Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Soliq intizomini mustahkamlash, soliq qonun hujjatlariga qatʼiy amal qilish, soliq toʻlovlarining budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash, soliq haqidagi huquq buzilishlarining aniqlanishi, ularning oldini olish va ularni bartaraf etish ustidan davlat nazoratni kuchaytirish, shuningdek soliq organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining boshqarish tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tizimi xodimlarining umumiy soni 2000-yil 1-apreldan boshlab oʻrtacha 10 foizga qisqartirilsin. Qisqartirilayotgan xodimlar va ish haqi fondi Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasini hamda uning hududiy boshqarmalarini xodimlar bilan toʻldirishga va mustahkamlashga yoʻnaltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq qoʻmitasi raisining besh nafar oʻrinbosari, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosari, 11 kishidan iborat tarkibda hayʼati boʻlishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
4. Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tashkil etilsin, unga belgilangan tartibda nazorat ishlarini amalga oshirish va hujjatlarni tekshirish hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilish funksiyasi yuklansin;
Keyingi tahrirga qarang.
Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi tashkil etilsin, uning tarkibida Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish maxsus boshqarmasi tuzish nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosariga boʻysunadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi oʻz faoliyatida Davlat soliq qoʻmitasi raisining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 6, 6a, 6b va 6v-ilovalarga muvofiq;
Tuman, shahar, shahardagi tuman davlat soliq inspeksiyasining namunaviy tuzilmasi 7 va 7a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi xodimlari uchun respublika budjeti hisobidan ular lavozim maoshining 20 foizi miqdorida maxsus ustamalar joriy etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizomning yangi tahririni hamda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi, Nazorat-taftish bosh boshqarmasi, Rejim va kadrlar bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
shu yil 1-maygacha davlat soliq, xizmati organlari xodimlarining yangi kiyim-boshini yaratish yuzasidan tanlov oʻtkazsin, bunda unga 2001-yildan boshlab oʻtishni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasiga va uning hududiy boshqarmalariga xizmat koʻrsatish uchun avtotransport vositalariga qoʻshimcha limit ajratish toʻgʻrisidagi masalani bir oy muddatda hal qilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq sohasida huquq buzilishlarga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi tizimida ishlash uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilari orasidan tezkor-qidiruv faoliyati boʻyicha mutaxassislarni yoʻllashni nazarda tutsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining Qurilish va qurilish materiallari sanoati kompleksi (Isayev) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi Buxoro va Fargʻona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Buxoro va Fargʻona shaharlaridagi ikkita yangidan qurilgan kasb-hunar kollejlarini aniqlasin va ularni ikki oy muddatda ushbu kollejlar bazasida 2000-yil 1-sentabrgacha har biri 200 oʻrinli ixtisoslashtirilgan soliq kollejlari tashkil etish uchun Davlat soliq qoʻmitasi balansiga bersin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining Buxoro shahar va Samarqand shahar Davlat soliq inspeksiyalarini, shuningdek Fargʻona shahridagi Qirguli tumani Davlat soliq inspeksiyasini tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
13. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 20-oktabrdagi 483-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 1 va 3-bandlari, qarorga 1-6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 13-mart,
87-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini boshqarish
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 13-son, 88-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-avgustdagi 168-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 31-32-son, 323-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Davlat soliq boshqarmalarining namunaviy
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarining namunaviy
tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Davlat soliq boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
1. Nazorat-inspektorlik boʻlimi
2. Yuridik boʻlim
3. Buxgalteriya hisobi va butlash boʻlimi
4. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish boʻlimi
5. Birinchi boʻlim
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
6. Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi boʻlimi
6.1. Hisobga olish va soliq statistikasi shoʻbasi
6.2. Maʼlumotlar bazasiga xizmat koʻrsatish shoʻbasi
6.3. Texnik xizmat koʻrsatish va telekommunikatsiyalar shoʻbasi
6.4. Muddatida toʻlanmagan toʻlovlarni undirib olish shoʻbasi
Boshliq oʻrinbosari
7. Yuridik shaxslar toʻlovlarining budjetga tushishini nazorat va tahlil qilish boʻlimi
7.1. Yuridik shaxslarga soliq solish shoʻbasi
7.2. Boshqa soliqlar va yigʻimlar shoʻbasi
7.3. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish shoʻbasi
8. Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat boʻlimi
Boshliqning rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari
9. Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi
10. Kadrlar boʻlimi
11. Maxsus nazorat-taftish boʻlimi
12. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni hujjatlar boʻyicha va nazorat tartibida tekshirishlarni tashkil etish boʻlimi
13. Navbatchi qism
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi
1. Kotibiyat
2. Nazorat-inspektorlik boʻlimi
3. Yuridik boʻlim
4. Buxgalteriya hisobi va butlash boʻlimi
5. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish boʻlimi
6. Birinchi boʻlim
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
7. Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi boshqarmasi
7.1. Hisobga olish va soliq statistikasi boʻlimi
7.2. Maʼlumotlar bazasiga xizmat koʻrsatish boʻlimi
7.3. Texnik xizmat koʻrsatish va telekommunikatsiyalar shoʻbasi
7.4. Muddatida toʻlanmagan toʻlovlarni undirib olish boʻlimi
Boshliq oʻrinbosari
8. Yuridik shaxslar toʻlovlarining budjetga tushishini nazorat va tahlil qilish boshqarmasi
8.1. Yuridik shaxslarga soliq solish boʻlimi
8.2. Boshqa soliqlar va yigʻimlar boʻlimi
8.3. Valyuta va eksport-import operatsiyalarini nazorat qilish boʻlimi
Boshliq oʻrinbosari
9. Jismoniy shaxslarga soliq solish boshqarmasi
10. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni hujjatlar boʻyicha va nazorat tartibida tekshirishlarni tashkil etish boʻlimi
11. Servis-Markaz
Boshliqning rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari
12. Kadrlar boʻlimi
13. Maxsus nazorat-taftish boʻlimi
14. Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi
15. Navbatchi qism
Keyingi tahrirga qarang.
Shaharlar, tumanlar va shaharlardagi tumanlar Davlat soliq inspeksiyalarining
namunaviy tuzilmasi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2000-yil 13-martdagi 87-son qaroriga
7a-ILOVA
2000-yil 13-martdagi 87-son qaroriga
7a-ILOVA
Shaharlar, tumanlar va shaharlardagi tumanlar Davlat soliq inspeksiyalarining
namunaviy tuzilmasi
Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi
1. Buxgalteriya hisobi va butlash boʻlimi
2. Nazorat organlari, faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring olib borish shoʻbasi yoki mutaxassis
3. Nazorat-inspektorlik shoʻbasi yoki mutaxassis
Inspeksiya boshligʻining birinchi oʻrinbosari
3. Hisobga olish, tahlil qilish va soliq statistikasi boʻlimi
3.1. Soliq tushumlarini hisobga olish shoʻbasi
3.2. Maʼlumotlar bazasiga xizmat koʻrsatish shoʻbasi
3.3. Muddatida toʻlanmagan toʻlovlarni undirib olish shoʻbasi
Inspeksiya boshligʻining oʻrinbosari
4. Yuridik shaxslar toʻlovlarining budjetga tushishini nazorat va tahlil qilish boʻlimi
4.1. Nazorat shoʻbasi
4.2. Soliq toʻlovchilar hisobotlarini qabul qilish va tahlil etish shoʻbasi
5. Jismoniy shaxslarga soliq solish va nazorat boʻlimi
5.1. Jismoniy shaxslarga soliq solish va deklaratsiya shoʻbasi
5.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq solish va uchastka inspektorlari shoʻbasi
Inspeksiya boshligʻining rejim va kadrlar boʻyicha oʻrinbosari
6. Xavfsizlik va soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish shoʻbasi yoki mutaxassis
7. Kadrlar ishlari shoʻbasi
8. Navbatchi qism
Keyingi tahrirga qarang.