʻrib chiqish va qisqartirish hamda noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan loyiha hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa chora-tadbirlar hisobiga qurilish qiymati pasaytirilishiga erishish shartnoma qiymatiga nisbatan mablagʻlar tejalishi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Buyurtmachi obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilishidan manfaatdor boʻlganda pudrat shartnomasida amalda foydalanishga topshirish sanasidan boshlab pudrat shartnomasida nazarda tutilgan foydalanishga topshirish sanasigacha mahsulot ishlab chiqarishdan olinadigan foyda yoki buyurtmachi tomonidan alohida ajratiladigan mablagʻlar hisobiga qoʻshimcha mukofotlash shartlari qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.7. Qurilish muddatining pudrat shartnomasida koʻrsatilganga nisbatan qisqarishi obyektni muddatidan ilgari foydalanishga topshirish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. QURILISH QATNASHCHILARI OʻRTASIDA MUKOFOT PULINI TAQSIMLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Buyurtmachi va bosh pudratchi bajariladigan ishlar xususiyatidan, mehnat sarfidan va qurilish qatnashchilarining pirovard natijaga qoʻshadigan moʻljallangan ulushiga bogʻliq ravishda obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun mukofotlash shartlarini qurilish boshlanishidan oldin yoki qurilish davomida belgilab oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Shartnoma qiymatiga nisbatan tejalgan mablagʻlar har bir qurilish qatnashchisining amalda qoʻshgan ulushidan kelib chiqqan holda mazkur Tartibning 1.5-bandiga muvofiq taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilgan taqdirda, buyurtmachi manfaatdor boʻlgan holda, qurilish qatnashchilarini mukofotlash ularning har birining amalda qoʻshgan ulushiga qarab mazkur Tartibning 1.6-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Qabul qilish komissiyasining obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligini belgilangan tartibda tasdiqlovchi dalolatnomasi obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun mukofotlashga mablagʻ oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun ishlarni bajaruvchilarga mukofotlash mablagʻlarini oʻtkazish pudrat shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun buyurtmachi tomonidan mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka taqdim etish uchun rasmiylashtiriladigan toʻlov topshirigʻida mablagʻning mukofotlashga maqsadli yoʻnaltirilishi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Obyekt muddatidan ilgari foydalanishga topshirilganligi uchun qurilish qatnashchilariga oʻtkazilgan mukofotlash mablagʻlarining 10 foizidan 35 foizigacha miqdorini xodimlarni mukofotlash uchun, qolgan qismini tarmoqning ishlab chiqarishini rivojlantirishga hamda aylanma mablagʻlar va moddiy resurslarni toʻldirish uchun foydalanish tavsiya etiladi.