1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2014-yil 14-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida”gi 844-II-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-425-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson va fuqaro huquqiy maqomining, iqtisodiy va siyosiy tuzumning, ijtimoiy munosabatlar hamda jamiyat maʼnaviy hayotining asoslarini belgilab berdi. Konstitutsiyaga muvofiq inson, uning huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadi. Shuning uchun ham barchaning inson huquqlarini hurmat qilishi va unga rioya etishining taʼminlanishi mamlakatni yanada isloh etish va modernizatsiya qilishning ustuvor strategik yoʻnalishlaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 12-noyabrda “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli Dasturiy hujjatning qabul qilinishi bilan mamlakatimizni jamiyat hayotining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish yoʻlidan rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda taʼkidlab oʻtganidek, “Mazkur Konsepsiya, mohiyat eʼtiboriga koʻra, uzoq muddatga moʻljallangan Dastur boʻlib, u bugungi globallashuv zamonida, dunyo shiddat bilan oʻzgarib borayotgan bir sharoitda oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud hokimiyatining mustaqilligini, soʻz va axborot erkinligini, saylov erkinligini taʼminlash, saylov tizimini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining dolzarb vazifalarini amalga oshirish va hayotga tatbiq etish borasidagi uch yil mobaynida hokimiyatlar boʻlinishining konstitutsiyaviy prinsipini amalga oshirish, hokimiyatlar oʻrtasida oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini yaratish, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi hamda vakillik hokimiyatining roli, vakolatlari va nazorat qiluvchi vazifalarini kuchaytirish, saylov qonunchiligi hamda bozor iqtisodiyotining qonunchilik bazasini takomillashtirish boʻyicha keng miqyosdagi ishlar qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Konsepsiyaga muvofiq sud-huquq tizimini yanada isloh etish, jamiyatni demokratlashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishning eng muhim tarkibiy qismi sifatida sudlar mustaqilligini mustahkamlash borasida keng miqyosdagi izchil ishlar olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishini yuritishda sud nazoratini mustahkamlash uchun “xabeas korpus” institutidan foydalanishni kengaytirish, himoya va ayblovning raqobatlashuvini taʼminlash tizimi hamda tartibotlarini takomillashtirishga doir qonunlar amalga oshirib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qonunlarda tezkor qidiruv tadbirlarini oʻtkazishning aniq asoslari belgilandi, qonuniylikka rioya etishning, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning, maʼmuriy zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslikning aniq huquqiy kafolatlari yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sud tizimi xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni tubdan yaxshilash, shuningdek tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonlarining qabul qilinishi sud hokimiyatining obroʻ-eʼtiborini mustahkamlashda, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyishning zamonaviy demokratik talablarga javob beruvchi samarali tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda mamlakatimizda birinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishiga muvofiq “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazildi. Samarqand va Buxoro viloyatlarida huquqiy eksperimentning oʻtkazilishi ushbu qonun loyihasini takomillashtirish hamda qonun ijodkorligi amaliyotiga yangi istiqbolli usulni keng joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasining oʻzi esa davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligini, bu organlarga ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining keng kirib borishini taʼminlashga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident I. Karimov tashabbusiga binoan 2013-yil — “Obod turmush yili” deb eʼlon qilindi, mamlakatimiz fuqarolarining munosib turmush sharoitlarini mustahkamlash va rivojlantirish, ularning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tegishli Davlat dasturi qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlarini himoya qilishning taʼsirchan tartibotlarini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish, fuqarolarning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishda bu institutlarning roli va ahamiyatini kuchaytirish borasida izchil va tizimli chora-tadbirlar koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Inson huquqlari boʻyicha vakilning 2013-yildagi faoliyatini tahlil qilish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda ayrim muammoli jihatlar mavjudligini tasdiqladi. Chunonchi, hisobot yilida insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka boʻlgan huquqlarini koʻplab buzish hollari hamon Inson huquqlari boʻyicha vakilning diqqat-eʼtiborida boʻldi. Mazkur muammo nafaqat qonun hujjatlarini va uni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishni, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash va tarbiyalashning yanada samarali tizimini joriy etishni ham nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini qabul qilishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud orqali himoya qilish inson huquqlarini himoya qilishning samarali tartibotlaridan biridir. Hisobot yilida maqsadi odil sudlovni amalga oshirishni yaxshilashdan, sud mustaqilligini mustahkamlashdan iborat boʻlgan keng miqyosdagi tadbirlar davom ettirildi. Shu bilan birga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning qarorlaridan norozilik, sansalorlik va sud qarorlarining ijro etilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaatlar soni koʻpayayotganligi odil sudlov uchun eng muhim boʻlgan muammo — jamiyatning sud hokimiyatiga boʻlgan ishonchi hamon hal etilmay qolayotganligidan dalolat beradi. Bu muammoni faqat tashkiliy-maʼmuriy tadbirlar bilan hal etib boʻlmaydi, balki inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning kafolati sifatida sudning obroʻ-eʼtiborini mustahkamlash maqsadida sud hokimiyatini isloh etish borasida bundan buyon ham chora-tadbirlar koʻrilishi lozimdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim davlat hokimiyati organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining fuqarolar huquqlariga rioya etmayotganligi yoki ular huquqlarini kamsitayotganligi borasida inson huquqlari boʻyicha vakil manziliga fuqarolardan kelayotgan murojaatlarni oʻrganish jiddiy eʼtiborni talab etadigan bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik muammolarni ham aniqlash imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning uy-joy huquqlariga, ijtimoiy himoya qilishga boʻlgan huquqlariga rioya etilishi muammolarini shular qatoriga qoʻshish mumkin. Aksariyat hollarda uy-joy toʻgʻrisidagi va kommunal xizmat koʻrsatishga oid qonun hujjatlarining amalga oshirilishini taʼminlash masalalari oʻz vakolat doirasiga kiruvchi ayrim davlat organlarining rahbarlari oʻzlari yetarli darajada malakaga ega boʻlmaganligi yoki qonun normalarini inkor etishi sababli mazkur qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻyishmoqda. Inson huquqlari boʻyicha vakil hisobotida ushbu toifalarning har biri boʻyicha ayrim fuqarolarning huquqlari buzilayotganligiga doir aniq misollar va ularni tiklash borasida olib borilgan ish natijalari keltirib oʻtilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar hamda bolalar huquqlariga rioya etilishi va ular huquqlarining himoya qilinishi taʼminlanishi bilan bogʻliq muammo Inson huquqlari boʻyicha vakil faoliyatida dolzarb mavzu boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan muammolar bilan bir qatorda aholining huquqiy xabardorligi va uning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asoslari aholining yuksak darajadagi huquqiy madaniyatini shakllantirishga, qonun, huquq-tartibot va sudga, ijtimoiy xulq-atvorning ustuvor modeli sifatida yaxshilik va halollikka nisbatan soʻzsiz hurmat bilan munosabatda boʻlish anʼanalariga, shuningdek jamiyatdagi huquqiy nigilizmni bartaraf etishga qaratilgandir. Aynan shuning uchun ham aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bugungi kunda oʻta muhim vazifa boʻlib, u jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquqlariga sadoqat kabi tub qadriyatlar qaror topishiga, insonning demokratik huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil institutining faoliyati demokratik huquqiy davlatni rivojlantirish tamoyillaridan biri hisoblanadi. Davlatning huquqni himoya qiluvchi bu instituti fuqarolarni, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi qoʻshimcha institut boʻlib, Inson huquqlari boʻyicha vakil hisoboti fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarining aniqlangan buzilish hollariga munosabat bildirishning yakuniy shakli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz parlamentiga hisobot taqdim etar ekan, Inson huquqlari boʻyicha vakil oʻz faoliyati jarayonida duch keladigan axborotlarning oʻziga xos xususiyatini barcha manfaatdor shaxslar tushunishidan umid qiladi. Davlat organlarining mansabdor shaxslari murojaatlarda taqdim etilgan axborotni – sifatli va taʼsirchan qarorlar qabul qilish hamda jamiyat ehtiyojlariga oʻz vaqtida munosabat bildirish uchun zarur boʻlgan eng muhim axborot manbai, aholi bilan muloqot qilishning, shaxs manfaatlarini qanoatlantirishning samarali vositasi sifatida qabul qilishlari Inson huquqlari boʻyicha vakil uchun, shak-shubhasiz, muhimdir. Fuqarolar murojaatlari orqali jamiyatning fikri va kayfiyati, davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirayotganda kechadigan ijobiy va salbiy tamoyillar aniqlanadi. Shuning uchun ham umuman davlatning barqaror rivojlanishi inson huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishning maʼmuriy-huquqiy tartibotlari toʻgʻri faoliyat koʻrsatishiga, hokimiyatning fuqarolar murojaatlariga aniq va samarali munosabat bildirishiga bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida taʼkidlanganidek, “...Buning tasdigʻini mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish jarayoni hech qachon ortga qaytmaydigan, qatʼiy va izchil tus olgani, odamlarimiz oʻzgarib, ularning siyosiy va fuqarolik faolligi oshayotgani, ongu tafakkuri yuksalib yon-atrofda boʻlayotgan barcha voqea-hodisalarga daxldorlik tuygʻusi, ertangi kunga ishonchi ortib borayotgani misolida koʻrish, anglash qiyin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yurtdoshlarimizning, butun jamiyatimizning hayotidagi ana shunday oʻzgarish va yangilanishlar, oʻz mohiyat eʼtiboriga koʻra, bugungi kunda mamlakatimizning taraqqiyot va farovonlik yoʻlidan dadil rivojlanib borishini taʼminlayotgan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan 2010-yil noyabrda ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” nomli dasturiy hujjatda bayon etilgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi – respublikamizni demokratik yangilash hamda modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning qonuniy va mantiqiy davomi boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga qaratilgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlari doirasida milliy qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatida huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini rivojlantirishning asosiy qismi fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek bu huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini taʼminlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini isloh etishda Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ilgari surilgan qonunchilik tashabbuslarini amalga oshirish asosiy yoʻnalish boʻldi. Hisobot davrida mamlakatimizda bu Dasturiy hujjatning taqdirilomon qoidalarini qonun chiqarish yoʻli bilan mustahkamlash borasida keng koʻlamdagi sermashaqqat ishlar amalga oshirilgan boʻlib, bu qoidalardan koʻpi qabul qilingan va kuchga kirgan huquqiy hujjatlarda oʻz aksini topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qonun hujjatlari oʻz mohiyatiga koʻra, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha jabhalarida insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda amalga oshirishning samarali huquqiy tartibotini taʼminlashga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini hayotga tatbiq etish doirasida amalga oshirilayotgan qonunchilik jarayonining takomillashtirilishi barobarida qabul qilingan qonun hujjatlarini amalga oshirish va qoʻllash jarayoni ham alohida eʼtibor talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasidagi qonunlarning amaliy samaradorligini va qonun hujjatlarining xalqaro andozalarga muvofiqligini baholash, huquqni qoʻllash amaliyotidagi muammolarni aniqlash — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga parlament tartib-taomillaridan foydalanish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida eʼlon qilingan huquqlar va erkinliklarni taʼminlovchi qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir faoliyatning samaradorligi qonunlar va qonun loyihalarini har tomonlama huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga bogʻliqdir, shu tufayli ham huquqni himoya qilish ekspertizasi oʻta muhim hisoblanadi, chunki u normativ-huquqiy hujjatning eng asosiy mezonini — uning inson huquqlarini himoya qilishga qaratilganligini hisobga olish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari, shuningdek Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan oʻtkazilayotgan monitoring tadqiqotlari natijalari barcha darajadagi qonun hujjatlarining sifatini tahlil qilish imkonini beruvchi muhim axborot manbai hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasida nazarda tutilgan qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida Parlament ombudsmani:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlarida mavjud boʻlgan, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan huquqlari buzilishiga sabab boʻlayotgan kamchiliklar va qarama-qarshiliklarni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi hollarini va bunday buzilish sabablarini tadqiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari taʼminlanishiga qaratilgan qonun loyihalarining ishlab chiqilishi va takomillashtirilishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlar orqali inson huquqlari sohasidagi amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning hisobotlarida takomillashmagan qonun hujjatlari haqida axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlariga doir xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, xalqaro huquq normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi rioya etishni oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarga muvofiqligini huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarish hamda milliy qonun hujjatlarini inson huquqlari sohasidagi xalqaro andozalarga muvofiqlashtirish boʻyicha milliy harakat dasturlarini tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman ushbu vakolatlarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, parlament palatalarining qoʻmitalari, quyi palatadagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar birlashmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Inson huquqlari boʻyicha vakilning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi bilan oʻzaro amaliy hamkorligining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat boʻldi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida, parlament eshituvlarida, uning Kengashi va qoʻmitalari yigʻilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va parlament qoʻmitalari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihalarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringlarining yakunlariga doir axborotlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan anjumanlar, seminarlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil hamda uning Kotibiyati xodimlarining Qonunchilik palatasi majlislarida, parlament eshituvlarida, inson huquqlari va erkinliklariga taalluqli qonun loyihalarini muhokama qilish chogʻida qoʻmitalar, ishchi guruhlar ishida ishtirok etish — 2013-yilda Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda ishtirok etishining faol shakllaridan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarini taʼminlashga taalluqli qonun loyihalarini qoʻrib chiqishda Qonunchilik palatasining 29 ta majlisida qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, Parlament ombudsmani vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari yigʻilishlarida ishtirok etish uchun taklif qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 20-martda qabul qilingan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi sinovi boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkazish haqida”gi F–3987-sonli Farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan Ishchi komissiya tarkibida uning yigʻilishlarida ishtirok etish Inson huquqlari boʻyicha vakilning parlament quyi palatasi bilan oʻzaro hamkorligidagi boshqa bir yoʻnalish boʻldi. Mazkur Farmoyishga binoan fuqarolarning axborotga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy tartibotlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati hamda ular tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar haqida jamoatchilikni xabardor etish tartib-taomillarini nazarda tutuvchi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi normalari sinovi boʻyicha Huquqiy eksperimentni oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman Kotibiyati xodimlarining qonun loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi Inson huquqlari boʻyicha vakilga qonun loyihalarini ishlab chiqish va takomillashtirishga doir oʻz qonunchilik tashabbuslarini bevosita amalga oshirish imkonini berdi. Chunonchi, Ombudsmanning vakillari “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari boʻyicha ishchi guruhlar tarkibida ishtirok etib, bu qonun loyihalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator takliflar bildirdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari masalalari boʻyicha qonun ijodkorligi faoliyatining qonun loyihalarini navbatdagi muhokamaga tayyorlash va ularni qabul qilish bosqichlarida ishtirok etish — Ombudsmanning davlat hokimiyati qonun chiqaruvchi oliy organi bilan oʻzaro hamkorligining eng muhim omillaridan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, vazirliklar va idoralar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etilgan 16 ta qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Silning oldini olish va uni davolashga doir qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 43-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi, “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi, “Genomni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari yuzasidan takliflar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning qonun loyihalari yuzasidan taqdim etilgan xulosalarida qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqlashtirishga, qonun hujjatlaridagi mavjud boʻshliqlarni toʻldirishga hamda qonunlar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflar bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringlari haqida axborot taqdim etish va bu monitoringlar yakunlarini muhokama qilish Inson huquqlari boʻyicha vakilning parlament Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari bilan oʻzaro hamkorligining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Chunonchi, 2013-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi oʻtkazgan kengaytirilgan yigʻilishda “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi boʻyicha oʻtkazilgan monitoring yakunlari muhokama qilindi. Yigʻilish yakunlariga koʻra Qoʻmitaning fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikni, fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish hamda fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish tartiblarini takomillashtirishga, fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijro etilishini nazorat qilishni kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalari, shuningdek axborot-tahliliy ishlar sohasidagi, fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib boradigan boshqarmalar tuzilmasini muqobillashtirish va mutaxassislar malakasini oshirish borasidagi takliflari aks etgan Qarori qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati samaradorligi koʻp jihatdan parlament palatalari, Senat aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlari bilan oʻzaro hamkorligiga bogʻliqdir. Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan ham doimiy aloqalar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlislarida, Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari va komissiyalarining yigʻilishlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan kiritilgan qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyatida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishiga oid oʻtkazilgan monitoringlar yakunlariga doir axborotlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan anjumanlar, seminarlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan oʻzaro amaliy hamkorligini taʼminlash maqsadida Parlament ombudsmani, uning joylardagi vakillari Senatning yalpi majlislarida, Senat Kengashining yigʻilishlarida doimiy asosda ishtirok etmoqdalar. Hisobot yilida Parlament ombudsmani mamlakatimiz parlamenti yuqori palatasining uchta yalpi majlisida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil 2013-yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi yigʻilishida ishtirok etdi. Bu yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Ijtimoiy rivojlanish va jamoat birlashmalari masalalari qoʻmitasi, xalq deputatlari viloyat hamda Toshkent shahar Kengashlarining yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari faoliyatini monitoring natijalari muhokama qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tashabbusiga koʻra Toshkentda milliy, etnik hamda diniy totuvlik va hamjihatlikni taʼminlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Bu tadbirda Ombudsman vakillari ham taklif etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Parlament ombudsmani mintaqaviy vakillarining parlament yuqori palatasi qoʻmitalari va komissiyalari bilan hamkorligi ham faollashdi. Chunonchi, 2013-yil mart oyida Inson huquqlari boʻyicha vakilning Fargʻona viloyatidagi vakili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyatida ijro etilishini oʻrganish natijalarini muhokama qilishga bagʻishlab Fargʻona viloyat Kengashi deputatlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sogʻliqni saqlash organlari, xotin-qizlar qoʻmitalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari hamda jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda faol qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining Jizzax viloyatidagi vakili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining Jizzax viloyat Kengashi deputatlari ishtirokida olib borgan faoliyatida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakilning Xorazm viloyatidagi vakili ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi tomonidan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari ijrosining tashkil etilishini oʻrganish natijalarini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining atrof muhitni muhofaza qilish, mahallalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, qishloq aholi punktlari infratuzilmasini, qishloqda yakka tartibda uy-joy qurilishini rivojlantirishdagi ishtirokini muhokama qilishga bagʻishlab oʻtkazilgan sayyor yigʻilishda qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament ombudsmani va uning vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarini amalga oshirishda ishtirok etishi koʻp yillardan buyon Senat hamda Inson huquqlari boʻyicha vakil oʻrtasida olib borilayotgan hamkorlikda ustuvor ahamiyatga ega boʻlib kelmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining amnistiya aktini qoʻllash tartib-taomillari oshkoraligi va shaffofligini taʼminlash, amnistiyani qoʻllashda huquqbuzarliklarni bartaraf etish maqsadida 2012-yil 5-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarorini qoʻllash tartibi haqidagi” SQ-341-II-sonli Qaroriga muvofiq mazkur hujjatni qoʻllash tartib-taomillari chogʻida keng jamoatchilik nazoratini amalga oshirish zarurligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorda senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakilining mintaqaviy vakillari amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning qoʻllanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda, shuningdek hujjatni ijro etish tartib-taomillarining shaffofligi taʼminlanishida faol ishtirok etishlari nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil inson huquqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda oʻz vakolat doirasiga qatʼiy amal qilgan holda ishtirok etdi. Afsuski, ana shu vakolat doirasining oʻzi nihoyatda tor boʻlib, u qonunchilik tashabbusi huquqini bermaydi. Buning ustiga, Inson huquqlari boʻyicha vakilning Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalarida qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish tartib-taomillarida ishtirok etishi parlament palatalarining Reglamentlarida tartibga solinmagan. Ushbu Reglamentlarda Inson huquqlari boʻyicha vakilga qonun loyihalari yuzasidan rasman xulosalar kiritishga doir qoidalar yoʻqligi Ombudsmanga qonun hujjatlarini takomillashtirishda samarali ishtirok etish imkonini bermaydi. Ombudsman qonun hujjatlarini takomillashtirish haqidagi oʻz takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sanab oʻtilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlarining koʻrib chiqishi uchun yuborishga haqlidir. Bu subyektlar esa, oʻz navbatida, Inson huquqlari boʻyicha vakilning takliflarini qabul qilishi yoki rad etishi mumkin. Bunday noqulay tartib Inson huquqlari boʻyicha vakilning oʻz hamkorlari bilan yozishmalari hajmini sezilarli darajada oshirib yuboradi va qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligiga koʻmaklashmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMT shartnomaviy qoʻmitalarining tavsiyalarini bajarish boʻyicha milliy harakat rejalarini tayyorlash va amalga oshirish hamda milliy qonun hujjatlarini inson huquqlariga doir xalqaro andozalarga muvofiqlashtirishda ishtirok etish 2013-yilda Parlament ombudsman faoliyatining eng dolzarb masalalaridan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida Parlament ombudsmanining inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy maʼruzalarini tayyorlashda ishtirok etishi nazarda tutilgan. Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil Fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktni bajarish boʻyicha Toʻrtinchi davriy maʼruzani tayyorlash uchun axborot taqdim etdi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazining soʻrovlariga muvofiq Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktni bajarish boʻyicha Oʻzbekistonning Ikkinchi davriy maʼruzasi koʻrib chiqilishi munosabati bilan Ombudsman tomonidan qoʻshimcha va yangilangan axborotlarga taalluqli savolnoma materillari taqdim etildi. Bundan tashqari, Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan BMTning Qiynoqlarga solishga qarshi qoʻmitasining savolnomasiga javoblar ham BMTning Qiynoqlarga solishga hamda muomalada boʻlish va jazolashning boshqa shavqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvensiyasining bajarilishi boʻyicha Oʻzbekistonning Toʻrtinchi davriy maʼruzasi uchun tayyorlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining Universal davriy sharh boʻyicha Ishchi guruhining Universal davriy sharh doirasida Oʻzbekistonning Ikkinchi milliy maʼruzasini koʻrib chiqishda 2013-yil 16-sentabrdan 20-sentabrgacha boʻlgan davrda oʻtkazilgan 24-sessiyasi ishida Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtiroki yakunlariga koʻra Ombudsman koʻrib chiqishi uchun mazkur Inson huquqlari boʻyicha kengashning va xalqaro shartnomaviy organlarning inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekistonning milliy maʼruzalarini koʻrib chiqish yakunlariga doir tavsiyalarini bajarish boʻyicha Milliy harakat rejasi loyihasi taqdim etildi. Milliy harakat rejasi loyihasida Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarga qoʻshilishi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, inson huquqlarining qonunchilik asoslarini takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslarini mustahkamlash, inson huquqlarining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha dasturlarni bajarish, inson huquqlariga doir xalqaro tartibotlar va shartnomaviy organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, inson huquqlarining alohida toifalarini roʻyobga chiqarish tadbirlarini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etilgan qonun loyihalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan takliflarni oʻrganish borasidagi ishlar 2013-yilda qonunchilikni takomillashtirishga doir faoliyatning yoʻnalishlaridan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini yanada takomillashtirish, shu jumladan ushbu masalaga bagʻishlangan seminarlar turkumini tashkil etish va oʻtkazish orqali takomillashtirish borasidagi ishlarda faol qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini takomillashtirishga koʻmaklashish jarayonida Inson huquqlari boʻyicha vakil “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini takomilashtirish borasidagi ishlarda ham faol qatnashdi. Bu borada Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan hamkorlikda saʼy-harakatlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2008-yil 5-noyabrda qabul qilingan “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 240-sonli qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi Ombudsman tomonidan oʻrganildi. Hukumatning Respublika markazi faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan ushbu qaror loyihasi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyulda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-911-sonli Qaroriga, Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika Idoralararo komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2013-2014-yillarda odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish boʻyicha tadbirlar rejasiga muvofiq tayyorlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlarini amalga oshirish va uni himoya qilishni taʼminlashning samarali tartibotlarini yanada takomillashtirish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha vakil sud organlari bilan oʻzaro yaqin hamkorlik oʻrnatgan. 2013-yilda Ombudsmanning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorligi Oliy sud Plenumining qarorlari loyihalarini qoʻrib chiqishda Plenum majlislarida ishtirok etish yoʻli bilan davom ettirildi. Bu majlislarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlari loyihalari koʻrib chiqildi: “Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida”, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”, “Sudlarning farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlarga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”, “Sudlarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan bosh tortganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashi haqida”, “Bojxonaga oid qonun hujjatlarini buzganlik va kontrabanda toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”, “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar tomonidan qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida Inson huquqlari boʻyicha vakil fuqarolarning murojaatlari va shikoyatlarini, inson huquqlarining turli toifalariga rioya etilishi boʻyicha monitoring tadqiqotlarini tahlil qilish asosida bevosita fuqarolar, nohukumat tashkilotlari bilan ish olib borib, keng jamoatchilikning manfaatlarini ifodalab, fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida eʼlon qilingan huquqlari va erkinliklarini taʼminlovchi qonun hujjatlarini nafaqat takomillashtirish, balki qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti oqibatlarini prognoz qilishga ham koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini monitoring qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hayotida demokratik asoslarni izchil rivojlantirish va chuqurlashtirish fuqarolarning davlat hamda jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish bilan uzviy bogʻliqdir. Bu borada fuqarolarning murojaatlar berishga boʻlgan huquqi muhim rol oʻynaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun shikoyat bilan murojaat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida belgilab qoʻyilgan konstitutsiyaviy huquq boʻlib, unda bunday deyilgan: “Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shart”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi shaxsning konstitutsiyaviy-huquqiy maqomini mustahkamlab qoʻyar ekan, fuqaroni ommaviy hokimiyat bilan oʻzaro munosabatlarda davlat faoliyatining obyekti sifatida emas, balki oʻz huquqlarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qila oladigan va har qanday organlar timsolida davlat bilan bahslasha oladigan teng huquqli, ajralmas shaxsiy qadr-qimmatga ega boʻlgan subyekt sifatida qatnasha olishidan kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan, fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni murojaatlar bilan ish olib borishning aniq tizimini va bir xildagi tartibotini yoʻlga qoʻyish imkonini berdi, bu bilan har bir mansabdor shaxsning kelib tushadigan arizalar, takliflar va shikoyatlarning muddatlari hamda sifati uchun masʼuliyatini oshirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlariga murojaatlar berishning ahamiyati shundaki, bunday murojaatlar vositasida fuqarolar oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar, bu organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar, hokimiyat organlarini hozirgi vaqtda mavjud boʻlgan muammolar haqida, shu jumladan amaldagi qonun hujjatlarining takomillashmaganligi toʻgʻrisida xabardor qiladilar, shuningdek qonunchilik tashabbusi bilan chiqish orqali uni takomillashtirish yoʻllarini taklif etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish har qanday darajadagi organlar hamda mansabdor shaxslarning eng muhim majburiyatlari boʻlib, bu vazifa davlat tuzilmalari ishida mavjud boʻlgan kamchiliklar va boʻshliqlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish, soʻzda emas, balki amalda odamlar hayotini yaxshilashga koʻmaklashish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaatlariga fuqarolik jamiyatining shaxs va davlat oʻrtasidagi oʻziga xos muloqotini aks ettiruvchi eng muhim instituti sifatida qarash kerak, zero ushbu institutda murojaat qilish huquqi yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan qonun buzilishi hollarini bartaraf etishning asosiy va taʼsirchan usullaridan biri, huquqbuzarliklarning oldini olish vositasi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat qilish huquqini amalga oshirish tartibotida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) eng muhim vosita hisoblanadi. Fuqarolar huquqlarini suddan tashqari himoya qilish organi boʻlgan Ombudsman fuqarolarning oʻz huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning boshqa huquqiy vositalaridan foydalanib boʻlganidan keyin yoʻllagan shikoyatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishga daʼvat etilgandir, u davlat organi va fuqaro oʻrtasidagi ixtilofni hal etish yoʻllari haqida oʻz tavsiyalarini kiritish orqali insonning buzilgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va fuqarolarni shaxsan qabul qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib, bu fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishga doir konstitutsiyaviy huquqi amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning Parlament ombudsmani ofisiga kelib tushayotgan murojaatlarini tahlil qilish shundan dalolat beradiki, keyingi vaqtda fuqarolarning Inson huquqlari boʻyicha vakil manziliga murojaatlari soni, shu jumladan davlat organlari va mansabdor shaxslarning murojaatlarni sifatsiz koʻrib chiqayotganligi bilan bogʻliq murojaatlar soni koʻpayib borayotganligi kuzatilmoqda. Murojaatlar soni koʻpayishi, bir tomondan, bu — fuqarolarning ijtimoiy faolligi darajasi oshganligidan dalolat beruvchi koʻrsatkich boʻlsa, boshqa tomondan — davlat tuzilmalari va mansabdor shaxslar faoliyatida muammoli holatlar mavjudligidan, ularning murojaatlarni koʻrib chiqishga doir ishlarni tashkil etishi takomillashmaganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishda sansalorlik va tekshiruv harakatlarining toʻliq boʻlmasligi, shuningdek belgilab qoʻyilgan vakolatlariga muvofiq davlat organlari tomonidan yetarli darajada chora-tadbirlar koʻrilmasligi koʻp hollarda fuqarolarning Parlament ombudsmaniga murojaat qilishlariga asos boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachilar oʻz huquq va qonuniy manfaatlari kamsitilayotgani, fuqarolarning qonuniy talablarini hal etishda mahalliy hokimiyat organlari tomonidan toʻrachilik va rasmiyatchilik holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi haqida xabar qiladilar. Murojaatlarda mehnatga qobiliyatli aholining, xususan qishloq joylarda ish bilan bandligini taʼminlash masalalari koʻtariladi, mehnat nizolari, ish haqining uzoq vaqt mobaynida toʻlanmayotgani haqidagi shikoyatlar ham koʻplab tushmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning katta bir qismida uy-joy huquqlarining buzilayotgani, xususiylashtirish, imtiyozli huquqqa ega boʻlgan shaxslarga uy-joy berish masalalari, aholiga kommunal xizmat koʻrsatish organlari ishidan norozilik aks etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy huquqlar sohasida esa fuqarolar mulk huquqi hamda tadbirkorlik faoliyatini erkin amalga oshirish huquqi buzilayotganligi va ayrim mansabdor shaxslar tomonidan toʻsqinliklar boʻlayotganligi haqida shikoyat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman Kotibiyatiga tushayotgan fuqarolar shikoyatlarini chuqur va atroflicha tahlil qilish shundan dalolat beradiki, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga yetarli darajada rioya etilmayapti. Fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlarining buzilishi; murojaatlarni fuqaro huquqlarini buzgan organning oʻziga yuborish; fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash chora-tadbirlarini koʻrmaslik; arizachiga uning dalillari tekshirilganligi bayon etilmagan yuzaki javoblar yuborish; inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash maqsadida Qonunning murojaatlarni doimiy ravishda tahlil qilish va umumlashtirib borish toʻgʻrisidagi talablarini bajarmaslik holatlari fuqarolarning organlar va mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqlarining eng koʻp uchrab turadigan buzilishi hollaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar davlat organlariga murojaat qilganda duch keladigan muammolarni hamda inson huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni aniqlash uchun Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili 2013-yilda mamlakatimizning barcha viloyatlarida “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi masalani oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining huquqni qoʻllash amaliyoti vaziyati bilan tanishish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, hokimliklarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilinganda inson huquqlariga rioya etilishini taʼminlash; davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishi tartibi haqida axborotlar olish; davlat organlari xodimlarining fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalaridan xabardorligini aniqlash; Inson huquqlari boʻyicha vakil va uning mintaqalardagi vakillari bilan insonning murojaat qilish huquqlari taʼminlanishi sohasidagi hamkorlikning shakllari haqida maʼlumotlar olish ushbu monitoringning asosiy vazifalari etib belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoringni samarali tashkil etish va uni mamlakatimizning barcha viloyatlarida oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga rioya etilishini monitoring qilish konsepsiyasini ishlab chiqdi, unda monitoringni tashkil etish tartibi, davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning fuqarolarning murojaat qilish huquqini taʼminlash sohasida ish olib borish sharoitlaridan dalolat beruvchi vositalar, asosiy koʻrsatkichlar roʻyxati belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqi taʼminlanishi bilan bogʻliq masalalarga oid monitoring tadqiqotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining joylardagi vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish masalalari bilan bevosita shugʻullanuvchi organlar hamda tashkilotlarning vakillarini jalb etgan holda 2013-yil may — iyul oylarida oʻtkazildi. Monitoringni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibiga Inson huquqlari boʻyicha vakil Kotibiyati xodimlari, Ombudsmanning Toshkent shahri va respublika viloyatlari boʻyicha mintaqaviy vakillari huzuridagi Ekspert kengashi aʼzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Ijtimoiy fikr” Jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, FJShMQMI, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi vakillari kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat va tuman hokimliklari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari fuqarolarning murojaat qilish huquqlari boʻyicha monitoringdan oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar
Tumanlar
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilotlar, korxonalar
Andijon viloyati
Andijon shahri
Hokimlik
Baliqchi tumani
Hokimlik
Izboskan tumani
Hokimlik
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahri
Hokimlik
Dehqonobod tumani
Hokimlik
Chiroqchi tumani
Hokimlik
Koson tumani
Hokimlik
Navoiy viloyati
Navoiy shahri
Hokimlik
Karmana tumani
Hokimlik
Navbahor tumani
Hokimlik
Namangan viloyati
Namangan viloyat hokimligi
Namangan shahri
Hokimlik
Pop tumani
Hokimlik
Chust tumani
Hokimlik
Samarqand viloyati
Samarqand shahri
Hokimlik
Viloyat “Elektr tarmoqlari” korxonasi
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boʻlimi
Xalq taʼlimi viloyat boshqarmasi
Samarqand shahar “Elektr tarmoqlari” korxonasi
Samarqand tumani
Hokimlik
Aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishga koʻmaklashish markazi
Pastdargʻom tumani
Hokimlik
Tuman pensiya jamgʻarmasi
Aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishga koʻmaklashish markazi
Ichki ishlar boʻlimi
Paxtachi tumani
Hokimlik
Ichki ishlar boʻlimi
Surxondaryo viloyati
Termez shahri
Hokimlik
�oʻrchi tumani
Hokimlik
Denov tumani
Hokimlik
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo tumani
Hokimlik
Prokuratura organlari
Ichki ishlar organlari
Tuman hududiy tibbiyot birlashmasi
Yangiyer tumani
Hokimlik
Prokuratura organlari
Ichki ishlar organlari
Tuman hududiy tibbiyot birlashmasi
Sardoba tumani
Hokimlik
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi
Tuman hududiy tibbiyot birlashmasi
Fargʻona viloyati
Fargʻona shahri
Hokimlik
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi
Fargʻona shahar hokimligi huzuridagi uy-joy masalalari boʻlimi
Quva tumani
Hokimlik
Quva tumani hokimligining moliya boʻlimi
Quva tumani tibbiyot birlashmasi
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi
Qoʻshtepa tumani
Hokimlik
Aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishga koʻmaklashish markazi
Bagʻdod tumani
Hokimlik
Qoʻqon shahri
Hokimlik
Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi
Dangʻara tumani
Hokimlik
Xorazm viloyati
Yangiariqtumani
Hokimlik
Xonqa tumani
Aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilishga koʻmaklashish markazi
Toshkent shahri
Tashkent shahri
Hududiy kommunal ekspluatatsiya birlashmasi
Chilonzor tumani
Hokimlik
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi
Tuman tibbiyot birlashmasi
Tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi
“Toshelektrotarmo” tuman boʻlimi
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi
“Toshissiqlikquvvati” unitar ishlab chiqarish korxonasi tuman boʻlimi
Yunusobod tumani
Hokimlik
Mirzo Ulugʻbek tumani
Hokimlik
Tuman “Mahalla”xayriya jamoat fondi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu monitoring doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) topshirigʻiga koʻra “Ijtimoiy fikr” Jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi” mavzusida sotsiologik tadqiqot oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat boʻldi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga arizalar, takliflar yoki shikoyatlar bilan murojaat qilayotgan fuqarolar tomonidan tashkilotlarga berilgan bahoni aniqlash, ushbu tashkilotlarning fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etishiga doir ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari vakillarining fuqarolar murojaat qilgan vaqtda ularga nisbatan munosabati xususiyatini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar davlat organlariga murojaat qilganda ularning oʻz huquqlarini amalga oshirish tartibi va tartib-taomili haqidagi bilim darajasi va xabardorligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respubliasi Qonunini bilishi va undan xabardorligi darajasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishi sifatini oshirish maqsadida fuqarolarning fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalariga doir fikr-mulohazalarini bilish, shuningdek fuqarolarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga murojaat qilish tartib-taomilini soddalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar Toshkent viloyati va Toshkent shahrida oʻtkazildi. Soʻrovning umumiy miqyosi 150 nafar respondentdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring jarayonida quyidagi toʻrtta tashkilotga keluvchilar soʻrovdan oʻtkazildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman va shahar hokimliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman ichki ishlar boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman va shahar ijtimoiy taʼminot xizmatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolar yigʻinlari hamda tuman va shahar “Mahalla” xayriya jamoat fondlarining vakillari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring doirasida normativ-huquqiy bazani oʻrganishga oid oʻtkazilgan tadqiqotlar mazkur huquqlar mavjud qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilgan, deb aytish uchun asos beradi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqishni tashkil etish borasida davlat tomonidan xizmatlar koʻrsatishga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat davlat tomonidan xizmatlar koʻrsatish andozalari va arizachilarning barcha huquqlarigina emas, balki fuqarolarni shaxsan qabul qilishni tashkil etish va oʻtkazish chogʻida bu huquqlarni amalga oshirish, fuqarolarning yozma hamda ogʻzaki murojaatlarini roʻyxatga olish va ijro etish tartibotlari ham batafsil bayon etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, respublikamiz mintaqalarida oʻtkazilgan monitoring tadqiqotlarining natijalarini tahlil qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular hududiy boʻlinmalarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tashkil etishga doir faoliyati, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, hozirgi vaqtga qadar ham samarali boʻlmayotganligidan dalolat beradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish chogʻida fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoidalarining koʻplab buzilish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda. Bunday qoidabuzarliklarning eng koʻp uchraydigan turlari quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining va ular hududiy boʻlinmalarining fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tashkil etishga doir faoliyati, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, hozirgi vaqtga qadar ham tizimli xususiyatga ega emas, bir xil va samarali yoʻlga qoʻyilmagan. Fuqarolarning davlat organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqini amalga oshirishni taʼminlovchi huquqiy tartibotlar har doim ham oʻz vaqtida ishlab chiqilib, joriy etilavermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Murojaatlar bilan ish olib borishda qonun hujjatlarining murojaatni koʻrib chiqish uchun qabul qilish shartligi, ularni xolis, har tomonlama va oʻz vaqtida koʻrib chiqish taʼminlanishi kerakligi toʻgʻrisidagi, fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash yoki himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilishi zarurligi haqidagi, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslarning murojaatlarda koʻtarilgan masalalarning mohiyatiga koʻra yozma javob berish majburiyati toʻgʻrisidagi talablarini buzish hollari uchrab turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, ayrim mansabdor shaxslar fuqarolarning davlat hokimiyati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirishiga nisbatan vijdonsiz munosabada boʻlishi hokimiyat organlarining aholi orasidagi obroʻsiga putur yetkazadi va qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida hamon arizalarni koʻrib chiqish muddatlarini buzish va bu muddatlarni uzaytirish tartibini buzish, qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish tartibini lozim darajada tushuntirmaslik, sansalorlik, odamlarning muammolari va ehtiyojlariga yuzaki munosabatda boʻlish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, davlat hokimiyati organlarida murojaatlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilayotgan sansalorlik holatlari keng tarqalib bormoqda. Fuqarolarning murojaatlarini qonunda belgilangan muddatlarda koʻrib chiqmaslik, murojaatlarni hal qilish uchun qoʻshimcha vaqt zarurligi haqida fuqarolarni xabardor qilmasdan murojaatlarning muddatlarini uzaytirish eng koʻp uchraydigan qoidabuzarlikka aylanib qoldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borishda foydalaniladigan murojaatlarni hisobga olish shakli, xatlarning ijrochilarga yetkazilish tartibi va arizachilarning dalillarini tekshirish, olib borilgan ish natijalari boʻyicha vaqti-vaqti bilan tahliliy umumlashtirish muhim ahamiyatga ega. Biroq ish yuritishni olib borish tartibiga har doim ham rioya etilavermaydi, ogʻzaki va yozma murojaatlarni, shuningdek ishonch telefonlari orqali tushadigan murojaatlar va elektron murojaatlarni lozim darajada roʻyxatga olmaslik hollari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolarni shaxsan qabul qilishni tashkil etish va qabulni yuritish ham takomillashtirishni talab etadi, chunki fuqarolarni qabul qilish tartibi hamma erda ham tartibga solingan deb boʻlmaydi, fuqarolarni qabul qilish jadvaliga har doim ham rioya etilavermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolarning shikoyatlari baʼzan arizachining dalillarini tekshirmasdan fuqarolar huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan organlarning oʻziga yoxud fuqaroning u yoki bu muammosini hal qilish vakolati boʻlmagan muassasalarga yuboriladi, shu tufayli ham fuqaro oʻz masalasini hal qilish uchun, aslida bu ish mahalliy organlarning vakolat doirasida boʻlsa ham, markaziy organlarga murojaat qilishga majbur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bir qator davlat organlarida fuqarolarning murojaatlari bilan axborot-tahliliy ishlar olib borilmaydi, qator davlat organlarining rahbarlari huzurida oʻtkaziladigan tezkor kengashlarda fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borishni tashkil etish va bu ishlarning holati masalalarini koʻrib chiqish amaliyoti ham lozim darajada yoʻlga qoʻyilmagan, bu esa davlat organlarining rahbarlari tomonidan lozim darajadagi idoraviy nazorat yoʻlga qoʻyilmagan, degan xulosa chiqarishga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Baʼzan fuqaroni davlat hokimiyati va boshqaruvi oliy organlariga shikoyat bilan murojaat qilganligi uchun taʼqib etib, fuqaro huquqlarining qoʻpol tarzda buzilishi hollariga ham yoʻl qoʻyilmoqda. Holbuki fuqarolar huquqlarini buzgan organlar hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolar mansabdor shaxslar tomonidan poraxoʻrlik va taʼmagirlikka yoʻl qoʻyilayotganligini oʻz masalalari ijobiy hal etilishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy sabab sifatida koʻrsatib oʻtayotganliklari juda tashvishlanarli holdir, bu esa davlat organlari xodimlari, davlat tuzilmalarida ishlayotgan boshqa mansabdor shaxslar oʻrtasida oʻz xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish holatlariga qarshi kurashni kuchaytirishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoringni amalga oshirish davomida aniqlangan fuqarolar murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid eng koʻp uchraydigan holatlar ana shulardan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijro etilishi bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganishga doir monitoring tadqiqotlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida fuqarolarning murojaatlari bilan yetarli darajada samarali ish olib borilmayotganligining asosiy sabablarini aniqlash imkonini berdi, quyidagilar ana shunday sabablar qatoriga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlar bilan ish olib borishni huquqiy va tashkiliy-uslubiy taʼminlash masalalariga tizimli yondashuv yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablari rahbarlar tomonidan bajarilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari ayrim xodimlarining fuqarolar arizalari va shikoyatlari bilan ish olib borish boʻyicha yetarli darajada huquqiy jihatdan savodxon emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim davlat organlari faoliyatining yopiqligi, shaffof emasligi, bu esa fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishda masʼuliyatsizlik va rasmiyatchilikka olib kelayotganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi aksariyat qismining huquqiy bilimlari darajasi pastligi, ularning qonunlarni bilmasligi, bu esa ayrim beparvo amaldorlarga fuqarolarning murojaat qilish huquqini buzib, jazosiz qolaverish imkoniyatini yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilgan kamchiliklar shundan dalolat beradiki, fuqarolar murojaatlarini hal qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar aholi ehtiyojlarini qondirish, fuqarolar uchun yaxshi hayot faoliyati hamda ular manfaatlarini himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bogʻliq eng muhim vazifa sifatida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan har doim ham munosib baholanavermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining huquqni qoʻllash amaliyotini kuchaytirish maqsadida davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi ustidan idoraviy nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining fuqarolar arizalari va shikoyatlari bilan ish olib borish boʻyicha huquqiy madaniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz aholisining huquqiy savodxonligi darajasini hamda fuqarolar murojaatlari bilan ish olib borishni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga doir bilimlarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi tomonidan 2013-yil 26-dekabrda oʻtkazilgan yigʻilishda muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashish boʻyicha faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman instituti fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish va ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha faoliyatni amalga oshirib, mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsmanga fuqarolardan 11733 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 7712 ta ariza va shikoyat — Ombudsmanning markaziy idorasiga, 979 ta murojaat esa — mintaqaviy vakillariga kelib tushgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10, 11 va 12-moddalari talablariga muvofiq fuqarolarning 2719 ta murojaati Ombudsmanning vakolatiga taalluqli emasligi tufayli qabul qilinmadi hamda bu haqda arizachilar “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda xabardor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda xotin-qizlardan 3639 ta, erkaklardan 2685 ta shikoyat tushdi, jamoa boʻlib yozilgan murojaatlar esa 690 tani tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlarning asosiy qismi — 8036 ta shikoyat Ombudsman Kotibiyatiga pochta orqali kelib tushdi. Keyingi vaqtda murojaatlarni elektron pochta orqali qabul qilish amaliyoti kengayib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, aholi oʻrtasida murojaatlarning boshqa bir shakli, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlarining shaxsiy qabuli ham keng qoʻllanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, Ombudsman va uning Kotibiyati xodimlari tomonidan 1897 ta murojaat qabul qilindi. Oʻtkazilgan 21 ta shaxsiy qabul chogʻida Ombudsman tomonidan fuqarolarning 342 ta murojaati qabul qilindi, 210 ta shikoyat va ariza nazoratga olinib, mohiyatiga koʻra hal qilish uchun tegishli tashkilotlarga yuborildi. 132 ta ariza boʻyicha Ombudsman tomonidan ogʻzaki tushuntirish berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan nazoratga olingan murojaatlarga “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻrsatilgan talablar asosida va “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatda javob xati berilishi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilayotgan javob xatlarini koʻrib chiqish va oʻrganish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) baʼzi davlat tashkilotlari tomonidan javob xatlarini boshqarma yoki boʻlim boshliqlari imzosi bilan yuborayotganligiga duch kelmoqda. Ushbu holatdan xulosa qilish mumkinki, Ombudsman tomonidan yuborilayotgan murojaatlar tashkilot rahbarining eʼtiboridan chetda qolib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan fuqarolarning ayrim murojaatlari yuzasidan 6 ta xulosa tayyorlandi, shu jumladan 3 ta xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga va 3 ta xulosa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsman fuqarolar shikoyatlari yuzasidan oʻzining 3 ta tekshiruvini oʻtkazdi, ular jarayonida inson huquqlarining qoʻpol ravishda buzilishi holatlari aniqlandi. Ushbu holatlarni bartaraf etish maqsadida Ombudsman Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻz xulosalarini yubordi. Shulardan bitta xulosa boʻyicha sud qarori bekor qilindi va arizachining foydasiga ijobiy qaror qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻplab murojaatlarni va ularda qoʻyilgan masalalarni tahlil etish shuni koʻrsatadiki, fuqarolar oʻz huquqlarini yetarli darajada bilmaydilar va huquqlarini amalga oshirish tartibi bilan tanish emaslar. Chunonchi, hisobot davrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili Kotibiyatining xodimlari tomonidan 1245 ta murojaat yuzasidan ularda koʻtarilgan muammolarni hal etishga doir tushuntirishlar va tavsiyalar berildi. 725 nafar fuqaro “ishonch telefoni” xizmatlaridan foydalandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida takroriy murojaatlar soni kamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, fuqarolardan tushgan takroriy shikoyat va arizalarni tahlil etish shuni koʻrsatadiki, murojaatlarni koʻrib chiqishni asossiz ravishda rad etish, shikoyatlarni yuzaki oʻrganish va tekshirish, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi, tartib-taomili va muddatlarini buzish, shuningdek murojaatlarga asossiz javoblar qaytarish, shikoyatlarni xatti-harakati va qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan mansabdor shaxslarning oʻziga yuborish holatlari ana shunday takroriy shikoyat va arizalarga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning shikoyatlarida koʻtarilgan muammolarni oʻrganish Ombudsman oʻz ish yurituviga qabul qilgan murojaatlarning mavzusi unchalik oʻzgarmaganligini koʻrsatdi. Fuqarolar murojaatlarining aksariyat qismi fuqarolarning shaxsiy huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish masalalariga taalluqlidir. Ushbu masalalar boʻyicha 4230 ta, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni taʼminlash masalalari boʻyicha 2343 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha faoliyatida yashashga, erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat qilishga doir konstitutsiyaviy huquqlarga rioya etilishi va ularning himoya qilinishini taʼminlash masalalari alohida oʻrin tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga rioya etilishi va uning himoya qilinishi masalalari boʻyicha 1670 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, oʻz xizmat vazifasiga koʻra fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish va himoya qilishga daʼvat etilgan ichki ishlar organlarining ayrim xodimlari tomonidan kuch ishlatish holatlaridan fuqarolarning himoyalanmaganligi masalasi dolzarb muammo boʻlib qolmoqda. Jinoyatlar va huquqbuzarliklarni tergov qilayotgan ayrim mansabdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari normalarini tez-tez buzadilar, holbuki bu hujjatlarda fuqarolarni ushlab turish, soʻroq qilish, tintuv oʻtkazish, ashyoviy dalillarni olib qoʻyish, fuqarolarga nisbatan ayblov eʼlon qilish, dalillar toʻplash, ishni xolisona va toʻliq tergov qilishning qatʼiy belgilangan tartibi hamda tartib-taomillari nazarda tutilgan. Fuqarolarning murojaatlarida jinoyat sodir etishda gumon qilinayotganlarni hibsga olish va ushlab turish paytida, asosiy tergov harakatlarini olib borish hamda tergov jarayonida ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining huquqlari taʼminlanishiga doir chora-tadbirlar koʻrish chogʻida inson huquqlari qoʻpol ravishda buzilayotganligi bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida ichki ishlar, prokuratura organlari, soliq, bojxona xizmatlari va boshqa xuquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlaridan norozilik bilan bogʻliq 670 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan tushayotgan shikoyatlarning mazmunini chuqur va har tomonlama oʻrganish shundan dalolat beradiki, davlat tomonidan sud-huquq tizimi mustaqilligini mustahkamlash va uning samaradorligini oshirish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, aynan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquq va erkinliklarining buzilishi muammosi oʻz dolzarbligini yoʻqotgani yoʻq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan kelib tushayotgan hamda yashashga, erkinlik va shaxsiy daxlsizlikka doir huquqlarning buzilishi bilan bogʻliq murojaatlar muntazam ravishda yildan-yilga qoʻpayib borayotgani — huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatida qonun ustuvorligi prinsipiga hamda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bogʻliq holatga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasb saviyasini va xulq-atvor madaniyatini oshirish zarurligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) sud tartibida himoya qilishga doir huquqlar buzilayotgani haqida kelib tushayotgan murojaatlar soni (1524 ta murojaat) oʻtgan yil bilan taqqoslaganda 2% ga oshgan. Bunday huquq buzilishlari odil sudlovdan foydalanish cheklanganligi, sud muhokamasining oshkoraligi va ochiqligi buzilayotganligi, sansalorliklar, himoyaga doir huquqlar buzilayotganligi, sud qarorlarining ijro etilmayotganligi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan odil sudlovga doir huquq bilan bogʻliq 685 ta murojaat nazoratga olindi. 113 ta murojaatda keltirilgan faktlar va dalillar asosli deb topilib, fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini tiklash chora-tadbirlari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odil sudlovga doir huquq
Kelib tushgan murojaatlar soni
Nazoratga olingan shikoyatlar
Ijobiy hal etildi
Jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmidan norozilik toʻgʻrisida
521
178
14
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qaroridan norozilik haqida
538
138
8
Xoʻjalik sudining qaroridan norozilik toʻgʻrisida
20
7
—
Sudlarning qarorlari ijro etilmayotganligi haqida
418
343
89
Sudlarda ishlarni koʻrib chiqishdagi sansalorliklar toʻgʻrisida
27
19
2
Jami
1524
685
113
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar faoliyati ustidan tushgan shikoyatlar orasida jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlariga nisbatan norozilik bildirilganligi bilan bogʻliq shikoyatlar — 521 tani, shuningdek fuqarolik ishlari boʻyicha sudning qarorlaridan norozilik bilan bogʻliq shikoyatlar soni eng koʻp — 538 ta murojaatni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Ombudsman nomiga sudlarda jinoyat ishlarini, fuqarolik va maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish muddatlari buzilayotganligi, shuningdek sudyalarning xatti-harakatlaridan norozilik masalalari yuzasidan 27 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlarining qarorlaridan norozilik bildirilgan shikoyatlar soni — 20 tani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning sud orqali himoyalanishiga doir huquqi taʼminlashiga oid murojaatlarini mamlakatimiz mintaqalari boʻyicha tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, eng koʻp murojaatlar soni, oldingi yillardagidek Toshkent shahri, Toshkent, Surxondaryo, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Mintaqalar
Kelib tushgan murojaatlar soni
Nazoratga olindi
Ijobiy hal etildi
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
38
23
2
2.
Andijon viloyati
86
28
8
3.
Buxoro viloyati
51
24
2
4.
Jizzax viloyati
62
21
2
5.
Qashqadaryo viloyati
204
117
31
6.
Navoiy viloyati
59
27
7
7.
Namangan viloyati
53
17
3
8.
Samarqand viloyati
130
46
6
9.
Surxondaryo viloyati
141
68
17
10.
Sirdaryo viloyati
25
9
2
11.
Toshkent viloyati
153
58
9
12.
Fargʻona viloyati
83
38
8
13.
Xorazm viloyati
37
10
1
14.
Toshkent shahri
332
141
14
15.
Chet ellik fuqarolardan
2
1
—
16.
Mahkumlardan
56
54
1
17.
Internet boʻyicha
12
3
—
18.
Anonim
—
—
—
JAMI
1524
685
113
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaatlarini oʻrganish, ularning mazmunini tahlil etish shuni koʻrsatadiki, ushbu murojaatlar jamiyatdagi mavjud muammolarni, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishidagi kamchiliklarni aniqlashning oʻziga xos mezoni hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar murojaatlarini mintaqalar boʻyicha tahlil qilish aholining oʻz konstitutsiyaviy huquqlari buzilishi darajasini va buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarni qay darajada anglashidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Mintaqalar
2013-yilda aholi soni (ming kishi)
Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar soni
Har 100 ming aholi hisobiga murojaatlar soni
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1724,0
149
9
2.
Andijon viloyati
2780,8
284
10
3.
Buxoro viloyati
1743,1
218
13
4.
Jizzax viloyati
1215,9
281
23
5.
Qashqadaryo viloyati
2863,4
972
34
6.
Navoiy viloyati
894,6
251
28
7.
Namangan viloyati
2481,3
212
9
8.
Samarqand viloyati
3412,8
510
15
9.
Surxondaryo viloyati
2284,0
878
38
10.
Sirdaryo viloyati
757,1
168
22
11.
Toshkent viloyati
2711,0
772
29
12.
Fargʻona viloyati
3357,9
366
11
13.
Xorazm viloyati
1668,8
196
12
14.
Toshkent shahri
2346,4
1352
58
Oʻzbekiston Respublikasi
30241,1
6609
22
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng koʻp murojaat Toshkent shahridan (58), Surxondaryo (38), Qashqadaryo (34) va Toshkent (29) viloyatlaridan kelib tushdi. Fuqarolarning Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlaridan kelib tushayotgan murojaatlarning koʻpayib borishi davom etmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm va Sirdaryo viloyatlaridan fuqarolar murojaatlari kelib tushishi koʻrsatkichi barqaror saqlanib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Ombudsmanga chet ellik fuqarolardan oʻz buzilgan huquqlarini tiklash masalalari boʻyicha murojaatlar soni kamaymadi. Bunday murojaatlar asosan MDH mamlakatlaridan kelib tushmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Manzil
Kelib tushgan murojaatlar soni
2013-yil
2012-yil
2011-yil
2010-yil
1.
Rossiya
380
388
12
143
2.
Qozogʻiston
34
44
4
3
3.
Ukraina
188
226
1
79
4.
Belarus
30
23
1
5
5.
Qirgʻiziston
3
8
1
2
6.
Germaniya
18
30
3
21
7.
Isroil
—
1
1
8.
Daniya
—
—
1
9.
Xitoy
—
—
1
10
AQSh
3
10
1
10
11.
Moldova
63
53
—
19
12.
Buyuk Britaniya
8
—
—
8
13.
Kanada
4
4
—
3
14.
Shveysariya
3
—
—
3
15.
Estoniya
—
1
—
2
16.
Niderlandiya
2
—
—
1
17.
Turkmaniston
—
2
—
—
18.
Ozarbayjon
4
2
—
—
19.
Norvegiya
1
—
—
—
20.
Latviya
2
—
—
—
21.
Belgiya
6
—
—
—
22.
Avstraliya
3
—
—
—
23.
Avstriya
2
—
—
—
24.
Ispaniya
5
—
—
—
25.
Italiya
1
—
—
—
26.
Fransiya
32
—
—
—
27.
Xorvatiya
2
—
—
—
Jami
794
792
26
299
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsmanga xorijiy ombudsmanlardan 21 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakilidan va uning hududiy vakillaridan — 15 ta, Ukraina Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Qirgʻiz Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Ozarbayjon Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan, Gruziya Respublikasi Xalq himoyachisidan, Tojikiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha vakilidan va Qozogʻiston Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi rahbaridan — bittadan murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, hisobot yilida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan ham xorijiy davlat ombudsmanlariga, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga, Rossiya Federatsiyasi Saratov viloyatining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga, Qozogʻiston Inson huquqlari boʻyicha milliy markaziga murojaatlar yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ombudsmanlar va chet el fuqarolarining murojaatlarida koʻtarilgan asosiy masalalar pasport hamda shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar olish, pensiya, nafaqalar toʻlovi, vijdon erkinligining taʼminlanishi bilan bogʻliq muammolarga taalluqlidir. Vijdon erkinligining taʼminlanishi masalalariga daxldor shikoyatlarning mavjudligi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq roʻyxatdan oʻtmagan qator diniy tashkilotlar faoliyatining taqiqlab qoʻyilishi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanga jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslardan doimiy ravishda shikoyatlar kelib tushadi. Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilga 116 ta shunday murojaat kelib tushdi. Mahkumlarning 103 ta murojaati nazoratga olindi, shundan 5 ta holat boʻyicha mahkumlarning huquqlari tiklandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar huquqlarini himoya qilishning xolisligi va samaradorligi darajasini oshirish talablaridan kelib chiqib, fuqarolar murojaatlarida bayon etilgan dalillarni tekshirish alohida ahamiyatga ega. Shu maqsadda fuqarolarning inson huquqlari yaqqol buzilganligidan dalolat beruvchi va Inson huquqlari boʻyicha vakilning vakolatiga taalluqli murojaatlari majburiy tartibda nazoratga olinadi. Shunga muvofiq 3224 ta ana shunday murojaat Inson huquqlari boʻyicha vakilning nazoratiga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ijobiy hal etilgan murojaatlari soni Inson huquqlari boʻyicha vakil faoliyati samaradorligining koʻrsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birga, hatto bitta murojaat boʻyicha masalaning ijobiy hal etilishi ham davlat organining ish amaliyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga hamda davlat organlari faoliyatida inson huquqlariga rioya etilishi chogʻida qonun ustuvorligi prinsipini amalga oshirish zarurligini tasdiqlashiga alohida eʼtibor qaratish darkor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman, 2013-yilda fuqarolarning 608 ta murojaati boʻyicha ijobiy qaror qabul qilindi. Ijobiy hal etilgan deyarli har toʻrtta murojaatning biri yashashga, erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlikka, insoniy muomalaga, inson shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga doir huquqlarning taʼminlanishiga taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlarini aniqlash va fuqarolarning murojaatlarini hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili davlat organlari, jamoat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanga kelib tushgan 5053 ta murojaat arizachilar koʻtargan muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun tegishli davlat organlari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va mansabdor shaxslarga yuborildi. Shundan 3224 ta murojaat nazoratga olindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilidagi faoliyat natijalariga koʻra murojaatlarning katta qismi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Ombudsman mansabdor shaxslar va tashkilotlardan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish uchun zarur axborotni soʻrab olish huquqiga egadir. 2013-yil mobaynida Ombudsman tomonidan davlat organlariga 709 ta soʻrov yuborildi, bu soʻrovlarda nafaqat materiallar taqdim etish toʻgʻrisidagi iltimoslar, balki inson huquqlarining buzilishi holatlarini bartaraf etishga doir tavsiyalar ham aks etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, shikoyatlarning hal etilishi haqida xolisona axborot olish, nazorat vazifalarini amalga oshirish, tekshiruvlar oʻtkazish va inson huquqlariga rioya etilishi uchun Ombudsman tomonidan mintaqaviy vakillarga 256 ta topshiriq berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155 ta murojaat ularda bayon etilgan dalillarni oʻrganish va fuqarolar huquqlarining buzilishiga oid aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun Ekspert guruhi aʼzolariga topshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha faoliyati quyidagi muammolarni aniqlash imkonini berdi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarining huquqiy savodxonligi yetarli darajada emasligi. “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq barcha organlar, rahbarlar va mansabdor shaxslar oʻz vakolatlari doirasida fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishi, ularni qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqishi, asosli javoblar qaytarishi shart. Biroq Qonunning qoidalari har doim ham bajarilavermayapti, bu esa fuqarolar murojaatlari, xususan takroriy murojaatlar sonining koʻpayishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim rahbarlar hamda mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga nisbatan beparvolik bilan munosabatda boʻlishi, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishga yuzaki yondashishi, inson huquqlari asoslarini bilmasligi hamon fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri boʻlib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqishni noqonuniy ravishda rad etish, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlarining buzilishi, oldindan bila turib asossiz, noqonuniy qaror qabul qilish, ishonchli boʻlmagan axborot taqdim etish yoki fuqaroning shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etish, shuningdek fuqarolar murojaatlariga doir qonun hujjatlari buzilishining boshqa holatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati fuqarolarning koʻplab taʼna-dashnomlariga sabab boʻlmoqda, sud qarorlarining bajarilmasligi jiddiy muammo boʻlib qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlariga murojaat qiluvchi fuqarolarning huquqiy madaniyati yetarli darajada emasligi, fuqarolar oʻz huquqlarini himoya qilish tartibotlari toʻgʻrisida yetarli darajada xabardor qilinmagan. Ularning shikoyatda koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqish vakolat doirasiga kirmaydigan organlarga murojaat qilishi ishlarning ortiqcha darajada koʻpayib ketishiga, shuningdek takroriy murojaatlar koʻpayishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra xatti-harakatlari yoki qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxs tomonidan mazkur murojaatning koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Biroq, amaliyotda bunday hollar hamon uchrab turibdi, bu esa fuqarolarning murojaatlari xolisona koʻrib chiqilmasligiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borishni yaxshilash, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ijro etish maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni hamda fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish tartibini takomillashtirish imkoniyatlaridan, mansabdor shaxslarning fuqarolar bilan ish olib borishining zamonaviy shakllaridan, shu jumladan arizachilarning vajlarini qoʻshimcha tekshirishni tashkil etishdan, vakolatli organlar va tashkilotlarni jalb etgan holda joylarga chiqishdan keng foydalanish, bular fuqarolarni xavotirga solayotgan masalalarni oʻz vaqtida hal qilish, shuningdek asosli jamoaviy va takroriy shikoyatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar koʻrish imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organlar va mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolar murojaatlarida bayon etilgan masalalar hisobga olinishi, tahlil qilinishi va umumlashtirilishini, fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarning ahvoli kuzatib borilishini, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlar aniqlanishi va bartaraf etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni tez va malakali hal etish, fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha nazoratni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, shu jumladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki huquqiy jihatdan zarur darajada taʼminlanishi uchun chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining huquqiy savodxonligi va madaniyati darajasini oshirish boʻyicha ishlarda OAV rolini kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillari faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlashda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari mamlakatimizning barcha mintaqalarida faoliyat koʻrsatmoqda. Ular joylarda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib, murojaatlarni joyning oʻziga borib oʻrganib va hal qilib, har yili hokimiyatning vakillik organlari va boshqaruv vakillik organlarining tegishli yigʻilishlarida joylarda inson huquqlariga rioya etilishi haqidagi axborotni taqdim etib, Ombudsmanning faoliyati samaradorligini ancha kuchaytirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman mintaqaviy vakillarining samarali faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator viloyatlarda, chunonchi Toshkent shahrida, Jizzax, Qashqadaryo, Andijon, Fargʻona, Samarqand, Xorazm, Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni qabul qilish uchun hokimlarning qarorlariga muvofiq xonalar ajratilgan. Bunda Toshkent shahar hokimligi tomonidan Ombudsmanga koʻrsatilayotgan yordam alohida diqqatga sazovordir. Hokimiyat koʻmagi bilan Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili hozirgi vaqtda shahar markazida joylashgan, kapital taʼmirlangan, barcha qulayliklar va sharoitlar yaratilgan binoda faoliyat yuritmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning shikoyatlari samarali hal qilinishini taʼminlash maqsadida joylarda ekspert guruhlari tashkil etilgan, Ombudsman mintaqaviy vakilining viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, adliya organlari, sogʻliqni saqlash boshqarmalari, kasaba uyushmasi tashkilotlari va xotin-qizlar qoʻmitalari bilan hamkorlikdagi ishchi guruhlari tuzilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyatida asosiy yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mintaqada yashayotgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va koʻrib chiqish, buzilgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga yuborilgan murojaatlarda bayon etilgan dalillarning joylarda tekshirilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan inson huquqlari monitoringini oʻtkazishda ishtirok etish, shuningdek oʻz faoliyati rejasiga muvofiq monitoring tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning inson huquqlariga rioya etilishi borasidagi huquqni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida tahliliy materiallar tayyorlash hamda ular faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari sohasida axborot-maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, fuqarolarga inson huquqlari haqidagi axborotlarni olishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash Ombudsman mintaqaviy vakili faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Ombudsmanning mintaqaviy vakillariga 979 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fuqarolar shikoyatlari hamda murojaatlarining asosiy qismi hal etildi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy maslahat koʻrsatildi yoki tushuntirishlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil
2012-yil
2011-yil
2010-yil
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
—
—
—
9
Andijon viloyati
85
113
122
115
Buxoroviloyati
26
22
19
20
Jizzaxviloyati
45
39
48
41
Qashqadaryo viloyati
81
91
99
87
Navoiyviloyati
43
42
13
64
Namangan viloyati
21
29
16
40
Samarqandviloyati
192
104
42
84
Sirdaryoviloyati
32
39
50
50
Surxondaryoviloyati
56
34
44
22
Toshkentviloyati
16
—
—
25
Fargʻona viloyati
120
133
22
26
Xorazmviloyati
26
35
25
64
Toshkentshahri
236
214
249
241
Jami murojaatlar
979
895
749
888
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakiliga fuqarolardan tushgan 236 ta murojaatni tahlil qilish shundan dalolat beradiki, ularning asosiy qismi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning qarorlari (36), kommunal xizmat koʻrsatish masalalari (17), jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning qarorlari (12), huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining (13), korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining xatti-harakatlari (10) bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98 ta shikoyat Ombudsman mintaqaviy vakilining nazoratiga olindi. Davlat organlari bilan hamkorlik qilish natijasida 20 ta murojaat boʻyicha fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashga muvaffaq boʻlindi, 65 ta murojaat boʻyicha esa tegishli tushuntirishlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakiliga fuqarolardan 192 ta murojaat kelib tushdi. Bu murojaatlar tahlili shuni koʻrsatadiki, ularning aksariyat qismi fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, xususan pensiyalarning notoʻgʻri hisoblanayotganligi (9), kommunal xizmatlar koʻrsatish (10) bilan bogʻliq boʻlgan huquqlarning buzilishiga oiddir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy vakil tomonidan 2013-yil davomida 95 marotaba shaxsiy qabul oʻtkazilib, ularda 102 nafar fuqaro qabul qilindi. Ularning shikoyatlari hal qilish uchun tegishli idoralarga yuborildi, qolgan fuqarolarga murojaatlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Fargʻona viloyati boʻyicha mintaqaviy vakiliga fuqarolardan 120 ta murojaat kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni atroflicha oʻrganish shuni koʻrsatadiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xatti-harakatlari (4), uy-joy muammolari (20), hokimiyat organlari xodimlarining xatti-harakatlari (18) va taʼlim olishga doir huquqlarning buzilishi (19) fuqarolar noroziliklariga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda fuqarolar bilan ishlashda ortiqcha ovoragarchilik holatlari hamon uchramoqda. Bu esa oʻz navbatida mahalliy davlat hokimiyati organlari ayrim rahbar xodimlarining oʻz xizmat vazifalarini bajarish boʻyicha xatti-harakatlariga nisbatan norozilik bildirib murojaat qilayotgan fuqarolarning arizalarida oʻz aksini topmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsmanning mintaqaviy vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi 341-II-sonli Qarorini qoʻllanish tartibi haqidagi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2012-yil 11-dekabrdagi 12/2-146-sonli topshirigʻi ijrosini taʼminlash maqsadida amnistiya aktini qoʻllanishga oid jamoatchilik nazoratini taʼminlash, amnistiya akti asosida jazodan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy koʻnikmasi va himoyasiga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali hal etish boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etdilar. Bu Ombudsmanning mintaqaviy vakillari obroʻsi oshayotganligidan, shuningdek ularga nisbatan aholi va davlat organlarining ishonchi darajasi ortganligidan dalolat berib turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu oʻrinda Ombudsmanning Surxondaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili A.A. Ahmedov 2012-yil 19-dekabrda viloyatning turli darajadagi Kengashlari deputatlari, doimiy komissiyalar raislari, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarining raislari qatnashgan yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi 341-II-sonli Qarorining qoʻllanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralikni taʼminlash boʻyicha guruh rahbari etib tayinlanligini taʼkidlab oʻtish joiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilning yanvar oyida Ombudsmanning Surxondaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili A.A. Ahmedov Termiz shahridagi UYa-64/8-tergov hibsxonasidagi 5 nafar, Sherobod tumanidagi UYa-64/83-manzil koloniyasida jazoni oʻtayotgan 13 nafar mahkumning shaxsiy ishlarini oʻrganib chiqib, ular bilan yakka tartibda uchrashuv va suhbatlar tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan aybdor topilib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan J.X. bilan suhbat oʻtkazildi, J.X. oʻziga tayinlangan jazoning 7 yilini oʻtaganligi, qaramogʻida 4 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi inobatga olinib, u amnistiya toʻgʻrisidagi qarorga asosan jazodan ozod etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya aktining adolatli qoʻllanilishi maqsadida Jizzax viloyati boʻyicha mintaqaviy vakil O. Doʻsmatov tarkibida tuman shahar va viloyat Kengashlari deputatlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faollari boʻlgan ishchi guruh hamda mintaqaviy komissiya tarkibida ishtirok etdi. Natijada jazoni ijro etish muassasalaridan 116 nafar, tergov hibsxonalaridan 152 nafar, jazoni ijro etish inspeksiyalari hisobida turgan 658 nafar, jami 926 nafar shaxs jazodan ozod etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash joylaridan ozod qilinganlarni ish bilan taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ishlab chiqildi va ularni ishga joylashtirish, mehnat yarmarkalariga jalb etish, ularning oilalariga ijtimoiy yordam berish choralari koʻrilib, amalga oshirilgan ishlar boʻyicha doimiy monitoring yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman mintaqaviy vakillarining faoliyatida sud majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish, arizachilar bilan joylarda uchrashuvlar oʻtkazish, muayyan murojaatlar boʻyicha jazoni ijro etish tizimi muassasalariga tashrif buyurish kabi ish shakllari paydo boʻldi. Masalan, hisobot davrida Ombudsmanning Qashqadaryo viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili M.T. Normurodov viloyat hokimligi va viloyat IIBning inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boʻlimi vakillari bilan birgalikda Koson tumanidagi 51-sonli jazoni ijro etish muassasasida boʻldi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIEBB 2012-yil 18-apreldagi 16-sonli Farmoyishi talablaridan kelib chiqib, muassasaning shaxsiy tarkibi va jazoni oʻtayotgan mahkumlar bilan ular tomonidan berilgan ariza va shikoyatlarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashda salbiy holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Qarorning ijrosini nazorat qilish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvda ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-iyulda qabul qilgan “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-911-sonli Qarori, shuningdek ular asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar ijrosi boʻyicha qator tadbirlar oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Ombudsmanning Xorazm viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili B. Matyoqubov viloyat adliya boshqarmasi vakillari bilan birgalikda joylarda “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda ishlash, davolanish va boshqa maqsadlarda chet davlatlarga ketayotgan fuqarolarga axborot-maslahat va huquqiy yordam berish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazdi, davra suhbatlarida maʼruzalar bilan qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Ombudsmanning Navoiy viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili M. Hakimov odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha viloyat idoralararo komissiyasi aʼzolari bilan hamkorlikda 2013-yilning 15-mart, 2-aprel va 6-iyun kunlari Navoiy davlat konchilik institutida hamda “Yoshlar markazi”da “Ogohlik va hushyorlik — barchamizning burchimiz”, “Odam savdosi, diniy ekstremizm, mafkuraviy tahdid, missionerlik hamda ularga qarshi kurash choralari”, “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam beraylik” mavzularida oʻtkazilib, Navoiy televideniyasi orqali koʻrsatilgan davra suhbatlari va turkum oʻquv seminarlarida ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning Jizzax viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili tomonidan Jizzax viloyati hamda tumanlarning odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda odam savdosiga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Jizzax viloyati hududiy idoralararo komissiyasining aʼzolari, masʼul kotibi va ishchi guruh uchun viloyat maʼnaviyat targʻibot markazi binosidan alohida xona ajratilib, zarur jihozlar va adabiyotlar bilan taʼminlangan. Xuddi shuningdek tuman hokimliklarida ham tegishli idoralararo komissiyalar faoliyati uchun alohida xonalar ajratilib, barchaga zarur sharoitlar yaratilgan. Odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Jizzax viloyati hududiy idoralararo komissiyasi tomonidan joriy yilda 6 ta kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazilib, qabul qilingan qarorlar ijrosi taʼminlangan. Bundan tashqari, 2013-yil fevral oyida viloyat idoralararo komissiyasi raisi va viloyat prokurori ishtirokida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor yigʻilishlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka alohida eʼtibor qaratdilar, bunday hamkorlik doirasida mahalliy televideniye va radio orqali, mahalliy matbuotda (“Andijonnoma”, “Xalq irodasi”, “Toshkent oqshomi”, “Vecherniy Tashkent”, “Fargʻona haqiqati”, “Xorazm haqiqati” va hokazo) doimiy ravishda fuqarolar huquqlarini himoya qilishga doir faoliyatga bagʻishlangan chiqishlar tashkil etib borildi. Shuningdek Internet tarmogʻi imkoniyatlaridan ham keng foydalanildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman institutining faoliyati haqidagi materiallar Ombudsman mintaqaviy vakillarining faol koʻmagida viloyat, tuman va shahar matbuotida, koʻp tirajli va idoraviy bosma nashrlarda muntazam ravishda berib boriladigan boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari oʻz faoliyatida mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari hamda xodimlarining, umuman aholining huquqiy bilimlari va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot-maʼrifiy ishlarga alohida eʼtibor beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma bir yilligi arafasida “Toshkent oqshomi” gazetasining 2013-yil 3-dekabr sonida Ombudsmanning Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakili Sh. Muhamedjanovning “Inson huquqlari va erkinliklari — oliy qadriyat” nomli maqolasi chop etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy maʼrifat boʻyicha faoliyatni amalga oshirish doirasida Ombudsmanning Andijon viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili A. Abdullayev “Andijanskaya pravda” gazetasining 2013-yil 31-may sonida “Prava rebenka pod zaщitoy zakona” sarlavhali maqolasini chop ettirdi. Viloyat adliya boshqarmasi, viloyat advokatlar palatasi, viloyat IIBning inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boʻlimi, viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari birlashmasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 22 yilligi arafasida 2013-yil 17-avgust kuni va 14-sentabr kuni “Inson huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida davra suhbatlari oʻtkazdi. Tadbirlar televideniye orqali va gazetalarda yoritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2013-yilga moʻljallangan ish rejasiga muvofiq joylarda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari tomonidan “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning ijrosini oʻrganish maqsadida Toshkent shahar va tuman hokimliklarida, boshqarmalarda, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sudlarda Toshkent shahar hokimining 2013-yil 27-apreldagi koʻrsatmasi asosida ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi, ushbu ishchi guruh 2013-yilning ikkinchi choragida Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek, Chilonzor, Yunusobod tumanlaridagi fuqarolik hamda jinoyat ishlari boʻyicha sud organlarida, ichki ishlar boshqarmalarida, tuman hokimliklari boʻlimlarida fuqarolarning murojaatlari bilan ish olib borilishini tanlov yoʻli bilan monitoring oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 24-aprelda Samarqand viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan ishchi guruh Ombudsmanning Samarqand viloyati boʻyicha mintaqaviy vakili hamda viloyat hokimligi xodimlari, prokuratura, adliya, ichki ishlar organlari, kasaba uyushmalari va fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining hududiy birlashmalari bilan hamkorlikda Samarqand shahar hamda Samarqand, Paxtachi, Pastdargʻom tumanlari hokimliklari, viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, viloyat “Elektr tarmoqlari” korxonasi, pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamda shahar “Elektr tarmoqlari” korxonasi va tashkilotlarida “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini hamda unda belgilab qoʻyilgan qoidalarga rioya etilishi holatini oʻrganib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikda faol ishtirok etmoqda. Bunday hamkorlik xorijda oʻtkazilgan konferensiyalar, seminarlar, treninglarda maʼruzalar bilan ishtirok etish, shuningdek xorijiy sheriklar hamda xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan mamlakatimiz mintaqalarida uchrashuvlar va suhbatlar tashkil etish shaklida amalga oshirildi. Mintaqaviy vakillar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan tashkil etilgan inson huquqlari masalalariga doir seminarlar va tadbirlarda ishtirok etib, xorijiy ombudsmanlarning ish tajribasi bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, Ombudsmanning mintaqaviy vakillarini taʼsis etish va ularning faoliyat koʻrsatishi oson kechayotgani yoʻq. Ular faoliyatida hali ham muayyan qiyinchiliklar va muammolar mavjud. Bu, avvalambor, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ayrim mansabdor shaxslari Ombudsmanning vazifalarini toʻliq tushunmasliklaridandir. Bu esa, oʻz navbatida, joylarda axborot-maʼrifiy ishlarni kuchaytirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Ombudsman mintaqaviy vakillarining joylarda inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning eng oʻtkir va dolzarb muammolari koʻtariladigan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida eshitiladigan axborotlari bir qancha sabablarga koʻra qator mintaqalarda koʻrib chiqilmadi. Ayni bir vaqtda Andijon, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri boʻyicha mintaqaviy vakillar fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi amaldagi qonunchilik va mahalliy qonun osti hujjatlarini tahlil qilish boʻyicha oʻz faoliyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishga doir oʻz takliflarini xalq deputatlari Kengashlariga muntazam ravishda taqdim etib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) inson huquqlari sohasida fuqarolar huquqiy ongini oshirishga koʻmaklashishga doir faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda huquqiy demokratik davlatni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish yuksak huquqiy madaniyatni talab etadi, bunday madaniyatni shakllantirish jamiyatda qonun ustuvorligi, inson huquqlariga sadoqat, insonning demokratik huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash kabi tub qadriyatlarning qaror topishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida huquqiy maʼrifatning roli va oʻrniga baho berish borasida katta oʻzgarishlar yuz berdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish ustuvor vazifalar ekanligi alohida taʼkidlangan. Unda jamiyatimizning demokratiya yoʻlidan izchil ilgarilab borishi va demokratik islohotlarning yutugʻi koʻp jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasiga bogʻliq ekanligi ham Davlatimiz rahbari tomonidan alohida taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining fuqarolarni qabul qilish va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish, inson huquqlarining turli toifalarini monitoring qilish boʻyicha faoliyatini oʻrganish — aholining huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish zarurligini tasdiqlaydi, bu quyidagi omillar bilan, yaʼni: qonun hujjatlarining jadal rivojlanayotganligi; davlat hokimiyati organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining esa yetarli darajada ochiq, shaffof emasligi; aholining zarur huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi; qonun hujjatlarining eng dolzarb masalalaridan fuqarolarning yetarli darajada xabardor emasligi; mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlarining axborot bilan yetarli darajada taʼminlanmaganligi; aholiga bepul huquqiy yordam tashkil etish zarur darajada emasligi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament ombudsmanining inson huquqlari sohasida fuqarolarning ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyatida asosiy yoʻnalishlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni huquqiy jihatdan maʼrifatli qilishga hamda fuqarolarni ular huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishning xususiyati, usullari hamda meʼyorlari haqida huquqiy jihatdan xabardor qilishga qaratilgan axborot-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyatini takomillashtirishga hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari va xodimlari huquqiy ongini oshirishga qaratilgan maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalari va malaka oshirish muassasalarida “master-klasslar” oʻtkazish, taʼlim jarayoniga inson huquqlari sohasida bilim olishni taʼminlovchi oʻquv kurslari, dasturlar, oʻquv uslubiy materiallarni tatbiq etish orqali oʻquvchi yoshlarning huquqiy taʼlimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va nohukumat tashkilotlarining fuqarolarda yuksak darajadagi huquqiy madaniyat va huquqiy ongni shakllantirishga qaratilgan axborot-maʼrifiy tadbirlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida maqolalar eʼlon qilish va chiqishlar qilish, noshirlik faoliyatida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining mamlakatimiz mintaqalaridagi vakillari, Ekspert guruhlari aʼzolari va Kotibiyati xodimlari uchun treninglar, seminarlar, maktab oʻquvlari oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Inson huquqlari boʻyicha vakilning huquqiy maʼrifat sohasidagi faoliyatida davlat organlari mansabdor shaxslarining, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar xodimlarining va umuman aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan axborot-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish ustuvor yoʻnalish boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili K. Adenauer nomli fondning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida 2011 — 2013-yillar mobaynida mamlakatimiz hududlarida “Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligi: jamoatchilik nazorati borasidagi milliy va xorijiy tajriba” mavzusida seminarlar turkumini oʻtkazdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda bunday seminarlar Toshkent, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seminarlar ishida fuqarolik jamiyati institutlarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan hamkorlikdagi faoliyatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yoʻllari va tartibotlarini izlash, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari taʼminlanishi ustidan Ombudsmanning parlament nazoratini amalga oshirish, jamoatchilik nazoratini, bunday nazoratning muhim tarkibiy qismi sifatida ekologik nazoratni amalga oshirishda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyati, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining roli, huquqning samarali qoʻllanilishini taʼminlashda prokuratura organlarining jamoatchilik bilan oʻzaro hamkorligi, adliya organlari faoliyatida inson huquqlarini taʼminlash, huquq-tartibotni taʼminlashda ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligi, xotin-qizlar va oila huquqlarini samarali taʼminlashda xotin-qizlar qoʻmitalarining davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligi masalalari muhokama qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, jamiyatda va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni koʻrib chiqish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolik jamiyati institutlarining oʻzaro hamkorligini tashkil etishga doir xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida 2011-yildan 2013-yilgacha boʻlgan davrda Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatida inson huquqlari madaniyatini oshirish — fuqarolar huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashning eng muhim tarkibiy qismi” mavzusida Oʻzbekiston — Germaniya ilmiy-amaliy seminarlari oʻtkazildi. 2013-yilda bunday seminarlar Qashqadaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur seminarlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarning fuqarolar huquqlari va erkinliklari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha faoliyati samaradorligini oshirish sohasidagi ustuvor vazifalarni koʻrib chiqish, jamiyatda va boshqaruv sohasida inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan fuqarolik jamiyati institutlarining bu sohadagi oʻzaro hamkorligini tashkil etishga doir xalqaro tajribani oʻrganish maqsadiga qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishga koʻmaklashish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sloveniyaning “Mintaqaviy muloqot” Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda AQShning USAID xalqaro rivojlantirish agentligi koʻmagida “Bemorlar huquqlarining tibbiy va yuridik jihatlari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan fuqarolarning malakali tibbiy yordam olish huquqini himoya qilish, bu sohadagi sogʻliqni saqlash andozalari sifatini oshirish borasida tajriba almashishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Seminarning asosiy vazifalari — sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy xodimlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining milliy va xalqaro qonun hujjatlarida belgilangan bemorlar huquqlari toʻgʻrisida, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlari haqida, bemorlar huquqlarini himoya qilishda Ombudsman hamda fuqarolik jamiyati institutlarining roli toʻgʻrisida xabardorligini oshirishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiynoqlarga barham berish milliy jarayonlariga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish zarurligini anglagan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrda qabul qilingan F-693-sonli Farmoyishiga muvofiq Milliy preventiv tartibotni izlash va uni yaratish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan London universiteti professori B. Bouring ishtirokida mahkumlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy preventiv tartibotni (MPT) yaratishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi ushbu tadbirning hamkor tashkilotchilari boʻldilar. Tadbirda Buyuk Britaniya va Oʻzbekistonda qiynoqlarning oldini olishga doir huquqiy amaliyot masalalari muhokama qilindi, shuningdek Oʻzbekistonda MPTni tashkil qilish va joriy etish boʻyicha ishchi guruhning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot eshitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish doirasida Bosh prokuratura huzuridagi Oliy kurslar tinglovchilari bilan “master-klasslar” oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvlar prokuratura organlarining yosh xodimlariga Parlament ombudsmani faoliyati haqida nafaqat axborot olish, balki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining faoliyati haqidagi video materiallarni ham koʻrish imkoniyatini yaratdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida mamlakatimiz fuqarolarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan faol hamkorlik davom ettirildi. Ombudsman vakillari tomonidan vazirlik, uning boshqarmalari xodimlari hamda bu idoraning ixtisoslashtirilgan oʻquv yurtlari tinglovchilari bilan mashgʻulotlar va suhbatlarni muntazam ravishda oʻtkazib borish ana shunday oʻzaro hamkorlik boʻgʻinlaridan biridir. Ichki ishlar organlari xodimlari Parlament ombudsmani tomonidan oʻtkazilgan “master-klass” davomida inson huquqlari boʻyicha milliy institut faoliyatining amaliy jihatlari bilan tanishdilar, muayyan vaziyatlarga doir koʻplab savollariga javoblar olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining faoliyati haqidagi video materiallarni tomosha qildilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Inson huquqlari boʻyicha vakil tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchilari uchun “master-klasslar” tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda boshqa gumanitar oliy oʻquv yurtlarining fan nomzodi va magistrlik ilmiy darajalarini olishga daʼvogar tadqiqotchilari ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, maslahatlar olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakiliga koʻp marotaba murojaat qildilar; ularga doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari, monografiyalar boʻyicha bir qator fikr-mulohazalar yozib berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yili mobaynida Ombudsman Kotibiyatida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat yuridik universiteti hamda Toshkent yuridik kolleji talabalari va oʻquvchilari oʻquv amaliyoti hamda stajirovkani oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil va uning Kotibiyati xodimlarining turli davlat tuzilmalari hamda nodavlat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan davra suhbatlari, seminarlar, anjumanlarda faol ishtirok etishi 2013-yilda Ombudsmanning inson huquqlari sohasida fuqarolar ijtimoiy ongini oshirishga koʻmaklashish boʻyicha faoliyatida yana bir yoʻnalishni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) noshirlik faoliyati ham fuqarolarning huquqiy maʼrifatiga xizmat qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) hisoboti anʼanaviy tarzda nashr etilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolariga, davlat organlariga beriladi, bu hisobotdan aholining erkin foydalanishi uchun — yuridik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlarining kutubxonalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Inson huquqlari boʻyicha vakil, uning Kotibiyati xodimlari va joylardagi vakillarining inson huquqlariga rioya etilishi va uni himoya qilish taʼminlanishi masalalariga bagʻishlangan maqolalar eʼlon qilishi amaliyoti davom ettirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari boʻyicha vakil oʻzining rasmiy veb-sayti yordamida fuqarolarning huquqiy maʼrifati borasidagi ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bu veb-sayt fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilish boʻyicha murojaat etish imkoniyatlarini taʼminlashda qoʻshimcha vositaga aylandi. Veb-saytning ishi, geografik joylashuvidan qatʼi nazar, barcha internet tarmogʻidan foydalanuvchilarning oʻz huquq va erkinliklariga daxldor dolzarb huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa axborotlardan erkin foydalanishini taʼminlashga, shuningdek Vakil hamda aholi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet-sayt interfaol axborot-maslahatlashuv markaziga aylandi, foydalanuvchilar undan oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalariga doir axborotlarni oladilar. Ombudsmanning veb-sayti oʻzbek, rus va ingliz tillarida faoliyat koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqiy maʼrifat orqali inson huquqlari sohasida huquqiy madaniyatni shakllantirish muammosi jamiyatda kechayotgan ijtimoiy jarayonlar surʼatining yuqoriligi tufayli jamiyatning demokratiya yoʻlidan jadal olgʻa borishida juda dolzarbdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Parlament ombudsmanining bu boradagi faoliyati inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish bilan shugʻullanuvchi milliy muassasalarning maqomiga taalluqli Parij prinsiplariga muvofiq amalga oshiriladi, ushbu prinsiplarda milliy muassasaning vazifasi — BMT va uning tizimidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy muassasalari hamda xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish masalalarida vakolatli boʻlgan milliy muassasalari bilan hamkorlik qilishdan iborat ekanligi nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Ombudsman instituti xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashadi. Bunday hamkorlikni amalga oshirishning asosiy prinsiplari inson huquqlarining hurmat qilinishi va unga rioya etilishini taʼminlash, shuningdek inson huquqlarini ragʻbatlantirish maqsadida uzoq muddatli oʻzaro hamkorlik oʻrnatish va uni rivojlantirishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir amaliy faoliyati quyidagi ustuvor yoʻnalishlarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini ragʻbatlantirish va himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro, mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va mintaqaviy Ombudsman institutlariga aʼzolik doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha milliy va xalqaro institutlarni hamda inson huquqlarini himoya qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvchi milliy institutlari bilan aloqalarni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inson huquqlari masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalar oʻtkazish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishi, Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilishga doir faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni xalqaro jamoatchilik oʻrtasida tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining faoliyati butun jahon hamjamiyati eʼtiborini tortmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutiga alohida eʼtibor qaratilayotgani shundaki, Oʻzbekistonda Ombudsman instituti Markaziy Osiyo makonida birinchi boʻlib tashkil etilgan va u oʻz faoliyatida xorijiy ombudsman institutlari ishida ham qoʻllash mumkin boʻlgan yetarlicha tajriba toʻpladi. Zero, xorijiy ombudsman institutlarining faoliyatida ham inson huquqlarini suddan tashqari himoya qilish institutlarini tashkil etish jarayoni keyingi 20 yil mobaynida kechmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida davlatimizni rivojlantirish strategiyasi bayon etilgan boʻlib, unda asosiy eʼtibor inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi hamda uni himoya qilinishining taʼminlanishi masalalariga qaratilgandir. Shu tufayli ham Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish tartibotlarini shakllantirish va takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili institutining huquqiy maqomini mustahkamlash, uning faoliyatini kuchaytirish jarayonlari chet ellik hamkasblarda alohida qiziqish uygʻotmoqda. Binobarin, bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat-huquqiy islohotlarning eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ombudsmanining BMT Rivojlanish Dasturi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, YuSAID, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomli fondlar, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi faol rivojlanib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivjlantirishga katta eʼtibor bermoqda. Bunday hamkorlik chet ellik hamkasblar bilan ikki tomonlama asosdagi va xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni rivojlantirish yoʻli bilan amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman Xalqaro Ombudsman instituti, Yevropa Ombudsman instituti, Osiyo Ombudsmanlar uyushmasi faoliyatidagi oʻz ishtirokini axborot almashish, materiallar eʼlon qilish, rahbar organlarni saylash, shuningdek inson huquqlari masalalariga doir tadbirlarda va Ombudsmanlar faoliyatida ishtirok etish orqali davom ettirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Yevropa Ombudsman instituti prezidenti Burgi Folgger xonim tashabbusiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S.Sh. Rashidova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri vazifasini bajaruvchi S.I. Azimovlardan iborat tarkibdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) delegatsiyasi EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatorining koʻmagida Yevropa Ombudsman institutining (EOI) Umumiy yigʻilishida ishtirok etdi. Yevropa Ombudsman institutining 25 yilligiga bagʻishlangan bu yigʻilishda 40dan ziyod mamlakatdan kelgan EOIning doimiy aʼzolari qatnashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Ombudsmani 2002-yildan buyon EOI aʼzosi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili faoliyati Yevropa Ombudsmanlari hamjamiyati tomonidan ijobiy baholanmoqda, bu haqda EOI Umumiy yigʻilishi ishtirokchilarining nutqlarida ham taʼkidlab oʻtildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Germaniyaning Fridrix Ebert nomli fondi bilan hamkorlik faollashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. Ebert nomli fondning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili delegatsiyasi 2013-yil 10 — 15-iyun kunlari Germaniyaning Berlin va Leypsig shaharlarida boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrif dasturi boʻyicha Bundestag deputatlari, Bundestagning Harbiy xizmatchilar ishlari boʻyicha vakili janob Helmut Kyonigsxauz hamda hukumatning (GFR Tashqi ishlar vazirligining) inson huquqlari va gumanitar yordam boʻyicha vakili janob M. Lyonning bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻlib oʻtgan uchrashuvlar davomida Germaniya tarafiga respublikamizda hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” doirasida olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili hamda uning Oʻzbekiston mintaqalaridagi vakillari faoliyati, ular tomonidan xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va oʻtkazilayotgan tadbirlar haqida batafsil axborot yetkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Delegatsiya tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan muzokaralar, fikr va tajriba almashish Germaniya tomoni parlament sohasida, sud-huquq va boshqa sohalarda Oʻzbekiston bilan oʻzaro foydali va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini, respublikamizda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarni yanada ilgarilatishga koʻmaklashish uchun tayyorligini yana bir bor namoyish etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Konrad Adenauer nomli fondning vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlik davom ettirildi. Mamlakatimiz mintaqalarida seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish, jazoni ijro etish muassasalariga tashriflar uyushtirish kabi birgalikdagi tadbirlarda ishtirok etish ana shunday oʻzaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud davlatlararo hamkorlik aloqalari butunlay yangi gumanitar yoʻnalish, yaʼni xorijiy ombudsmanlar oʻrtasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari bilan boyimoqda. Inson huquqlari boʻyicha vakil Yevropa, Osiyo, MDH mamlakatlarining ombudsmanlari bilan oʻzaro amaliy aloqalar oʻrnatgan. Ayrim ombudsmanlar bilan rasmiy hamkorlik munosabatlari oʻtgan yillar davomida ishonchli va amaliy sherikchilik munosabatlariga aylandi, bunday munosabatlarning chuqurlashuvi esa insonning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish masalalarida maslahatlashuv va tajriba almashishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 22-fevraldan 1-martga qadar mamlakatimiz hududlarida (Toshkent shahri, Fargʻona va Qashqadaryo viloyatlarida) “Ombudsman va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi hamkorligi: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy seminarlar boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Ombudsmani va “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti AQShning YuSAID agentligi moliyaviy koʻmagida ushbu tadbir tashkilotchilari boʻldilar. Ilmiy amaliy-seminarlarda Sloveniya sobiq Ombudsmani Ivan Bizyak, Karnegi fondi (AQSh) xodimi Sara Prudens Cheys, shuningdek Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasida sud islohotlari boʻyicha loyihasi Bosh eksperti Richard Jon Barton (Buyuk Britaniya) ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-amaliy seminarning maqsadi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning), fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqishda, shu jumladan bu boradagi xalqaro tajribani oʻrganishda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorligi shakllari va uslublarini takomillashtirishga doir takliflarni muhokama qilish va ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“AQSh sud tizimi” dasturi loyihasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish oliy malaka komissiyasi Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, Oliy sud huzuridagi Tadqiqot markazi va Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili Kotibiyati vakillaridan iborat tarkibdagi Oʻzbekiston Respublikasi mutaxassislari guruhi 2013-yil 28-oktabrdan 6-noyabrgacha boʻlgan davrda ishchi tashrif bilan AQShda boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrifdan maqsad — tajriba almashish, sud ishini yuritish sifatini oshirishga doir xorij amaliyotini oʻrganish, sud xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish, ular faoliyatining samaradorligini baholash, shuningdek sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlib chiqishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EXHT Bosh kotibi Lamberto Zanniyerning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida 2013-yil 22-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili S.Sh. Rashidova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchrashuvning maqsadi — Ombudsman institutining inson huquqlari sohasidagi roli va imkoniyatlarini oshirish niyatida EXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari Koordinatori bilan Parlament ombudsmanining hamkorligini kuchaytirish masalalari boʻyicha fikr almashishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchrashuvda EXHT Kotibiyati vakillari, Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya aʼzosi J. Sodiqov, Ombudsman oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi I. Mansurov va Ombudsman Kotibiyati boshligʻi vazifasini bajaruvchi S. Azimov, Kotibiyat katta referenti D. Murotova, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi masʼul xodimi R. Hakimov ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish dasturiga muvofiq 2013-yil 28-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S.Sh. Rashidovaning BMT Bosh kotibining inson huquqlari masalalari boʻyicha yordamchisi Ivan Simonovich bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchrashuv maqsadi Ombudsman faoliyati bilan tanishish, BMT Oliy komissarining Inson huquqlari boʻyicha boshqarmasi bilan hamkorlikning joriy masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiy boʻyicha maxsus vakili P. Flor xonimning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida 2013-yil 16-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Inson huquqlari boʻyicha vakilning AQShning xalqaro rivojlanish boʻyicha Oʻzbekistondagi USAID agentligi, AQSh Davlat departamenti bilan aloqalari rivojlanib, bu aloqalar mazkur tashkilotlarning vakillari bilan uchrashuvlar asosida amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSh Davlat departamenti Demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari boʻyicha byurosining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻlimi direktori janob J. Bigus qabul qilindi, Erin Koul xonim, YuSAID agentligining Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari byurosining demokratiya va davlat boshqaruvini rivojlantirish masalalari boʻyicha katta maslahatchisi janob G. Xelf bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSh Davlat kotibining demokratiya, inson huquqlari va mehnat masalalari boʻyicha yordamchisi oʻrinbosari J. Zimmerman xonimning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida 2013-yil 15-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) S. Rashidova ushbu delegatsiyani qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashrifning maqsadi Oʻzbekistonda oʻtkazilayotan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlar bilan tanishish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlash masalalari boʻyicha tajriba almashishdan iborat boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-may kuni Ombudsman “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nohukumat tashkiloti, YuSAID xalqaro tashkiloti, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya va Sogʻliqni saqlash vazirliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili tomonidan tashkil etilgan “Bemorlar huquqlarining tibbiy va huquqiy jihatlari” mavzusidagi seminar ishtirokchisi boʻlgan xorijiy ekspertlarni qabul qildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Ombudsmani faoliyati Shimoliy Irlandiyaning Qamoqxonalar boʻyicha ombudsmani Paulin Makkeyb xonimning eʼtiborini tortib, u aqliy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni saqlash va davolash shart-sharoitlari bilan qiziqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yilda Inson huquqlari boʻyicha vakilning xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlar ombudsmanlari, shuningdek diplomatiya missiyalari bilan hamkorligi yangi shakl va mazmun kasb etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Asmus Xammerix bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, u Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining missiyasi Ombudsman instituti bilan oʻzaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman ofisida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Jorj Edgar qabul qilindi. Qabul davomida Parlament ombudsmani faoliyati, mazkur institutning huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar bilan hamkorligi masalalari boʻyicha fikrlar almashindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 12-fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Aristid Fensterning Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuv chogʻida demokratik institutlarning faoliyati masalalari, Ombudsman instituti faoliyatining istiqbollari, shu jumladan Germaniyadagi davlat va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot yilida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo boshqarmasi direktori janob K. Roberts qabul qilinib, ushbu qabul chogʻida Ombudsmanning parlament nazorati va xalqaro hamkorlikni amalga oshirishga doir faoliyati, shu jumladan Britaniya parlament ombudsmanlari hamda Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiya ixtisoslashtirilgan ombudsmanlari bilan oʻzaro hamkorligi haqidagi taqdimot boʻlib oʻtdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman va uning vakillari hisobot yilida hammasi boʻlib 20 tadan ortiq elchilar, rasmiy delegatsiyalarni, chet el davlatlari hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy nohukumat va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning vakillarini qabul qildilar va qabul qilishda ishtirok etdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Ombudsman kutubxonasiga MIO, YIO, AAOdan, Yevropa Ittifoqi ombdusmanidan, Ozarbayjon, Bolgariya, Tailand, Vengriya, Finlandiya, boshqa mamlakatlarning ombudsmanlari va inson huquqlari boʻyicha institutlaridan, shuningdek EXHT JST, BMT missiyalaridan materiallar kelib tushdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyatini tahlil qilish xorijiy mamlakatlarning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlari va milliy muassasalari bilan inson huquqlariga rioya etilishini, uni himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash masalalari boʻyicha uzoq muddatli oʻzaro hamkorlik oʻrnatilganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning huquqiy fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlidan izchil borishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bayon etilgan mamlakatimizni kelgusida rivojlantirish strategiyasiga asoslangandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamiyat qurilishining barcha jihatlarini isloh qilishning toʻliq taʼminlanishi borasida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yoʻnalishlar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining huquqni qoʻllash amaliyotida, odil sudlov organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, shuningdek inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning huquqni muhofaza qilish borasidagi faolligida, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-siyosiy faolligida oʻzining yaqqol tasdigʻi va isbotini topdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish va iqtisodiy qudratimizni mustahkamlash, hayotning barcha jabhalarida islohotlarni chuqurlashtirish, davlat va fuqarolik jamiyatining ijtimoiy sherikchilik rolini kuchaytirish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilishga doir davlat siyosatini hayotga faol tatbiq etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ular mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish sohasidagi hozirgi shart-sharoitlar Ombudsmanni quyidagi vazifalarni bajarishga yoʻnaltiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsmanning huquqni taʼminlash funksiyalarini samarali amalga oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining huquqni qoʻllash faoliyati ustidan parlament nazorati tartibotlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil — “Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan davlat va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining barcha jihatlarini isloh qilishga koʻmaklashish, fuqarolarning jamoatchilik tashabbuslarini hamda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining faolligini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan sud protsesslarida bolalar huquqlarining taʼminlanishi boʻyicha monitoring oʻtkazish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik monitoringi oʻtkazishni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil Ombudsman instituti uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da bayon etilgan Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi asosida fuqarolar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash va himoya qilish borasidagi davlat siyosatini hayotga tatbiq etishda muhim bosqich boʻldi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2014-y., 4-son, 107-modda)