OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 5-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1662-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 40-son va Kapital bozorini rivojlantirish agentligining 2020-yil 9-sentabrdagi 2020-11-sonli ““Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1662-5, 12.10.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2006-yil 14-dekabrdagi 102, 01/KKBFMNM-18/07-sonli qarori (roʻyxat raqami 1662, 2007-yil 13-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 11-son, 101-modda) bilan tasdiqlangan Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 1-iyun,
48-son
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2015-yil 1-iyun,
01/09-26/12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 1-iyundagi 48, 01/09-26/12-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarida buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning uchinchi xatboshisidan “ochiq” degan soʻz chiqarib tashlansin.
2. 24 va 25-bandlardagi “Ochiq aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar “Aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 22-son, 300-modda)