18.09.2015 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.09.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarga tushuntirilsinki, sudlanganlik shaxsning, unga sud hukmi bilan jazo qoʻllanilishidan kelib chiqadigan huquqiy holati boʻlib, mazkur shaxsga nisbatan jinoyat-huquqiy va umumhuquqiy xususiyatga ega muayyan salbiy oqibatlar kelib chiqishida namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksining (bundan buyon matnda — JK) 77-moddasiga muvofiq, sudlanganlik holati jazo tayinlangan sud hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab, u tugallangan yoki olib tashlangan paytgacha davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat qonunida shaxs sudlanmagan hisoblanadigan hollar mavjud. Jumladan, quyidagi holda shaxs sudlanmagan hisoblanadi, agar unga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo tayinlanmagan holda ayblov hukmi chiqarilgan (JK 70, 71, 76-moddalari) yoxud shaxs bir vaqtning oʻzida asosiy va qoʻshimcha jazodan birinchi, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan ozod qilingan (JK 69, 75, 76-moddalari) boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan boʻlsa (JK 94-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi asoslarga koʻra jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan shaxs ham sudlanmagan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlikka tortish muddatining oʻtib ketganligi munosabati bilan (JK 64-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yoʻqotganligi munosabati bilan (JK 65-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi munosabati bilan (JK 66-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi munosabati bilan (JK 66-1-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etgan shaxs kasalligi tufayli (JK 67-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya akti qoʻllanilganligi munosabati bilan (JK 68-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlanganlik holatining jinoyat-huquqiy oqibatlari sudlanganligi tugallanmagan va olib tashlanmagan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan holda kelib chiqadi va quyidagilarda ifodalanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik qator hollarda jinoyat kvalifikatsiyasiga taʼsir etuvchi, yaʼni jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi holat hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik muayyan hollarda shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topilishiga asos boʻladi (JK 34-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik, agar shaxs muqaddam ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtagan boʻlsa, jazoni ijro etish koloniyasi turini belgilash uchun ahamiyat kasb etadi (JK 50-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida eʼtirof etiladi (JK 56-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari sodir etilgan jinoyati uchun jazo oʻtayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilgan hollarda, hukmlar majmui boʻyicha jazo belgilashda sudlanganlik qattiqroq qoidalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi (JK 60-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugallanmagan va olib tashlanmagan sudlanganlik holatining mavjudligi ayrim asoslar boʻyicha, masalan, aybdor oʻz qilmishiga amalda pushaymon boʻlganligi (JK 66-moddasi), alohida hollarda esa (ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar uchun sudlanganlik holati mavjud boʻlganda), jinoyat sodir etgan shaxs jabrlanuvchi bilan yarashganligi (JK 66-1-moddasi) munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etilishiga toʻsqinlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holatining jinoyat-huquqiy oqibati jazodan ozod qilish (JK 71-moddasi), shartli hukm qilish (JK 72-moddasi), voyaga yetmagan shaxsga nisbatan majburlov choralarini qoʻllash (JK 87-moddasi) kabi choralarni qoʻllash uchun moddiy qonunda taqiq mavjudligida ham namoyon boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, qonun sudlanganlik holati barham topishining faqat ikki usulini — uning tugallanishi va olib tashlanishini nazarda tutadi (JK 77-moddasi toʻrtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holati tugallanishi shaxsning sudlanganligi fakti bilan bogʻliq barcha oqibatlarning jazo turi va muddatidan kelib chiqqan holda JK 78-moddasida nazarda tutilgan muddatlar oʻtganligi natijasida avtomatik tarzda (oʻz-oʻzidan) barham topishini anglatadi. Bunday hollarda sudlanganligi tugallangan shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga koʻra hukm chiqargan sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud emasligi faktini tasdiqlovchi maʼlumotnoma beriladi. Buning uchun manfaatdor shaxs tomonidan sudga taqdim etilgan ichki ishlar organlari axborot markazi maʼlumotnomasi va jazo oʻtalganligi (ijro etilganligi) faktini tasdiqlovchi hujjatlar asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikning olib tashlanishi undan kelib chiqqan huquqiy oqibatlar sudlanganlik holati barham topishi uchun qonunda belgilangan muddatlar oʻtguniga qadar sud qaroriga asosan tugatilishini anglatadi. Sudlanganlik olib tashlanishi uchun shaxsning jazoni oʻtab chiqqandan keyingi benuqson xulq-atvori (unga nisbatan maʼmuriy jazo yoki intizomiy taʼsir chorasi qoʻllanilmaganligi), jamoat birlashmasi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organi, jamoa yoki shaxsning oʻzi JK 79-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar oʻtgandan soʻng bergan iltimosnomasi asos boʻlishi mumkin. Qonun sud tartibidan tashqari amnistiya akti yoki afv etish orqali sudlanganlikni olib tashlash imkoniyatini ham nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holatining tugallanishi va qonunda belgilangan tartibda olib tashlanishi jinoyatlar majmui, takroranligini va retsidiv jinoyatni istisno etuvchi holat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlanganlik holati tugallangan yoki olib tashlangan paytdan boshlab shaxs sudlanmagan hisoblanib, ushbu shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti va uning uchun sudlanganlik bilan bogʻliq barcha huquqiy oqibatlar qatʼiyan va soʻzsiz bekor boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar, sudlanganlik holati olib tashlanishini shaxsni reabilitatsiya qilishdan farqlashlari lozim. Shaxs reabilitatsiya qilinganda, davlat u jinoyat sodir etganlikda xato aybdor deb topilganligini tan oladi. Sudlanganlik holati olib tashlanganda shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi fakti inkor etilmay, faqat jinoiy javobgarlikka tortish oqibatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jinoyat kodeksi 13-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, agar surishtiruv, dastlabki tergov olib borilayotgan, ish sudda koʻrilayotgan yoki shaxs jazo oʻtayotgan davrda uning tomonidan sodir etilgan qilmish jinoiyligini bekor qiladigan qonun qabul qilinsa, bunday holda shaxs jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilinadi va qilmish jinoiyligini bekor qilgan qonun kuchga kirgan paytdan sudlanmagan hisoblanadi. Mazkur qoida jazoni oʻtab boʻlgan, biroq sudlanganlik holatida boʻlgan shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunga muvofiq sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlarini (JK 78, 80-moddalari) hisoblash asosiy va qoʻshimcha jazolar oʻtab boʻlingan yoki sinov muddati oʻtib boʻlgan kundan boshlanadi. Masalan, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum qilish jazolariga qoʻshimcha sifatida muayyan mansabni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlangan holda, bu jazo qayd etilgan asosiy jazolarni oʻtashning barcha vaqtiga tatbiq etilib, sudlanganlik holati tugallanishi yoki olib tashlanishi muddatlari esa qoʻshimcha jazo oʻtab boʻlingan paytdan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jarima yoki axloq tuzatish ishi jazosiga hukm qilinib, boshqa jazo turiga almashtirilgan shaxsning sudlanganlik holati tegishlicha JK 78-moddasining “g, d, e, j” bandlarida koʻrsatilgan muddat oʻtishi bilan tugallanadi. Bunday holda sudlanganlik holati muddatining tugashi JK 80-moddasi uchinchi qismiga muvofiq JK 44-moddasining uchinchi qismi yoki JK 46-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra belgilangan jazo turi oʻtalgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jinoyat kodeksi 80-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, shuningdek, jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan (JK 73, 74-moddalari) shaxsning sudlanganlik holati tugallanishi masalasini hal etishda sud tomonidan belgilangan jazo muddatidan emas, balki ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan paytga qadar amalda oʻtalgan jazo muddatidan kelib chiqish lozim. Bunda sudlanganlik holatining tugallanish muddati ozodlikdan mahrum qilish joylaridan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan shaxsga nisbatan JK 73-moddasi qoʻllanilgan paytdan, jazosi yengilrogʻi bilan almashtirilgan shaxsga nisbatan esa — JK 74-moddasiga muvofiq belgilangan yengilroq jazo oʻtalgan paytdan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat kodeksi 80-moddasida belgilangan sudlanganlik holati tugallanishini hisoblash tartibi (amalda oʻtalgan jazo muddatidan kelib chiqqan holda jazo oʻtab boʻlingan yoki jazoni oʻtashdan ozod qilingan paytdan boshlab) yengilroq jazoni nazarda tutuvchi yangi qonun normasiga asosan jazosi qisqartirilgan shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 80-moddasining toʻrtinchi qismi sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatilganda sudlanganlik holati tugallanilishiga oid qoidalarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtab chiqqan shaxs sudlanganlik holati muddati tugamay turib yana jinoyat sodir etgan hollarda, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddat toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻxtatilganda ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holati muddati shaxs yangi jinoyat uchun tayinlangan jazoni oʻtab boʻlgandan soʻng yangidan oʻta boshlaydi, sudlanganlik holati oʻtayotgan davrda sodir etilgan yangi jinoyat uchun tayinlangan jazo ogʻirroq boʻlgan hollar bundan mustasno. Bunday holda sudlanganlik holatining tugallanish muddati yangi jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jinoyat qonuni mazmuniga koʻra, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo bilan, shu jumladan, bir necha jinoyatlar uchun (jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha) tayinlangan jazo bilan bevosita bogʻliq. Shaxsga jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha (JK 59, 60-moddalari) jazo belgilashda barcha qilmishlarning ogʻirligini inobatga olib, uzil-kesil jazo tayinlanishi tufayli, bunday holda sudlanganlik holatining tugallanish muddati uzil-kesil jazo turi va muddatidan kelib chiqib hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda, agar jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha sud tomonidan har xil turdagi, har qaysisi alohida ijro etiladigan jazo (JK 61-moddasining ikkinchi qismi) tayinlangan boʻlsa, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo tizimida (JK 43-moddasi) nazarda tutilgan ogʻirroq jazo muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jinoyat-protsessual kodeksi 544-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sudlanganlik holati mavjud shaxs, uning himoyachisi yoki qonuniy vakilining yoxud jamoat birlashmasi yoki jamoa tomonidan jazoni oʻtab chiqqan shaxs yashash joyidagi tuman (shahar) sudiga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash masalasini hal etishda, sud sudlanganlik holati mavjud shaxsning qonunga itoatkor turmush tarzini tasdiqlovchi holatlarni (huquqbuzarlik mavjud emasligi, jazo oʻtashdan ozod qilingandan keyingi xulq-atvori, ishlash va yashash joyidan ijobiy tavsifnomalar, ichki ishlar organi axborot markazi maʼlumotnomasi mavjudligi va h.k.) aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat-protsessual kodeksi 544-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash toʻgʻrisida takroriy iltimosnoma uni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab kamida bir yil oʻtgandan keyin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash toʻgʻrisidagi ajrim hukm chiqargan sudga va ichki ishlar organlarining axborot markaziga yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishi muddatlarini toʻgʻri hisoblash uchun sudlanuvchining shaxsiga oid maʼlumotlarni oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda, ishni sudda koʻrish uchun tayinlash chogʻida sudlar ish materiallarida ichki ishlar organlarining axborot markazidan, shu jumladan sudlanuvchining tugʻilgan va doimiy yashash joyidan olingan maʼlumotnomalar mavjudligini tekshirishlari, sudlanuvchiga nisbatan muqaddam chiqarilgan hukmlar, muddatidan ilgari shartli ozod qilish, jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish va h.k.lar toʻgʻrisidagi ajrimlarni talab qilib olishlari va sinchiklab oʻrganib chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar hukm chiqarish vaqtida sudlanuvchining sudlanganlik holatiga oid maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi toʻgʻrisida”gi 2014-yil 23-maydagi qarorining 15-bandida berilgan tushuntirishlarga rioya etgan holda toʻgʻri aks ettirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va natijasi boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga hamda ish va materiallarning sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrilishini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻrishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son