Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 09.04.1998 yildagi PF-1987-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(Sarlavha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalarni bevosita olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida:
(Kirish qismi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2014-yilning 1-iyulidan quyidagilar kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari toifasiga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tadbirkorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish sohasida yiliga oʻrta hisobda yigirma nafardan, xizmat koʻrsatish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — oʻn nafardan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida — besh nafardan oshmaydigan ishchi xodimlarga ega boʻlgan mikrofirmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi sohalarda yiliga oʻrta hisobda ish bilan band boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil, oziq-ovqat hamda qurilish materiallari sanoatida — ikki yuz nafardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik hamda mebel sanoatida — yuz nafardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish va boshqa ishlab chiqarish — sanoat sohasida — ellik nafardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida — yigirma besh nafardan oshmaydigan xodimga ega boʻlgan kichik korxonalar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-dekabrdagi PF-4495-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 3-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xoʻjaliklarini ham qoʻshgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yigʻimlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kredit yoʻnalishlari boʻyicha olingan kreditlarni toʻlash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan tashqari fondlarning kichik biznes korxonalariga kredit berish boʻyicha barcha operatsiyalari tijorat banklari, jumladan, “Mikrokreditbank” ATB” orqali, budjetdan tashqari fondlar va tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan bosh bitimlar asosida kredit yoʻllari ochish orqali amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining hududiy boʻlimlari, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, mahalliy soliq va statistika xizmatlari bilan birgalikda 1998-yil 1-iyuliga qadar barpo etilgan va ishlab turgan kichik va oʻrta biznesga mansub barcha korxonalarning sonini aniqlash maqsadida, ularning roʻyxatini inventarizatsiyadan oʻtkazsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy kichik korxonalarning Savdo-sanoat palatasiga yoki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga belgilangan tartibda aʼzo boʻlib kirishiga koʻmaklashish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarini, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasini barpo etilayotgan va tugatilayotgan kichik biznes korxonalari haqidagi axborot bilan har oyda taʼminlab tursinlar.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 9-fevraldagi PF-3570-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 29-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi, Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi qonunchilik va meʼyoriy hujjatlarni mazkur Farmon qoidalariga muvofiqlashtirish haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 9-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1987-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 64-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda;2003-y., 8-son, 120-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2004-y., 9-son, 104-modda; 2005-y., 5-6-son, 29-modda; 2005-y., 22-son, 156-modda; 2006-y., 27-son, 246-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)