29.05.2015 yildagi X-194/05-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududida hayvonlarni karantinga qoʻyish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hududida hayvonlar kasalliklarini tarqalishini oldini olish, aholi isteʼmoli uchun chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlashda uning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarni oʻz vaqtida oldini olish hamda masʼul shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeks (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)ning 6-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ning 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat hududida hayvonlarni karantinga qoʻyish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman va shaharlar hokimlari, viloyat davlat Veterinariya boshqarmasi (Imomov), mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, hayvonlarni parvarish qilayotgan aholi, yordamchi, dehqon va chorvachilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʻjaliklari hamda korxona, tashkilotlar rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hududiga kiritilgan barcha turdagi hayvonlar, hududiy davlat veterinariya xizmati nazorati ostida kerakli tashxis tekshiruvlari oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq hudud uchun tuzilgan epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar rejasiga binoan, kasalliklarni oldini olish boʻyicha immunitetni koʻtaruvchi barcha choralar koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin vaqtida hayvonlarning har bir boshini tana haroratini oʻlchash bilan birga, klinik koʻrikdan oʻtkazilishi hamda ushbu muddatda belgilangan veterinariya-sanitariya tadbirlari oʻtkazilgandan keyingina sotilishi yoki tarqatilishi yoʻlga qoʻyilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoogigiyena talablariga muvofiq hayvonlarning tegishli tartibda saqlanishi va oziqlantirilishini, shuningdek ularni saqlash boʻyicha mavjud yoʻriqnoma, qoʻllanma va koʻrsatmalar asosida majburiy davolash, kasallikning oldini olish tadbirlari oʻz vaqtida oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat veterinariya xizmatining talabiga binoan, hayvonlarni tekshirish uchun koʻrsatish, diagnostik tekshirish, davolash va profilaktik tadbirlarni oʻtkazish hamda ularni roʻyxatga olinishini taʼminlab, yangi hayvon sotib olinganligi toʻgʻrisida, hayvonlarning toʻsatdan oʻlishi, kasallanishi yoki ularda gʻayritabiiy holatlar paydo boʻlgan hollarda darhol xabar berishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (Qurbonov), Viloyat davlat Veterinariya boshqarmasi (Imomov), Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyat boʻlimi (Mirzayev), “Qashqadaryo bozorsavdo” uyushmasi (Igamberdiyev) bilan birgalikda mol bozorlariga sotishga olib kelingan hayvonlarni sogʻligʻi va yuqumli kasalliklarga emlanganligi toʻgʻrisidagi veterinariya vrachining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan maʼlumotnomasi asosida sotishga ruxsat etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat davlat Veterinariya boshqarmasi (Imomov), Viloyat davlat Sanitariya va epidemiologiya nazorati markazi (Boʻriyev) qishloq xoʻjalik hayvonlarini uy sharoitida boqilishida aholini tozalikka va veterinariya-sanitariya qoidalariga .rioya qilish boʻyicha madaniyatini oshirish yuzasidan targʻibot va tashviqot ishlarini keng koʻlamda olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat Moliya boshqarmasi (Qulmatov), Viloyat davlat Veterinariya boshqarmasi (Imomov) bilan birgalikda joylardagi veterinariya boʻlimlari va laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini zamonaviy asbob-uskunalar, avtotransport vositalari bilan bosqichma-bosqich jihozlab, mustahkamlab borish boʻyicha tegishli choralarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi (Qobilov), Viloyat davlat Veterinariya boshqarmasi (Imomov) bilan birgalikda veterinariya sohasi boʻyicha kadrlar bilan taʼminlanganlik masalasini oʻrganib chiqib, oʻrganish natijasi asosida kadrlarni salohiyatiga koʻra ish bilan taʼminlash va ularning kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha oʻquv amaliy seminarlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Veterinariya toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq intizomiy, moddiy, maʼmuriy va jinoiy javobgar boʻlishlari taʼkidlab oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari B. Rajapov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadarya” gazetalarida eʼlon qilinsin hamda hokimlikning qashqadaryo.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Z. RUZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-194/05-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2015-yil 29-maydagi X-194/05-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganida karantinga qoʻyishning boshqa veterinariya-sanitariya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur qoidalar viloyat hududida hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganida hayvonlarni karantinga qoʻyishning boshqa veterinariya-sanitariya choralarini koʻrish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat Veterinariya Bosh boshqarmasi tomonidan 1998-yil 28-avgustda tasdiqlangan “Hayvonlar kasalliklariga qarshi kurash tadbirlari haqida”gi qoʻllanmalarga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi xoʻjaliklar, shuningdek hayvon va chorvachilik mahsulotlarining egalari tomonidan olib kelinayotgan mollar tegishli hududiy davlat veterinariya boʻlimlarining nazorati ostida 30 kunlik profilaktik karantinda saqlanadi hamda shu davrda serologik usulda brutsellyozga tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat veterinariya boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan goʻsht va sut mahsulotlarini belgilanmagan joylarda hamda kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotilishi ustidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi xoʻjaliklar, shuningdek hayvon va chorvachilik mahsulotlarining egalari mazkur qoida va tartib bilan bogʻliq qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmati koʻrsatilishi uchun davlat, idoraviy va xususiy veterinariya xizmatlari bilan shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmatidan hayvonlarning kasallikka chalinish darajasi, epizootik vaziyat va hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlarini maxsus tadqiq etish natijalari haqida axborotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi belgilagan tartibda hayvonlar va chorvachilik mahsulotlari, yem-xashak, veterinariya dori-darmonlari sotib olish va sotish, shu jumladan xorijdan sotib olish va xorijga sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat organlari, davlat, idoraviy veterinariya xizmatlari hamda xususiy veterinariya faoliyati bilan shugʻullanayotgan mutaxassislarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari va koʻrsatmalari ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi xoʻjaliklar, shuningdek hayvon va chorvachilik mahsulotlarining egalari ushbu qoidalar va tartib bilan bogʻliq qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan quyidagilarni taʼminlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mablagʻlari hisobiga hayvonlar yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini olishga qaratilgan tashkiliy-xoʻjalik va veterinariya tadbirlarini amalga oshirishlari, budjetdan moliyaviy taʼminlanadigan tadbirlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasal hayvonni davolatishlari, zarur boʻlganda veterinariya mutaxassisining koʻrsatmasiga binoan soʻyish yoki yoʻq qilib tashlanishini taʼminlashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan moddalar yoki yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroblar bilan ifloslangan yoxud zararlangan chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini istisno etuvchi hayvonlar gigiyenasi normalarini bajarishlari va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon sotib olinganligi va ularning toʻsatdan harom oʻlishi yoki gʻayriodatiy xatti-harakati hollari toʻgʻrisida muayyan hududga xizmat koʻrsatuvchi tegishli veterinariya xizmatiga zudlik bilan xabar qilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya xizmatining hayvonlarni yuqumli kasalliklardan muhofaza etish yuzasidan bergan taqdimnomalarini bajarishlari hamda karantinga doir tegishli tadbirlar va boshqa veterinariya tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlashlari, shuningdek davolash-profilaktika ishlovlarini toʻliq hajmda oʻtkazishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorvachilik fermalarini, hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlari saqlanadigan binolar va boshqa inshootlarni, shuningdek yaylovlar, suv havzalari, mol haydab oʻtiladigan yoʻllar, temir yoʻl bekatlari, koʻrgazmalar, yarmarkalar, bozorlar, soʻyish punktlari, maydonchalar, goʻsht kombinatlari, separator boʻlimlari, sut punktlari va zavodlarini lozim boʻlgan veterinariya- sanitariya holatida saqlashlari, ularda dezinfeksiyalash, dezinseksiyalash va deratizatsiyalash ishlarini oʻz vaqtida oʻtkazishlari, shuningdek oʻlgan hayvonlar jasadini yigʻishtirib olishlari va yoʻq qilib tashlashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar hamda chorvachilik mahsulotlari va xomashyosi savdo sotigʻini faqat davlat veterinariya xizmatining ruxsati bilan maxsus ajratilgan joylarda veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya mutaxassislarining talabiga binoan hayvonlarni koʻrikdan, diagnostik tekshiruvdan, ehtiyoti shart yoʻsinida emlashdan va davolash-profilaktika ishlovlaridan oʻtkazish uchun topshirilishini taʼminlashlari, veterinariya xodimlariga koʻrsatilgan veterinariya xizmatlari evaziga haq toʻlagan holda veterinariya tadbirlarini oʻtkazish uchun zarur shart- sharoit yaratib berishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi yoki chorva mahsulotlarining yaroqsizligi hayvon egalarining aybi bilan paydo boʻlganligi sud tomonidan isbotlangan hollarda sogʻlomlashtirish tadbirlariga ketgan xarajatlarni davlat veterinariya xizmatiga toʻlashlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanmagan biopreparatlar, dori-darmonlar, ozuqabop qoʻshimchalar, mikroelementlar, biologik kuchaytirgichlar va gormonlarni chorvachilikda qoʻllamasliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan veterinariya-sanitariya talablariga hamda hayvonlar, hayvonotga mansub mahsulotlar va xomashyo hamda yem-xashakni chet eldan sotib olish va chet elga chiqarish talablariga rioya etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hududida hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganida yuqoridagi qoʻllanma talablariga asosan tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalgani aniqlangan hollarda tuman (shahar) davlat veterinariya inspektorining taqdimnomasiga binoan mahalliy hokimiyat organlarining qarorlari bilan ayrim podalar, otarlar, uyurlar, qoʻralar, fermalar, xoʻjaliklar, korxonalar, temir yoʻl bekatlari, aeroportlar, daryo portlari, qishloq va qoʻrgʻonlarning hududlari hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb eʼlon qilinadi hamda ularda karantin yoki zarur cheklashlar oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tumanlarni, shaharlarni hayvonlarning yuqumli kasalliklari tarqalganligi jihatidan yomon ahvolda deb eʼlon qilish hamda ularda karantin yoki boshqa cheklashlar oʻrnatish tegishli bosh davlat inspektorlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hayvonlarni yuqumli kasalliklar bilan ogʻrishi batamom toʻxtaganidan keyin karantin yoki cheklashlar oʻrnatilgan hududda zarur veterinariya-sanitariya tadbirlari amalga oshirilgandan (kasalliklarga qarshi kurash qoʻllanmalarida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan) soʻng tegishli bosh davlat veterinariya inspektorlarining taqdimnomasiga binoan karantin yoki cheklashlar oʻrnatgan tuman, shahar hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlarning qarorlari bilan karantin yoki cheklashlar bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tarqalishi oqibatida karantin yoki cheklashlar belgilanadigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hayvonlar yalpi kasallanishi hamda nobud boʻlishining oldini olish va bartaraf etish yuzasidan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga kundalik rahbarlik qilish hamda bu boradagi ishni muvofiqlashtirish maqsadida viloyat, shahar va tuman hokimiyatining vakillik organlari yoki hokimlar tomonidan oʻzining tasdiqlangan Nizomiga muvofiq ish olib boruvchi epizootik kasalliklarga qarshi favqulodda komissiyalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qoidalar talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.