25.02.2010 yildagi 16-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2010-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2010-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalarining 2010-yilga moʻljallangan qonunchilik va nazorat faoliyati
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qonunchilik faoliyati‎

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.‎

Kelib tushishiga qarab‎

Nazorat faoliyati‎

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti. ‎

Yilning birinchi yarmi‎

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2009-yil yuzasidan hisoboti. ‎

Yilning birinchi yarmi‎

“Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning birinchi yarmi‎

“Lizing toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi bilan birgalikda). ‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti yuzasidan xulosa va takliflar tayyorlash.‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi‎

Qonunchilik faoliyati‎

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.‎

Kelib tushishiga qarab‎

Nazorat faoliyati‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.‎

Yilning birinchi yarmi‎

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti.‎

Yilning birinchi yarmi‎

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisida.‎

Yilning birinchi yarmi‎

“Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va uning tuzilmalarida doimiy asosda faoliyat yuritayotgan hakamlik sudlari tomonidan ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish.‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi‎

Qonunchilik faoliyati‎

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.‎

Kelib tushishiga qarab‎

Nazorat faoliyati‎

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlashga doir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish.‎

Yilning birinchi yarmi‎

“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Qashqadaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi‎

Qonunchilik faoliyati‎

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.‎

Kelib tushishiga qarab‎

Nazorat faoliyati‎

Navoiy viloyatidagi erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyatini tashkil etishga doir qonun hujjatlarining amalga oshirilishini oʻrganish va muhokama qilish (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning birinchi yarmi‎

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning (Chikago, 1944-yil 7-dekabr) aviayoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etishga doir qismini Oʻzbekiston Respublikasida ijro etishning borishi toʻgʻrisida (Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda).‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi‎

Qonunchilik faoliyati‎

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xulosalar tayyorlash.‎

Kelib tushishiga qarab‎

Nazorat faoliyati‎

“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Surxondaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning birinchi yarmi‎

“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish.‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi‎

Qonunchilik faoliyati‎

Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan Senatga maʼqullash uchun yuborilgan qonunlar yuzasidan Qoʻmita vakolatlari doirasida xul�salar tayyorlash.‎

Kelib tushishiga qarab‎

Nazorat faoliyati‎

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2009-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.‎

Yilning birinchi yarmi‎

“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Toshkent viloyatidagi yirik sanoat korxonalari tomonidan ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning birinchi yarmi‎

Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining erlardan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanishga doir qismi Fargʻona viloyatida ijro etilishini oʻrganish va muhokama qilish (xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan birgalikda).‎

Yilning ikkinchi yarmi‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:i: ushbu rejaga zaruratga qarab ayrim oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 2-son, 81-modda)