LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 84-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1936-yil 24-iyunda Jenevada qabul qilingan Haq to‘lanadigan yillik ta’tillar to‘g‘risidagi 52-Konvensiyaga qo‘shilishi haqida”gi Qaroriga asosan qo‘shilgan.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, xalqaro Mehnat Byurosining Ma’muriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1936-yilning 4-iyunida o‘zining Yigirmanchi Sessiyasiga to‘planib, har yilgi haq to‘lanadigan ta’tilga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining ikkinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming to‘qqiz yuz o‘ttiz oltinchi yil iyun oyining yigirma to‘rtinchi kunida quyidagi “Haq to‘lanadigan ta’til to‘g‘risidagi 1936-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin bo‘lgan Konvensiyani qabul qildi:
1. Ushbu Konvensiya kuyidagi korxonalardan yoki muassasalardan birida, ular davlatga karashli yoki xususiy bo‘lishidan qat’iy nazar, yollangan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi:
a) buyumlar ishlab chiqariladigan, o‘zgartiriladigan, tozalanadigan, ta’mirlanadigan, bezaladigan, sayqal beriladigan, sotishga tayyorlanadigan, buziladigan yoki yo‘q qilinadigan korxonalarda yoki materiallar qayta ishlanadigan korxonalarda, shu jumladan, kemasozlik bilan shug‘ullanadigan korxonalarda, elektr quvvati yoki har qanday dvigatel quvvati ishlab chiqaradigan, transformatsiya qilinadigan yoki uzatiladigan korxonalarda;
b) to‘la yoki asosan quyidagilarni — qurish, rekonstruksiya qilish, saqlash, ta’mirlash, qayta qurish yoki buzish bilan shug‘ullanadigan korxonalarda:
hamda boshqa shu kabi ishlar yoki yuqorida qayd etilgan ishlarning asosini tayyorlash yoki poydevorini o‘rnatish bilan shug‘ullanadigan korxonalarni;
s) yo‘llar, temir yo‘llar, ichki suv yo‘llari yoki havo yo‘llarida yo‘lovchilarni yoki yuklarni tashish, shu jumladan, yuklarni port, prichal, pristan, yuk omborlarida yoki aeroportlarda tashish bilan shug‘ullanadigan korxonalarda;
h) kasal, nogiron, qarovsizlarni yoki ruhiy kasallarni davolaydigan va ularga g‘amxo‘rlik qiladigan muassasalarda;
i) mehmonxonalar, restoranlar, pansionlar, klublar, qahvaxonalar va boshqa shularga o‘xshash dam olish va ovqatlanish muassasalarida;
k) yuqorida aytilgan kategoriyalar bilan butunlay qamrab olinmagan aralash tijorat va ishlab chiqish korxonalarida.
2. Har bir mamlakatning vakolatli hokimiyat organi, mehnatkashlar va ish beruvchilarning asosiy tegishli tashkilotlari bilan, agar bunday tashkilotlar mavjud bo‘lsa, maslahatlashgandan so‘ng, bir tomondan yuqoridagi bandda qayd etilgan korxonalar va muassasalar, ikkinchi tomondan mazkur Konvensiya ularga nisbatan qo‘llanilmaydigan korxonalar va muassasalar o‘rtasidagi chegaralarni belgilaydi.
3. Har bir mamlakatning vakolatli hokimiyat organi quyidagi shaxslarni mazkur Konvensiya qo‘llanilishi doirasidan chetlatishi mumkin:
a) faqatgina ish beruvchining oila a’zolari yollanadigan korxonalarda yoki muassasalarda yollangan shaxslarni;
b) davlat muassasalarida xizmat qiluvchi, xizmat sharoiti asosida kamida ushbu Konvensiya ko‘zda tutgan muddatga teng bo‘lgan har yilgi haq to‘lanadigan ta’til oluvchi shaxslarni.
1. Har bir shaxs, agar ushbu Konvensiya unga nisbatan qo‘llanilsa, bir yil davomida uzluksiz mehnat qilganidan so‘ng, kamida olti ish kuniga teng muddatli har yilgi haq to‘lanadigan ta’tilga chiqish huquqiga ega bo‘ladi.
2. Un olti yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar, shu jumladan, o‘quvchilar, bir yil davomida mehnat qilganlaridan so‘ng kamida o‘n ikki ish kuniga teng muddatli har yilgi haq to‘lanadigan ta’tilga chiqish huquqiga ega bo‘ladilar.
4. Milliy qonun hujjatlari alohida vaziyatlarda har yilgi haq to‘lanadigan ta’tilning ushbu moddada ko‘zda tutilgan eng kam muddatdan ortiq bo‘lgan har qanday qismini bo‘laklarga bo‘lishga ruxsat berishi mumkin.
5. Har yilgi haq to‘lanadigan ta’til muddati, milliy qonun hujjatlarda ko‘zda tutilgan shartlardan kelib chiqqan xolda, xizmat davomiyligiga qarab ko‘paytiriladi.
Ushbu Konvensiyaning 2-moddasi asosida ta’tilga chiqadigan xar bir shaxs butun ta’til davomida kuyidagi haqlarni oladi:
a) milliy qonun hujjatlari tomonidan belgilangan usullar orqali hisoblangan o‘zining odatdagi haqini va bunga qo‘shimcha ravishda, o‘zining odatdagi haqiga teng qiymatli naqd pulni, agar mavjud bo‘lsa; yoki
Har yilgi haq to‘lanadigan ta’til olish huquqini istisno etadigan yoki bunday ta’til berish huquqini bermaydigan xar qanday bitim haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Milliy qonun hujjatlari quyidagi qoidani ko‘zda tutishi mumkin: har yilgi ta’tili paytida haq to‘lanadigan ishda band bo‘lgan shaxslar, ushbu ta’til davri bo‘yicha haq olishdan mahrum bo‘lishlari mumkin.
Ish beruvchilarga bog‘liq sababga ko‘ra tegishli ta’tildan foydalangunga kadar ishdan bo‘shatilgan shaxslarga, mazkur Konvensiyaga muvofiq, ta’tilning har bir kuni uchun 3-moddada ko‘zda tutilgan haq to‘lanishi lozim.
Ushbu Konvensiya qoidalarini hayotga samarali tatbiq etishni yengillashtirish uchun, vakolatli hokimiyat organi tomonidan ma’qullagan shaklda, har bir ish beruvchidan quyidagilarni aks ettiruvchi yozuvlarni qayd etib borish talab qilinadi:
a) u tomonidan yollangan har bir shaxsning ishga qabul qilingan sanasini hamda shunga o‘xshash har bir shaxs ega bo‘lgan har yilgi haq to‘lanadigan ta’tilning muddatini;
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir a’zosi, ushbu Konvensiya qoidalari qo‘llanilishini ta’minlash uchun choralar tizimini ta’sis etadi.
Ushbu Konvensiyaning hech bir qoidasi, mazkur Konvensiyada ko‘zda tutilgan sharoitdan qulayroq sharoitni ta’minlaydigan qonunlar, sud qarorlari, an’analar yoki mehnatkashlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi bitim qoidalariga salbiy ta’sir qilmaydi.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlar ro‘yxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining a’zolarinigina birlashtiradi.
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning har bir a’zosi uchun uning ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari ro‘yxatga olingan sanadan keyin o‘n ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti ikki a’zosining ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari ro‘yxatga olinishi bilan, Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori bu haqda Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi. Bosh direktor, shuningdek, keyinchalik Tashkilotning boshqa a’zolari tomonidan yuboriladigan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlarning ro‘yxatga olinganligi haqida Tashkilotining barcha a’zolariga xabar beradi.
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning a’zosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan o‘n yil o‘tganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga ro‘yxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti ro‘yxatga olinganidan keyin bir yil o‘tgach kuchga kiradi.
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning xar bir a’zosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan o‘n yillik muddat o‘tganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan bo‘lsa, navbatdagi o‘n yillik muddatni kutishga majbur bo‘ladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har o‘n yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Ma’muriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’ruzani taqdim etadi va uni to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini ko‘rib chiqadi.
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani to‘la yoki qisman qayta ko‘rib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud bo‘lmasa, u holda:
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 13-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;
b) qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan e’tiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot a’zolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi to‘xtatiladi.