29.08.2012 yildagi KQ-32-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi mexanizmini takomillashtirish va ular faoliyatini yanada kuchaytirish boʻyicha muayyan ishlar qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Senat Kengashining 2010-yil 31-martdagi Qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi, Senat Kengashining 2010-yil 7-maydagi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Senatning birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi, Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Qonunchilik palatasi va Senatning 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasining asosiy qoidalari va xulosalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturi bilan belgilangan. Shuningdek, Senat komissiyasining faoliyati yillik ish rejalari asosida amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yilga rejalashtirilgan tadbirlar doirasida joylarda Senat komissiyasining aʼzolari boʻlgan senatorlar boshchiligida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlaridan iborat Senat komissiyasiga yordam beruvchi oʻn toʻrtta ishchi guruh tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ayrim ishchi guruhlarning faoliyati vaqti-vaqti bilan Senat komissiyasi majlislarida koʻrib chiqilgan. Chunonchi, 2010-yil iyunda Senat komissiyasi Andijon viloyati Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini takomillashtirish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi, shuningdek Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish hamda ularning ish rejalarini tuzishda amaliy yordam berish toʻgʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqqan. 2011-yil 27-dekabrda Senat komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzurida tuziladigan Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlarning faoliyat tartibi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Andijon, Namangan va Fargʻona viloyat Kengashlari bilan birgalikda 2010-yil iyun oyida tinchlik va barqarorlikka transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish vazifalarini muhokama qilish maqsadida Fargʻona vodiysi viloyatlarining chegara oldi tumanlarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlarining ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzuida seminarlar oʻtkazilgan. 2010-yil sentyabrda Senat komissiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi masalasi boʻyicha davra suhbati oʻtkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining huquqiy madaniyati va siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni roʻyobga chiqarish Senat komissiyasi faoliyatida muhim yoʻnalishdir. Ana shu maqsadlarda Senat komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi hamda BMTning Oʻzbekistondagi Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda Jizzax va Namangan viloyatlarida vakillik hokimiyati organlari faoliyat yuritishining huquqiy asoslari boʻyicha mintaqaviy seminar-treninglar oʻtkazilishini tashkil etgan. Bundan tashqari, Senat komissiyasining tashabbusi bilan markaziy vaqtli nashrlarda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida” rukni ochilgan, senatorlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini faollashtirish masalalari boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasining qoidalari va xulosalarini tushuntirish maqsadida 2011-yil fevralda Senat komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi bilan birgalikda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari uchun mintaqaviy oʻquv seminarlari va davra suhbatlari hamda 2011-yil iyulda Andijon va Buxoro viloyatlarida amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash vazifalarining mahallalar tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, “Mahalla” jamgʻarmasi hamda boshqa jamoat birlashmalari vakillarini jalb qilgan holda seminarlar oʻtkazilgan. Shuningdek, 2011-yil iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Inqirozga qarshi choralarning 2009 – 2012-yillarga moʻljallangan dasturini roʻyobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining roli toʻgʻrisida mintaqaviy oʻquv seminarlari oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilda Senat komissiyasining tashabbusi bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ustidan parlament nazorati institutini takomillashtirish (Andijon, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri), ijtimoiy sheriklikning turli shakllarini rivojlantirish, mahalliy hokimiyat organlarining NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi (Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi), markazda va joylarda ijro etuvchi hokimiyat organlari ustidan nazoratni amalga oshirish sohasida Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorligi mexanizmini yanada takomillashtirish (Xorazm viloyati), shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va ahamiyatini tushuntirish (mamlakatning barcha mintaqalarida) masalalari boʻyicha ham tadbirlar tashkil etilgan va oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Kengashining 2011-yil 30-dekabrdagi 284–II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Senat komissiyasining 2012-yilga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq 2012-yil martda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlarining faoliyatini tashkil etish masalalari” mavzuida mintaqaviy seminar-treninglar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalari faoliyatining normativ asosi birxillashtirilishini, ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga yagona va tizimli yondashuvga erishilishini taʼminlash uchun Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisida namunaviy nizom yangidan ishlab chiqilgan va Senat Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi majlisida tasdiqlanganidan keyin joylarga yuborilgan. Vakillik hokimiyatining vazifalari toʻgʻrisidagi bilimlarni shakllantirish va chuqurlashtirish maqsadida 2010-yilda “Parlament faoliyatining asoslari” qoʻllanmasi nashr etilgan, 2012-yilda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlari deputatlari faoliyatini tashkil etishning ayrim jihatlari boʻyicha uslubiy tavsiyalar” nomli amaliy qoʻllanma nashrga tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat faoliyati doirasida Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Surxondaryo va Fargʻona viloyat Kengashlarining 2010-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgan. 2011-yil mayda Senat komissiyasi hamda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi xalq deputatlari Jizzax hamda Sirdaryo viloyat Kengashlari bilan birgalikda Senatning 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 – 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624–I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi Qarorining bajarilishi masalasi yuzasidan sayyor majlislar oʻtkazgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yildan boshlab Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining monitoringi yanada tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Har yarim yillikda Senat komissiyasining majlislarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini monitoring qilish yakunlari koʻrib chiqilmoqda. Chunonchi, 2011-yil noyabrda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda xalq deputatlari Andijon va Samarqand viloyat Kengashlarining eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni roʻyobga chiqarishda, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishda hokimiyat vakillik organlarining rolini oshirishdagi ishtiroki toʻgʻrisidagi masala oʻrganib chiqilgan. 2011-yil dekabrda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-saytlar ochish boʻyicha faoliyati monitoringi oʻtkazilgan, Navoiy viloyatidagi xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlarining faoliyati ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi ish tajribasi oʻrganilgan. Bundan tashqari, Senat komissiyasining Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda oʻtkazilgan majlisida quyi turuvchi prokurorlarning qonuniylikning va jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisidagi tegishli xalq deputatlari Kengashlari oldidagi axborotini muhokama qilish yakunlari chiqarilgan. Majlislarning yakunlari boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishining samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil fevralda Senatning 2010-yil 3-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda oʻtkazilgan qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasi hamda mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishda Oliy Majlis Senati, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini kuchaytirish borasidagi 2010-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan vazifalar toʻgʻrisida”gi 116–II-sonli Qarori xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan ijro etilishini monitoring qilish yakunlarini oʻrganish bilan bogʻliq tadbirlar roʻyobga chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Kengashining 2010-yil 31-martdagi 30–II-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga doir 2010 – 2014-yillarga moʻljallangan Harakat dasturiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining 2011-yildagi faoliyatining kompleks monitoringini oʻtkazish tashkil etilgan. 2012-yil fevralda Senat komissiyasining majlisida “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlarini belgilash hamda ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Senat komissiyasi va Senat qoʻmitalarining qoʻshma majlislarini oʻtkazish amaliyoti davom ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyati samarali tashkil etilishi uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ular doimiy komissiyalari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish maqsadida Senat komissiyasi tomonidan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining 2011-yildagi faoliyatini oʻrganish oʻtkazilgan. Oʻrganish yakunlari Senat komissiyasining 2012-yil martda Qashqadaryo viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan sayyor majlisida koʻrib chiqilgan. 2012-yil mayda xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi doimiy komissiyalari raislarining Senatning 2009-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2009-yil 27-martdagi “Inqirozga qarshi choralarning 2009 – 2012-yillarga moʻljallangan dasturini soʻzsiz bajarish borasida mahalliy hokimiyat organlarining roli va masʼulligi toʻgʻrisida”gi 624–I-sonli Qarorining ijro etilishi haqida”gi Qarorining xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi axboroti tinglangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining faoliyatini kuchaytirish maqsadida 2012-yil mayda Senat komissiyasi tomonidan 2012-yil 18-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlarini belgilash hamda ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 04–II-sonli qarori ijro etilishini taʼminlash uchun Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan 07–II-sonli qaror qabul qilingan. Namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Namunaviy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va xalq deputatlari Kengashlariga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasi oʻzi qabul qilayotgan qarorlar ijrosining tizimli monitoringi oʻtkazilishini tashkil etgan. Chunonchi, Senat komissiyasining 2012-yil mayda boʻlib oʻtgan majlisida Senat komissiyasining 2011-yil 14-dekabrdagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining veb-sahifalari holati yuzasidan monitoring natijalari toʻgʻrisida”gi 09–II-sonli qarorining ijro etilishi masalalari koʻrib chiqilgan. Senat komissiyasining majlislarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari deputatlarining 2012-yil yanvar – aprel oylari davrida ommaviy axborot vositalarida chiqishlarining yakunlari koʻrib chiqilgan. Senat komissiyasining 2012-yil 18-fevraldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlarini belgilash hamda ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 04–II-sonli qarorining ijrosini taʼminlash masalalari muhokama qilingan, shuningdek Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar rahbarlarining 2012-yil yanvar – aprel oylari davrida qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari tinglangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil mayda Senat komissiyasi, Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi va xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qoʻshma majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijro etilishini oʻrganish yakunlari muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarda Davlat rahbari tomonidan mamlakatimiz parlamenti aʼzolari oldiga qoʻyilgan vazifalar bajarilishini taʼminlash maqsadida 2012-yil 8-iyunda Senat komissiyasi, Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Senatning Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qoʻshma majlisida “Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining hamda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining Toshkent shahrida ijro etilishini oʻrganish natijalari muhokama qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ishida ijobiy natijalar mavjudligiga qaramay, Senat komissiyasining faoliyatida foydalanilmagan zaxiralar va imkoniyatlar bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini tinglash boʻyicha vakolatlari amalga oshirilmay qolmoqda. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini monitoring qilishning mavjud tizimi qayta koʻrib chiqilishi talab qilinadi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyatini monitoring qilishga yetarli eʼtibor qaratilmayotir. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni roʻyobga chiqarishda tashabbus va faollik koʻrsatmayotirlar, Senat, Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari va Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga taalluqli qarorlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishi ustidan monitoring amalga oshirilishiga yetarli eʼtibor bermayotirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Senat va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha 2010-2011-yillar hamda 2012-yilning oʻtgan davri mobaynidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Senat komissiyasi (M. Radjabova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Qonunchilik palatasi va Senatning 2010-yil 12-noyabrdagi qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoida va xulosalarni targʻib qilish boʻyicha faoliyatini yanada kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 27-fevraldagi PQ–1717-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ijro etilishi boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini monitoring qilishga koʻproq eʼtibor bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz majlislarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ular doimiy komissiyalarining faoliyati toʻgʻrisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari rahbarlarini tinglash amaliyotini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining faoliyati ustidan tizimli monitoring oʻtkazish sifatini oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining ishlashiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda oʻz majlislarida Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatining yakunlarini muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar tayyorlash hamda oʻtkazish tizimini takomillashtirsin, tegishli uslubiy va tarqatma materiallar tayyorlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyati toʻgʻrisida uslubiy qoʻllanmalar va boshqa materiallar tayyorlash borasidagi ishni davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Senat qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat, Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari va Senat komissiyasining qarorlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan oʻz vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni oʻtkazish amaliyotini kengroq qoʻllasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasi va Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar aʼzolarini nazorat tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni oʻtkazishga faolroq jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasining ish rejalariga muvofiq tadbirlarni roʻyobga chiqarishda yanada faolroq ishtirok etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat, Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari va Senat komissiyasining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga taalluqli qarorlari oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalariga samarali tarzda amaliy hamda uslubiy yordam koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faoliyatini rejalashtirish hamda takomillashtirishga doir takliflarni Senat komissiyasi muhokamasiga olib chiqish boʻyicha koʻproq tashabbus koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlariga amaliy yordam koʻrsatilishini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat, Senat Kengashining, Senat qoʻmitalari hamda Senat komissiyasining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga taalluqli qarorlari sifatli ijro etilishini hamda ularning ijro etilishi toʻgʻrisidagi axborotlar umumlashtirish uchun belgilangan muddatlarda Senat Devoniga taqdim etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi namunaviy xalq deputatlari tumanlar Kengashlariga amaliy yordam berish masalasiga eʼtiborni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklarning Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarining veb-sahifalarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, ularning doimiy komissiyalari va deputatlari toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtirilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar faoliyatini kuchaytirish uchun zarur boʻlgan tegishli tashkiliy-texnikaviy yordamlarni koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, Senat komissiyasiga yordam beruvchi joylardagi ishchi guruhlar ushbu qarorning ijro etilishi haqida 2013-yil 10-yanvarga qadar Senat komissiyasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijro etilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari, Senat komissiyasi raisi M. Radjabova 2013-yilning mart oyida Senat Kengashiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-32-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 8-son, 235-modda)