Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 1.2-bandining 1.2.1-kichik bandini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturining 8.4, 9.1, 9.2, va 9.3-bandlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 199-I-sonli qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
106-II-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 106-II-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) qabul qilgan va Senatga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni (bundan buyon matnda qonunlar deb yuritiladi) dastlabki tarzda koʻrib chiqish, qonunlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullangan qonunlarni imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborish bilan bogʻliq Senat qarorlarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qonun Senat Devonida roʻyxatga olingan kundan boshlab Senatga kiritilgan hisoblanadi. Qonunni Senatga kiritish chogʻida unga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) Qonunchilik palatasining qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori;
b) Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun;
v) qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
g) qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek ular oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi qonun;
d) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati;
e) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
j) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi;
Keyingi tahrirga qarang.
z) qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyekt tomonidan qonun loyihasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kelib tushgan qonun unga ilova qilingan materiallar bilan birga Senat Raisiga beriladi. Senat Raisi qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqadigan masʼul Senat qoʻmitasini (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deyiladi) belgilaydi.
Senat Raisi qonunni Senatning bir nechta qoʻmitasiga topshirib, ular orasidan qonunni koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmitani belgilashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qonun unga ilova qilingan materiallar bilan birga nusxa koʻchirish hamda Senat Raisining topshirigʻida koʻrsatilgan shaxslarga topshirish uchun Senat Devonining Umumiy boʻlimiga qaytariladi.
6. Qonun unga ilova qilingan materiallar bilan birga Senat Devonining Rahbariga beriladi, ularning nusxalari esa Senat Raisiga, Senat Raisining oʻrinbosariga, masʼul qoʻmitaga, Senat Devonining Yuridik boʻlimiga, Nazorat-axborot boʻlimiga, Matbuot va tarjima boʻlimiga, Senatning matbuot kotibiga berilishi shart. Agar qonun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, qonunning nusxasi Xalqaro aloqalar boʻlimiga ham beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishda Senat Raisi, Senat Raisining oʻrinbosari, Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari raislari va Senat qoʻmitalarining vakolatlari
7. Senat Raisi Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish yuzasidan Senat qoʻmitalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, Senat va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi, Senat maʼqullagan qonunlarni imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboradi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
8. Senat Raisining oʻrinbosari Senat Raisining topshirigʻiga muvofiq Senat qoʻmitalari tomonidan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddatlariga rioya etilishini, qonunlarni Senat qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari haqidagi axborotning umumlashtirilishini nazorat qiladi, zarur boʻlganda qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha qoʻmitalar ishchi guruhlari majlislarida raislik qiladi, qonunlar yuzasidan Senat qarorlarining loyihalariga viza qoʻyadi, Senat qoʻmitalari va Senat Devonining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
9. Senat Kengashi Senat qoʻmitalarining ishini, Senat yalpi majlislarining kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlashni muvofiqlashtiradi, qonunlar Senat qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini tashkil etadi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
10. Masʼul qoʻmita raisi:
a) qonunlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq zarur materiallarni tayyorlashni tashkil etadi, qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
b) qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga qonunlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
v) qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar ishida qatnashish uchun qoʻmita aʼzolarini belgilaydi;
g) qoʻmita ishida qatnashish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, jamoatchilik hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillarini, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etadi;
d) qonunlarni qoʻmitada koʻrib chiqish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni umumlashtiradi, tegishli hujjatlar (qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar yigʻilishlarining bayonnomalari va boshqalar) rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
e) Senat yalpi majlislari, Senat Kengashi majlislarida, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan munosabatlarda qoʻmitaning nomidan ish koʻradi;
j) Senat, Senat Kengashi, Senat Raisi va Senat Raisining oʻrinbosariga qonunlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq topshiriqlarning bajarilishi haqida axborot beradi;
z) qoʻmita aʼzolariga ularning tavsiyalarini koʻrib chiqish haqida axborot beradi;
i) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
11. Senat qoʻmitalari Senat, Senat Kengashi, Senat Raisining va Senat Raisi oʻrinbosarining topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi. Qonunlarni koʻrib chiqish jarayonida Senat qoʻmitalari:
a) qonunlar yuzasidan xulosalar beradi;
b) Senat qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
v) qonunni Senat yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida yoki uning ustidagi ishlarni davom ettirish haqida yoxud qonunni rad etish haqida Senat Kengashiga asoslantirilgan takliflar kiritadi;
g) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
d) qonunlarni koʻrib chiqish uchun ishchi guruhlar tuzadi, ular tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarini jalb etadi;
e) rad etish uchun Senat yalpi majlisiga kiritilayotgan qonunlarning matnlarini oʻzgartirish yoki ularga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartib-taomili
1-§. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha umumiy masalalar
12. Qonunni masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddati, qoida tariqasida, qonun qoʻmitaga kelib tushgan sanadan boshlab oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Zarur hollarda Senat Raisi masʼul qoʻmita raisining bildirgisi asosida qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddatini uzaytirishi mumkin.
13. Masʼul qoʻmita qonun kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida qonun nusxalarini manfaatdor davlat organlariga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar va ilmiy muassasalarga fikrnomalar tayyorlash uchun yuboradi. Qonun nusxalari yuboriladigan tashkilotlar roʻyxati masʼul qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.
14. Masʼul qoʻmita raisi qonun kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida qonun nusxalarini hududiy manfaatlarni hisobga olgan holda oʻrganish va takliflar berish uchun joylarda ishlayotgan masʼul qoʻmita aʼzolariga yuborishi mumkin. Barcha materiallar elektron pochta orqali yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Masʼul qoʻmita aʼzolari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda qonunni muhokama qilish boʻyicha tadbirlarni tashkil etishi mumkin. Oʻtkazilayotgan tadbirlar jarayonida tushgan takliflar masʼul qoʻmita aʼzolari tomonidan oʻrganiladi hamda umumlashtiriladi va masʼul qoʻmitaga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qoʻmita aʼzolari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, korxona, muassasa, tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan qonun boʻyicha takliflar tayyorlash uchun zarur hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
2-§. Qonunning masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilishi
17. Fikr bildirish uchun yuborilgan qonun yuzasidan taklif va mulohazalar kelganidan keyin masʼul qoʻmita raisi qonunni koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tashkil etish zarurligini belgilaydi. Qonun yuzasidan masalalar yuzaga kelmagan taqdirda, ishchi guruh tuzilmasligi mumkin.
18. Ishchi guruh vujudga kelgan masalalarni hal qilish hamda qonun yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni muhokama etish uchun tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga senatorlar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari kiritiladi.
19. Basharti, qonun bir nechta qoʻmitada koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, ular tomonidan qoʻshma ishchi guruh tuzilishi mumkin.
20. Mintaqalarni rivojlantirishning hal qilinishi koʻrib chiqilayotgan qonun bilan bogʻliq masalalarini yechish uchun ishchi guruhlar tarkibiga senatorlar — masʼul qoʻmitaning joylarda ishlayotgan aʼzolari jalb etilishi mumkin.
21. Ishchi guruh majlislariga Qonunchilik palatasi deputatlari va qonunni Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari taklif qilinishi mumkin.
22. Zarur hollarda masʼul qoʻmita qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish chogʻida yuzaga keladigan savollar boʻyicha fikr-mulohazalarini olish uchun ekspertlar, mutaxassislar, olimlarni jalb etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Masʼul qoʻmita qonun yuzasidan tushgan mulohaza va takliflarning hisobini yuritadi, umumlashtiradi, oʻrganadi va tahlil qiladi.
24. Ishchi guruhning majlislari oʻtkaziladigan sanani va majlislar sonini masʼul qoʻmita raisi qonunning murakkabligiga hamda qonun yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar soniga qarab belgilaydi.
25. Ishchi guruh aʼzolariga ishchi guruh majlisi oʻtkaziladigan sana haqida oldindan xabar beriladi. Ishchi guruh aʼzolariga yoki ular ishlaydigan tashkilotga yuboriladigan xat yoki telefonogramma masʼul qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi.
26. Ishchi guruhning majlisiga masʼul qoʻmita raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq Senatda doimiy asosda ishlaydigan qoʻmita aʼzosi rahbarlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ishchi guruhning majlislari hozir boʻlganlarning familiyasini, ismi, otasining ismini, ish joyini va lavozimini aniqlashdan boshlanadi. Masʼul qoʻmitaning raisi, u boʻlmaganda esa — uning oʻrinbosari yoki qoʻmitaning boshqa aʼzosi majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ishchi guruh aʼzolariga soʻz beradi, muhokama qilinayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritadi va mulohazalar bildiradi, qonun yuzasidan bildirilgan fikrlarni hisobga olib boradi. Ishchi guruh majlislarida masʼul qoʻmita aʼzolarining taklif va mulohazalari, tegishli tashkilotlarning fikrnomalari, ekspertlar, mutaxassislar va olimlarning fikrlari muhokama qilinadi.
Majlis davomida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan yoki konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar oʻtkazish chogʻida bildirilgan takliflar ham muhokama qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ishchi guruh majlislarida bayonnoma yuritilib, raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
29. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish jarayonida masʼul qoʻmita qoʻmita xulosasining tarkibiy qismi hisoblanadigan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga, xalqaro prinsiplar va normalarga muvofiqligini belgilaydi.
30. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha masʼul qoʻmita raisi tomonidan qoʻmita xulosasining loyihasi tayyorlanadi. Masʼul qoʻmitaning xulosasida ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgandan tashqari, qoida tariqasida, quyidagilar koʻrsatiladi:
a) qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan sana, Qonunchilik palatasi qonunni qabul qilgan sana va qonun Senatga kelib tushgan sana;
b) qonunning maqsadi yoki asosiy vazifalari;
v) qonunni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan qonunni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va hisobga olish masalalari, huquqiy tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni aniqlash, qonunchilikning samaradorligiga taʼsir koʻrsatadigan sabablar va sharoitlar;
g) qonunning tuzilishi (moddalar, boblar, boʻlimlar soni va ularning asosiy mazmuni);
d) qonunning ilgari amal qilgan yoki hozirgi kunda amal qilib turgan, shu xildagi munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlaridan farqi (yangi normalar va qoidalar kiritilganligi);
e) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalaridan olingan maʼlumotlarni umumlashtirish hamda ulardan foydalanish masalalari;
j) boshqa davlatlarning qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasini hisobga olish masalalari;
z) Senat Kengashiga tavsiyalar.
3-§. Qonunni dastlabki tarzda muhokama qilish boʻyicha masʼul qoʻmita majlisini oʻtkazish
31. Masʼul qoʻmita xulosasining loyihasi masʼul qoʻmita majlisida muhokama qilinadi va masʼul qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi.
32. Masʼul qoʻmita majlislari, agar ularda qoʻmita tarkibining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
33. Masʼul qoʻmita majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda qoʻmita yopiq majlis oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
34. Masʼul qoʻmita majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
35. Masʼul qoʻmita koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita aʼzolari umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
36. Masʼul qoʻmitaning qonun yuzasidan qarorida quyidagilar toʻgʻrisida axborot beriladi:
a) qonun yuzasidan qoʻmita xulosasining loyihasini koʻrib chiqish natijalari;
b) qonun yuzasidan masʼul qoʻmita xulosasini oʻqib eshittiradigan senator;
v) qonun yuzasidan uni muhokama qilish tartibida soʻzga chiqadigan senatorlar.
37. Masʼul qoʻmitaning xulosasida qonunni maʼqullash yoki rad etish haqida tavsiya bilan qonun baholangan boʻlishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi haqidagi xulosada masʼul qoʻmita qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
38. Qonunni rad etish uchun uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga mos emasligi, qonun normalari oʻrtasida nomuvofiqliklar va qarama-qarshiliklar borligi, qonunni qabul qilishga zarurat yoʻqligi, qonunning qonunchilik texnikasi qoidalariga, xalqaro prinsiplar va normalarga muvofiq emasligi asos boʻladi.
4-§. Qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida Senat qarori loyihasini tayyorlash
39. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalariga qarab, masʼul qoʻmita qonunni maʼqullash yoki uni rad etish toʻgʻrisida Senat qarorining loyihasini tayyorlaydi.
40. Qonunni rad etish haqidagi Senat qarorining loyihasi qonunni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni yoki qonunni rad etish, ayni vaqtda kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi taklifni oʻz ichiga olgan boʻladi.
41. Kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi taklif qonunning ayrim normalari yuzasidan kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, shu jumladan:
a) qonun matnida atamashunoslik va stilistik yoʻnalishdagi noaniqliklar boʻlganida;
b) qonunni texnik jihatdan rasmiylashtirish bilan bogʻliq masalalar mavjud boʻlganda;
v) qonunchilik texnikasi qoidalari buzilganda;
g) qonun normalari oʻrtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqqanda;
d) qonun normalari bilan amaldagi qonun hujjatlari oʻrtasida qarama-qarshiliklar boʻlganida;
e) qonunning bitta yoki bir nechta normasi rad etilganida;
j) boshqa asoslar mavjud boʻlganida kiritiladi.
42. Agar qoʻmitaning fikricha, vujudga kelgan kelishmovchiliklar boʻyicha bir fikrga kelish mumkin boʻlmasa yoki qonunni konseptual darajada toʻla qayta ishlab chiqish talab qilinsa, kelishuv komissiyasini tuzmasdan qonunni rad etish haqida taklif kiritiladi. Kelishuv komissiyasining ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-§. Senat Kengashi tomonidan masʼul qoʻmita xulosasining koʻrib chiqilishi
43. Masʼul qoʻmitaning qonunni Senat yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish mumkinligi haqida yoki qonun ustida ishni davom ettirish zarurligi haqida taklif bildirilgan xulosasi Senat Kengashining muhokamasiga taqdim etiladi.
44. Senat Kengashi masʼul qoʻmita xulosasini muhokama qilish natijalari boʻyicha qonunni muhokama qilish uchun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi.
45. Qonunni Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-mayda qabul qilingan 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6-§. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha masʼul qoʻmitalarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish
46. Masʼul qoʻmitalar qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish borasidagi oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib boradilar. Masʼul qoʻmitalar va ishchi guruhlar majlislariga ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
47. Masʼul qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot va ular tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatning Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilishi, “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
IV. Qonunlarga ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
48. Masʼul qoʻmita raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik boʻlim mudiri, Matbuot va tarjima boʻlimi mudiri, agar qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, Xalqaro aloqalar boʻlimi mudirining vizasi qoʻyilgan qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi Senat Raisining oʻrinbosariga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Senat Raisining oʻrinbosari tomonidan viza qoʻyilgan Senat qarorining loyihasi masʼul qoʻmitaga qaytariladi.
49. Qonun yuzasidan belgilangan tartibda viza qoʻyilgan Senat qarorining loyihasi va masʼul qoʻmita xulosasi qoʻmita raisi tomonidan Senat Devonining Rahbariga topshiriladi.
50. Qonun yuzasidan Senat qarori loyihasining, masʼul qoʻmita xulosasining, qonun matnining nusxalari va Qonunchilik palatasidan qonun bilan birga kelib tushgan boshqa hujjatlar Umumiy boʻlim xodimlari tomonidan koʻpaytiriladi hamda Nazorat-axborot boʻlimiga beriladi.
51. Masʼul qoʻmita tomonidan qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi bilan bir vaqtda ushbu qarorni tarqatish varagʻi tayyorlanib, u Senat Devonining Rahbari bilan kelishiladi.
52. Senatning har bir aʼzosiga Senatning yalpi majlisi muhokamasida ishtirok etish uchun qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi, masʼul qoʻmita xulosasi, qonun matni va Qonunchilik palatasidan qonun bilan birga kelib tushgan boshqa hujjatlar beriladi.
53. Qonun yuzasidan Senat qarorining rus tilidagi elektron nusxasi Umumiy boʻlimda, davlat tilidagi nusxasi esa Matbuot va tarjima boʻlimida saqlanib, bu boʻlimlar Senatning yalpi majlisida qabul qilingan Senat qarori tegishli blankada chiqarilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Senat Raisining oʻrinbosari, masʼul qoʻmita raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik boʻlim mudiri, Matbuot va tarjima boʻlimining mudiri shuningdek, agar qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, Xalqaro aloqalar boʻlimining mudiri viza qoʻygan qonun yuzasidan Senat qarori masʼul qoʻmita raisi tomonidan Senat Raisiga imzolash uchun topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Senat tomonidan maʼqullangan va belgilangan tartibda vizalar qoʻyilgan qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga yuboriladi. Bunda qonunga qonunning toʻrtta nusxasi va Senat qarorining Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan nusxasi, qonunning elektron nusxasi, Senat masʼul qoʻmitasi xulosasining nusxasi ilova qilinadi. Ayni vaqtda yuborilgan hujjatlarning nusxalari Senat Raisiga, Senat Raisining oʻrinbosariga, Senat Devonining Rahbariga, masʼul qoʻmita raisiga, Yuridik boʻlimga, Matbuot va tarjima boʻlimiga beriladi. Agar qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, mazkur hujjatlarning nusxalari Xalqaro aloqalar boʻlimiga ham topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Qonun va unga ilova qilinadigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hujjat olinganligini tasdiqlovchi imzo bilan topshiriladi. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga topshirishni Senat Devonining Rahbari tashkil etadi. Bunda ilova xatning bir nusxasi Umumiy boʻlimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, hujjatlar olinganligini tasdiqlovchi imzo bilan masʼul qoʻmitaga topshiriladi.
57. Qonunni maʼqullash toʻgʻrisidagi Senat qarorining Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
58. Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganidan keyin qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq hujjatlar (Senat qarori, tarqatish varagʻi, masʼul qoʻmita xulosasi, Qonunchilik palatasidan kelgan hujjatlar) masʼul qoʻmita tomonidan besh kun ichida Umumiy boʻlimning bayonnomalar shuʼbasiga topshiriladi. Bunda ishchi guruhlar va masʼul qoʻmita majlislarining ish materiallari yigʻmajildga joylanib, bu yigʻmajild Senat arxiviga topshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Qonunni rad etish toʻgʻrisidagi Senat qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun matni hamda masʼul qoʻmita xulosasining nusxasi bilan birga Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Hujjatlarni Qonunchilik palatasiga topshirishni Senat Devonining Rahbari tashkil etadi. Bunda ilova xatning bir nusxasi Umumiy boʻlimga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa, hujjatlar olinganligini tasdiqlovchi imzo bilan ishga oid materiallarga tikib qoʻyiladi.
V. Yakunlovchi qoidalar
60. Masʼul qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini tashkiliy jihatdan, axborot bilan, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
61. Masʼul qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini taʼminlash deganda yuridik va lingvistik ekspertizani amalga oshirish, qonunlarning nusxalarini koʻpaytirishni tashkil etish hamda manfaatdor vazirliklarga, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy muassasalarga, shuningdek boshqa tashkilotlarga yuborish, ishchi guruh majlisiga taklif etilgan shaxslar roʻyxatini tayyorlash va ularni tegishli militsiya postlariga topshirish, telefonogrammalar va tegishli xatlar joʻnatilishini tashkil etish, ishchi guruhlar majlislarining bayonnomalarini tayyorlash tushuniladi.
62. Senat Devoni boʻlimlarining faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2010-yil 22-iyuldagi 85-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 10-son, 401-modda; 2015-y., 6-son, 261-modda)