13.05.2013 yildagi 652-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatni taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonunining 81, 13 va 19-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) uch kishidan iborat tarkibda tuzilsin (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Muvofiqlashtiruvchi guruh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashiga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining shtat roʻyxatiga oʻzgartishlar kiritilsin va unga qoʻshimcha uchta shtat birligi (Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari va ikki nafar katta referent) ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 13-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
652-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2013-yil 13-maydagi 652-II-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.‎

Xamdamov Salohiddin Djurabayevich‎

—‎

Muvofiqlashtiruvchi guruh rahbari ‎

2.‎

Kuryazov Xakim Xushnudovich‎

—‎

katta referent‎

3.‎

Xodjayev Malik Eldorovich‎

—‎

katta referent‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2013-yil 13-maydagi 652-II-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonunining 81, 13 va 19-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi Kengashi deb yuritiladi) huzurida Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh (bundan buyon matnda Muvofiqlashtiruvchi guruh deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni xodimlari orasidan uch kishidan iborat tarkibda tuzilishi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muvofiqlashtiruvchi guruh oʻz faoliyatida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda uning Kengashi qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muvofiqlashtiruvchi guruh Qonunchilik palatasi Kengashining ishchi organi boʻlib, oʻz faoliyatida unga hisobdordir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muvofiqlashtiruvchi guruh oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) siyosiy partiyalar fraksiyalari (deputatlar guruhlari), qoʻmitalar, komissiyalar va Qonunchilik palatasi Devoni bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifasi va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifasi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining koʻrib chiqilishini tashkil etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida axborot tayyorlash va Qonunchilik palatasi Kengashi majlisiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan qonun loyihasini siyosiy partiyalar fraksiyalariga (deputatlar guruhlariga), masʼul qoʻmitaga va Qonunchilik palatasi Devonining tegishli boʻlimiga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislariga kiritilayotgan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularni tayyorlash, koʻrib chiqish, shuningdek Qonunchilik palatasida qabul qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalari ustida olib borilayotgan ishlarning holati, Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishida turgan qonun loyihalarining oʻtish jarayoni haqida, Qonunchilik palatasining Reglamentiga rioya etilmaganligi borasida aniqlangan faktlar haqida Qonunchilik palatasining Kengashi aʼzolarini muntazam xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari (deputatlar guruhlari), qoʻmitalar, deputatlar va manfaatdor ekspert guruhlaridan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan olingan axborot asosida fikrlar va takliflarning hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini roʻyxatga olish hamda ularning tayyorlanishini, koʻrib chiqilishini tashkil etishga doir ishlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi va uning Kengashi majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan, ish yuritishda turgan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga doir materiallar boʻyicha tizimli asosda elektron maʼlumotlar bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini siyosiy partiyalar fraksiyalarida (deputatlar guruhlarida), qoʻmitalarda koʻrib chiqish jarayonida bildirilgan, shu jumladan ularning majlislari bayonnomalari koʻchirma nusxalarida koʻrsatilgan fikrlar va takliflar toʻgʻrisidagi axborot asosida axborot-tahliliy materiallarni umumlashtirish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibini takomillashtirishga doir takliflarni Qonunchilik palatasi Kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Muvofiqlashtiruvchi guruh Qonunchilik palatasi majlislari koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarni Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining (deputatlar guruhlarining), qoʻmitalar va komissiyalarning majlislarida muhokama qilish chogʻida ishtirok etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Muvofiqlashtiruvchi guruh faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Qonunchilik palatasi Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish Qonunchilik palatasi Kengashining qarori bilan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 7-son, 184-modda)