16.03.2015 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.03.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari va ularga tirkamalarni majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 15-son, 197-modda) 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) muvofiq, transport vositalarining 2015-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan avtotransport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini transport vositasini qayd etish guvohnomasi bilan birgalikda, oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (ishlab chiqarilgan yili ham shu jumlaga kiradi) transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarorning 4-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkazilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 14-martdan — 30-iyunga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 14-martdan — 31-avgustga qadar oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komisssiyasi (A. Qoʻshmurodov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 3-bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman ichki ishlar boʻlimi (R. Tugalov) majburiy texnik koʻrik yakuni toʻgʻrisida tuman hokimligiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2014-yil 4-martdagi 137-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Aqboʻtayev zimmasiga, ijrosini tashkil etish tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi R. Tugalov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. BOBOBEKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzachoʻl t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 16-martdagi 245-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Familiyasi va ismi

Lavozimi

1.

A. Qoʻshmurodov

—

Tuman IIB YHXB boshligʻi, leytenant – komissiya raisi

2.

Q. Suyunov

—

Tuman IIB YHXB inspektori, kichik serjant – komissiya raisining oʻrinbosari

3.

S. Saidov

—

DT “Xalq banki” tuman boʻlimi xodimi

4.

Sh. Iskandarov

—

“Oʻzagrosugʻurta” DASK tuman boʻlimi boshligʻi

5.

B. Prokofyev

—

“Mirzachoʻltrans” MChJ muhandisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2015-yil 16-martdagi 245-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Korxona va tashkilotlar nomi

Transport vositalari soni

Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi

Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi

1.

Mirzachoʻl tuman hokimiyati

3

20.03.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

2.

Gagarin oʻrmon tajriba stansiyasi

1

20.03.2015-yil

“Umidavtotexservis” MChJ

3.

“Doʻstlikneftbaza” Irjar filiali

2

20.03.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

4.

“Qishloxxoʻjalikkimyo” tuman filiali

2

20.03.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

5.

Mirzachoʻl TYXTFPK

3

20.03.2015-yil

Korxona avtogaraji

6.

Mirzachoʻldavsuvmaxsuspudrat

10

25.03.2015-yil

Korxona avtogaraji

7.

DT “Xalq banki” Mirzachoʻl filiali

2

27.03.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

8.

MK “Vatanparvar” tashkiloti

4

27.03.2015-yil

Tashkilot avtogaraji

9.

Tuman moliya boʻlimi

2

27.03.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

10.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi

3

27.03.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

11.

Mirzachoʻl tuman tibbiyot birlashmasi

4

28.03.2015-yil

Birlashma avtoparkida

12.

Tuman pochta boʻlimi

1

07.04.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

13.

Mirzachoʻl tuman elektr tarmoqlari

1

07.04.2015-yil

Korxona avtogaraji

14.

Mirzachoʻl tuman gaz filiali

3

07.04.2015-yil

Korxona avtogaraji

15.

Mirzachoʻl Qishloq xoʻjalik KHK

3

07.04.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

16.

Mirzachoʻl Agro-iqtisodiyot KHK

1

07.04.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

17.

Mirzachoʻl SIU va fermer xoʻjaliklari

3

05.05.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

18.

Abay SIU va fermer xoʻjaliklari

2

05.05.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

19.

Toshkent SIU va fermer xoʻjaliklari

7

12.05.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

20.

Paxtazor SIU va fermer xoʻjaliklari

5

26.05.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

21.

Oʻzbekiston SIU va fermer xoʻjaliklari

2

02.06.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

22.

“Mirzachoʻltrans” MChJ

16

02.06.2015-yil

Jamiyat avtogaraji

23.

Mirzachoʻl tuman hududidagi xususiy korxonalar

7

09.06.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

24.

Viloyat reabilitatsiya qilish shifoxonasi

1

16.06.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ

25.

Yangidala SIU va fermer xoʻjaliklari

3

19.06.2015-yil

“Umid avtotexservis” MChJ