Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020 30.04.1999 yildagi 205-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son va 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga 1 va 2-ilovalarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 14-oktabrdagi 443-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 10-son, 37-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 30-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-apreldagi 205-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorning 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻnbirinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi” soʻzlari “va Davlat soliq qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2-ilovaning IX boʻlimidagi 6, 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni kelish vizasi amalda boʻlishi muddatiga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazganlik hamda vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni viza amalda boʻlishining uzaytirilgan muddatigacha uzaytirganlik uchun: ‎
— 1 oygacha‎ 20 AQSh dollari‎
—2 oygacha‎‎ 40 AQSh dollari‎
—3 oygacha‎‎ 60 AQSh dollari‎
—6 oygacha‎‎ 100 AQSh dollari‎
— 1 yilgacha 200 AQSh dollari‎
7. MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini, shuningdek, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlardan kelgan, sobiq SSSR pasportlari boʻlgan, pasportlarida fuqarolik belgisi boʻlmagan shaxslarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun: ‎
— uch sutkadan olti oygacha muddatga ‎ 5 AQSh dollari‎
— olti oydan ortiq muddatga ‎ 10 AQSh dollari‎
8. Chet el fuqarolarining, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashashi uchun koʻrib chiqqanlik va rasmiylashtirganlik uchun”. ‎ 50 AQSh dollari‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Boj, yigʻim va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlardan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalining 14-bandidagi 2-ustun matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ketish va ketish-kelish vizalari berganlik va ularni uzaytirganlik, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazganlik, doimiy yashash uchun hujjatlarni rasmiylashtirganlik uchun olinadigan davlat boji”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
30-apreldagi 205-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat, chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun ‎

eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;‎

b) fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, shu jumladan, ‎“Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida‎;

v) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga ketish huquqini beruvchi ijozat yozuvini qoʻyib berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida‎;‎

g) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs milliy pasportiga yoki uning oʻrnini bosuvchi paytning oʻzida ketish va kelish vizasi berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdorida‎;‎‎

d) ketish va kelish huquqini beruvchi ilgari berilgan hujjatlarga biron-bir oʻzgartirish kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirish bundan mustasno)‎

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida‎;‎‎‎

e) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida‎;‎‎‎‎

j) chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi‎ Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida‎;‎‎‎‎‎

z) chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, shu jumladan, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun berilgan yoʻqotib qoʻyilgan ruxsatnoma oʻrniga yangisini berganlik uchun‎

eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida‎;‎‎‎‎‎‎

i) yoʻqotib qoʻyilgan pasportlar va ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar yoki Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar oʻrniga yangisini berganlik uchun ‎

mazkur bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “e” kichik miqdorlarda”.‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

a)‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish toʻgʻrisidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;

b)‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini roʻyxatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

v) ‎ chet el fuqarolarini, shu jumladan, MDH qatnashchilari boʻlgan davlatlar fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy roʻyxatdan oʻtkazganlik va chiqarganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

g)‎ ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;

d) ‎ Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga chet mamlakatlardan yuborilgan pullarni toʻlaganlik uchun, pensiya va alimentlar bundan mustasno‎ ‎

‎‎yuborilgan summaning 10 foizi miqdorida.

(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 4-son, 23-modda)