Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 20.07.2015 yildagi Х-1428/07-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hududida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 28-oktabrdagi PF-2100-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 203-modda) ijrosini taʼminlash hamda tuman hududidagi toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, shuhratparastlik, dabdababozlik va isrofgarchilik bilan oʻtkazilishi keng jamoatchilikni tashvishga solayotganligi sababli bunday holatlarga chek qoʻyish, fuqarolar sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi, “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi, Maʼnaviyat-targʻibot markazi tuman boʻlimi, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda toʻy-hasham, marosim va oilaviy tadbirlarni oʻtkazishni muvofiqlashtiruvchi Jamoatchilik Kengashini tuzish takliflari maʼqullanib, ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi (Sh. Raxmonova), “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi (B. Mamatov), “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi (B. Ergashev), Maʼnaviyat targʻibot markazi tuman boʻlimi (Sh. Togʻayeva) va tumandagi barcha QFY va MFY raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik Kengashining maqsad va vazifalarini belgilab, oʻtkaziladigan toʻy-hasham, marosim, oilaviy tantanalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish hamda toʻy va marosim egalari bilan ixcham, isrofgarchiliksiz va belgilangan talablar asosida oʻtkazish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keng jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni tartibga solish hamda ixcham va milliy qadriyatlar asosida oʻtkazish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, targʻibot qilish orqali jamiyat hayotiga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar va marosimlarni oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik fikrini inobatga olmaydigan fuqarolarni mahalla fuqarolar yigʻiniga taklif qilish, ushbu masalani mahalla va mehnat jamoasida muhokama etish, taʼsir chorasini koʻrish va tushuntirish ishlarini oʻtkazish tizimini yaratish boʻyicha ishlarni amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman bosh imom-xatibi (F. Muxtorov) va tumandagi barcha QFY va MFY raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni ixcham oʻtkazishni, dabdabali oʻtkazilayotgan tadbirlarga sarflanayotgan mablagʻlarni kam taʼminlangan oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirishni targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy tashkilotlar, imom-xatiblar toʻylar va marosimlardagi maʼruzalarida aholining eʼtiborini yoshlar tarbiyasi, ota-onaning masʼuliyati, jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarning oldini olish, tinchlik va mustaqillik neʼmatini asrash kabi masalalarga qaratishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumandagi davlat boshqaruvi organlari, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat unumdorligini saqlash maqsadida restoran, oshxona, kafe va toʻyxonalarda ish kunlari toʻy va marosim munosabati bilan soat 07.00 dan 09.00 gacha yoki 12.00 dan 14.00 gacha osh berish va aksincha ish vaqtida soat 09.00 dan 12.00 gacha, 14.00 dan 18.00 gacha osh berishni taʼqiqlash, hamda soat 23.00 dan keyin toʻy va bazmlarni davom ettirish holatlarining oldini olish boʻyicha jamoatchilikning takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Sh. Erdonayev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
restoran, oshxona, kafe va toʻyxonalarda toʻy-hasham va turli marosimlarni oʻtkazishda plastik kartochkalar, naqd pul oʻtkazish yoʻli va bank krediti orqali oʻtkaziladigan toʻlovlarni qabul qilishda hech qanday cheklovlarsiz, bir xil belgilangan narxlarda amalga oshirilishi nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (A. Yuldoshev)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha restoran, oshxona, kafe va toʻyxona egalari toʻy va marosimlarda fuqarolar hayotiga xavf soluvchi texnikalar, koʻrgazmalar va pirotexnikadan foydalanmaslik hamda toʻyxona atrofida yashovchi aholining tinchligi buzilmasligi uchun toʻy-hashamdan soʻng shovqinli holatlar boʻlmasligini taʼminlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy-hasham munosabati bilan kelin-kuyov va ularning yaqinlari tuman hududida aylanishi va suratga olishi jarayonida fuqarolar hamda yoʻl harakati xavfsizligiga qatʼiy rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha, shuningdek mazkur turdagi tadbirlarni tantanali oʻtkazishga jalb qilinadigan avtomashinalar sonini 4 tadan oshmagan miqdorda boʻlishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi (A. Raxmatov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻylar va bazmlarda sanʼatkorlar ishtiroki va ularning kiyinish madaniyatiga rioya qilinishi, shuningdek xonanda va raqqosalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 31-son, 380-modda) talablariga muvofiq toʻy, yubiley va boshqa tantanalarga xizmat koʻrsatish litsenziyasi mavjudligi nazoratga olinsin va raqqosalik kasbiga nomunosib boʻlgan qiz-juvonlarning toʻy-hasham va bazmlarga raqqosa nomi ostida chiqishi qatʼiy cheklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi (Sh. Raxmonova), “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi (B. Mamatov), “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi (B. Ergashev), Maʼnaviyat targʻibot Markazi tuman boʻlimi (Sh. Togʻayeva), “Kesh” gazetasi (S. Primov) hamda tumandagi mahalla va qishloq fuqarolar yigʻini raislari, diniy tashkilotlar imom-xatiblariga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholi va keng jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror nazoratga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror nusxasi tumandagi barcha restoran, oshxona, kafe va toʻyxona egalariga yetkazilsin hamda ijrosini toʻliq nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosarlari Z. Xalilov va Sh. Raxmonovalar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror “Kesh” gazetasida rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim F. NOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-1428/07-son