Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 1936-yil 24-iyunda Jenevada qabul qilingan Haq toʻlanadigan yillik taʼtillar toʻgʻrisidagi 52-Konvensiyaga qoʻshilishi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1936-yil 24-iyunda Jenevada qabul qilingan Haq toʻlanadigan yillik taʼtillar toʻgʻrisidagi 52-Konvensiyaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
84-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 132-modda)