Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hokimining
Qarori
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda) va “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), (Oʻzbekiston Respublikasi qonun xujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-moddasi) ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (tuman mudofaa ishlari boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi, milliy xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 2015-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy yilning 1-avgustiga qadar tugatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish yigʻimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishini taʼminlash tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (A. Oʻtanov)ga yuklatilsin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Tuman hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 76-son “Tumandagi qishlok xoʻjaligi va meliorativ texnikalarini, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin
7. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim A. BOBORAXIMOV
Oʻzbekiston t.,
2015-yil 27-fevral,
236-son
Tuman hokimining 2015-yil 27-fevraldagi 236-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, (tuman mudofaa ishlari boʻlimi, ichki ishlar boʻlimi, milliy xavfsizlik xizmatidagi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxona, tashkilot va fermer xoʻjaliklaridagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikaning, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlari asbob-uskunalarini 2015-yil texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r |
MMTP lar nomi |
Koʻrikdan oʻtkazish sanasi |
| 1. | Gʻaniobod Madad MMTP va f\x | 04.03.2015 |
| 2. | Shaxsiy texnika egalari | 05-06.03.2015 |
| 3. | A. Niyozov MMTP va f\x | 07.03.2015 |
| 4. | Shaxsiy texnika egalari | 08.03.2015 |
| 5. | Naʼmuna Ixtiyor MMTP va f\x | 10.03.2015 |
| 6. | Shaxsiy texnika egalari | 11-12.03.2015 |
| 7. | S. Azizov MMTP va f\x | 13.03.2015 |
| 8. | Shaxsiy texnika egalari | 14-15.03.2015 |
| 9. | Gʻ. Gʻulom MMTP va f\x | 18.03.2015 |
| 10. | Shaxsiy texnika egalari | 19.03.2015 |
| 11. | Paxtaqaynar MMTP va f\x | 22.03.2015 |
| 12. | Shaxsiy texnika egalari | 24.03.2015 |
| 13. | A. Bozorboshi MMTP va f\x | 25.03.2015 |
| 14. | Shaxsiy texnika egalari | 26-27.03.2015 |
| 15. | Sohibkor MMTP va f\x | 28.03.2015 |
| 16. | Shaxsiy texnika egalari | 01-02.04.2015 |
| 17. | Oʻzbekiston MMTP AJ | 03.04.2015 |
| 18. | Shaxsiy texnika egalari | 03.04.2015 |
| 19. | Tuman Davsuvmaxsuspudrat DUK | 04.04.2015 |
| 20. | Shaxsiy texnika egalari | 04-05.04.2015 |
| 21. | BFK -4 | 08.04.2015 |
| 22. | Shaxsiy texnika egalari | 08.04.2015 |
| 23. | Tuman paxta tozalash korxonasi | 09.04.2015 |
| 24. | Shaxsiy texnika egalari | 09.04.2015 |
| 25. | Tuman yoʻl qurilish boʻlimi | 10.04.2015 |
| 26. | Shaxsiy texnika egalari | 11-12-04.2015 |
| 27. | Kommunal foydalanish boshqarmasi | 14.04.2015 |
| 28. | Shaxsiy texnika egalari | 15.16-17.04. 2015 |
| 29. | Shoʻrsuv sement xomashyo | 06.01.2015 |
| 30. | Shaxsiy texnika egalari | 18-19.04.2015 |
| 31. | Tumandagi chorvachilik f\x | 08.04.2015 |
| 32. | Shaxsiy texnika egalari | 22-23-24.04.2015 |
| 33. | Yaypan Sara urugʻ | 01-02.05.2015 |
Tuman hokimining 2015-yil 27-fevraldagi 236-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2015-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi
T A R K I B I
| T/r |
I.Sh.O |
Lavozimi |
| 1. |
A. Oʻtanov |
Oʻzbekiston tuman Qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori, gurux rahbari |
| 2. |
M. Tillaboyev |
Tuman MTP AJ rahbari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari |
|
A ʼ Z O L A R I | ||
| 3. |
S. Sotvoldiyev |
Oʻzbekiston tuman Qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori yordamchisi |
| 4. |
K. Isaqov |
Agrotexservis MChJ rahbari |
| 5. |
X. Begaliyev |
Agrotexservis MChJ bosh muhandisi |
| 6. |
T. Abdusattorov |
Tuman MTP AJ ustaxona mudiri |