Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya oʻrtasida
Shartnoma
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb yuritiladilar,
xalqaro huquqning umumiy tan olingan normalariga asoslanib,
fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga muhim ahamiyat berib,
Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Gruziya oʻrtasidagi doʻstlik, hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Shartnomani rivojlantirishga boʻlgan xohish-istaklarga amal qilib,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
BIRINChI QISM
Umumiy qoidalar
Umumiy qoidalar
1- modda
Huquqiy muhofazaning taʼmin etilishi
Huquqiy muhofazaning taʼmin etilishi
1. Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi shaxslar boshqa Tomon hududida oʻz shaxsiy va mulkiy huquqlari munosabatida ana shu Tomon fuqarolaridagidek huquqiy muhofazadan foydalanadilar.
2. Tomonlardan har birining fuqarolari, shuningdek uning hududida yashovchi boshqa shaxslar boshqa Tomonning fuqarolik. oilaviy va jinoiy ishlar vakolat doirasiga kiradigan sudlar, prokuraturalar, notarial idoralar (keyingi oʻrinlarda “Adliya muassasalari” deb yuritiladi) va boshqa muassasalariga erkin va toʻsiqlarsiz murojaat qilish huquqiga ega, uning fuqarolaridan sharoitlarda ularda qatnashishlari, iltimos qoʻzgʻatishlari, daʼvo qilishlari va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishlari mumkin.
3. Mazkur Shartnomaning qoidalari, shuningdek Tomonlarning qonunchiliklariga binoan tuzilgan yuridik shaxslarga ham qoʻllaniladi.
2- modda
Huquqiy yordam koʻrsatish
Huquqiy yordam koʻrsatish
1. Tomonlarning Adliya muassasalari fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha Mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq oʻzaro yordam beradilar.
2. Adliya muassasalari mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ishlar vakolatiga kiradigan boshqa muassasalarga ham huquqiy yordam koʻrsatadilar.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlari qoidalari idoralarga qarashli sudlarning mehnat ishlariga qoʻllaniladi.
4. 1-bandda koʻrsatilgan ishlar vakolat doirasiga kiradigan boshqa muassasalar huquqiy yordam haqida iltimosnomalarni Adliya muassasalari orqali joʻnatadilar.
3- modda
Huquqiy yordam hajmi
Huquqiy yordam hajmi
Huquqiy yordam soʻralayotgan Tomon qonunchiligida koʻzda tutilgan protsessual harakatlarni bajarish, shu jumladan, ayblanuvchilar va sudlanuvchilarni, guvohlarni, jabrlanuvchilarni, ekspertlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, yozishmalarni olib qoʻyish, toʻxtattirish, koʻzdan kechirish, ashyoviy dalillarni berish, jinoiy taʼqib qoʻzgʻatish va jinoyatni sodir etgan shaxslarni berish, fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlarini va hukmlarni zararni qoplash qismida tan olish va bajarish, hujjatlarni taqdim qilish va qayta joʻnatish hamda boshqa harakatlar, shu jumladan boshqa Tomonning iltimosiga koʻra ayblanuvchilarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, bu shaxs hukm qilingan qonun moddalari matni, jazoning turi va muddati haqida ilovalarni taqdim etishlarni qamrab oladi.
4- modda
Munosabatlar tartibi
Munosabatlar tartibi
Huquqiy yordam koʻrsatishda Tomonlar muassasalari bir-birlari bilan Gruziya Adliya vazirligi va Prokuraturasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh Prokuraturasi orqali munosabatga kirishadilar.
Tomonlarning Oliy sudlari Tomonlarning tegishli muassasalari bilan munosabatlarni mazkur Shartnoma 3-moddasida koʻrsatib oʻtilgan masalalar boʻyicha bevosita amalga oshiradilar.
5-modda
Til
Til
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriq soʻrayotgan Tomon tilida tayyorlanadi va unga boshqa Tomon tilidagi yoki rus tilidagi tarjimasining tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi.
Tarjima rasmiy tarjimon yoxud notarius yoki soʻrayotgan muassasaning mansabdor shaxsi, yoxud soʻrayotgan Tomonning konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
6-modda
Hujjatlarni rasmiylashtirish
Hujjatlarni rasmiylashtirish
Adliya muassasalari va boshqa muassasalar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish tartibida joʻnatilgan hujjatlar vakolatli shaxsning imzosi va soʻrayotgan muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
7-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriq shakli
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriq shakli
Huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqda quyidagilar koʻrsatilishi zarur:
1. Soʻrayotgan muassasaning nomi
2. Soʻralayotgan muassasaning nomi
3. Huquqiy yordam soʻralayotgan ishning nomi
4. Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki hukm qilingan, guvoh, shubha ostiga olingan, jabrlanuvchi tomonlarning ismlari va familiyalari, ularning fuqaroligi, mashgʻuloti va doimiy yashash joyi yoki turar joyi, jinoiy ishlar boʻyicha ota-onalarning tugʻilgan joylari va sanalari hamda imkonga qarab ismlari va familiyalari, yuridik shaxslar uchun ularning nomi va joylashgan joyi.
5. Ularning vakillarining ismlari va familiyalari.
6. Jinoiy ishlar boʻyicha sodir etilgan jinoyatning bayon-tasviri va kvalifikatsiyasi hamda bu qilmish oqibatida zarar yetkazilgan boʻlsa uning miqdori haqida maʼlumotlar.
7. Ijro etish uchun zarur boʻlgan iltimosnoma va maʼlumotnomalar, shuningdek ahamiyatli boʻlgan boshqa axborotlar.
8. Topshiriq soʻrayotgan adliya muassasasi tomonidan imzolangan va gerbli muhr bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
8-modda
Ijro etish tartibi
Ijro etish tartibi
1. Topshiriq qaratilgan Adliya muassasasi huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni ijro etishda oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydi. Ammo topshiriq chiqarilgan muassasaning iltimosiga koʻra u oʻz davlati qonunchiligiga zid kelmasa topshiriq chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning protsessual normalarini qoʻllashi mumkin.
2. Agar topshiriq qaratilgan muassasa uni ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u topshiriqni vakolatli Adliya muassasasiga joʻnatadi va topshiriq chiqqan muassasani bu haqda xabardor etadi.
3. Topshiriq qaratilgan Adliya muassasasi tegishli iltimosnoma boʻlgan hollarda topshiriq chiqqan muassasani topshiriqning bajarilish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor etadi.
4. Soʻrayotgan adliya muassasaning iltimosiga binoan soʻralayotgan adliya muassasasi oʻz vaqtida unga va manfaatdor tomonlarga ular topshiriqning soʻrayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq ijro etilishida qatnashishlari mumkin boʻlishi uchun topshiriqning bajarilish vaqti va joyi haqida xabar qiladi.
5. Topshiriq ijro etilganidan soʻng topshiriq qaratilgan adliya muassasasi hujjatlarni u chiqarilgan muassasaga joʻnatadi; agar huquqiy yordam koʻrsatish mumkin boʻlmagan holda u topshiriqni qaytaradi va uni ijro etishga toʻsiq boʻlayotgan holatlar haqida xabardor etadi.
9-modda
Hujjatlarni topshirish tartibi
Hujjatlarni topshirish tartibi
1. Soʻralayotgan muassasa agar topshiriladigan hujjatlar uning tilida tayyorlangan yoki tasdiqlangan tarjima bilan taʼminlangan boʻlsa oʻz davlatida amalda boʻlgan qoidalarga muvofiq hujjatlarni topshirishni amalga oshiradi. Hujjatlar soʻralayotgan Tomon tilida tayyorlanmagan yoki tarjima bilan taʼmin etilmagan hollarda oluvchiga agar ularni olishga oʻz xohishi bilan rozi boʻlsa topshiriladi.
2. Topshirish haqidagi iltimosnomada. oluvchining aniq manzilgohi va topshiriladigan hujjatning nomi koʻrsatilishi lozim. Agar topshirish haqidagi iltimosnomada koʻrsatilgan manzilgoh toʻliq boʻlmasa yoki notoʻgʻri chiqsa soʻralayotgan muassasa aniq manzilni aniqlash uchun oʻz qonunchiligiga muvofiq choralar koʻradi.
10-modda
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash
Hujjatlarning topshirilishini tasdiqlash soʻralayotgan Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladi. Tasdiqnomada hujjatning topshirilish joyi va vaqti, shuningdek hujjat topshirilgan shaxs koʻrsatilishi lozim.
11-modda
Hujjatlarni topshirish hamda fuqarolarni diplomatik vakilliklar yoki konsullik muassasalari orqali soʻroq qilish
Hujjatlarni topshirish hamda fuqarolarni diplomatik vakilliklar yoki konsullik muassasalari orqali soʻroq qilish
Tomonlar hujjatlarni topshirish va oʻz fuqarolarini oʻz diplomatik vakilliklari yoki konsullik muassasalari orqali soʻroq qilish huquqiga ega. Bunda majburiy tusdagi choralar qoʻllanilishi mumkin emas.
12-modda
Guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspertni chegaradan tashqariga chaqirish
Guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspertni chegaradan tashqariga chaqirish
1. Agar bir Tomon hududida dastlabki tergov yoki sud koʻrib chiqishida boshqa Tomon hududida boʻlgan guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspertning shaxsan qatnashish zarurati tugʻilsa, bu Tomonning tegishli organiga chaqiruv qogʻozini topshirish haqidagi topshiriq bilan murojaat qilinadi.
2. Chaqiruv qogʻozi chaqiriluvchi kelmagan holda sanksiya mazmuniga ega boʻlishi mumkin emas.
3. Fuqaroligidan qatʼiy nazar, boshqa Tomonning tegishli organi chaqiruviga binoan oʻz xohishi bilan kelgan guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspert bu Tomon hududida uning davlat chegarasidan kirguniga qadar sodir etgan qandaydir qilmishlari, shuningdek ularning koʻrsatmalari yoki ekspertlar sifatidagi xulosalari yoxud tekshirib chiqishga mavzu boʻlgan qilmishlari munosabati bilan ham jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilishi qamoqqa olinishi yoki jazoga tortilishi mumkin boʻlmaydi.
4. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon muassasasiga huquqiy yordam haqidagi topshiriqqa asosan guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspert sifatida chaqirilgan shaxs agar Tomonlardan birining qonunchiligida huquq yoki burch koʻzda tutilgan boʻlsa koʻrsatma berish yoki boshqa vazifalarni bajarishni rad qilish huquqiga ega. Tomonlar zarur hollarda iltimosnomaga yuqorida qayd etilgan huquq va burchlarga oid qonunchilik haqidagi maʼlumotnomani ilova qiladilar.
5. Uning ishtiroki zarur emasligi toʻgʻrisida xabardor boʻlgan vaqtdan boshlab 15 kun mobaynida soʻrayotgan Tomon hududini tark etmagan guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspert bunday imtiyozdan foydalanmaydi. Guvoh, jabrlanuvchi yoki ekspert unga bogʻliq boʻlmagan holda soʻrayotgan Tomon hududidan chiqolmagan vaqt bu muddat hisobiga kirmaydi.
6. Boshqa Tomon hududiga chaqiruv boʻyicha kelgan guvohlar, jabrlanuvchilar va ekspertlar ularni chaqirgan organlar tomonidan chet elga borish va kelish, unda boʻlish, shuningdek ishdan chalgʻigan kunlari uchun olinmaydigan ish haqini qoplatish huquqiga ega boʻladi, ekspertlar bundan tashqari ekspertiza oʻtkazganligi uchun taqdirlanish huquqiga ham ega. Chaqiruv qogʻozida chaqiriluvchi shaxslar toʻlovlarning qanday turlariga huquqli boʻlishlari koʻrsatilishi lozim, ularning iltimoslariga koʻra chaqiruv joʻnatilgan Tomon tegishli xarajatlarni qoplash uchun avans toʻlaydi.
13-modda
Hujjatlarning haqiqiyligi
Hujjatlarning haqiqiyligi
1 Tomonlardan birining hududida sudlar yoki rasmiy shaxslar (doimiy tarjimon ekspert va boshqalar) tomonidan ularning vakolati doirasida hamda belgilangan shaklda va muhr bilan tasdiqlangan tayyorlangan yoki tasdiqlangan hujjatlar boshqa Tomon hududida har qanday boshqa guvohnomalarsiz qabul qilinadi.
2. Bir Tomon hududida rasmiy deb qaraladigan hujjatlar boshqa Tomon hududida ham rasmiy hujjatlarning isbot kuchidan foydalanadi.
14-modda
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
Huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar
1. Topshiriq qaratilgan Tomon huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplashni talab qilmaydi.
Tomonlar oʻz hududlarida yordam koʻrsatishdan kelib chiqadigan barcha xarajatlarni oʻzlari qoplaydilar.
2. Topshiriq qaratilgan adliya muassasasi topshiriq chiqqan muassasani xarajatlar summasi haqida xabardor etadi. Agar topshiriq chiqqan muassasa bu xarajatlarni toʻlashga masʼul boʻlgan shaxslardan undirsa, undirilgan summalar ularni undirgan Tomon foydasiga kelib tushadi.
15-modda
Axborotlarni taqdim etish
Axborotlarni taqdim etish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Prokuraturasi hamda Gruziya Adliya vazirligi va Prokuraturasi bir-birlariga iltimosga binoan oʻz davlatlarida amalda boʻlgan qonunchilik haqidagi va uning adliya muassasalari tomonidan qoʻllanilishi masalalaridagi axborotlarni taqdim etadi.
16-modda
Bepul huquqiy muhofaza
Bepul huquqiy muhofaza
Bir Ahdlashuvchi Tomon fuqarolariga boshqa Ahdlashuvchi Tomon sudlari va boshqa muassasalarida bepul yuridik yordam koʻrsatiladi va oʻz fuqarolariga boʻlgan imtiyozlarda va asoslarda sudlov ishlarini yurgizish bepul taʼminlanadi.
17-modda
Fuqarolik holatlari haqida guvohnomalar va boshqa hujjatlarni qayta joʻnatish
Fuqarolik holatlari haqida guvohnomalar va boshqa hujjatlarni qayta joʻnatish
Tomonlar diplomatik tartibda iltimosga binoan bir-birlariga boshqa Tomon fuqarolarining shaxsiy huquqlari hamda mulkiy manfaatlari bilan bogʻliq boʻlgan fuqaro holatlari dalolatnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnomalar hamda boshqa hujjatlar (maʼlumoti haqida, ishi haqida va hokazo)ni tarjimasiz va bepul joʻnatish majburiyatini oladilar.
18-modda
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
Huquqiy yordam koʻrsatishni rad etish
1. Tomonlarning adliya muassasalari huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi iltimosni qondirishda agar uning ijro etilishi inson huquqlarining buzilishiga olib kelsa, davlat suvereniteti va xavfsizligiga zarar keltirsa, yoxud soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga zid kelsa toʻliq yoki qisman rad etishlari mumkin.
2. Iltimosni qondirishni rad etish haqida qaror qabul qilingan vaziyatda Tomonlar adliya muassasalari rad etish sabablarini koʻrsatgan holda bir-birlarini xabardor etadilar.
IKKINChI QISM
Maxsus qoidalar
Maxsus qoidalar
1-BOʻLIM
Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar
Fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar
19-modda
Sud xarajatlaridan ozod etish
Sud xarajatlaridan ozod etish
Bir Tomon fuqarolari boshqa Tomon hududida shu davlat fuqarolaridagidek asoslarda va hajmlarda sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etiladilar.
20-modda
Shaxsiy oilaviy va mulkiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish
Shaxsiy oilaviy va mulkiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish
1. Sud xarajatlarini toʻlashdan ozod etish uchun ruxsatnoma olishda zarur boʻlgan shaxsiy, oilaviy va mulkiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjat ariza beruvchi hududida yashash joyi va turar joyiga ega boʻlgan Tomonning vakolatli organi tomonidan beriladi.
2. Agar ariza beruvchi Tomonlar hududida yashash joyi yoki turar joyiga ega boʻlmasa uning davlatining diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasi tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan hujjat yetarli boʻladi.
3. Sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilish haqidagi iltimosnoma boʻyicha qaror chiqaruvchi sud hujjatni bergan organdan qoʻshimcha tushuntirishlar soʻrashi mumkin.
21-modda
Sudlarning vakolati
Sudlarning vakolati
1. Agar mazkur Shartnoma boshqacha koʻzda tutmasa har bir Tomonning sudlari agar javob beruvchi uning hududida yashash joyiga ega boʻlsa fuqarolik va oilaviy ishlarni koʻrishga vakolatlidir. Yuridik shaxslarga daʼvolar boʻyicha agar yuridik shaxsning boshqaruv organi, vakilligi yoxud filiali shu mamlakat hududida joylashgan boʻlsa vakolatlidir.
2. Tomonlarning sudlari agar bu haqda Tomonlarning yozma bitimlari boʻlsa boshqa hollarda ham ishlarni koʻradilar. Bunday bitim mavjud holda sud javobgarning arizasiga koʻra ish boʻyicha koʻrib chiqishni agar bunday ariza daʼvoning mavjudligiga oid eʼtirozlar taqdim etilgungacha berilgan boʻlsa toʻxtatadi. Sudlarning istisnoli vakolatlari Tomonlarning bitimlari bilak oʻzgartirilishi mumkin boʻlmaydi.
3. Agar oʻsha Tomonlarning oʻsha ashyolar va oʻsha asoslar boʻyicha har ikkala Tomonlarning sudlarida sud koʻrib chiqishlarini qoʻzgʻatgan hollarda mazkur shartnomaga muvofiq vakolatli ishni qoʻzgʻatgan sud koʻrib chiqishini kechroq toʻxtatadi.
22-modda
Huquqiy layoqatlilik va yuridik muomalaga layoqatlilik
Huquqiy layoqatlilik va yuridik muomalaga layoqatlilik
1. Jismoniy shaxsning yuridik muomalaga layoqatliligi shu shaxs fuqarosi boʻlgan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Yuridik shaxsning huquqiy layoqatliligi u hududida taʼsis etilgan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
23-modda
Yuridik muomalaga layoqatliligi cheklangan va yuridik muomalaga layoqatsizlikni eʼtirof etish
Yuridik muomalaga layoqatliligi cheklangan va yuridik muomalaga layoqatsizlikni eʼtirof etish
1. Shaxsning yuridik muomalaga layoqatliligi cheklangan yoxud yuridik muomalaga layoqatsizligini eʼtirof etishda bu shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi va muassasalari vakolatlidir.
2. Agar Tomonlardan biri yashash joyi va turar joyi shu Tomon hududida joylashgan boshqa Tomon fuqarosini yuridik muomalaga layoqati cheklangan yoxud yuridik muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish uchun asoslarga ega boʻlsa u boshqa Tomonning tegishli muassasasini bu haqda xabardor etadi. Agar shu yoʻl bilan xabardor boʻlgan muassasa uch oylik muddat ichida shu shaxsning yashash joyi yoki turar joyi muassasasiga keyinchalik harakatlarni bajarish huquqini taqdim etishi toʻgʻrisida maʼlum qilsa yoki fikr bildirmasa shu shaxsning yashash joyi yoki turar joyi muassasasi oʻz davlati qonunlariga muvofiq shu shaxs fuqarosi boʻlgan Tomonning qonunlarida asoslar koʻzda tutilgan boʻlsa shu shaxsni yuridik muomalaga layoqati cheklangan deb eʼtirof etish boʻyicha ish olib borishi mumkin. Yuridik muomalaga layoqati cheklangan yoxud yuridik muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etish haqidagi qaror boshqa Tomonning tegishli muassasasiga joʻnatilishi lozim.
3. Mazkur moddaning 1, 2-bandlari qoidalari yuridik muomalaga layoqatliligi cheklanganlikni rad etish yoxud yuridik muomalaga layoqatli deb eʼtirof etishda ham qoʻllaniladi.
24-modda
Yuridik muomalaga layoqati cheklangan yoki yuridik muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etishning alohida holatlari
Yuridik muomalaga layoqati cheklangan yoki yuridik muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etishning alohida holatlari
Kechiktirish mumkin boʻlmagan hollarda boshqa mamlakat fuqarosi hisoblangan va yuridik muomalaga layoqati cheklangan yoxud yuridik muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilishi zarur boʻlgan shaxsning yashash joyi yoki turar joyi muassasasi shu shaxsni yoki uning mulkini himoya qilish uchun oʻzi zarur chora-tadbirlar koʻrishi mumkin. Shu choralar bilan bogʻlik qabul qilingan farmoyishlar oʻsha shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning tegishli muassasasiga joʻnatiladi. Bu farmoyishlar agar u Tomonning muassasalari boshqacha koʻrsatsa rad etilishi mumkin.
25-modda
Bexabar qatnashmaganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash
Bexabar qatnashmaganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish va oʻlim faktini belgilash
1. Bexabar qatnashmaganlikni eʼtirof etish, vafot etgan deb eʼlon qilish yoki oʻlim faktini belgilash haqidagi ishlar boʻyicha oxirgi maʼlumotlarga koʻra u tirik boʻlgan vaqtda fuqarosi hisoblangan Tomonning muassasalari vakolatlidir.
2. Har bir Tomonning adliya muassasalari boshqa Tomonning fuqarosini agar ularning huquq va manfaatlari shu mamlakat qonunchiligi bilan asoslangan boʻlsa shu mamlakat hududida yashovchi shaxslarning iltimoslariga binoan bexabar qatnashmagan yoki vafot etgan deb eʼtirof etishi, shuningdek uning oʻlimi faktini belgilashi mumkin.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan holatlarda Tomonlarning muassasalari oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydilar.
26-modda
Nikohdan oʻtish
Nikohdan oʻtish
1. Nikohga kiruvchi har bir shaxs uchun nikohdan oʻtish shartlari u fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari nikohdan oʻtishga. toʻsiqlar munosabatida hududida nikoh tuzilayotgan Tomonning talablariga rioya etilishi kerak.
2. Nikohdan oʻtishning shakllari hududida nikohdan oʻtilayotgan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
27-modda
Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari
Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari
1. Er-xotinning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Agarda er-xotinlardan biri bir Tomon hududida, ikkinchisi — boshqa Tomon hududida yashab va shu bilan birga er-xotinlarning har ikkisi bir fuqarolikka ega boʻlsa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari ular fuqarosi boʻlgan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
3. Agar er-xotinlardan biri bir Tomonning, ikkinchisi — boshqa Tomonning fuqarosi hisoblansa, ularning shaxsiy va mulkiy huquqiy munosabatlari hududida ular birgalikda oxirgi turar joyga ega boʻlgan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar Tomonlarning hududida birgalikda turar joyga ega boʻlmagan boʻlsalar muassasasi ishni koʻrib chiqayotgan Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
28-modda
Nikohni bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish
Nikohni bekor qilish va nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish
1. Nikohni bekor qilish haqidagi ishlar boʻyicha ariza topshirgan vaqtida er-xotinlar fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi va muassasalari vakolatlidir. Agar er-xotinlar boshqa Tomon hududida yashash joyiga ega boʻlsa u Tomonning muassasalari ham vakolatlidirlar.
2. Agar nikohni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza berilgan vaqtda er-xotinlardan biri bir Ahdlashuvchi Tomonning, ikkinchisi esa — boshqa Tomonning fuqarosi hisoblanib va ulardan biri bir Tomon hududida, ikkinchisi boshqa Tomon hududida istiqomat qilsa har ikkala Tomon muassasalari ham vakolatli boʻladilar. Bunda ular oʻz davlati qonunchiligini qoʻllaydilar.
3. Nikohni haqiqiy emas deb eʼtirof etish haqidagi ishlar boʻyicha 26-moddaga muvofiq nikohni tuzish vaqtida qoʻllanilgan Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi. Bunda sudlarning vakolatliligi mazkur moddaning 1 va 2-bandlari asoslariga muvofiq belgilanadi.
29-modda
Otalikning belgilanishi va bekor qilinishi
Otalikning belgilanishi va bekor qilinishi
Otalikni belgilash va uni bekor qilish haqidagi hamda bolaning ushbu nikohdan tugʻilganligini belgilash haqidagi ishlar bola tugʻilganida fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
30-modda
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar
1. Ota-onalar va bolalar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar hududida ular birgalikda yashash joyiga ega boʻlgan Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Agar ota-onalar va bolalardan birontasining yashash joyi boshqa Tomon hududida joylashgan boʻlsa ular oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
31-modda
Ota-onalar va nikohsiz tugʻilgan bolalar oʻrtasida huquqiy munosabatlar
Ota-onalar va nikohsiz tugʻilgan bolalar oʻrtasida huquqiy munosabatlar
Nikohsiz tugʻilgan bola va uning onasi hamda otasi oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bola fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
32-modda
Sudlarning vakolatlari
Sudlarning vakolatlari
29 — 31 moddalarda koʻrsatilgan huquqiy munosabatlar boʻyicha qarorlar chiqarish uchun bu hollarda qonunlari qoʻllanilishi zarur boʻlgan Tomonning sudlari vakolatlidirlar.
Agar daʼvo qiluvchi va javobgar bir Tomon hududida yashashsa shu Tomon sudlari ham 29 — 31-moddalarning qoidalariga rioya etgan holda vakolatlidirlar.
33-modda
Farzandlikka olish
Farzandlikka olish
1. Farzandlikka olishda farzandlikka oluvchi fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
Agar farzandlikka oluvchi bir Ahdlashuvchi Tomonning fuqarosi hisoblanib, boshqa Tomon hududida yashash joyiga ega boʻlsa shu Tomon qonunchiligi ham qoʻllanilishi mumkin.
2. Agar bolani farzandlikka oluvchi er-xotinlardan biri bir Tomonning fuqarosi, ikkinchisi esa boshqa Tomonning fuqarosi boʻlsa farzandlikka olish har ikki Tomon hududida amalda boʻlgan qonunchilik talablariga javob berishi lozim.
3. Agar bola bir Tomonning fuqarosi hisoblanib, farzandlikka oluvchi boshqa Tomon fuqarosi boʻlsa farzandlikka olish yoki uni bekor qilishda u fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunlari boʻyicha talab etilsa bolaning roziligi, uning qonuniy vakili hamda shu Tomonning vakolatli davlat organi roziligini olish shart.
34-modda
Farzandlikka olish boʻyicha sudlarning vakolatlari
Farzandlikka olish boʻyicha sudlarning vakolatlari
1. Farzandlikka olish haqidagi qarorlarni chiqarishda farzandlikka olishda qonunchiligi qoʻllaniladigan Tomonning muassasalari vakolatlidir.
2. 33-moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan holda er-xotinlar hududida oxirgi birgalikdagi doimiy yashash joyi yoki turar joyiga ega yoki ega boʻlgan Tomonning muassasalari vakolatlidir.
35-modda
Vasiylik va homiylikka olish
Vasiylik va homiylikka olish
1. Shartnomada boshqacha koʻzda tutilmagan boʻlsa Tomonlarning fuqarolari ustidan vasiylik va homiylikka olish haqidagi ishlar boʻyicha vasiylikka olingan shaxs yoki homiylikka olingan shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning vasiylik va homiylikka olishga oid organi vakolatlidir. Bunda shu Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
2. Vasiylik yoki homiylikka oluvchi va vasiylikka olingan yoki homiylikka olingan shaxslar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar organi vasiylik va homiylikka olishni belgilagan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
36-modda
Vasiylik va homiylikka olish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar
Vasiylik va homiylikka olish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar
Agar vasiylik va homiylikka olish boʻyicha yashash joyi yoki turar joyi yoxud mulki boshqa Tomon hududida joylashgan vasiylikdagi yoki homiylikka olingan shaxs manfaatlari yoʻlida choralar koʻrish zarur boʻlsa shu Tomonning vasiylik va homiylikka olishga oid organining oʻzi zarur chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin, lekin u 35-moddaning 1-bandiga asosan vakolatli vasiylik va homiylikka olishga oid organga zudlik bilan oldindan xabar berishi lozim. Qabul qilingan choralar bu organ boshqa qaror qabul qilgunga qadar oʻz kuchida qoladi.
37-modda
Vasiylik va homiylikni berish va qabul qilish
Vasiylik va homiylikni berish va qabul qilish
1. 35-modda 1-bandiga asosan vakolatli vasiylik va homiylikka olishga oid organ agar vasiylikdagi yoki homiylikka olingan shaxsning yashash joyi yoki turar joyi yoxud mulki oʻsha davlat hududida joylashgan boʻlsa vasiylik va homiylikni boshqa Tomonning tegishli organlariga berishi mumkin. Soʻralayotgan organ vasiylik yoki homiylikni qabul qilishga rozilik bersa va bu haqda soʻrayotgan Tomonni xabardor etsagina berish haqiqiy emas.
2. Mazkur moddaning 1-bandiga binoan vasiylik yoki homiylikni qabul qilgan organ uni oʻz davlati qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. U vasiylikka olingan yoki homiylikdagi shaxsning shaxsiy maqomiga aloqador masalalar boʻyicha qaror chiqarish huquqiga ega emas, lekin bu shaxs fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunchiligi boʻyicha zarur boʻlgan nikohdan oʻtishga ruxsat berishi mumkin.
Mulkiy huquqiy munosabatlar
38-modda
Mulkchilik huquqi
Mulkchilik huquqi
1. Harakatsiz mulkka egalik huquqi hududida harakatsiz mulk joylashgan Tomonning qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
2. Davlat reyestriga kiritilishi zarur boʻlgan transport vositalariga egalik huquqi hududida transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirgan organ joylashgan Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
3. Mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqacha mulkka ashyoviy huquq bunday huquqning paydo boʻlishi yoki bekor qilinishiga asos boʻlib xizmat qiluvchi harakatlar yoki boshqa holatlar yuz bergan vaqtda hududida joylashgan Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi. Kelishuv mavzusi hisoblangan mulkka egalik huquqining paydo boʻlishi va bekor qilinishi yoki boshqa mulkka ashyoviy huquq Tomonlar bitimlarida boshqacha koʻzda tutilgan boʻlmasa hududida kelishuv imzolangan Tomonning qonunchiligi bilan belgilanadi.
39-modda
Kelishuv shakllari
Kelishuv shakllari
1. Kelishuv shakli u amalga oshirilgan joyning qonunchiligi bilan belgilanadi.
2. Harakatsiz mulkka oid va unga boʻlgan huquqlar boʻyicha kelishuvlar shakli hududida bunday mulk joylashgan Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
40-modda
Zararni qoplash
Zararni qoplash
1. Shartnomalar va boshqa huquqiy meʼyordagi harakatlardan kelib chiqqanlardan tashqari, zararni qoplash haqidagi majburiyatlar hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Tomonning qonunchiligiga binoan belgilanadi.
2. Agar zarar keltiruvchi va zarar koʻrgan bir Tomonning fuqarosi hisoblansa, sudga ariza bergan Tomon qonunchiligi qoʻllaniladi.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida eslatilgan ishlar boʻyicha hududida zararni qoplash haqidagi talabga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holatlar yuz bergan Tomon sudi vakolatlidir. Zarar koʻrgan, shuningdek hududida javobgar yashash joyiga ega boʻlgan Tomon sudiga ham daʼvo arizasi berishi mumkin.
Meros qoldirish
41-modda
Huquqlarda tenglashtirish tamoyillari
Huquqlarda tenglashtirish tamoyillari
Bir Tomon fuqarolari huquqlarda uning hududida yashaydigan boshqa Tomon fuqarolarining boshqa Tomon hududida joylashgan, u yerda amalga oshirilishi zarur boʻlgan mulkka yoki huquqqa vasiyatnomani tuzish yoki bekor qilish qobiliyati munosabatidagi, shuningdek mulk yoki huquqni meros boʻyicha sotib olish munosabatidagi huquqlariga tenglashtiriladi. Mulk yoki huquqlar ularga uning hududida yashaydigan Tomonning oʻz fuqarolari uchun belgilanganidek sharoitlarda oʻtkaziladi.
42-modda
Meros olish huquqi
Meros olish huquqi
1. Harakatdagi mulkni meros qilib olish huquqi meros qoldiruvchi hududida oxirgi doimiy turar joyga ega boʻlgan Tomonning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
2. Harakatsiz mulkni meros qilib olish huquqi mulk hududida joylashgan Tomonning qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
43-modda
Egasiz qolgan mulk
Egasiz qolgan mulk
Tomonlarning qonunchiligiga binoan merosga qoladigan mulk egasiz sifatida davlat mulkiga oʻtkazilsa (qonun boʻyicha davlat meros qilib oladigan) harakatdagi mulk meros qoldiruvchi vafot etish vaqtida fuqarosi boʻlgan davlatga, harakatsiz mulk esa u hududida joylashgan davlat mulkiga oʻtkaziladi.
44-modda
Vasiyat qilish shakli
Vasiyat qilish shakli
Vasiyat qilish shakli meros qoldiruvchi vasiyatni tuzish vaqtida fuqarosi hisoblangan Tomonning qonunlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga hududida vasiyat tuzilgan Tomonning qonunchiligiga rioya etilganligi ham yetarli. Bu qoida vasiyat qilishni rad etish munosabatida ham qoʻllaniladi.
45-modda
Meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha vakolatlilik
Meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha vakolatlilik
1. Mazkur moddaning 2-bandida koʻzda tutilgan vaziyatlarni istisno qilganda, harakatdagi mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni meros qoldiruvchi hududida oxirgi doimiy yashash joyiga ega boʻlgan Ahdlashuvchi Tomonning muassasalari olib boradilar.
2. Agar barcha harakatdagi mulklar meros qoldiruvchi oxirgi doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan Tomon hududida joylashgan boʻlsa merosxoʻrning arizasi yoki oluvchining rad etishiga binoan, bunga barcha merosxoʻrlar rozi boʻlishsa meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni shu Tomonning muassasalari olib boradilar.
3. Harakatsiz mulkni meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha koʻrib chiqishni bu mulk hududida joylashgan Tomonning muassasalari olib boradilar.
4. Mazkur modda qoidalari tegishlicha meros qilib olish haqidagi ishlar boʻyicha bahslarga ham qoʻllaniladi.
46-modda
Merosni muhofaza qilish boʻyicha choralar
Merosni muhofaza qilish boʻyicha choralar
1. Bir Tomonning organlari oʻz qonunchiligiga muvofiq uning hududida boshqa Tomon fuqarosi qoldirgan merosiy mulkni muhofaza qilish uchun zarur chora-tadbirlarni koʻradilar.
2. Mulkni muhofaza qilish boʻyicha koʻrilgan choralarga masʼul organlar boshqa Tomon fuqarosi vafot etgandan soʻng bu Tomon konsulini meros qoldiruvchining vafoti toʻgʻrisida va merosga oʻz huquqlari toʻgʻrisida ariza bergan shaxslar toʻgʻrisida, merosga huquqqa ega boʻlgan shaxslarga taalluqli ularga maʼlum boʻlgan holatlar haqida va ularning turar joylari haqida, vasiyatnomalarning mavjudligi haqida, merosning miqdori va qiymati haqida, shuningdek ularni muhofaza qilish boʻyicha qanday choralar koʻrilganligi haqida zudlik bilan xabardor etadi.
3. Diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasining talabiga binoan unga vafot etgan kishining meros qolgan harakatdagi mulki va hujjatlari beriladi.
47-modda
Diplomatik yoki konsullik vakillari tomonidan fuqarolarning manfaatlarini taqdim etish
Diplomatik yoki konsullik vakillari tomonidan fuqarolarning manfaatlarini taqdim etish
Bir Tomonning diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasi boshqa Tomon organlari oldida meros qilib olish masalalari boʻyicha shu Tomonning fuqarolari manfaatlarini alohida ishonchnomalarsiz taqdim etish huquqiga ega, agar bu fuqarolar qatnashaolmaganligi yoki uzrli sabablar bilak oʻz vaqtida oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish holatida emas va vakolatlilikni belgilamagan boʻlsalar.
48-modda
Vafot etgan fuqaroning buyumlarini berish
Vafot etgan fuqaroning buyumlarini berish
Agar bir Tomon fuqarosi u yerda doimiy yashash joyiga ega boʻlgan boshqa Tomon hududida safar vaqtida vafot etsa unda boʻlgan buyumlar har qanday rasmiyatchiliklarsiz vafot etgan kishi fuqarosi boʻlgan Tomonning diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
49-modda
Meros qolgan mulkni berish
Meros qolgan mulkni berish
1. Agar harakatlanuvchi meros qolgan mulk yoki meros qolgan harakatlanuvchi yoki harakatsiz mulkni sotishdan tushgan pul summasi meros qilib olishni koʻrib chiqish tugaganidan soʻng yashash joyi yoki turar joyi boshqa Tomon hududida joylashgan merosxoʻrlarga berilishi zarur boʻlsa merosga qolgan mulk yoki tushgan pul summasi ushbu Tomon diplomatik vakilligi yoki konsullik muassasasiga beriladi.
2. Meros olish huquqi haqidagi ishlar boʻyicha vakolatli boʻlgan muassasa merosga qolgan mulkni diplomatik vakillik yoki konsullik muassasasiga berish toʻgʻrisida farmoyish beradi.
3. Bu mulk merosxoʻrlarga berilishi mumkin agar:
1) Meros qolgan mulk joylashgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligida belgilangan muddatda meros qoldiruvchining kreditorlari bildirgan barcha talablar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
2) Meros qilib olish bilan bogʻliq barcha yigʻimlar toʻlangan yoki taʼminlangan boʻlsa;
3) Agar bu zarur boʻlsa vakolatli muassasalar merosga qoldirilgan mulkni chiqarishga ruxsatnoma bergan boʻlsa;
4. Pul summalarini oʻtkazish Tomonlar hududida harakatda boʻlgan qonunchilik va tegishli bitimlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
50-modda
Fuqarolik, oilaviy ishlar boʻyicha, shuningdek jinoiy ishlarning zararni qoplash qismi boʻyicha qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Fuqarolik, oilaviy ishlar boʻyicha, shuningdek jinoiy ishlarning zararni qoplash qismi boʻyicha qarorlarni eʼtirof etish va bajarish
Tomonlar fuqarolik va oilaviy ishlarni, shuningdek hukmlarning jinoyat orqali keltirilgan zararni qoplash qismi boʻyicha adliya muassasalarining qonuniy kuchga kirgan qarorlarini oʻzaro eʼtirof etadilar va bajaradilar.
Shuningdek Tomonlar hududida vasiylik va homiylikka olish organlari, FHDY organlari va oʻz xarakteriga binoan ijro etishni talab etmaydigan boshqa muassasalarning fuqarolik va oilaviy ishlar boʻyicha qarorlari maxsus koʻrib chiqishlarsiz tan olinadi.
51-modda
Qarorlarni ijro etishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish
Qarorlarni ijro etishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish
1. Ijro etishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish hududida ijro etish amalga. oshirilishi zarur boʻlgan Tomonning sudlari vakolatiga kiradi.
2. Ijro etishga ruxsat berish haqidagi iltimosnoma ish boʻyicha birinchi instansiyada qaror chiqargan sudga beriladi. Birinchi instansiyada ishni koʻrib chiqqan sudga berilgan iltimosnoma iltimosnoma boʻyicha qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan sudga oʻtkaziladi.
3. Iltimosnoma rekvizitlari hududida ijro etish amalga oshirilishi zarur boʻlgan Tomon qonunchiligi bilan belgilanadi.
4. Iltimosnomaga tasdiqlangan rus tiliga tarjima ilova qilinadi.
52-modda
Iltimosnomaga ilova
Iltimosnomaga ilova
Ijro etishga ruxsat berish haqidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinishi zarur:
1. Qarorning sud tasdiqlagan nusxasi, agar matnning oʻzida koʻrsatilgan boʻlmasa qarorning qonuniy kuchga kirganligi haqidagi rasmiy hujjat, shuningdek agar qaror Tomon hududida ilgari ijro etilgan boʻlsa uning ijro etilganligi haqidagi maʼlumotnoma.
2. Protsessda ishtirok etmagan Tomonga yoki uning qonuniy vakiliga oʻz vaqtida va belgilangan shaklda hech boʻlmaganda bir marta sudga chaqirilgani haqidagi xabarnoma topshirilganing bildiruvchi hujjat.
3. Mazkur moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilganlarning tasdiqlangan tarjimalari.
53-modda
Sud tomonidan qoʻshimcha axborot talab qilib olish
Sud tomonidan qoʻshimcha axborot talab qilib olish
Agar sudda ijro etish uchun ruxsatnoma berishda shubha paydo boʻlsa u qarorni ijro etish haqida iltimosnoma qoʻzgʻatgan shaxsdan tushuntirishlar soʻrashi, shuningdek iltimosnoma mohiyatidan manfaatdor boʻlgan shaxsni soʻrovdan oʻtkazishi va zarur boʻlgan holda qaror chiqargan suddan tushuntirib berishni talab qilishi mumkin.
54-modda
Qarorni ijro etish tartibi
Qarorni ijro etish tartibi
Qarorni ijro etish tartibi hududida ijro etish amalga oshirilishi zarur boʻlgan Tomon qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
55-modda
Sud qarorlarini ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar
Sud qarorlarini ijro etish bilan bogʻliq xarajatlar
Ijro etish bilan bogʻliq sud xarajatlariga nisbatan hududida qaror ijro etilishi zarur boʻlgan Tomonning qonunchiligi qoʻllaniladi.
56-modda
Sud qarorlarini eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish
Sud qarorlarini eʼtirof etishni va ijro etishni rad etish
Kuyidagi hollarda sud qarorini eʼtirof etishni yoki ijro etishga ruxsat berishni rad etish mumkin:
1. Iltimos qilgan shaxs yoki javobgar ish boʻyicha protsessda unga yoki uning vakolat berganiga sudga chaqiriq qogʻozi oʻz vaqtida va belgilanganidek topshirilmagan holda ishtirok etgan boʻlsa.
2. Agar ushbu Tomonlar oʻrtasidagi ushbu huquqiy bahs boʻyicha shu qaror eʼtirof etilishi va ijro etilishi lozim boʻlgan Tomon hududida oldin ham qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan yoki ushbu Tomon muassasasi tomonidan ushbu ish boʻyicha koʻrib chiqish qoʻzgʻatilgan boʻlsa.
3. Agar Mazkur Shartnoma qoidalariga asosan, mazkur Shartnomada koʻzda tutilmagan vaziyatlarda esa hududida qaror tan olinishi va ijro etilishi zarur boʻlgan Tomonning qonunchiligiga asosan ish uning muassasalarining istisnoli vakolatiga taalluqli boʻlsa.
4. Agar qaror chiqarilgan Ahdlashuvchi Tomonning qonunchiligiga binoan bu qaror qonuniy kuchga kirmagan va ijro etilishi shart boʻlmasa.
57-modda
Hakamlik qarorini eʼtirof etishni rad qilish
Hakamlik qarorini eʼtirof etishni rad qilish
Hakamlik qarorini eʼtirof etishni rad qilish mumkin, agar:
1. Qaror hududida ijro etilishi lozim boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon qonuni boʻyicha bunday ish hakamlik muhokamasi mavzusi boʻlishi mumkin boʻlmasa.
2. Hakamlik qarori Shartnomadagi hakamlikka oid kelishuvlar uchun hakamlik bitimlari shartlari bilan monand kelmaydigan yoki ularda koʻzda tutilmagan nizolar boʻyicha chiqarilgan boʻlsa.
3. Hakamlik sudi tarkibi Tomonlar bitimiga yoki shartnomadagi hakamlikka oid sharhlarga mos kelmasa yoki hakamlar sudi oʻrin olgan davlat qonuniga mos kelmasa.
4. Tomonlar lozim tarzda hakamlik muhokamasi borasida hakam tayinlash haqida xabardor qilinmagan boʻlsa.
58-modda
Dunyoviy bitimlar
Dunyoviy bitimlar
Mazkur Shartnomaning sud qarorlari toʻgʻrisidagi 50 — 56 moddalari qoidalari sud tomonidan tasdiqlangan dunyoviy bitimlarga ham qoʻllaniladi.
59-modda
Ashyolarni chiqarish va pul summalarini oʻtkazish
Ashyolarni chiqarish va pul summalarini oʻtkazish
Qarorlarni ijro etish borasidagi Mazkur Shartnoma qoidalari Tomonlarning ijro etish natijasida egallangan pul summalarini oʻtkazish va narsalarni olib chiqishga daxldor boʻlgan qonunchiligiga taʼsir etmaydi.
II BOʻLIM
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam
Jinoiy taʼqibni amalga oshirish
60-modda
Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish majburiyati
Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish majburiyati
1. Har bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Tomonning iltimosnomasiga binoan oʻz qonunchiligiga muvofiq boshqa Tomon hududida jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan oʻz fuqarolariga nisbatan jinoiy taʼqib qoʻzgʻatadi.
2. Jabrlanuvchi tomonidan bir Tomon qonunlariga muvofiq uning vakolatli muassasalariga jinoiy taʼqib boʻyicha berilgan ariza zarur boʻlgan muddatda boshqa Tomon hududida ham haqiqiydir.
61-modda
Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqida iltimosnoma
Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqida iltimosnoma
1. Jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqidagi iltimosnoma yozma shaklda tayyorlanishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi zarur:
1) soʻrayotgan muassasaning nomi;
2) jinoiy taʼqibni qoʻzgʻatish haqidagi iltimosnoma joʻnatilishi bilan bogʻliq boʻlgan qilmishning bayon-tasviri;
3) qilmish sodir etilgan vaqt va joyning imkon qadar aniq koʻrsatilishi;
4) soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning qilmishni jinoyat deb eʼtirof etishga asos boʻlgan qonuni matni;
5) gumon qilinayotgan shaxsning familiyasi va ismi, uning fuqaroligi, yashash yoki turar joyi haqidagi maʼlumotlar va uning shaxsiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek imkon qadar bu shaxsning tashqi koʻrinishi tasvir bayoni, uning fotosurati hamda barmoq izlari;
6) jabrlanuvchining arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha va agar mavjud boʻlsa moddiy zararni qoplash haqidagi jabrlanuvchining arizasi;
7) yetkazilgan moddiy zarar miqdori xususida mavjud boʻlgan maʼlumotlar.
Iltimosnomaga soʻrayotgan Tomon tasarrufida boʻlgan dastlabki tergov materiallari va dalillar ilova qilinadi, jinoyat quroli yoki bunday jinoyat natijasida jinoyatchiga tushgan ashyolarni berishda 74-moddaning 3-bandi qoidalarini hisobga olish zarur.
2. 60-modda 1-bandiga asosan jinoiy taʼqib qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma joʻnatilgan vaqtda shaxs bunday taʼqibni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi iltimosnomani joʻnatayotgan Tomon hududida qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, u boshqa tomon hududiga yetkazib beriladi. Boshqa Tomon hududida qamoqda saqlanayotgan shaxsni soqchilar qoʻrigʻi ostida oʻtkazish prokuror sanksiyasi bilan sudning soqchilar koʻrigi ostida oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoʻrigʻi boʻyicha amalga oshiriladi, bu mazkur Shartnoma 72-moddasi bandini qoʻllab amalga oshiriladi.
Jinoyatchilarni berish
62-modda
Jinoyatchilarni berishga sabab boʻluvchi jinoyatlar
Jinoyatchilarni berishga sabab boʻluvchi jinoyatlar
1. Tomonlar mazkur Shartnoma qoidalari bilan muvofiq holda ular hududida joylashgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yoki hukmni ijro qilish uchun iltimosnomaga koʻra bir-birlariga jinoyatchilarni ushlab berish majburiyatini oladilar.
2. Jinoyatchilarni berish har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunchiligiga muvofiq ularni sodir etganlik uchun bir yildan ortiq ozodlikdan mahrum etish jazosi yoki boshqa yanada ogʻir jazo koʻzda tutilgan jinoyatlar hisoblangan qilmishlari uchun amalga oshiriladi. Hukmni ijro etish uchun jinoyatchini berish olti oydan ortiq ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa yanada ogʻir jazo qoʻllaniladigan jinoyatlarni sodir etganligi uchun hukm qilingan holda amalga oshiriladi.
63-modda
Jinoyatchilarni berishni rad etish
Jinoyatchilarni berishni rad etish
Jinoyatchilarni berishga oʻrin boʻlmaydi, agar:
1. Berilishi soʻralayotgan shaxs soʻralayotgan Tomon fuqarosi yoki bu davlatda boshpana huquqi berilgan shaxs hisoblansa;
2. Jinoiy taʼqib har ikki Tomon qonunchiligiga binoan jabrlanuvchining xususiy shikoyati boʻyichagina qoʻzgʻatilsa;
3. Jinoiy taʼqib qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma olingan vaqtda belgilangan muddat oʻtib ketganligi sababli yoki boshqa qonuniy asosga binoan soʻralayotgan Tomon qonunchiligiga muvofiq uni qoʻzgʻatish yoki hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa;
4. Berilishi soʻralayotgan shaxsga munosabatda soʻralayotgan Tomon hududida xuddi shu jinoyat uchun hukm qilingan yoki ish boʻyicha koʻrib chiqishni bekor qilish toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qaror chiqarilgan boʻlsa;
Jinoyatchini ushlab berish haqidagi iltimosnoma bilan bogʻliq boʻlgan jinoyat soʻralayotgan Tomon hududida sodir etilgan boʻlsa jinoyatchini berishni rad etish mumkin.
Jinoyatchini berishni rad etishda soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni rad etishning asoslari haqida xabardor qiladi.
64-modda
Jinoyatchini berishni kechiktirish
Jinoyatchini berishni kechiktirish
Agar berilishi haqida iltimosnoma joʻnatilgan shaxs soʻralayotgan Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortilgan yoki boshqa jinoyat uchun jazoni oʻtayotgan boʻlsa uni berish jinoiy taʼqib, jazoni oʻtab boʻlishi yoki har qanday qonuniy asosda ozod etilgunigacha kechiktirilishi mumkin.
65-modda
Jinoyatchilarni vaqtinchaga berish
Jinoyatchilarni vaqtinchaga berish
Agar 64-moddada koʻzda tutilganidek jinoyatchini berishni kechiktirish oqibatida jinoiy taʼqib qilish muddati oʻtib ketishi yoki jinoyatni tergab-tekshirishda jiddiy qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlsa asoslangan iltimosnomaga binoan u berilishi bilan bogʻliq protsessual harakatlar tugashi bilan va chiqarib berilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay zudlik bilan qaytarilishi sharti bilan vaqtinchaga chiqarib berilishi mumkin.
66-modda
Bir necha davlatlar iltimoslariga koʻra jinoyatchini berish
Bir necha davlatlar iltimoslariga koʻra jinoyatchini berish
Bir shaxsni chiqarib berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bir necha davlatlardan olinsa ulardan qay biri ishonchga loyiq ekanligi masalasini soʻralayotgan Tomon hal qiladi.
67-modda
Berilgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish meʼyorlari
Berilgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish meʼyorlari
1. Soʻralayotgan Tomonning roziligisiz berilgan shaxs berish uchun asos boʻlganidan boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortilishi mumkin boʻlmaydi.
2. U shuningdek soʻralayotgan Tomonning roziligisiz uchinchi davlatga ham chiqarib berilishi mumkin boʻlmaydi.
3. Agar berilgan shaxs jinoiy taʼqib tugagach, jazoni oʻtab boʻlgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra ozod etilganidan soʻng 15 kun mobaynida soʻrayotgan Tomonning hududini tark etmasa yoki uni tark etgach oʻz xohishi bilan shu yerga qaytib kelgan boʻlsa soʻralayotgan Tomonning roziligi talab etilmaydi.
Berilgan shaxsning unga bogʻliq boʻlmagan holatlar bilan soʻrayotgan Tomon hududini tark etolmagan vaqti bu muddat hisobiga kirmaydi.
68-modda
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma
1. Jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma yozma shaklda tayyorlanishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
a) soʻrayotgan muassasaning nomi;
b) soʻrayotgan Tomonning bu qilmishni jinoyat sifatida eʼtirof etishga asos boʻluvchi qonun matni;
v) berilishi haqidagi iltimosnoma joʻnatilgan shaxsning familiyasi va ismi, uning fuqaroligi, yashash joyi yoki turar joyi haqidagi maʼlumotlar, uning shaxsiyati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar, shuningdek imkon qadar bu shaxsning tashqi koʻrinishi bayon-tasviri, uning fotosurati va barmoq izlari;
g) keltirilgan moddiy zarar miqdori haqidagi koʻrsatma.
2. Jinoiy taʼqibni amalga oshirish uchun jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga ishning haqiqiy holatlari bayon etilgan qamoqqa olish haqidagi qarorning tasdiqlangan nusxasi ilova qilinishi lozim.
Hukmni ijro etishni amalga oshirish uchun jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomaga uning qonuniy kuchga kirganligi haqidagi maʼlumotnoma qoʻshilgan holda hukmning tasdiqlangan nusxasi va shaxs asoslanilib hukm qilingan jinoyat qonuni matni ilova qilinishi lozim. Agar hukm qilingan jazoning qismini oʻtagan boʻlsa bu haqidagi maʼlumotlar maʼlum qilinadi.
69-modda
Jinoyatchini berish uchun qamoqqa olish
Jinoyatchini berish uchun qamoqqa olish
Mazkur Shartnoma qoidalariga muvofiq berishga yoʻl qoʻyilmaydigan hollarni istisno qilganda jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnomani olgan soʻralayotgan Tomon ushlab berilishi soʻralgan shaxsni qamoqqa olish yuzasidan zudlik bilan choralar koʻradi.
70-modda
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Qoʻshimcha maʼlumotlar
1. Agar berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma 68-moddada koʻzda tutilgan zarur maʼlumotnomalarni oʻz ichiga olmagan boʻlsa soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon maʼlumotlarni qoʻshimcha ravishda talab qilishi mumkin. Boshqa Tomon bu soʻrovga bir oydan oshmagan muddatda javob berishi lozim. Uzrli sabablar boʻlsa mazkur muddat 15 kunga uzaytirilishi mumkin.
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon belgilangan muddatda qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etmasa soʻralayotgan Tomon 69-moddaga asosan qamoqqa olingan shaxsni ozod qilishi mumkin.
71-modda
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish
Jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma olingunga qadar ushlab turish
1. Kechiktirib boʻlmaydigan holda soʻralayotgan Tomon shaxsni soʻrovchi Tomonning soʻroviga binoan 68-moddada koʻzda tutilgan jinoyatchini berish haqidagi iltimosnoma olingunga qadar ham ushlab turishi mumkin. Iltimosnomada ushbu shaxsga nisbatan ushlash haqidagi qaror yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga tayanilishi va jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma zudlik bilan joʻnatilishi haqidagi koʻrsatma boʻlishi lozim. Iltimosnoma yozma ravishda pochta, telegraf yoki boshqa har qanday usul bilan berilishi mumkin.
2. Shaxs boshqa Tomon hududida uni berishga sabab boʻladigan jinoyatni sodir etgan deb hisoblashga yetarli asoslar boʻlsa mazkur moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan iltimosnomasiz ham ushlanishi mumkin.
3. 1 va 2-bandlarga asosan ushlab turilganligi haqida yoki mazkur modda 1-bandida koʻrsatilgan iltimosnoma qondirilmaganligi sabablari toʻgʻrisida boshqa Tomon zudlik bilan xabardor etilishi shart.
4. Mazkur Moddaning 1 va 2-bandlariga asosan ushlab turilgan shaxs hududida ushlangan Tomonning qonunchiligida belgilangan muddat tugagach ozod etilishi lozim.
72-modda
Jinoyatchini berishni amalga oshirish
Jinoyatchini berishni amalga oshirish
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni jinoyatchini berish borasidagi qarori haqida uni berishning joyi va vaqtini maʼlum qilgan holda xabardor etadi.
2. Agar soʻrayotgan Tomon berishga daxldor boʻlgan shaxsni uni berish belgilangan sanadan soʻng 15 kun davomida qabul qilmasa bu shaxs qamoqdan ozod etilishi lozim. Soʻrayotgan Tomonning iltimosi boʻyicha bu muddat 15 kundan ortiq boʻlmagan vaqtga uzaytirilishi mumkin.
73-modda
Jinoyatchini takroriy berish
Jinoyatchini takroriy berish
Agar berilgan shaxs jinoiy taʼqibdan yoki jazoni oʻtashdan boʻyin tovlasa va soʻralayotgan Tomon hududiga qaytib oʻtsa u soʻrayotgan Tomon iltimosi bilan yana berilishi mumkin. Bu holda iltimosga 68-moddada koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilish talab etilmaydi.
74-modda
Ashyolarni berish
Ashyolarni berish
1. Jinoyatchini berish haqida soʻralgan Tomon 62-moddaga asosan berishga sabab boʻluvchi jinoyat quroli hisoblangan ashyolarni, shuningdek jinoyat izlari mavjud boʻlgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarni soʻragan Tomonga beradi.
Uning oʻlimi oqibatida yoki boshqa sabablar bilan shaxsni berish mumkin boʻlmagan holda ham bu ashyolar iltimosga binoan beradi.
2. Soʻralayotgan Tomon agar ular unga jinoiy ish boʻyicha koʻrib chiqish uchun zarur boʻlsa mazkur moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan ashyolarni berishni vaqtincha toʻxtatib turishi mumkin.
3. Soʻrayotgan Tomonga berilgan ashyolarga uchinchi shaxslar huquqi oʻz kuchida qoladi. Ish boʻyicha koʻrib chiqish yakunlangandan soʻng bu ashyolar uni bergan Tomonga qaytarilishi lozim.
75-modda
Tranzit tashish
Tranzit tashish
1. Tomonlarning har biri boshqa Tomonning talabiga binoan boshqa Tomonga uchinchi davlat tomonidan berilgan shaxslarni oʻz hududidan olib oʻtishga ruxsat beradi. Tomonlar mazkur Shartnoma qoidalari boʻyicha berishga yoʻl qoʻyilmaydigan shaxslarni olib oʻtishga ruxsat berish majburiyatini olmaydi.
2. Olib oʻtishga ruxsat berish haqidagi iltimosnoma jinoyatchini berish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kabi tartibda rasmiylashtiriladi va joʻnatiladi.
3. Tomonlarning vakolatli muassasalari har bir alohida holatda tranzitning usuli, yoʻnalishi va boshqa shartlari boʻyicha kelishib oladilar.
4. Tranzit davlati tranzit olib oʻtish davrida qoʻriqchilik ostida olib oʻtilayotgan shaxsni saqlashning huquqiy imkoniyatini taʼminlaydi va olib oʻtilayotgan shaxsga hamrohlik qilayotgan boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillariga zarur yordamni beradi.
5. Havo kemasining rejalashtirilmagan qoʻnishi chogʻida parvoz hududi ustida amalga oshirilayotgan Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomon vakillari soʻroviga binoan mazkur modda 1-bandida koʻzda tutilgan tranzitda olib oʻtish haqidagi iltimosnomani olguncha qadar 72 soat mobaynida bu shaxsni qamoqda saqlab turishi mumkin. Bunday iltimosnoma matni texnik uzatish vositalari, shuningdek telegraf, teleks, elektron pochta yordamida uzatilishi mumkin.
6. Tranzit tashish bilan bogʻliq xarajatlarni soʻrayotgan Tomon toʻlaydi.
76-modda
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatishda Tomonlar vakillarining ishtirok etishi
Bir Tomonning vakillari boshqa Tomonning roziligi bilan boshqa Tomonning jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam koʻrsatish haqidagi iltimosnomasi bajarilishida ishtirok etishlari mumkin.
77-modda
Sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotlar
Sudlanganlik toʻgʻrisida maʼlumotlar
Tomonlar bir-birlarining iltimoslariga binoan agar bu shaxslar soʻrayotgan Tomon hududida jinoiy javobgarlikka tortiladigan boʻlsa oʻz sudlari tomonidan hukm qilinganlarning sudlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
78-modda
Jinoiy taʼqib natijalari xususidagi maʼlumotlar
Jinoiy taʼqib natijalari xususidagi maʼlumotlar
Tomonlar bir-biriga unga nisbatan jinoiy taʼqib qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma joʻnatilgan, shuningdek berilgan shaxslarni jinoiy taʼqib etish natijalari haqidagi maʼlumotlarni beradi. Soʻrovga binoan qonuniy kuchga kiritilgan hukmning yoki boshqa oxirgi qarorning nusxasi joʻnatiladi.
79-modda
Hukmlar haqidagi maʼlumotlar
Hukmlar haqidagi maʼlumotlar
Tomonlar har yili bir-birlariga boshqa Tomon fuqarolariga nisbatan bir Tomon sudlari tomonidan chiqarilgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar haqidagi maʼlumotlarni beradi.
UChINChI BOʻLIM
Yakuniy qoidalar
Yakuniy qoidalar
80-modda
Shartnomani kuchga kirishi
Shartnomani kuchga kirishi
Mazkur Shartnoma ratifikatsiya qilinishi shart, ratifikatsiya yorliqlari almashuvidan soʻng 30 kun oʻtgach kuchga kiradi.
Tomonlar mazkur Shartnomani imzolangan vaqtdan boshlab vaqtincha qoʻllash majburiyatini oladi.
81-modda
Shartnomaning amal qilish muddati
Shartnomaning amal qilish muddati
1. Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab besh yil mobaynida amalda boʻladi.
2. Shartnoma Tomonlardan biri mazkur Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy ilgari uni bu haqida boshqa Tomonni notalar bilan xabardor etib bekor qilmasa navbatdagi besh yillik davrlarda oʻz kuchida qoladi.
1996-yil 28-mayda Tbilisi shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, gruzin va rus tillarida tuzildi. Barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
(imzolar)