Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.05.2019 16.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2683
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 16.06.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2683
Кучга кириш санаси
22.06.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.05.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 16-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2683]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligining 2019-yil 4-apreldagi 2019-16, 34-sonli “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2683-1, 06.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-apreldagi 90-son “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-20-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 5-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2015-yil 5-iyundagi 2015-20, 50-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-apreldagi 90-son “Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini (bundan buyon matnda Sugʻurta badallarini hisobga olish reyestri deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sugʻurta badallarini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda DSQning markazlashgan axborot bazasi deb yuritiladi) negizida fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi) sugʻurta badallarining yakka tartibda hisobga olish boʻyicha maʼlumotlarning yagona elektron axborot bazasini yaratish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi hisobga olish — davlat ijtimoiy sugʻurtasi, shu jumladan davlat pensiya taʼminoti maqsadlari uchun ish beruvchi tomonidan har bir jismoniy shaxs boʻyicha taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida elektron hisobni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi — jismoniy shaxs bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnoma tuzgan va qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallarini hisoblash va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlar — fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi (kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tarzidagi shartnoma tuzgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yakka tartibdagi hisobga olishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 172-moddasida koʻrsatilgan jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yakka tartibdagi hisobga olish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiylik va haqqoniylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻliqlik va tezkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarning hammabopligi va ochiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sugʻurta badallarini hisobga olish reyestrini shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sugʻurta badallarini hisobga olish reyestri fuqarolarning Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ish beruvchi maʼlumotlarni soliq hisobi boʻyicha joylashgan davlat soliq xizmati organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 310-moddasida koʻzda tutilgan muddatlarda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Sugʻurta badallarini hisobga olish reyestrida hisobga olinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar elektron shaklda ish beruvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari hisob-kitobiga 4-ilovasi boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotlar kelib tushishiga koʻra, ularni DSQning Markazlashgan axborot bazasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash ishlarini oʻz vaqtida tashkil etish maqsadida DSQ tomonidan Pensiya jamgʻarmasiga DSQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan maʼlumotlardan foydalanish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Pensiya jamgʻarmasining elektron soʻrovi DSQning Markazlashgan axborot bazasida joylashgan maʼlumotlardan foydalanishga huquq berish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Pensiya jamgʻarmasining elektron soʻrovi kelib tushganda, DSQning Markazlashgan axborot bazasi yakka tartibdagi hisobga olishning tegishli maʼlumotlarini shakllantiradi va yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jismoniy shaxs, ish beruvchi va davlat soliq xizmati organlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jismoniy shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchidan oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning oʻtkazilgan sugʻurta badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini olish boʻyicha davlat interaktiv xizmatidan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchi tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan maʼlumotlarda xatoliklar aniqlangan taqdirda ish beruvchidan maʼlumotlarni toʻgʻrilash va qayta topshirishni talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jismoniy shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olishi, uni saqlashi va ish beruvchining talabiga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomadagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, shuningdek ushbu guvohnoma yoʻqotilgan taqdirda ariza bilan davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat soliq xizmati organlari talabiga muvofiq soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish beruvchi u hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari bilan yakka tartibdagi hisobga olishni yuritilishning toʻgʻriligi yuzasidan maʼlumotlarning oʻzaro solishtirishni amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning arizasiga asosan mazkur jismoniy shaxs boʻyicha oyma-oy boʻlingan holdagi maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni davomida bepul berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarga tuzatishlar kiritilgan va davlat soliq xizmati organlariga qayta topshirilgan taqdirda jismoniy shaxsni xabardor qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchidan yakka tartibdagi hisobga olish uchun maʼlumotlarni oʻz vaqtida va zarur darajada rasmiylashtirilishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat soliq xizmati organlari ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni DSQning Markazlashgan axborot bazasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratish, oʻzgartirish) taqdirda maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnomani berish boʻyicha majburiyat uning huquqiy vorisiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yuridik shaxs tugatilgan holatlarda maʼlumotlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma yuridik shaxs soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organlari tomonidan DSQning Markazlashgan axborot bazasida mavjud maʼlumotlar asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 317-modda)