Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 28.11.1998 yildagi 500-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KAPITAL QURILIShNI BOShQARISh TAShKILIY TUZILMASINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi PF-2111-son Farmonini bajarish va 1998 — 2000-yillarda qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, pudrat qurilish idoralari va tashkilotlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi, “O‘zbektransqurilish” davlat uyushmasi, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining “O‘zbekgidroenergiyaqurilish” tresti boshqaruv tizimining bo‘g‘inliligini 1 — 8-ilovalarga* muvofiq takomillashtirish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsuvqurilish” davlat konsernini boshqarishning 9-10-ilovalarga* muvofiq ikki bo‘g‘inli tizimga bosqichma-bosqich o‘tkazish to‘g‘risidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilgan “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” korporatsiyasi, “O‘zagroqurilish” birlashmasi va “O‘zjamoaqurilish” tarkibiga kirgan pudrat qurilish trestlari, boshqarmalar, birlashmalar, sanoat va transport korxonalari hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tizimi va tuzilmasi 11-ilovaga* muvofiq takomillashtirish bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish trestlari va qurilish industriyasi korxonalarini kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarni qurishga va rekonstruksiya qilishga, ushbu maqsadlar uchun qurilish konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarishga 12-ilovaga* muvofiq hududlar bo‘yicha ixtisoslashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1, 3, 5, 7, 9, 11, 12-ilovalar berilmaydi. 2, 4, 6, 8, 10, 13-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining uslubiy rahbarligi va texnikaviy ko‘magida, kasb-hunar kollejlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasini, “O‘zagroqurilish” birlashmasini, “O‘zjamoaqurilish” uyushmasini tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari bilan birgalikda 13-ilovaga* muvofiq respublika qurilish tashkilotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish ishlarini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000/2001-o‘quv yilining boshlanishigacha respublikaning har bir tumanida va viloyat markazida bittadan kasb-hunar kolleji foydalanishga topshirilishini ta’minlasinlar, bunda obod qilish, arxitektura-rejalashtirish yechimlari, quriladigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining qurilishi va jihozlanishi jahonning eng yaxshi namunalari va standartlariga javob beruvchi namunaviy loyihalariga muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor bersinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab turgan pudrat qurilish tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ma’qullangan namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirish, ish hajmlarini maqbullashtirish, ma’muriy boshqaruv xodimlari sonini qisqartirish, ularning tarkibiga kiruvchi ijtimoiy va uy-joy kommunal obyektlarini mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari balansiga berish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, ortiqcha bo‘g‘inlar va bo‘linmalarni tugatish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulki qo‘mitasi, Adliya vazirligining hududiy organlari, statistika, soliq va moliya xizmatlari bilan birgalikda pudrat qurilish tashkilotlari va korxonalarini keng aksiyalashtirishni ta’minlagan holda ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish ishlarini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, qurilish kompleksi korxonalari va tashkilotlariga hududlar bo‘yicha aksiyalashtirilgan birlashmalar va ixtiyoriy xo‘jalik hamkorligining boshqa shakllarini, shuningdek bozor infratuzilmasi tashkilotlarini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish yakunlari bo‘yicha bo‘shab qoladigan binolar, ishlab chiqarish quvvatlari va davlat mulkiga tegishli bo‘lgan boshqa asosiy vositalar Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi bilan kelishgan holda keyinchalik asosan ishlab turgan va yangidan tashkil etilayotgan mustaqil xususiy korxonalar, mustaqil konsalting, injiniring tashkilotlarining hamda bozor infratuzilmasi qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlarining moddiy bazasini mustahkamlash uchun foydalanilishi yoki belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘shab qolayotgan davlat mulki ustun darajada pudrat qurilish tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning ustav jamg‘armasiga davlat ulushi sifatida yoki lizing shartlarida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, kapital qurilishni isloh qilish bo‘yicha hududiy komissiyalar bilan birgalikda ikki oy muddatda qurilish tashkilotlari va korxonalarini qayta tashkil etish va tugatish yakunlari bo‘yicha bo‘shab qolayotgan binolar, ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa asosiy vositalar ro‘yxatini aniqlasin hamda uni ko‘rib chiqish uchun Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar o‘tkazilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablarini va ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda, 1999-yilda o‘quv yurtlarining asosiy ko‘rsatkichlarini tartibga soluvchi mavjud me’morchilik-shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlarini qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Davlat mulki qo‘mitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga tender buyurtmalarini ta’minlash uchun pudrat va subpudrat qurilish tashkilotlariga kafillik va bank kafolatlari berish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda obyektni muddatidan ilgari foydalanishga topshirganlik va shartnoma qiymatiga nisbatan mablag‘larni tejaganlik uchun pudrat tashkilotlarini buyurtmachi tomonidan mukofotlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mukofotlash summasi pudrat va subpudrat tashkilotlarining soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tugatilayotgan “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasining 22-son Mehribonlik uyi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zagroqurilish” respublika ishlab chiqarish davlat-kooperativ qurilish birlashmasining Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida” 1992-yil 6-martdagi 100-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston sanoat va xo‘jalik qurilishi (“O‘zsanoatxo‘jalikqurilish”) davlat korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” to‘g‘risida 1993-yil 14-yanvardagi 33-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent moliya-qurilish “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1994-yil 27-dekabrdagi 622-son qaroriga 1, 2 va 2a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxatidan (Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qaroriga 5-ilova) “O‘zjamoaqurilish” kooperativ va aksionerlik qurilish korxonalari uyushmasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 28-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
500-son