27.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2594-1
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonunining 51-moddasiga, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga va 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risidagi nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
uchinchi xatboshi “shaxslarning” degan so‘zdan keyin “yagona” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “statist” degan so‘z “statistik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. 2-bandning uchinchi xatboshi “shaxslarning” degan so‘zdan keyin “yagona” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
3. 9-banddagi “shaxslar” degan so‘z “shaxslarning yagona” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 14 va 15-bandlardagi “statist” degan so‘z “statistik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
6. 20-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7. 21-banddagi “bepul” degan so‘z “belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8. 22-banddagi “KTYaDRdan yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni olishlari” degan so‘zlar “mazkur yo‘riqnomaning 20-bandida ko‘rsatilgan axborotlarni bepul olishlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. 1 va 2-ilova “M.O‘. (imzo)” degan so‘zlardan keyin “yoki elektron raqamli imzo” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.