Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2013-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2013-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 29-dekabr,
KQ-49-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2012-yil 29-dekabrdagi KQ-49–II-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2013-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan
MASALALAR
Yilning birinchi yarmi
Senat Kengashining 2012-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi KQ–32–II-sonli qarorining ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborot.
|
Senatning mahalliy hokimiyat vakillik |
|
organlari faoliyatini kuchaytirishga |
|
koʻmaklashuvchi komissiyasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasining 2010 – 2012-yillardagi va 2013-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
|
Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi |
Yilning ikkinchi yarmi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining 2010 – 2012-yillardagi va 2013-yilning oʻtgan davridagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
|
Fan, taʼlim, madaniyat va sport |
|
masalalari qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.
|
Qoʻmita raislari, Senat Devoni |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida.
|
Qoʻmita raislari, Senat Devoni |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2014-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi toʻgʻrisida.
|
Qoʻmita raislari, Senat Devoni |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2014-yilga moʻljallangan ish rejasi toʻgʻrisida.
|
Qoʻmita raislari, Senat Devoni |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlislarida 2014-yilda koʻrib chiqish uchun tavsiya etilayotgan masalalar toʻgʻrisida.
|
Senat Rahbariyati |
Izoh: ushbu masalalarga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 12-son, 382-modda)