24.04.1997 yildagi 392-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BOʻYICHA VAKILI (OMBUDSMAN) TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1002-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili* — mansabdor shaxs boʻlib, unga Oʻzbekiston Respublikasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar** tomonidan inson huquqlari toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishining samaradorligi ustidan parlament nazoratini taʼminlash vakolatlari berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bundan buyon matnda “Vakil” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bundan buyon matnda “tashkilotlar va mansabdor shaxslar” deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Inson huquqlari boʻyicha vakil instituti inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari va vositalarini toʻldiradi. Vakil Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi, fuqarolarning inson huquqlari sohasidagi ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan prinsiplari va normalariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarga tobe boʻlmagan tarzda amalga oshiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Oliy Majlis tomonidan deputatlar orasidan Oliy Majlisning vakolatlari muddatiga saylanadi. Oliy Majlisning vakolatlari muddati tugagach, Vakil yangi Vakil saylanguniga qadar oʻz vazifalarini bajarib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning Oliy Majlis tomonidan saylanadigan oʻrinbosari boʻladi. Vakil oʻrinbosariga Vakil uchun belgilangan huquqlar va kafolatlar tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, adolatparvarlik, demokratizm, insonparvarlik, oshkoralik, har bir kishi uchun ochiqlikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati boʻlib, qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil har yili Oliy Majlisga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi va u “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”da eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining yillik maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil oʻz vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga aʼzolikni yoki unda ishtirok etishni toʻxtatib turishi yoxud butunlay toʻxtatishi shart. Vakil haq toʻlanadigan biror-bir boshqa lavozimni egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin emas. Oʻqituvchilik, ilmiy va ijodiy faoliyat bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Oliy Majlis tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan muddatidan oldin ozod qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisida ariza berganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligi jiddiy ravishda buzilgan va bu tibbiyot guvohnomasi bilan tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning deputatlik vakolatlari toʻxtatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning unga nisbatan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzgan tashkilotlar yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi va oʻz tekshiruvini oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil uchinchi shaxslar, shu jumladan jamoat birlashmalarining aniq bir kishi yoki bir guruh shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun qabul qiladi, buning uchun ularning roziligi boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil sudning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni koʻrib chiqmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil arizachining oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi maʼlum boʻlib qolgan paytdan boshlab yoki agar arizachi oʻz huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qoniqmagan boʻlsa, oʻz shikoyati boʻyicha qabul qilingan oxirgi qarordan xabar topgan paytdan boshlab, bir yil davomida bergan shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga berilgan shikoyatda arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning manzili, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilishi, arizachining fikricha uning huquqlari buzilishiga olib kelgan harakatlar yoki harakatsizlik mohiyati bayon etilishi zarur. Shikoyatga arizachining talablarini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa guvohnomalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin boʻlgan vositalar va shakllarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni uning mohiyatiga koʻra hal qilishga vakolatli boʻlgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachini uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni koʻrib chiqishning sababini albatta koʻrsatgan holda rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa chora-tadbirlarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatni koʻrib chiqish, shuningdek fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan hollarni oʻz tashabbusi bilan tekshirish chogʻida Vakil quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirishda koʻmaklashishni soʻrab tashkilotlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlanishi lozim boʻlgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillari va mansabdor shaxslarni taklif etish. Tekshiruv oʻtkazishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsga topshirish mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga bemalol kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va mutaxassislarga aniqlanishi zarur boʻlgan masalalar yuzasidan xulosalar tayyorlashni topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan oʻtkazilayotgan tekshiruvlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlangan yoxud qamoqda saqlanayotgan shaxs bilan uchrashish va suhbatlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlarida inson huquqlari va erkinliklarini buzish hollari aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida xat bilan tegishli organlarga murojaat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatlarni tekshirish chogʻida maʼlum boʻlib qolgan arizachining va boshqa shaxslarning xususiy hayotiga taalluqli maʼlumotlar ularning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslar Vakil soʻragan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar, materiallar va boshqa maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil oʻz faoliyati masalalari boʻyicha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning, jamoat birlashmalarining rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan kechiktirmasdan qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyati davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlar bilan bogʻliq boʻlgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalarga Vakilning kirish tartibi, shuningdek Vakilga davlat siri yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirdan iborat boʻlgan axborotni taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil shikoyatni tekshirish natijalariga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachiga koʻrib chiqish natijalarini maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlari yoki harakatsizligida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi aniqlangan tashkilot yoki mansabdor shaxsga buzilgan huquqlarni tiklash yuzasidan tavsiyalar bayon etilgan oʻz xulosasini yuborishi shart. Bunda Vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki mansabdor shaxs uni koʻrib chiqishi va bir oydan kechiktirmay asosli javob yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning xulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan oxiriga yetkazilishi zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori oʻzgartirilishi yoxud bekor qilinishi kerakligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot yoki mansabdor shaxsning qarori asoslanishi zarurligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot yoki mansabdor shaxs qoʻshimcha qaror qabul qilishi lozimligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Oliy Majlisning, sessiyalar oraligʻidagi davrda esa, Oliy Majlis Kengashining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi yoki sud tomonidan beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Vakiliga nisbatan jinoiy ish faqat Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilni majburiy tarzda olib kelish, ushlab turish, shuningdek uning shaxsiy buyumlari, yuki, transporti, turar joyi yoki xizmat xonalarini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilga shikoyat bergan shaxs, shuningdek Vakil tomonidan axborot toʻplash va uni tahlil etish yoki ekspert bahosi berish topshirilgan shaxslar bu harakatlari uchun taʼqib ostiga olinishi yoki boshqa tarzda huquqlari cheklanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan uning faoliyatiga koʻmaklashish uchun Oliy Majlisning Vakili raisligida Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya oʻz faoliyatida Oliy Majlisning Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Reglamentga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Komissiya aʼzosini oʻz vakili etib tayinlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning faoliyatini taʼminlash uchun Kotibiyat tuzilishi mumkin, ushbu Kotibiyat haqidagi nizom Vakil tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil davlat gerbi tasviri tushirilgan oʻz muhriga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakilning faoliyatini moddiy va boshqa jihatlardan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-aprel 1997-y.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., № 4-5, 102-modda)