03.12.2004 yildagi 720-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2000 — 2004-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2000-2004-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
720-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2000 — 2004-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) besh yil mobaynidagi faoliyati mamlakatimizda demokratlashtirish jarayonlarining chuqurlashib borishi, milliy davlatchilik institutlarini isloh qilish, qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, demokratik institutlarning qaror topishi va rivojlanishi, ijtimoiy sektorni hamda ommaviy axborot vositalarini fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlariga faol jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish sharoitida amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanga tushgan murojaatlar tahlili aholining huquqiy ongi darajasi, davlat organlari va tuzilmalari, jamoat tashkilotlari faoliyati samaradorligi oʻsib borayotganligidan dalolat beradi, ular qatorida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) instituti oʻz mavqeyini mustahkamladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000 — 2004-yillar mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga 24904 ta murojaat tushdi (1995-1999-yillarda bu koʻrsatkich 9889 ta edi), shu jumladan pochta orqali 13083 ta, qabul jarayonida 11821 ta murojaat olindi. Hisobot davri mobaynida 4925 nafar fuqaroga, shu jumladan “ishonch telefoni” orqali 2100 nafar fuqaroga yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida Vakil nomiga tushgan 5581 ta murojaat (1995-1999-yillarda 2256 ta edi) nazoratga olindi, shundan hisobot davrida 1250 tasi ijobiy hal etildi (1995 —1999-yillarda 592 ta edi), qolganlari ijro etilish bosqichida turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan 57 ta xulosa tayyorlandi, shundan 27 tasi Oliy sudga, 15 tasi Bosh prokuraturaga, qolganlari esa turli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuborildi. Xulosalarning hammasiga asoslantirilgan javoblar olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan oʻz tarkibiy boʻlinmalarining xodimlari hamda sheriklik tashkilotlarining vakillari bilan birgalikda joylarga borib, shu jumladan ozodlikdan mahrum etish joylariga borib 270 ta uchrashuv oʻtkazildi, jinoyat va fuqarolik ishlaridan 175 tasi boʻyicha sud jarayonining borishi kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan tushgan shikoyatlar tahlili Toshkent shahridan, Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Fargʻona va Andijon viloyatlaridan tushayotgan murojaatlar sonining koʻpayib borish tamoyili ustun ekanligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan murojaatlarning aksariyati qonuniylik va huquq-tartibotni, ijtimoiy muhofaza etishni taʼminlash, mehnat huquqlarini himoya qilish masalalariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda fuqarolarning sud organlari faoliyatiga taalluqli 9116 ta murojaati koʻrib chiqildi. Murojaatlarning asosiy qismi tuman va viloyat sudlarining faoliyati bilan bogʻliqdir. Fuqarolar oʻz murojaatlarida sud hukmidan yoki fuqarolik ishlari boʻyicha sud chiqargan hal qiluv qaroridan, daʼvo arizasini qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligidan, sudlarda ishlarni koʻrish choʻzilib ketayotganligidan, sud orqali himoya huquqi buzilayotganligidan, sudlar qabul qilgan qarorlar ijro etilmayotganligidan rizosizlik bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanga kelib tushgan 4683 ta murojaat huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining harakatlariga taalluqli boʻlib, ularda fuqarolar qamoq jazosi qoʻllanilganligi, qamoqqa olinganlik, jinoiy javobgarlikka tortilganlikdan, huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shu jumladan penitensiar tizim xodimlari harakatlaridan, shuningdek fuqarolar tomonidan u yoki bu masalada murojaat qilinganida eʼtiborsizlik bilan qaralayotganligidan, tergov tartib-taomilidan va uning olib borilishi jarayonidan norozilik bildiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilib olingan murojaatlarning 1554 tasi mehnat huquqlari sohasiga taalluqli boʻlib, ularda fuqarolar ishdan boʻshatilganlik, xodimning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilganlik hollaridan, oʻzlari mehnat qilayotgan muassasa, tashkilot, korxona rahbariyatining harakatlaridan, huquqlarning shu toifasini himoya qilish yuzasidan sudlar chiqargan qarorlar va ajrimlardan norozi ekanliklarini bayon etadilar, shuningdek ish haqi toʻlovlari vaqtida toʻlanmayotganligidan shikoyat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy toʻlovlar, ishsizlik nafaqasi olish huquqlarining amalga oshirilishi, yoshga doir pensiyaga, nogironlik pensiyasiga chiqish taomili va pensiya miqdorini hisoblab chiqarish tartibi buzilganligi bilan bogʻliq 906 ta murojaat tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy-kommunal muammolar yuzasidan fuqarolardan 1561 ta murojaat tushdi, ular asosan uy-joy berilishiga borib taqaladigan muammolarga, kommunal xizmatlar sifatsiz koʻrsatilayotganligi, qish faslida issiqlik taʼminotidagi uzilishlar, issiq va sovuq suv, gaz va elektr boʻlmay qolishi, uylar va kvartiralarni taʼmirlash masalalariga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning bir joydan ikkinchi joyga koʻchish erkinligi bilan bogʻliq huquqlarini himoya qilish sohasida Ombudsmanga 1092 ta murojaat kelgan boʻlib, bu murojaatlar roʻyxatdan oʻtish, fuqarolik, pasport, shuningdek fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olish taomilining buzilganligiga daxldordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlarning huquqlarini taʼminlash sohasida, shu jumladan ularga oʻz faoliyatini rivojlantirish uchun kredit olishda koʻmaklashish masalalariga doir 352 ta murojaat olindi. Taʼlim masalalari yuzasidan 293 ta, boshqa masalalar yuzasidan 5347 ta murojaat tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakiliga fuqarolardan tushgan murojaatlarni oʻrganish fuqarolar huquq va erkinliklarining qoʻpol ravishda buzilishiga olib kelgan quyidagi qator sabablarni aniqlash imkonini berdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi tuzilmalar inson huquqlarini taʼminlash yuzasidan bevosita vazifalarini bajarishlarida ularning ustidan yuqori organlar idoraviy nazoratining yetarli darajada emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, shu jumladan huquq-tartibot, mudofaa va xavfsizlikni taʼminlovchi tuzilmalarning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining yetarli darajada ishtirok etmayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqiy maʼrifati sohasida, aholi turli toifalarining huquqiy taʼlimi tizimini yaratishda davlat va jamoat tuzilmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish darajasi past ekanligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil devoniga tushayotgan shikoyatlarga xos umumiy tamoyildagi ijobiy oʻzgarishlar tariqasida shuni qayd etish kerakki, shikoyatlarning aniq yoʻnaltirilganligi va asoslantirilganligi borgan sari ortmoqda. Shunday murojaatlar ham kelib tushmoqdaki, ularda fuqarolar oʻz shaxsiy muammolarini yozishdan tashqari, davlat va jamiyat miqyosidagi u yoki bu masalalarni hal etishni qanday tasavvur etishlari haqida mulohaza bildirib, amaldagi qonun hujjatlarini, huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlar hamda mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini takomillashtirish yoʻllarini taklif etayotirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament ombudsmani instituti mintaqaviy tuzilmalarining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilikning davlat ahamiyatiga molik masalalarni hal qilishdagi ishtiroki yil sayin kengayib borayotganligi, shuningdek tushayotgan murojaatlarni hal etish ishlarini markazdan joylarning oʻziga bosqichma-bosqich oʻtkaza borish Ombudsmanning mintaqaviy vakillari institutini taʼsis etishga hamda ularga jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish va demokratlashtirishga qarata mamlakatimizda kechayotgan jarayon zamirida amalga oshirilayotgan inson huquqlariga rioya etish masalalarida tegishli vakolatlar berilishiga olib keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri mobaynida mamlakatimizning barcha mintaqalarida shunday vakillar ishga tushdi, ayni vaqtda mahalliy davlat hokimiyati organlari ularni moddiy jihatdan va resurslar bilan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildilar. Hozirgi paytda bu qarorlarni amalga oshirish yuzasidan qator chora-tadbirlar koʻrilmoqda, mintaqaviy vakillar huzurida ekspertlar guruhlari shakllantirildi. Deyarli barcha mintaqaviy vakillar EXHTning Toshkentdagi markazi bilan birgalikda oʻtkazilgan treninglarda taʼlim oldilar, bu tadbirlarga qator xorijiy ombudsman institutlaridan, xalqaro tashkilotlardan mutaxassislar trener sifatida taklif etildi. Ombudsmanning lokal kompyuter tarmogʻini — markaziy idora bilan mintaqaviy vakilliklarni oʻzaro bogʻlaydigan tarmoqni yaratish yoʻlida izchil ish olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament qoʻmitalari va komissiyalari nazorat vazifalarini amalga oshirish davrida ularga bir qator mintaqaviy vakillar faol hamkorlik qildilar. Muayyan toifadagi huquqlarning amalga oshirilishi ustidan rejali monitoringlar oʻtkazilgan hududlarda bu tadbirlarni amalga oshirishda mintaqaviy vakillar bevosita ishtirok etdilar. Ayni vaqtda mintaqaviy vakillar barcha hududlarda inson huquqlariga rioya etilishi muammolari boʻyicha monitoring tadqiqotlari oʻtkazdilar, bunday oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilib bordilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari hisobot davrida fuqarolardan tushgan 4451 ta murojaatni koʻrib chiqdilar. Mintaqaviy vakillar tomonidan olingan murojaatlar markaziy idoraga tushgan murojaatlar bilan mohiyatan bir xil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, mahalliy hokimiyat organlari Oliy Majlisning 2001-yil 12-mayda qabul qilingan Inson huquqlari boʻyicha vakil tuzilmalari bilan hamkorlikka doir 232-II-son qarorini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etdilar, mintaqaviy vakillar mazkur qarorning ijro etilishi doirasida xalq deputatlari viloyat Kengashlarining sessiyalarida soʻzga chiqib, inson huquqlari sohasidagi vaziyat haqida axborot berdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-2004-yillar mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili qonun loyihalarining inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash hamda ularni himoya qilishga taalluqli qismi yuzasidan takliflar kiritdi, parlamentning qoʻmitalari va komissiyalari, Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, vazirliklar va idoralar, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa tashkilotlar bilan faol hamkorlik qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi, “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi, “Bank siri toʻgʻrisida”gi, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi, “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi, “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi, “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi, “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi, “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi, “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi toʻgʻrisida”gi, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi va boshqa qonunlarning loyihalari, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Qonunga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonunlarning loyihalarini tayyorlashda ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman instituti “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni tayyorlash yuzasidan katta ishlar olib bordi va yangi tahrirdagi mazkur Qonunning parlament oʻn beshinchi sessiyasi tomonidan qabul qilinishi bu boradagi ishlarning eʼtirofi boʻldi dyeyish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili fuqarolarning huquq va erkinliklari taʼminlanishi yuzasidan muntazam ravishda monitoringlar oʻtkazdi. Vakilning nazorat faoliyati Ombudsmanning mintaqaviy vakillari, inson huquqlari boʻyicha milliy muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, huquqshunos olimlar, sotsiologlar, jurnalistlar, barcha darajadagi mansabdor shaxslar ishtirokida amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi muassasalari tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining ijro etilishi bilan bogʻliq ahvolni oʻrganish yuzasidan Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (2000-yilda) tadbirlar oʻtkazdi. Jazoni ijro etish joylarida ushlab turilganlar va mahbuslarning huquqlarini taʼminlashga oid monitoring hisobot davrida mamlakatimiz miqyosida muntazam ravishda oʻtkazib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, tadbirkorlarning, bolalar va kam taʼminlangan oilalarning huquqlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha monitoring tekshiruvlari oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyaga hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etilishi boʻyicha ham Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan monitoring amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlov sohasida fuqarolar huquqlari buzilayotganligi toʻgʻrisidagi koʻplab murojaatlar fuqarolarning sudlarga murojaat qilish borasidagi huquqlarini taʼminlash yuzasidan monitoring oʻtkazish uchun asos boʻldi. Odil sudlovni amalga oshirayotganda sudyalar, shuningdek oʻz huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilganda fuqarolar duch kelayotgan muammolar va qiyinchiliklar aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi va “Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining mamlakatimizning barcha mintaqalarida ijro etilishi yuzasidan ham izchil monitoring olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz mintaqalaridagi monitoring jarayonida qonunni qoʻllashdagi muayyan kamchiliklar aniqlandi, fuqarolarning huquqlarini taʼminlash sohasidagi muammolarni hal etish yoʻllari aniqlab olindi. Tekshirishlar yakunlariga asoslanib, inson huquqlari buzilishiga olib kelayotgan sabablar va sharoitlar toʻgʻrisida maʼruzalar tayyorlandi, bunday kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklar, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining huquqiy maʼrifati bilan bogʻliq masalalar hamon Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman hamda uning mintaqaviy vakillari hokimiyat turli tarmoqlarining organlari va tuzilmalari bilan ijtimoiy sheriklik prinsiplari asosida hamkorlikni rivojlantirdilar, joylarda maʼrifiy-tushuntirish ishlari olib bordilar. Bu ishlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000 — 2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Inson huquqlari va gumanitar huquqiy oʻrganish markazi bilan insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini taʼminlash boʻyicha sheriklik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzilganligi Ombudsmanga inson huquqlarini taʼminlashda taʼsir koʻrsatish usullarini ancha kengaytirish va ishning yangi shakllaridan foydalanish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davri mobaynida parlamentning qoʻmitalari va komissiyalari, sherik tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan, shuningdek Yevropa Ittifoqi Komissiyasi YevropaEyd dasturining “Oʻzbekistonda demokratlashtirish jarayonini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasi doirasida tashkil qilingan tadbirlarda ham Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili faol qatnashdi. Masalan, parlamentning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan birgalikda “Inson huquqlarini himoya qilishning sud va suddan tashqari tizimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar: xalqaro tajriba” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi, unda milliy va chet el huquqni muhofaza qilish tuzilmalari vakillari ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sheriklar hamda qator tashkilotlar koʻmagida uslubiy va ommabop adabiyotlar, xususan oʻzbek va rus tillarida “Oʻzbekistonda Ombudsman” va “Inson huquqlari monitoringi” toʻplamlari nashr etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi shaxsiy tarkibi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xodimlari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining mintaqaviy tuzilmalari bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Qonunchilikni mustahkamlash muammolari va prokuror-tergov xodimlari malakasini oshirish markazida, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining oʻquv markazida muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib keldilar. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchilari, Toshkent islom universiteti, Toshkent davlat yuridik instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura va bakalavriatlari talabalari, “Kamolot” harakati faollari uchun Ombudsman vakillari tomonidan parlament binosida oʻtkaziladigan mashgʻulotlar, shuningdek ixtisoslashtirilgan oʻquv yurtlarida oʻtkaziladigan uchrashuvlar doimiylik xususiyatiga ega boʻlib qoldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent agrar universiteti, Samarqand Davlat universiteti va Davlat tibbiyot institutida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili koʻmagida universitetlarning ombudsmanlari jamoat tuzilmalari tashkil etildi. Parlament Ombudsmani, uning jamoat tuzilmalari aʼzolari va Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Kotibiyati xodimlari oʻquv yurtlarida yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashib turishdi. Yoshlarning alohida guruhi — mahkumlikda boʻlib qaytganlar guruhiga koʻmaklashish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi, Konrad Adenauer fondi, huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda davra suhbati oʻtkazildi, unda jazoni oʻtab qaytgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga doir chet el tajribasi haqida ham maʼlumot berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili va uning mintaqaviy vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi hamda Bosh prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan seminarlar va konferensiyalarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda “Xalqaro turma islohoti” tashkiloti bilan birgalikda mamlakatimiz viloyatlarida oʻtkazilgan treninglarda faol qatnashdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni mustahkamlash yoʻnalishidagi ishlar davom ettirildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan tashkil etilgan barcha tadbirlar matbuot va elektron ommaviy axborot vositalari vakillarining ishtirokida oʻtkazildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyati toʻgʻrisidagi axborot va materiallar parlamentning rasmiy nashrlari (“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari), sheriklarning “Postda”, “Vaqt”, “Huquq-Law-Pravo”, “Qonun himoyasida” va boshqa matbuot organlaridagina emas, balki chet el matbuot organlarida (“Uoll Strit Jornell”, “Fokus”, “Frankfurt Algemayne Saytung”, “Koreya Post”), shuningdek elektron ommaviy axborot vositalarida (“Bi-Bi-Si”, “Doyche Velle” va boshqalar) ham joylashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, shu jumladan inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi hamkorligi yildan yilga kengayib bordi. Oʻtgan davr mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili 130 dan ziyod rasmiy delegatsiyalarni, chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarini qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Polsha, Fransiya, Germaniya, Kanada, Italiya parlament delegatsiyalari, AQSh Davlat departamenti, Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirliklari, Germaniya va AQSh adliya vazirliklari rasmiy delegatsiyalari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mnntaqaviy byurosi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, “Xalqaro turma islohoti”, “Xyuman Rayts Botch”, “Fridom Xaus” va boshqa xalqaro nohukumat tashkilotlarining delegatsiyalari, shuningdek BMTning Inson huquqlari boʻyicha oliy komissari, BMTning qiynoqlar boʻyicha Maxsus maʼruzachisi, BMT Inson huquqlari komissiyasining Oʻzbekiston boʻyicha mustaqil eksperti, EXHTning amaldagi raisi, EXHTning kam sonli millatlar ishlari boʻyicha Oliy komissari, Gruziya Oliy sudi raisi, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Slovakiya, Shveysariya va Shvetsiyaning Oʻzbekistondagi elchilari, EXHTning Toshkentdagi Markazi rahbari, BMT Taraqqiyot dasturi, BMTning Bolalarga yordam koʻrsatish jamgʻarmasi, Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi, “Yevropa uyi” tashkiloti vakillari, Yaponiya zlchixonasi, Konrad Adenauer fondi, Daniya va Kanada Inson huquqlari boʻyicha markazlari, Amerika yuristlar uyushmasi, AQSh Milliy demokratiya instituti, AQSh korporativ ijtimoiy tadqiqotlar markazi, Sharq muammolari boʻyicha Germaniya Instituti, Fransiya strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi, Buyuk Britaniyaning “Bolalarni qutqaring” fondi, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining besh yillik faoliyati mobaynida jahonning 40 dan ortiq mamlakati, shu jumladan Yevropa, Osiyo, Amerika mamlakatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar ombudsmanlari bilan amaliy aloqalar oʻrnatildi. Polsha Respublikasi, Shvetsiya Qirolligi, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon Respublikasi va Latviya Respublikasi ombudsmanlari bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini tiklashda koʻmaklashish masalalarida Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining chet ellik hamkasblar murojaatlari va soʻrovlarini koʻrib chiqish borasidagi faoliyati ham ancha faollashdi. 60 dan ortiq murojaat, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Sverdlovsk va Lipetsk viloyatlari inson huquqlari boʻyicha vakillaridan, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari boʻyicha komissiyadan, Qirgʻiziston Ombudsmanidan, Rossiya, Qirgʻiziston elchixonalaridan, EXHTning Toshkentdagi Markazidan, BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining Toshkentdagi vakolatxonasidan, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston va boshqa mamlakatlarning fuqarolaridan murojaatlar tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida Xalqaro va Yevropa ombudsman institutlari kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida BMT Inson huquqlari boʻyicha komissiyasining qiynoqlarga doir Maxsus maʼruzachisi Teo Van Bovenning tavsiyalarini amalga oshirishga doir harakatlar milliy rejasining hamda Oʻzbekiston Respublikasi bilan NATO oʻrtasidagi Sheriklik harakatlari individual rejasining loyihalari yuzasidan takliflar va fikr-mulohazalar tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman hisobot davrida “Oʻzbekiston-Yevropa Ittifoqi” Parlament hamkorligi qoʻmitasining Strasburg, Toshkent, Samarqand shaharlarida boʻlib oʻtgan, kun tartibiga demokratik institutlarning shakllanishi va inson huquqlariga rioya etilishi masalalari ham kiritilgan yillik yigʻilishlari ishida qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002 — 2003-yillarda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili “Oʻzbekistonda demokratlashtirish jarayonini rivojlantirishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdi. Ushbu loyiha doirasida Ombudsman va uning ikki xodimi parlament guruhi tarkibida Italiya va Shvetsiyada tajriba almashish hamda bu ikki mamlakat parlamentlari faoliyati, shuningdek Italiya mintaqaviy ombudsmani va Shvetsiya parlamenti ombudsmani faoliyati bilan tanishish maqsadida oʻquv safarida boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda Toshkentdagi Markazi bilan hamkorligini alohida taʼkidlab oʻtish lozim. Bu hamkorlik Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri loyihasini ekspertizadan oʻtkazishda koʻmaklashishga, Ombudsman vakillarining oʻquvini tashkil etishga, inson huquqlari va erkinliklari masalalariga bagʻishlab birgalikda tadbirlar oʻtkazishga, shu jumladan inson huquqlari sohasida adabiyotlar va materiallar almashishga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning hisobot davridagi xalqaro hamkorligida uning mintaqaviy vakillari ham ishtirok etdilar. Ular chet ellarda oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar va treninglarda maʼruzalar bilan chiqdilar, shuningdek mamlakatimiz mintaqalariga kelgan xorijiy sheriklar hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan, xususan BMT muassasalari va institutlari, EXHT tuzilmalari, Konrad Adenauer fondi delegatsiyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, 2000 — 2004-yillar mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikda faol ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) institutining faoliyatini yanada takomillashtirish mamlakatimizda demokratlashtirish va erkinlashtirish umumiy jarayonlarining chuqurlashuvi, konstitutsiyaviy huquqlar va erkinliklarga rioya etilishi masalalarini hal qilish yuzasidan parlament nazorati shakllarining ortib borishi, Oʻzbekistonda inson manfaatlarini koʻzlab qonun ustuvorligini taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlari yoʻlga qoʻyilishi bilan bogʻliqdir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-y., 1-son, 24-modda)