Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 21-sentabrda 1869-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2008-yil 14-oktabrdagi 658-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1869, 2008-yil 11-noyabr) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Q. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-sentabr,
729-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2015-yil 14-sentabrdagi 729-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yopiq harbiy shaharchalar toʻgʻrisidagi nizomning 1-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
5. |
Toshkent shahri |
129 |
1/36 |
”. |
2. 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 38-son, 501-modda)