Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 7-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda maʼqullangan
Senat tomonidan 2015-yil 15-mayda maʼqullangan
1-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda) 110-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda) quyidagi mazmundagi 251-modda bilan toʻldirilsin:
“251-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish
Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida eshitiladi. Mazkur majlis viloyatlarda va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda tegishli majlislar oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat hokimi yoki uning oʻrinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari boʻyicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida eʼlon qilinishi shart”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda) 131-moddasi ikkinchi qismining dispozitsiyasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
“b” bandining oʻzbekcha matnidagi “sodir qilingan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi “v” band bilan toʻldirilsin:
“v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1461-modda bilan toʻldirilsin:
“1461-modda. Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi
Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “146-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlardan keyin “1461-moddasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 335-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Sudga murojaat qilish ushbu Kodeksda belgilangan shakllarda amalga oshiriladi. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
2) 73-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yozma dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bayon etilgan hujjatlardan, xizmatga daxldor va shaxsiy yozishmalardan, shu jumladan faks, elektron yoki oʻzga aloqa vositasida yoxud hujjatning toʻgʻriligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan hujjatlardan iborat boʻladi”;
3) 132-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sud chaqiruv qogʻozlari, zarur hollarda esa telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqiriladi hamda sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Telefonogrammalar, telegrammalar va xabardor qilinganlik fakti qayd etilishini taʼminlaydigan boshqa aloqa vositalari orqali sudga chaqirilgan yoki sudning ayrim protsessual harakatlari toʻgʻrisida xabardor qilingan hollarda, telefonogrammalar, telegrammalar, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilgan sud chaqiruv qogʻozining nusxasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi”;
4) 133-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) sudning nomi, aniq manzili, telefon raqami, elektron manzili”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilayotgan sud chaqiruv qogʻozida ushbu modda birinchi qismining 1 — 5, 7-bandlarida sanab oʻtilgan maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak”;
5) 135-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron manzili koʻrsatilgan taqdirda chaqiruv qogʻozi axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin”;
6) 137-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chaqiriluvchi chaqiruv qogʻozini qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilingan shaxsning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi”;
7) 138-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslarining raqamlarini, elektron manzilini sudga maʼlum qilgan taqdirda, ish yuritilayotgan vaqtda ularning oʻzgarganligi haqida sudni xabardor qilishi kerak”;
8) 148-moddaning matnidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 149-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Arizada daʼvogarning yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Arizada elektron manzil koʻrsatilganligi arizachining sud chaqiruv qogʻozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining va ajrimlarining nusxalarini axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligini bildiradi”;
10) 150-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno”;
11) 154-modda:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ajrim imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ariza va ajrim imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
12) 177-moddaning ikkinchi qismidagi “chaqiruv qogʻozi orqali xabardor qilinadilar” degan soʻzlar “ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 223-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra, ularga sud hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisidagi yoxud arizani koʻrmay qoldirish haqidagi sud ajrimining nusxasi imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Sud hal qiluv qarorining yoki ish yuritishni toʻxtatib turish, tugatish toʻgʻrisidagi yoxud arizani koʻrmay qoldirish haqidagi sud ajrimining nusxasi sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga hal qiluv qarori yoki ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
14) 228-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorining nusxasi sud majlisiga kelmagan tarafga shu qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
15) 230-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta koʻrish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno. Ariza berganlik uchun davlat boji toʻlanmaydi”;
16) 2383-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17) 23810-moddaning uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay taraflarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
18) 271-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay tegishli organga yoki mansabdor shaxsga, shuningdek fuqaroga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
19) 278-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Prokurorning huquqiy hujjatni gʻayriqonuniy deb topish haqidagi arizasi boʻyicha sudning hal qiluv qarori protestni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yoxud protestni koʻrib chiqmagan organ rahbariga va prokurorga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
20) 3095-moddaning:
birinchi qismidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza javobgarlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno”;
21) 30910-moddaning:
birinchi qismidagi “yozma shaklda” degan soʻzlar “yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ariza qarzdorlarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga beriladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ariza bundan mustasno”;
22) 319-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga koʻra, ularga apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining nusxasi imzo qoʻydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalari sudi ajrimining yoki qarorining nusxasi ajrim yoki qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay pochta orqali yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
23) 322-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Apellyatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan apellyatsiya shikoyati yoki protesti bundan mustasno”;
24) 323-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Apellyatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin”;
25) 324-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ajrim apellyatsiya shikoyati bergan yoki protesti keltirgan shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Shikoyat yoki protest shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga ajrim bilan birga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
26) 327-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi)”;
27) 328-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat yoki protest yuzasidan tushuntirishlar (eʼtirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi)”;
28) 330-moddaning birinchi qismidagi “yozma shaklda bayon etilib” degan soʻzlar “yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
29) 346-moddaning birinchi qismidagi “topshirilgan kundan eʼtiboran” degan soʻzlar “topshirilgan yoki yuborilgan kundan eʼtiboran” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) 3483-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya shikoyati yoki protesti ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan kassatsiya shikoyati yoki protesti bundan mustasno”;
31) 3484-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kassatsiya shikoyatida yoki protestida shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin”;
32) 3485-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ajrim kassatsiya shikoyati bergan yoki protesti keltirgan shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Shikoyat yoki protest shikoyat bergan yoki protest keltirgan shaxsga ajrim bilan birga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
33) 3488-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tushuntirishlar (eʼtirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan tushuntirishlar (eʼtirozlar) bundan mustasno. Tushuntirishlarning (eʼtirozlarning) nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi)”;
34) 34811-moddaning birinchi qismidagi “yozma shaklda bayon etilib” degan soʻzlar “yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
35) 353-moddaning uchinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Protest ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan protest bundan mustasno”;
36) 360-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ajrim yoki qaror ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
37) 367-modda quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi”;
38) 368-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin”;
39) 374-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Xususiy shikoyatda yoki xususiy protestda xususiy shikoyat bergan yoxud xususiy protest keltirgan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi 674-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 174-modda) 28-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28-modda. Ixtiyoriy va majburiy sugʻurta
Yoʻlovchilarning hayotini, sogʻligʻini ixtiyoriy sugʻurta qilish, shuningdek bagaj va yuklarni sugʻurta qilish tegishli sugʻurta shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning:
yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvali — har xil turdagi radioxizmatlar oʻrtasida taqsimlangan radiochastotalar polosalari roʻyxati”;
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2) 6-moddaning birinchi qismi:
uchinchi xatboshisidagi “shartlar” degan soʻz “reglamentlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali va radioaloqa milliy reglamentini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 7-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi hukumat aloqa” degan soʻzlar “Milliy xavfsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 8-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunga zid ravishda ishlayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni aniqlaydi”;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 9-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foydalanuvchilarga muayyan radiochastotalar berish Oʻzbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Radiochastota berish oʻta muhim davlat ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida oʻzgartirilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Radiochastota spektridan foydalanuvchining oʻz radiochastota spektridan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishi taqiqlanadi”;
6) 13-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“foydalanilayotgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan fuqarolarning hayotiga yoki sogʻligʻiga, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligiga, shuningdek atrof muhit holatiga haqiqiy tahdid yuzaga kelganda”;
7) 14-moddaning birinchi qismidagi “texnik shartlar” degan soʻzlar “tashkilot standartlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 15-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatlash markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) quyidagi mazmundagi 181 va 182-moddalar bilan toʻldirilsin:
“181-modda. Axborot xavfsizligini taʼminlash
Radiochastota spektridan foydalanishda foydalanuvchilar tomonidan axborot xavfsizligi choralari, shu jumladan:
uzatiladigan axborotdan ruxsatsiz foydalanish, aloqa tizimlaridan nazoratsiz foydalanish va ularning ishlashini toʻxtatib qoʻyish, shuningdek ulardan shaxs, jamiyat va davlatga zarar yetkazadigan maqsadlarda foydalanish istisno etilishini;
axborotni (maʼlumotlarni) uzatish jarayonida uning (ularning) maxfiyligi va yaxlitligini;
ruxsatsiz yoki bexosdan aralashuvga urinishlar boʻlgan taqdirda aloqaning ishlash rejimi oʻzgarmasligini taʼminlovchi choralar koʻrilishi kerak.
182-modda. Radioaloqaning maxfiyligi
Boshqa shaxs uchun moʻljallangan radioxabar qabul qilingan taqdirda uni qayd qilish, uning mazmunini va mavjudligi faktini oshkor etish, tarqatish yoki oʻzgartirish taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Maxfiy axborotni, shu jumladan davlat sirlari mavjud boʻlgan maʼlumotlarni axborotning sertifikatlashtirilgan kriptografik himoya vositalaridan foydalanmagan holda radioaloqa kanallari orqali uzatish taqiqlanadi.
Radiochastota organlari tomonidan amalga oshiriladigan radiochastota spektri monitoringi radioaloqaning maxfiyligini buzish hisoblanmaydi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi 766-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 157-modda; 2011-yil, № 9, 246-modda) 25-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25-modda. Ixtiyoriy va majburiy sugʻurta
Temir yoʻl transportining ishi sayyor xususiyatga ega boʻlgan xodimlari, shuningdek oʻz lavozim vazifalarini hayot uchun xavfli sharoitlarda bajaruvchi xodimlar va harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmalarining xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish davrida majburiy shaxsiy sugʻurta qilinishi kerak.
Temir yoʻl transporti xodimlarining ayrim toifalarini majburiy shaxsiy sugʻurta qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni ixtiyoriy shaxsiy sugʻurta qilish, shuningdek yuklar, bagaj va yuk bagajini ixtiyoriy sugʻurta qilish mumkin.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan “Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-7-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 219-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 11-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
2) 15-moddaning birinchi qismidagi “ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 21-aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-155-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 191-modda; 2010-yil, № 9, 337-modda; 2011-yil, № 4, 99-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) 8-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga ziyon yetkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararlarning oʻrnini tashuvchi tomonidan qoplash majburiyati”;
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
11-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi 866-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 250-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 867-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 251-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 549-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) IX boʻlimi.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
13-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 5-moddasi 2016-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 9-iyun,
OʻRQ-388-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 23-son, 301-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 28.11.2024-y., 03/24/1006/0978-son)