Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019 14.04.2015 yildagi 90-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yakka tartibda hisobga olishni joriy etish chora-tadbirlari haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 80-sonli “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga muvofiq hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini hisobga olish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisobotlariga muvofiq shakllantiriladigan Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini (keyingi o‘rinlarda Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestri deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallari summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan soliq organlariga fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovi va sug‘urta badallari bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda taqdim etiladi, hisobot berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yilning birinchi yarim yilligidan — Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yilning birinchi choragidan — O‘zbekiston Respublikasining qolgan barcha hududlari bo‘yicha boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestrini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minotni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va uni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga joriy etsin, shuningdek Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta badallarini hisobga olish reyestrini yuritish uchun zarur server asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi va boshqa periferiy asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha tender savdolari 2015-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2016-yildan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning o‘tkazilgan sug‘urta badallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan foiz daromadlari sotib olinadigan server asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va boshqa periferiy asbob-uskunalarni moliyalashtirish manbasi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 15-son, 179-modda)