Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 22.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2687
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 22-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2687]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12/17-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 16-maydagi 12/17-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar banklar, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar hamda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotlarning xorijiy valyutadagi kassa operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy valyuta bilan kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga (ro‘yxat raqami 611, 1999-yil 22-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlar o‘z pul mablag‘larini banklarda saqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotlar bankdan olgan naqd pullarni qaysi maqsad uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o‘sha maqsadda foydalanishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilotlar ish kuni oxirida o‘z kassalarida qolgan naqd pul mablag‘larini belgilangan limit doirasida saqlashi mumkin. Kassadagi naqd pul qoldig‘i limitini belgilash va tushum hisobidan xarajat qilish har yili yanvar oyida tashkilotlar va banklar o‘rtasidagi kelishuvga asosan buyurtma-hisob-kitobga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan limitlar tashkilotning naqd pul aylanmasidan kelib chiqqan holda yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘rtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam oylik ish haqi summasiga yetmaydigan tashkilotlar uchun limit 2 yil muddatga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bajarilmagan ishlar, ko‘rsatilmagan xizmatlar, qaytarilgan tovarlar (ishlatilmagan temir yo‘l chiptalari va aviachiptalar, konsert-tomoshalar uchun berilgan chiptalar hamda ko‘rsatilmagan tibbiyot xizmatlari) haqi tashkilotning kassasiga tushgan naqd pul tushumlari hisobidan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar, ish va xizmatlar haqi bank plastik kartalari orqali to‘langan bo‘lsa, pul mablag‘lari 3 ish kuni ichida iste’molchining bank plastik kartasi hisobvarag‘iga to‘lov topshiriqnomasi asosida o‘tkazish orqali qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotlar har kuni o‘z kassasidagi naqd pul mablag‘larining belgilangan limit doirasidan ortiqcha qismini banklarning kunduzgi va kechki kassalariga yoki banklarga yetkazib berish uchun inkassatorlarga topshirishlari shart, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar o‘z kassasidagi naqd pul mablag‘larining belgilangan limit doirasidan ortiqcha qismini mehnatga haq to‘lash, mukofotlar, sug‘urta to‘lovlari, nafaqalar, stipendiyalar va pensiyalarni to‘lash uchun, bankdan olingan kunni qo‘shib hisoblaganda 3 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddat mobaynida saqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xizmat safari xarajatlari uchun bo‘nak mablag‘lari keyinchalik hisobot topshirish sharti bilan naqd pulda yoki xodimning bank plastik kartasi hisobvarag‘iga o‘tkazib berish orqali beriladi. Xizmat safari xarajatlari uchun berilgan mablag‘larning sarflanmay qolgan qismi xizmat safari muddati tugaganidan so‘ng 3 ish kunidan kechiktirmasdan tashkilot kassasiga naqd pulda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xizmat safari xarajatlari xodimning bank plastik kartasi hisobvarag‘iga o‘tkazib berilgan bo‘lsa, mablag‘larning sarflanmay qolgan qismi to‘lov terminali yoki xodimning arizasiga asosan bank orqali 5 ish kuni ichida qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari olingan mablag‘lar bo‘yicha hisobot topshirilmasdan, keyingi xizmat safari uchun mablag‘lar berilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kassa operatsiyalari birlamchi hisob hujjatlari (kassa kirim orderi va kassa chiqim orderi) asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Naqd pullarni qabul qilish va berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlar tomonidan haqiqiyligi shubhalantirmaydigan va ular qiymatini belgilaydigan so‘zlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, seriyasi va raqamlari to‘liq saqlangan banknotlar, ular umumiy o‘lchamining 55 foizi mavjud bo‘lsa hamda shikastlanish darajasidan qat’i nazar, to‘liq hajmini va yuz tomonida qiymat tasvirini saqlagan metall tangalar to‘lovga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan qismi, jumladan to‘lovlilik alomatlari belgilanishiga ta’sir etadigan darajada teshilgan, yirtilgan, siyqalangan joylari, dog‘lari bo‘lgan, siyohda yozilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim qismlari shak-shubhasiz bitta biletga tegishli bo‘lgan yirtilgan va yelimlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatini ko‘rsatadigan raqamlar, yozuvlar bo‘lgan qismlardan tashqari, o‘z rangini o‘zgartirgan, kuygan (ko‘proq kuygan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘liq hajmini saqlamagan banknotlarni to‘lovga qabul qilishi va pul tushumi tarkibida banklarga topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga muvofiq kelmaydigan banknotlar va tangalar to‘lovga yaroqsiz hisoblanadi va banklar tomonidan ekspertizaga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotlar kassasiga naqd pullar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qo‘yilgan kassa kirim orderi bo‘yicha qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pul qabul qilinganda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassir tomonidan imzolangan, kassir shtampi (shtamp mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan kassa kirim orderi yoki kassa apparatining izi tushirilgan chipta (slip) pul topshirgan shaxsga beriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/7-son qarori (ro‘yxat raqami 2687-2, 28.03.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2019-y., 10/19/2687-2/2846-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilot kassasidan naqd pullarni chiqim qilish tashkilot rekvizitlari tushirilgan to‘rtburchak shtamp bosilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderi yoki to‘lov qaydnomasi asosida amalga oshiriladi. Kassadan naqd pul berish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlarga tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzo qo‘yishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa chiqim orderiga ilova qilinadigan hujjatlarga (arizalar, to‘lov qaydnomalari va boshqa to‘lov hujjatlariga) tashkilot rahbari tomonidan rozilik imzosi qo‘yilganda, kassa chiqim orderiga tashkilot rahbarining imzosi qo‘yilishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlari buxgalteriyasida beriladigan ish haqining umumiy summasiga bir nusxada kassa chiqim orderi tuzilib, uning sanasi va tartib raqami har bir to‘lov qaydnomasiga yozib qo‘yilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Alohida shaxsga kassa chiqim orderi bilan pul berilganda, kassir pul oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini (pasport, yashash guvohnomasi, harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet) talab qilib, hujjatning turi, seriyasi va tartib raqami, uning qaysi tashkilot tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga qayd etib qo‘yishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov qaydnomasi tuzilgan hollarda pul oluvchilar o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etadi va uning tegishli joyiga imzo qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot kassasidan naqd pulni chiqim qilish mazkur tashkilot tomonidan xodimga berilgan hujjatga (guvohnomaga) asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tashkilotga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishga jalb qilingan shaxslarga naqd pullar alohida to‘lov qaydnomasi yoki har bir shaxsga alohida kassa chiqim orderi orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Naqd pullar kassa chiqim orderida yoki ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar kassa chiqim orderi bo‘yicha ishonchnoma asosida berilayotgan bo‘lsa, kassa chiqim orderiga ishonchnomada ko‘rsatilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd pullar to‘lov qaydnomasi bo‘yicha ishonchnoma asosida berilayotgan bo‘lsa, to‘lov qaydnomasiga “Ishonchnoma asosida” deb yozib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderi yoki to‘lov qaydnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar to‘lov qaydnomasi bo‘yicha to‘langanda, har bir shaxsga alohida kassa chiqim orderi to‘ldirilmaydi. Bunda to‘lov qaydnomasining titul varag‘iga tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi qo‘yiladi va pul berishga ruxsat etilganligi to‘g‘risidagi yozuv, pullarni tarqatish muddati hamda summasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim ta’tilga ketganda, vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo‘lganda va shu kabi boshqa hollarda mehnatga haq to‘lash, shuningdek deponentga o‘tkazilgan summalarni va xizmat safari xarajatlarini bir necha xodimga berish to‘lov qaydnomasi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan shaxslar uchun bir marotaba beriladigan pullar chiqim kassa ordyerlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlar uchun olingan naqd pullar tarqatilmay qolgan hollarda, kassir tomonidan naqd pullarni saqlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir shaxsning familiyasi ro‘parasiga “deponentga o‘tkazilgan” deb yozib qo‘yishi (shtamp bosishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deponentga o‘tkazilgan summalar bo‘yicha reyestr tuzishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov qaydnomasi oxirida amalda to‘langan summa haqida va deponentga olingan summani yozib qo‘yishi, ushbu summalarni to‘lov qaydnomasi bo‘yicha umumiy yakun bilan solishtirishi va o‘z imzosi bilan tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda to‘langan summani mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kassa daftariga yozishi va to‘lov qaydnomasiga kassa chiqim orderining raqami va to‘rtburchak shtampini bosishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxgalteriya xodimlari to‘lov qaydnomalaridagi yozuvlarni tekshiradi hamda ular bo‘yicha berilgan va deponentga o‘tkazilgan summalarning to‘g‘ri aks ettirilganligini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deponentga o‘tkazilgan summalar bankka qaytarib topshiriladi va ular bo‘yicha bitta umumiy kassa chiqim orderi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kassa ordyerlari va ularning kvitansiyalari tashkilot buxgalteriyasi tomonidan siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq yozilishi yoki kompyuterda yozilishi shart. Ushbu hujjatlarga o‘chirib yozish, tuzatishlar kiritish va izohlar yozishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa orderida uni tuzish uchun asos va unga ilova qilingan hujjatlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pullarni kassa ordyerlari bo‘yicha qabul qilish va topshirish ular to‘ldirilgan kuni amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kassa ordyerlarini olish vaqtida kassir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi imzosi mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarda qayd etilgan ilovalarning mavjudligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa ordyerlari asosida pul olingan yoki pul berilganidan keyin kassir ularni imzolaydi hamda ularga ilova qilingan hujjatlar ustiga berilgan sanani va “To‘landi” yoki “Kirim qilindi” deb yozib qo‘yadi yoki shtamp bosadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kassa ordyerlari kassaga topshirilguniga qadar tashkilot buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Kassa kirim ordyerlarini qayd etish daftari yoki mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Kassa chiqim ordyerlarini qayd etish daftarida ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish haqini to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga rasmiylashtirilgan kassa chiqim ordyerlari u to‘langanidan so‘ng ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kassa daftarini yuritish va naqd pullarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotning naqd puldagi barcha tushum va chiqimlari kassa daftarida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftari yuritadi. Ushbu daftarning varaqlari raqamlangan, tikilgan va tashkilot muhri bilan muhrlangan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘lishi lozim. Muhr izi tushirilgan qog‘ozning ikkala tomoniga yelim surtiladi, daftarga muhr bosilganidan keyin yana bir qavat yelim surtiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2687-1, 22.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 38-son, 502-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftaridagi varaqlar soni ko‘rsatilgan yozuv tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalarining hisobi kassir tomonidan Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2169, 2010-yil 22-dekabr) 15-ilovasiga muvofiq shakldagi yoki KO-4-son shakldagi kassa daftarida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftaridagi yozuvlar qoraqog‘oz vositasida sharikli ruchka yoki siyoh bilan 2 nusxada yoziladi. Bunda varaqlarning birinchi nusxasi kassa daftarida qoladi, qirqiladigan ikkinchi nusxasi esa, kassirning hisoboti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxasi bir xil raqam bilan raqamlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftariga o‘chirib yozish va tuzatishlar kiritish taqiqlanadi. Tuzatishlar tashkilot kassiri hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Har bir kassa orderi bo‘yicha naqd pulning olinishi yoki berilishi kassir tomonidan kassa daftariga darhol yozib qo‘yiladi. Kassir ish kuni oxirida bir kunlik operatsiyalar hisobini chiqaradi, kassadagi naqd pullar qoldig‘ini keyingi ish kuniga o‘tkazadi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida ajratib olingan ikkinchi varaqni (kassa daftaridagi bir kunlik yozuvlar nusxasini) kassa daftariga qayd etib, kassa kirim va chiqim hujjatlari bilan birgalikda kassa daftariga imzo qo‘ygan holda topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilotlarda har kuni umumiy summasi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marta tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tashkilotlarda kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritilishi mumkin. Bunda kassir hisoboti ham elektron (dasturiy) tarzda yuritiladi. Ushbu hujjatlar keyingi ish kuni boshlangunga qadar tuziladi va ularning mazmuni bir xil bo‘lishi hamda kassa daftarining barcha rekvizitlarini o‘z ichiga olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftari va kassir hisobotining varaqlari yil boshidan boshlab o‘sib borish tartibida raqamlanib, elektron (dasturiy) tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i va kassir hisoboti hujjatlari olingandan so‘ng, kassir ularning to‘g‘ri tuzilganligini tekshirib, imzolashi shart. Kassir hisobotga kassa ordyerlarini ilova qilib, imzolab buxgalteriyaga topshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i yil davomida kassir tomonidan har bir oy bo‘yicha alohida saqlanishi lozim. Kalendar yil tugaganda yoki zarurat tug‘ilganda, kassa daftarining qo‘shimcha varag‘i xronologik tartibda kitob shaklida tikiladi. Bir yillik varaqlarning umumiy soni tashkilot rahbari va buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan muhrlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda).
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 5-sentabrdagi 24/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2687-1, 22.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 38-son, 502-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Kassa daftarining to‘g‘ri yuritilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kassa chiqim orderi kassadan naqd pul oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa, ushbu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kassa kirim ordyerlari bilan tasdiqlanmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va tashkilot daromadiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Katta (bosh) kassirdan boshqa kassirlar zarur naqd pullarni bo‘nak sifatida olganda va ularni qaytarganda Qabul qilingan va berilgan pullar hisobini yuritish daftariga imzo qo‘yishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlar ish kuni oxirida katta kassirga olingan bo‘nak pullar va kirim hujjatlari bo‘yicha qabul qilingan pullar to‘g‘risida hisob berishi hamda naqd pullar qoldig‘ini, imzo qo‘yib olingan pullar bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyalarning hujjatlarini topshirishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir olingan bo‘nak naqd pullar bo‘yicha ularni to‘lash uchun to‘lov qaydnomasida ko‘rsatilgan muddatda buxgalteriyaga hisob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassirlar har kuni qoldiq summani tashkilot kassasiga topshirishlari shart. To‘lov qaydnomalari bo‘yicha chiqim qilinmagan naqd pullar katta (bosh) kassirga topshiriladi va kassirlar tomonidan xaltalarga solinadi va muhrlanib, undagi qoldiq summasi ko‘rsatilgan holda katta (bosh) kassirga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Har bir tashkilot naqd pulda hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida o‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega bo‘lishlari talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar rahbarlari ularning aybi bilan naqd pul mablag‘larining saqlanishi va tashilishida ularning xavfsizligi ta’minlanmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa xonasi alohida ajratilgan bo‘lishi, eshiklari esa operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslarning ushbu xonaga kirishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tashkilotlardagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassirning muhri bosiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Metall shkaf (seyf)larning kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanishi lozim. Kalitlar va muhrlarni turli joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki ularning hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall shkaf (seyf)lar turgan xonalarning eshiklarini ochiq qoldirish yoki ularning eshiklarida kalitlarni qoldirish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalitlarning hisobda turgan dublikatlari xaltalarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanib, tashkilot rahbarida saqlanishi lozim. Tashkilot rahbarining buyrug‘i (qarori)ga asosan tuzilgan komissiya tomonidan har chorakda kamida bir marta kalitlarning hisobda turgan dublikatlari nazorat tekshiruvidan o‘tkaziladi. Ushbu tekshiruv davomida kalitning yo‘qolganligi aniqlangan hollarda, tashkilot rahbari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi va zudlik bilan metall shkaf (seyf)ning qulfini almashtirish choralarini ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotga tegishli bo‘lmagan naqd pullar va boshqa qimmatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassa va metall shkaf (seyf)larni ochishdan oldin kassir eshik qulflarini, xonaning deraza va panjaralarini hamda muhrlarning butligini ko‘zdan kechirishi va qo‘riqlash hamda signalizatsiya vositalarining soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Muhri shikastlanganligi, qulf, eshik va panjaralarning buzilganligi, sindirilganligi aniqlangan hollarda, kassir zudlik bilan bu haqda tashkilot rahbarini xabardor qilishi lozim. Tashkilot rahbari bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi va ular yetib kelgunga qadar kassani qo‘riqlash choralarini ko‘rishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tashkilot kassiriga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kassirning ishga tayinlanganligi to‘g‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot rahbari kassirni ushbu Qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kassir o‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Kassir shtat birligi bitta bo‘lgan tashkilotlarda kassir vaqtincha ishda bo‘lmaganda, kassir vazifasini bajarish tashkilot rahbarining buyrug‘i (qarori) bilan boshqa xodim zimmasiga yuklatiladi. Bunda kassir vazifasi vaqtincha yuklatilgan xodim bilan ham to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa xodimlardan tarkib topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tarkibiy bo‘linmalari yoki markazlashtirilgan buxgalteriyasi bo‘lgan tashkilotlarda ish haqi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiyalar, pensiya va mukofotlarni to‘lash vazifasi tashkilot rahbarining buyrug‘i (qarori)ga muvofiq to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma asosida qo‘shimcha ravishda boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot kassiri naqd pullarni tegishli kassa hujjatlari asosida kassada qabul qiladi va tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Shtatlar jadvalida kassir shtat birligi nazarda tutilmagan tashkilotlarda kassa operatsiyalarini bajarish vazifasi birorta xodim(lar) zimmasiga tashkilot rahbarining buyrug‘i (qarori) asosida yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kassani taftish qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkilot kassasida har chorakda kamida bir marta taftish o‘tkazilib, kassadagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklar birma-bir qayta sanalib, tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Kassada taftish o‘tkazish uchun tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan komissiya tuziladi. Mazkur komissiya tomonidan o‘tkazilgan taftish natijalari bo‘yicha ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Komissiya a’zolari kassadagi naqd pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatliklarni birma-bir to‘liq qayta sanash yo‘li bilan tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Dalolatnoma inventarizatsiya (tekshirish) o‘tkazish komissiyasi a’zolari hamda moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Inventarizatsiyani (tekshirishni) boshlashdan oldin har bir moddiy javobgar shaxs(lar)dan tilxat olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Moddiy javobgar shaxslar almashganda, dalolatnoma uch nusxada tuziladi, bir nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni topshirgan moddiy javobgar shaxsga, ikkinchi nusxasi naqd pul va boshqa qimmatliklarni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxsga, uchinchi nusxasi tashkilot buxgalteriyasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kassa daftari elektron (dasturiy) tarzda yuritiladigan tashkilotlarda kassa hujjatlariga ishlov berish tizimining to‘g‘ri yuritilishi tekshirib turilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Kassa intizomiga rioya etish uchun javobgarlik tashkilot rahbari, buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs hamda kassirlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KASSA DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kassa 20___ yil “____” ________________ yil uchun


qirqish

chizig‘i

Hujjat raqami

Kimdan olingan yoki kimga berilgan

Korrespondensiyalangan hisobvaraq raqami

Kirim

Chiqim

Hujjat raqami

Kimdan olingan yoki kimga berilgan

Korrespondensiyalangan hisobvaraq raqami

Kirim

Chiqim


Kun boshidagi qoldiq












Kun mobaynida jami:

Kun oxirida qoldiq:

Shu jumladan:

.............

Kassir


yozuv bilan

Kassa daftaridagi yozuvlarni tekshirdi va hujjatlar soni

kirimini va _______________________________ chiqimini qabul qildi

yozuv bilan

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa kirim ordyerlarini qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kimdan olindi

Maqsadi

Miqdori (summasi)

Sana





Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa chiqim ordyerlarini qayd etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFTARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Kimga berildi

Maqsadi

Miqdori (summasi)

Sana





(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 25-son, 330-modda, 38-son, 502-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2019-y., 10/19/2687-2/2846-son)