Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 22.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2687
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Hujjat 28.09.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2687]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12/17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/17-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar hamda “Oʻzbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlarning xorijiy valyutadagi kassa operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyuta bilan kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (roʻyxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlar oʻz pul mablagʻlarini banklarda saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan boʻlsalar, uni faqat oʻsha maqsadda foydalanishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilotlar ish kuni oxirida oʻz kassalarida qolgan naqd pul mablagʻlarini belgilangan limit doirasida saqlashi mumkin. Kassadagi naqd pul qoldigʻi limitini belgilash va tushum hisobidan xarajat qilish har yili yanvar oyida tashkilotlar va banklar oʻrtasidagi kelishuvga asosan buyurtma-hisob-kitobga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan limitlar tashkilotning naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan holda yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Oʻrtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga yetmaydigan tashkilotlar uchun limit 2 yil muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan xizmatlar, qaytarilgan tovarlar (ishlatilmagan temir yoʻl chiptalari va aviachiptalar, konsert-tomoshalar uchun berilgan chiptalar hamda koʻrsatilmagan tibbiyot xizmatlari) haqi tashkilotning kassasiga tushgan naqd pul tushumlari hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar, ish va xizmatlar haqi bank plastik kartalari orqali toʻlangan boʻlsa, pul mablagʻlari 3 ish kuni ichida isteʼmolchining bank plastik kartasi hisobvaragʻiga toʻlov topshiriqnomasi asosida oʻtkazish orqali qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlar har kuni oʻz kassasidagi naqd pul mablagʻlarining belgilangan limit doirasidan ortiqcha qismini banklarning kunduzgi va kechki kassalariga yoki banklarga yetkazib berish uchun inkassatorlarga topshirishlari shart, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar oʻz kassasidagi naqd pul mablagʻlarining belgilangan limit doirasidan ortiqcha qismini mehnatga haq toʻlash, mukofotlar, sugʻurta toʻlovlari, nafaqalar, stipendiyalar va pensiyalarni toʻlash uchun, bankdan olingan kunni qoʻshib hisoblaganda 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmat safari xarajatlari uchun boʻnak mablagʻlari keyinchalik hisobot topshirish sharti bilan naqd pulda yoki xodimning bank plastik kartasi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish orqali beriladi. Xizmat safari xarajatlari uchun berilgan mablagʻlarning sarflanmay qolgan qismi xizmat safari muddati tugaganidan soʻng 3 ish kunidan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga naqd pulda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xizmat safari xarajatlari xodimning bank plastik kartasi hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan boʻlsa, mablagʻlarning sarflanmay qolgan qismi toʻlov terminali yoki xodimning arizasiga asosan bank orqali 5 ish kuni ichida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari olingan mablagʻlar boʻyicha hisobot topshirilmasdan, keyingi xizmat safari uchun mablagʻlar berilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kassa operatsiyalari birlamchi hisob hujjatlari (kassa kirim orderi va kassa chiqim orderi) asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Naqd pullarni qabul qilish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlar tomonidan haqiqiyligi shubhalantirmaydigan va ular qiymatini belgilaydigan soʻzlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari toʻliq saqlangan banknotlar, ular umumiy oʻlchamining 55 foizi mavjud boʻlsa hamda shikastlanish darajasidan qatʼi nazar, toʻliq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tangalar toʻlovga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan qismi, jumladan toʻlovlilik alomatlari belgilanishiga taʼsir etadigan darajada teshilgan, yirtilgan, siyqalangan joylari, dogʻlari boʻlgan, siyohda yozilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli boʻlgan yirtilgan va yelimlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatini koʻrsatadigan raqamlar, yozuvlar boʻlgan qismlardan tashqari, oʻz rangini oʻzgartirgan, kuygan (koʻproq kuygan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliq hajmini saqlamagan banknotlarni toʻlovga qabul qilishi va pul tushumi tarkibida banklarga topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga muvofiq kelmaydigan banknotlar va tangalar toʻlovga yaroqsiz hisoblanadi va banklar tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotlar kassasiga naqd pullar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qoʻyilgan kassa kirim orderi boʻyicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir muhri (shtampi) bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tushirilgan chipta (slip) pul topshirgan shaxsga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilot kassasidan naqd pullarni chiqim qilish tashkilot rekvizitlari tushirilgan toʻrtburchak shtamp bosilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderi yoki toʻlov qaydnomasi asosida amalga oshiriladi. Kassadan naqd pul berish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarga tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzo qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa chiqim orderiga ilova qilinadigan hujjatlarga (arizalar, toʻlov qaydnomalari va boshqa toʻlov hujjatlariga) tashkilot rahbari tomonidan rozilik imzosi qoʻyilganda, kassa chiqim orderiga tashkilot rahbarining imzosi qoʻyilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari buxgalteriyasida beriladigan ish haqining umumiy summasiga bir nusxada kassa chiqim orderi tuzilib, uning sanasi va tartib raqami har bir toʻlov qaydnomasiga yozib qoʻyilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Alohida shaxsga kassa chiqim orderi bilan pul berilganda, kassir pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini (pasport, yashash guvohnomasi, harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet) talab qilib, hujjatning turi, seriyasi va tartib raqami, uning qaysi tashkilot tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga qayd etib qoʻyishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov qaydnomasi tuzilgan hollarda pul oluvchilar oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etadi va uning tegishli joyiga imzo qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot kassasidan naqd pulni chiqim qilish mazkur tashkilot tomonidan xodimga berilgan hujjatga (guvohnomaga) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilotga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilingan shaxslarga naqd pullar alohida toʻlov qaydnomasi yoki har bir shaxsga alohida kassa chiqim orderi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Naqd pullar kassa chiqim orderida yoki ishonchnomada koʻrsatilgan shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar kassa chiqim orderi boʻyicha ishonchnoma asosida berilayotgan boʻlsa, kassa chiqim orderiga ishonchnomada koʻrsatilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar toʻlov qaydnomasi boʻyicha ishonchnoma asosida berilayotgan boʻlsa, toʻlov qaydnomasiga “Ishonchnoma asosida” deb yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderi yoki toʻlov qaydnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar toʻlov qaydnomasi boʻyicha toʻlanganda, har bir shaxsga alohida kassa chiqim orderi toʻldirilmaydi. Bunda toʻlov qaydnomasining titul varagʻiga tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qoʻyiladi va pul berishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisidagi yozuv, pullarni tarqatish muddati hamda summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim taʼtilga ketganda, vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlganda va shu kabi boshqa hollarda mehnatga haq toʻlash, shuningdek deponentga oʻtkazilgan summalarni va xizmat safari xarajatlarini bir necha xodimga berish toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan shaxslar uchun bir marotaba beriladigan pullar chiqim kassa ordyerlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar uchun olingan naqd pullar tarqatilmay qolgan hollarda, kassir tomonidan naqd pullarni saqlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shaxsning familiyasi roʻparasiga “deponentga oʻtkazilgan” deb yozib qoʻyishi (shtamp bosishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deponentga oʻtkazilgan summalar boʻyicha reyestr tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov qaydnomasi oxirida amalda toʻlangan summa haqida va deponentga olingan summani yozib qoʻyishi, ushbu summalarni toʻlov qaydnomasi boʻyicha umumiy yakun bilan solishtirishi va oʻz imzosi bilan tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda toʻlangan summani mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kassa daftariga yozishi va toʻlov qaydnomasiga kassa chiqim orderining raqami va toʻrtburchak shtampini bosishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya xodimlari toʻlov qaydnomalaridagi yozuvlarni tekshiradi hamda ular boʻyicha berilgan va deponentga oʻtkazilgan summalarning toʻgʻri aks ettirilganligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deponentga oʻtkazilgan summalar bankka qaytarib topshiriladi va ular boʻyicha bitta umumiy kassa chiqim orderi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kassa ordyerlari va ularning kvitansiyalari tashkilot buxgalteriyasi tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq yozilishi yoki kompyuterda yozilishi shart. Ushbu hujjatlarga oʻchirib yozish, tuzatishlar kiritish va izohlar yozishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa orderida uni tuzish uchun asos va unga ilova qilingan hujjatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarni kassa ordyerlari boʻyicha qabul qilish va topshirish ular toʻldirilgan kuni amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kassa ordyerlarini olish vaqtida kassir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga rioya qilinmagan boʻlsa, kassir hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa ordyerlari asosida pul olingan yoki pul berilganidan keyin kassir ularni imzolaydi hamda ularga ilova qilingan hujjatlar ustiga berilgan sanani va “Toʻlandi” yoki “Kirim qilindi” deb yozib qoʻyadi yoki shtamp bosadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kassa ordyerlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Kassa kirim ordyerlarini qayd etish daftari yoki mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Kassa chiqim ordyerlarini qayd etish daftarida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqini toʻlashga doir toʻlov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim ordyerlari u toʻlanganidan soʻng roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kassa daftarini yuritish va naqd pullarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotning naqd puldagi barcha tushum va chiqimlari kassa daftarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftari yuritadi. Ushbu daftarning varaqlari raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) boʻlishi lozim. Muhr izi tushirilgan qogʻozning ikkala tomoniga yelim surtiladi, daftarga muhr bosilganidan keyin yana bir qavat yelim surtiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2687-1, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 502-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftaridagi varaqlar soni koʻrsatilgan yozuv tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalarining hisobi kassir tomonidan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) 15-ilovasiga muvofiq shakldagi yoki KO-4-son shakldagi kassa daftarida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqogʻoz vositasida sharikli ruchka yoki siyoh bilan 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxasi kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi esa, kassirning hisoboti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxasi bir xil raqam bilan raqamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftariga oʻchirib yozish va tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. Tuzatishlar tashkilot kassiri hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Har bir kassa orderi boʻyicha naqd pulning olinishi yoki berilishi kassir tomonidan kassa daftariga darhol yozib qoʻyiladi. Kassir ish kuni oxirida bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi, kassadagi naqd pullar qoldigʻini keyingi ish kuniga oʻtkazadi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida ajratib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kassa daftariga qayd etib, kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda kassa daftariga imzo qoʻygan holda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilotlarda har kuni umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marta tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashkilotlarda kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritilishi mumkin. Bunda kassir hisoboti ham elektron (dasturiy) tarzda yuritiladi. Ushbu hujjatlar keyingi ish kuni boshlangunga qadar tuziladi va ularning mazmuni bir xil boʻlishi hamda kassa daftarining barcha rekvizitlarini oʻz ichiga olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab oʻsib borish tartibida raqamlanib, elektron (dasturiy) tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftarining qoʻshimcha varagʻi va kassir hisoboti hujjatlari olingandan soʻng, kassir ularning toʻgʻri tuzilganligini tekshirib, imzolashi shart. Kassir hisobotga kassa ordyerlarini ilova qilib, imzolab buxgalteriyaga topshirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftarining qoʻshimcha varagʻi yil davomida kassir tomonidan har bir oy boʻyicha alohida saqlanishi lozim. Kalendar yil tugaganda yoki zarurat tugʻilganda, kassa daftarining qoʻshimcha varagʻi xronologik tartibda kitob shaklida tikiladi. Bir yillik varaqlarning umumiy soni tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan muhrlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/7-sonli qarori (roʻyxat raqami 2687-1, 22.09.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 38-son, 502-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kassa daftarining toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kassa chiqim orderi kassadan naqd pul oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan boʻlsa, ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kassa kirim ordyerlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va tashkilot daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Katta (bosh) kassirdan boshqa kassirlar zarur naqd pullarni boʻnak sifatida olganda va ularni qaytarganda Qabul qilingan va berilgan pullar hisobini yuritish daftariga imzo qoʻyishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlar ish kuni oxirida katta kassirga olingan boʻnak pullar va kirim hujjatlari boʻyicha qabul qilingan pullar toʻgʻrisida hisob berishi hamda naqd pullar qoldigʻini, imzo qoʻyib olingan pullar boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalarning hujjatlarini topshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir olingan boʻnak naqd pullar boʻyicha ularni toʻlash uchun toʻlov qaydnomasida koʻrsatilgan muddatda buxgalteriyaga hisob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlar har kuni qoldiq summani tashkilot kassasiga topshirishlari shart. Toʻlov qaydnomalari boʻyicha chiqim qilinmagan naqd pullar katta (bosh) kassirga topshiriladi va kassirlar tomonidan xaltalarga solinadi va muhrlanib, undagi qoldiq summasi koʻrsatilgan holda katta (bosh) kassirga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Har bir tashkilot naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida oʻz kassasiga ega boʻlishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega boʻlishlari talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar rahbarlari ularning aybi bilan naqd pul mablagʻlarining saqlanishi va tashilishida ularning xavfsizligi taʼminlanmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa xonasi alohida ajratilgan boʻlishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador boʻlmagan shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tashkilotlardagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan soʻng, kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metall shkaf (seyf)larning kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanishi lozim. Kalitlar va muhrlarni turli joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki ularning hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall shkaf (seyf)lar turgan xonalarning eshiklarini ochiq qoldirish yoki ularning eshiklarida kalitlarni qoldirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalitlarning hisobda turgan dublikatlari xaltalarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanib, tashkilot rahbarida saqlanishi lozim. Tashkilot rahbarining buyrugʻi (qarori)ga asosan tuzilgan komissiya tomonidan har chorakda kamida bir marta kalitlarning hisobda turgan dublikatlari nazorat tekshiruvidan oʻtkaziladi. Ushbu tekshiruv davomida kalitning yoʻqolganligi aniqlangan hollarda, tashkilot rahbari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi va zudlik bilan metall shkaf (seyf)ning qulfini almashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotga tegishli boʻlmagan naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassa va metall shkaf (seyf)larni ochishdan oldin kassir eshik qulflarini, xonaning deraza va panjaralarini hamda muhrlarning butligini koʻzdan kechirishi va qoʻriqlash hamda signalizatsiya vositalarining soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muhri shikastlanganligi, qulf, eshik va panjaralarning buzilganligi, sindirilganligi aniqlangan hollarda, kassir zudlik bilan bu haqda tashkilot rahbarini xabardor qilishi lozim. Tashkilot rahbari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi va ular yetib kelgunga qadar kassani qoʻriqlash choralarini koʻrishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashkilot kassiriga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kassir oʻzi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun toʻliq moddiy javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kassirning ishga tayinlanganligi toʻgʻrisida buyruq chiqarilganidan soʻng, tashkilot rahbari kassirni ushbu Qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kassir oʻziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kassir shtat birligi bitta boʻlgan tashkilotlarda kassir vaqtincha ishda boʻlmaganda, kassir vazifasini bajarish tashkilot rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan boshqa xodim zimmasiga yuklatiladi. Bunda kassir vazifasi vaqtincha yuklatilgan xodim bilan ham toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kassir kasalligi yoki boshqa sababga koʻra vaqtincha ishda boʻlmagan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tarkibiy boʻlinmalari yoki markazlashtirilgan buxgalteriyasi boʻlgan tashkilotlarda ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlarni toʻlash vazifasi tashkilot rahbarining buyrugʻi (qarori)ga muvofiq toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma asosida qoʻshimcha ravishda boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot kassiri naqd pullarni tegishli kassa hujjatlari asosida kassada qabul qiladi va tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shtatlar jadvalida kassir shtat birligi nazarda tutilmagan tashkilotlarda kassa operatsiyalarini bajarish vazifasi birorta xodim(lar) zimmasiga tashkilot rahbarining buyrugʻi (qarori) asosida yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kassani taftish qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkilot kassasida har chorakda kamida bir marta taftish oʻtkazilib, kassadagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar birma-bir qayta sanalib, tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kassada taftish oʻtkazish uchun tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tomonidan oʻtkazilgan taftish natijalari boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Komissiya aʼzolari kassadagi naqd pullar, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatliklarni birma-bir toʻliq qayta sanash yoʻli bilan tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Dalolatnoma inventarizatsiya (tekshirish) oʻtkazish komissiyasi aʼzolari hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Inventarizatsiyani (tekshirishni) boshlashdan oldin har bir moddiy javobgar shaxs(lar)dan tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Moddiy javobgar shaxslar almashganda, dalolatnoma uch nusxada tuziladi, bir nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshirgan moddiy javobgar shaxsga, ikkinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsga, uchinchi nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritiladigan tashkilotlarda kassa hujjatlariga ishlov berish tizimining toʻgʻri yuritilishi tekshirib turilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kassa intizomiga rioya etish uchun javobgarlik tashkilot rahbari, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassirlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KASSA DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kassa 20___ yil “____” ________________ yil uchun


qirqish

chizigʻi

Hujjat raqami

Kimdan olingan yoki kimga berilgan

Korrespondensiyalangan hisobvaraq raqami

Kirim

Chiqim

Hujjat raqami

Kimdan olingan yoki kimga berilgan

Korrespondensiyalangan hisobvaraq raqami

Kirim

Chiqim


Kun boshidagi qoldiq












Kun mobaynida jami:

Kun oxirida qoldiq:

Shu jumladan:

.............

Kassir


yozuv bilan

Kassa daftaridagi yozuvlarni tekshirdi va hujjatlar soni

kirimini va _______________________________ chiqimini qabul qildi

yozuv bilan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa kirim ordyerlarini qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kimdan olindi

Maqsadi

Miqdori (summasi)

Sana





Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa chiqim ordyerlarini qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kimga berildi

Maqsadi

Miqdori (summasi)

Sana





(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 25-son, 330-modda, 38-son, 502-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2019-y., 10/19/2687-2/2846-son)