Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021 05.08.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2706
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2021
Hujjat 31.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2706]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 21-sentabrdagi 21/12-sonli “Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3283, 29.10.2020-y.) asosan 2021-yil 30-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/15-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-son “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlarni tuzish, ushbu bitimlarning hisobini yuritish va ular boʻyicha hisobotni taqdim etishga oid talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi Markaziy bank tomonidan bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar tuzish yuzasidan cheklovlarni belgilash hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar — kredit va kredit liniyalari, overdraft, lizing, faktoring, repo, svop, kredit shartlarining oʻzgartirilishining barcha shakllari, qimmatli qogʻozlar va har qanday koʻrinishdagi investitsiyalar, qimmatli qogʻozlarni yoxud xorijiy valyutani sotib olish boʻyicha har qanday huquqiy asoslangan majburiyat, bosqichma-bosqich toʻlash sharti bilan aktivlarni sotish, akkreditivlar ochish, kafolatlar berish, mol-mulklar sotib olish hamda boshqa moliyalashlar bilan bogʻliq bitimlar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2706-1, 24.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 745-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — eri, xotini, ota-onasi, bolalari, tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, bobolari, buvilari, nevaralari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yirik aksiyadori — bank ustav kapitalining 10 foizi va undan ortigʻiga egalik qilgan har qanday shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bankka aloqador boʻlgan shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bankning mansabdor shaxslari, jumladan bank kengashining aʼzolari, ushbu bankning barcha xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bank ustav kapitalining 10 foizi va undan ortiq qismiga egalik qilib turgan jismoniy shaxs va uning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bank ustav kapitalining 10 foizi va undan ortiq qismiga egalik qilib turgan yuridik shaxsning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bank yuridik shaxsning qatnashchisi (aksiyadori) boʻlib, uning ustav kapitalidagi ulushi 10 foizdan ortiq boʻlsa, mazkur yuridik shaxs, uning mansabdor shaxslari va bu shaxslarning yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bankning yirik aksiyadori (jumladan, yuridik va jismoniy shaxs) yirik aksiyadori boʻlgan yoki kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoxud aloqador shaxs boʻlgan yuridik shaxs yoki jismoniy shaxslarning uyushmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har qanday shaxs bankka aloqador shaxs koʻrsatmasiga asosan harakat qilayotgan boʻlsa yoki bankka aloqador shaxs ushbu bitimdan manfaatdor boʻlsa, ushbu shaxs bankka aloqador shaxs nomidan harakat qilayotgan hisoblanadi. Bankka aloqador shaxslar nomidan harakat qilayotgan shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarning huquqiy vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslar bilan oʻzaro tuzilgan bitimga asosan bankka aloqador shaxsning nomidan harakat qilish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuziladigan bitimdan olinadigan foydani bevosita yoki bilvosita bankka aloqador shaxslarga beradigan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxs kuchli taʼsirini oʻtkaza oladigan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning yirik aksiyadori uning ham yirik aksiyadori boʻlgan yuridik shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bankka aloqador shaxs quyidagi hollarda yuridik shaxsga kuchli taʼsir oʻtkaza oladigan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bankka aloqador shaxs yuridik shaxsning yirik qatnashchisi (aksiyadori) boʻlib, yuridik shaxs ustav kapitalining 10 foiz va undan ortigʻiga egalik qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxs qatnashchilari (aksiyadorlari), rahbariyati bilan rasmiy kelishuvga asosan yuridik shaxs faoliyatini boshqarish yoki rahbarlik qilish imkoniyatiga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bankka aloqador shaxs qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs toʻliq shirkat boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Banklarning oʻziga aloqador boʻlgan shaxslar bilan yoki ular nomidan tuzadigan bitimlari oʻziga aloqador boʻlmagan shaxslar bilan tuzadigan bitimlarga qaraganda ancha qulay shartlarga asoslansa, ularning bunday bitimlarni tuzishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan bitimlar, xususan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiligi yuqori boʻlgan yoki boshqa noqulay holatlar tufayli bank oʻziga aloqador boʻlmagan shaxslar bilan tuzmaydigan bitimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlmagan shaxslardan olinadigan foiz yoki vositachilik haqlariga nisbatan kam miqdorda foiz yoki vositachilik haqlarini undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslarga koʻrsatilgan xizmat uchun bankka aloqador boʻlmagan shaxslar tomonidan toʻlanadigan summadan kam miqdorda haq toʻlaganda yoki xizmat haqi umuman toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlmagan shaxslarga kreditlarni toʻlov muddatlarini uzaytirish huquqi berilmaydigan vaziyatda, bankka aloqador shaxslarga qarzdorliklari boʻyicha toʻlov muddatlarini uzaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlmagan shaxslarga nisbatan bankka aloqador shaxslarning tavakkalchilik shartlarini joriy nazorat qilishda qulayliklar yaratish, ularni qoplash yoki hisobdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslardan muayyan aktivlarni xuddi shu aktivlarni aloqador boʻlmagan shaxslardan sotib olishiga qaraganda yuqori bahoda sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan shaxslarga muayyan aktivlarni xuddi shunday aktivlarni aloqador boʻlmagan shaxslarga sotganda olinishi mumkin summadan kam boʻlgan summaga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat koʻrsatkichlari yomonligi yoki tavakkalchilik darajasining yuqori boʻlganligi sababli, boshqa yuridik shaxslarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilinmaydigan hollarda bankka aloqador shaxslarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador shaxslardan nolikvid aktivlarni qabul qilish yoki nolikvid aktivlarni bankka aloqador shaxslardan kredit taʼminoti sifatida qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bankka aloqador shaxslar oʻrtasidagi barcha bitimlar ishonchli va xavfsiz bank amaliyotiga mos holda amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bankka aloqador boʻlgan shaxslar bilan bitimlar faqat bank Kengashi ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bankka aloqador boʻlgan Kengash aʼzosi bank hamda quyidagi shaxslar oʻrtasida tuziladigan bitimlarning muhokamasida ishtirok etmasligi yoki boshqa usullar bilan Kengash qaroriga taʼsir qilmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan Kengash aʼzosining oʻzi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan Kengash aʼzosining yaqin qarindoshlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankka aloqador boʻlgan Kengash aʼzosi yoki uning yaqin qarindoshlari yirik aksiyadori boʻlgan yoki kuchli taʼsir oʻtkazadigan har qanday yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida keltirilgan shaxslar nomidan harakat qilayotgan har qanday shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bankka aloqador boʻlgan shaxs bilan bank oʻrtasidagi har qanday bitimga oid Kengash qarori bitimning barcha tegishli shartlariga oid axborotlarning toʻliq berilishiga asoslangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kredit bitimlari boʻyicha bu axborotlar oʻz ichiga kredit miqdori, foiz stavkasi, qarz oluvchining moliyaviy ahvoli, uning olgan kreditini oʻz vaqtida qaytara olish imkoniyati toʻgʻrisida moliyaviy axborot, kreditning taʼminlanganlik miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qamrab olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bank aktivlarining oldi-sotdi operatsiyalariga doir maʼlumotda aktivlarning qiymatini tasdiqlovchi axborot boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bank Kengashi bankka aloqador shaxslar bilan bitimlar tuzish yuzasidan berilgan ruxsatlarning hisobini yuritishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bankka aloqador shaxs bilan tegishli bitim tuzilishiga bank Kengashi tomonidan ruxsat berilgach, mazkur bitim oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bankka aloqador boʻlgan yuridik shaxslarga qilingan investitsiyalar bankka aloqador boʻlmagan shaxslarga qoʻyilgan investitsiyalar kabi davriy ravishda qayta baholanishi va monitoringdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bankka aloqador boʻlgan shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bankka aloqador boʻlgan bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi bankning birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bankning barcha aloqador boʻlgan shaxslariga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasi bank birinchi darajali kapitalining 100 foizidan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning 16 va 17-bandlariga muvofiq bankka aloqador bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilik summasini aniqlashda kredit va kredit liniyalari, overdraft, lizing, faktoring, repo, svop, kredit shartlarining oʻzgartirilishini barcha shakllari, berilgan kafolatlar va ular boʻyicha toʻlab berilib, undirilmagan mablagʻlar, qimmatli qogʻozlar va har qanday koʻrinishdagi investitsiyalar, qimmatli qogʻozlarni yoxud xorijiy valyutani sotib olish boʻyicha har qanday huquqiy asoslangan majburiyatnoma, bosqichma-bosqich toʻlash sharti bilan aktivlarni sotish, akkreditivlar ochish, mol-mulklar sotib olish, hisoblangan foizlar, balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan majburiyatlar va boshqa moliyalashlar bilan bogʻliq bitimlar hamda qarzdorni toʻlov majburiyati boʻyicha bankrot deb eʼlon qilinishi natijasida bekor qilingan holatdan tashqari hisobdan chiqarilgan barcha summalar hisobga olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2706-1, 24.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 745-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bankka aloqador boʻlgan shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini aniqlashda quyidagilar hisobga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa banklarga qaytib sotib olish majburiyatisiz sotilgan kreditlardagi ishtiroki uchun olingan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarning va kafolatlarning bozor qiymati kreditlarni 125 foizga qoplay oladigan davlat qimmatli qogʻozlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan taʼminlangan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qayta moliyalashtirilgan kreditlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan alohida cheklovlar belgilanishi mumkin boʻlgan, odatda qoʻllaniladigan vakillik munosabatlari doirasida joylashtirilgan bankning unga aloqador hisoblangan boshqa bankdagi depozit mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-son “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq banklarga tanlov savdolarda mulk sifatida sotilgan ishlab chiqarish korxonalari mulki negizida tuzilgan korxonalarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Iqtisodiy nochor korxonalarni tanlov savdolarida banklarga realizatsiya qilish tartibiga muvofiq iqtisodiy sudlarning qarorlariga koʻra tugatish qiymati boʻyicha banklar balansiga qabul qilingan korxonalar mulki negizida tuzilgan yangi korxonalarga berilgan kreditlar.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 24-iyundagi 14/16-sonli qarori (roʻyxat raqami 2706-1, 24.07.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 745-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat koʻrsatuvchi shaxsga beriladigan har qanday kredit, taʼminot sifatida davlat qimmatli qogʻozlari qoʻyilganda kreditning 125 foiz miqdorida yoki boshqa taʼminot vositasi qoʻyilganda kreditning 130 foiz miqdorida bozor bahosidagi taʼminot bilan taʼminlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Agar taʼminot qiymati mazkur Nizomning 20-bandidagi talablarga javob bermasa, taʼminot oʻzgartirilishi yoki mazkur Nizom talablariga mos keladigan qiymatdagi taʼminot bilan toʻldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisob va hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir bank bankka aloqador shaxslar yoki ular nomidan ishtirok etuvchi shaxslar bilan amalga oshirgan barcha bitimlar toʻgʻrisidagi oylik hisobotni Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hisobot oʻtgan oy mobaynida amalga oshirilgan va hisobotni taqdim etish sanasiga amalda boʻlgan barcha operatsiyalar roʻyxatini oʻzida aks ettirishi kerak. Hisobot bankka aloqador yuridik shaxsning toʻliq nomini, aloqador jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini, bitim summasini, berish va qaytarish muddatlarini, kreditni taʼminlash turlarini va kredit shartnomasida koʻzda tutilgan boshqa shartlarni oʻz ichiga olishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Har bir bank uning rahbar xodimlari, shuningdek bankning yirik aksiyadorlari hisoblangan jismoniy shaxslardan yiliga bir marta yaqin qarindoshlari va yaqin qarindoshlaridan biri tomonidan kuchli taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan shaxslar roʻyxatini shakllantirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bank Kengashining barcha hisobotlari va qarorlari 10 yil mobaynida saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Nizom talablari banklar tomonidan buzilgan taqdirda Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 53-moddasida nazarda tutilgan chora va sanksiyalarni qoʻllashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 31-son, 418-modda; 2017-y., 30-son, 745-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2018-y., 10/18/2706-2/1843-son; 25.12.2019-y., 10/19/2706-3/4196-son)